9 sinf. Fan: Geografiya Mavzu: Qishloq xo’jaligi geografiyasi. Darsning texnologik xaritasi



Download 146,82 Kb.
bet19/35
Sana30.06.2022
Hajmi146,82 Kb.
#720749
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35
Bog'liq
9-sinf konspekt 2

Yangi mavzuni mustahkamlash

  1. Yevropa jahon miqyosida nimasi bilan ajralib turadi?

  2. Yevropaga jahon miqyosida YaMM ning qancha qismi to‘g‘ri keladi?

  3. Yevropa xo‘jalikning qaysi tarmoqlari bo‘yicha dunyoda peshqadam hisoblanadi?

  4. Xo‘jalik rivojlanishning asosiy omillari to‘g‘risida nimalami bilasiz?

Uyga vazifa: mavzu xaqida tushunchalarni daftarga yozib, atamalarga izox keltiring.

Sana: ______ ______ 20______yil


9 - sinf. Fan: Geografiya
Mavzu: Sanoati va qishloq xo’jaligi.
DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI

t/r

Dars bosqichlari

Dars vaqti taqsimoti

Dars mazmuni

1

Tashkiliy qism

  1. daqiqa

  1. Salomlashish;

  2. Davomatni tekshirish;

  3. Ob-xovoni aniqlash va uni kuzatish.

  4. Shu kunning muxim yangiliklari bilan tanishish.

2

Kirish

  1. daqiqa


  1. daqiqa

  1. O’tilgan mavzuning o’zlashtirilganligini tekshirish;

  2. O’tilgan mavzuni mustahkamlash;

3

Asosiy qism

15 daqiqa

Mavzu: Sanoati va qishloq xo’jaligi.
REJA:

  1. Yevropa sanoati tarmoqlari

  2. Yevropa qishloq xo’jaligi tarmoqlari

4

Mustahkamlash

10
daqiqa

  1. Tarqatma materiallar, jadvallar va diagrammalar bilan ishlash.

  2. O’z-o’zini baxolash

  3. Xaritalar bilan ishlash

5

Yakuniy qism

  1. daqiqa

  1. O’quvchilarni baholash;

  2. Uyga vazifa



Darsning maqsadi:

  1. ta’limiy: o’quvchilarga bugungi mavzu xaqida tushuncha berish

  2. tarbiyaviy: tabiat bilan do’stlashishga o’rgatish, dars davomida o’zaro xamkorligi, o’zgalar fel-atvorini xurmat ruxida tarbiyalash

  3. rivojlantiruvchi: o’quvchilarni erkin fikrlashga, muloxaza yuritishga o’rgatish, ijodiy izlanish ko’nikmalarini rivojlantirish



Dars usuli: no’ananaviy usulda
Dars jixozi: dunyo xaritasi, atlas xarita, jadvallar, yangiliklar
Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism.

  1. Salomlashish

  2. Honani darsga tayyorlash

  3. O’quvchilar davomatini aniqlash

  4. Ob-havoni aniqlash va uni kuzatish

  5. Shu kunning muhim yangiliklari

2. O’tilgan mavzuni so’rab baxolash.
3. Yangi mavzu bayoni.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash.

  1. Uyga vazifa.

O’tilgan mavzuni so’rab baholash:

  1. Yevropa jahon miqyosida nimasi bilan ajralib turadi?

  2. Yevropaga jahon miqyosida YaMM ning qancha qismi to‘g‘ri keladi?

  3. Yevropa xo‘jalikning qaysi tarmoqlari bo‘yicha dunyoda peshqadam hisoblanadi?

  4. Xo‘jalik rivojlanishning asosiy omillari to‘g‘risida nimalami bilasiz?

Yangi mavzu bayoni
Yevropaning xalqaro-geografik mehnat tizimidagi o’rni va ahamiyati 200 yildan ziyod davr mobaynida sanoat orqah belgilanadi. Hozirgi vaqtda ham sanoat yuqori sur’atlarda rivojlanishda davom etmoqda.
Mashinasozlik Yevropaning yetakchi sanoat tarmog‘i hisoblanadi. Mazkur tarmoq butun sanoat mahsulotining 1/2 qismini, eksportning 2/3 qismini tashkil qiladi. Ayniqsa, avtomobilsozlik yuksak darajada rivojlangan. Dunyoda «Renault» (Fransiya), «Wolkswagen», «Mercedes-Benz» (GFR), «Fiat» (Italiya), «Volvo» (Shvetsiya), «Tatra» (Chexiya) kabi avtomobil markalari mashhurdir.
Harbiy sanoat markazlari bo‘lib Myunxen, Tuluza, Turin, Manchester, Brussel shaharlari hisoblanadi.
Mashinasozlik, avvalo, mehnat resurslari, ilmiy baza va rivojlangan infratuzilmaga asoslanadi. Lekin, bulardan ham ko‘proq yirik shaharlar va aglomeratsiyalarga, poytaxtlarga intiladi. Jumladan, Buyuk Britaniyada elektro- texnika, elektronika, kosmik va aviaraketa sanoati tarmoqlarining rivojlanganligi bo‘yicha London, avtomobilsozlik bo‘yicha Birmingem, to'qimachilik mashinasozligi bo'yicha Manchester, kemasozlik bo‘yicha Glazgo shaharlari va rayonlari alohida ahamiyat kasb etadi.
Yevropada sanoat tarmoqlari ichida mashinasozlikdan keyin ikkinchi o‘rinda kimyo va neft-kimyo sanoati turadi. Qit’ada nafaqat regionning, balki butun dunyoning eng «kimyolashgan» davlati — GFR joylashgan. Ikkinchi jahon urushiga qadar kimyo sanoati, asosan, kon-kimyo xomashyosiga asoslangan holda rivojlangan edi. Kaliy va osh tuzlari, oltingugurt va boshqa shu kabi xomashyodan foydalanilardi.
Qit’ada neft va tabiiy gaz konlarining ochilishi neft-kimyo tarmogHning rivojlanishiga sabab bo£ldi. Yevropaning g'arbiy hududlarida joylashgan Temza, Sena, Reyn, Elba, Rona kabi daryolar nomlari bilan bog‘liq holda. neftni qayta ishlovchi markazlar barpo etildi. Eng yirik neft-kimyo tarmog‘i Niderlandiyaning Rotterdam shahri hududida joylashgan. Qit’aning sharqidagi neft va gaz magistral quvurlari o‘zining yonida neft va tabiiy gazni qayta ishlovchi korxonalar va neft-kimyo majmualarining vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Chexiya, Slovakiya, Polsha va Vengriyadagi neftni qayta ishlovchi korxonalar ham quvurlarga yaqin hududlarda barpo qilingan. Bolgariyadagi neft-kimyo majmuasi Qora dengiz sohilida joylashgan.
Yevropaning ko‘pchilik davlatlarining yoqilg'i-energetika xo‘jaligida neft va tabiiy gaz muhim o‘rin.egallaydi. Mazkur xomashyo turlari regionning ehtiyojini to‘la-to‘kis qondirmaydi. Yetishmagan xomashyo boshqa mamlakatlardan, awalo, Rossiyadan hamda Shimoliy Afrika va Fors ko‘rfazidan import qilinadi.....
Yevropaning Polsha va Chexiya davlatlarida toshko‘mir va qo‘ng‘ir ko'mir katta miqdorda qazib olinadi.
Jahon miqyosida yoqilg‘i-energetika balansida muhim o‘rin egallagan qo‘ng‘ir ko‘mir havzalari qatoriga BaJxatuv (Polsha), Shimoliy Nesh (Chexiya), Post Lauziya va Galle-Leypsig (Germaniya) havzalari kiradi. Issiqlik elektrostansiyalarining ham ko‘pchiligi ko‘mir havzalariga tortiladi. Lekin IES larining asosiy qismi dengiz portlari va katta shaharlarda barpo etilgan. Elektroenergetika tizimida AES lar muhim o‘rin egallaydi. Bu o‘rinda, ayniqsa, Fransiya, Belgiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Chexiya, Slovakiya, Vengriya, Bolgariya davlatlari ajraUb turadi. Ulaming hududlarida 80 dan ortiq AES joylashgan.
Dunay va uning irmoqlarida hamda Rona, Reyn, Dnepr, Dnestr va boshqa daryolarda ayrim GES lar va ulaming kaskadlari barpo qilingan.
Metallurgiya tarmog‘i Yevropada yuz bergan fan-texnika inqilobidan ham ilgari shakllangan.
Qorametallurgiya, awalambor, yoqilg‘isi va xomashyosi mavjud bo‘lgan Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Ispaniya, Belgiya, Lyuksemburg, Polsha, Chexiyada rivojlandi.
Rangli metallurgiyaning asosiy tarmoqlari alyuminiy va mis sanoatidir. Alyuminiy ishlab chiqarish xomashyo va elektroenergiyaga boy Fransiya, Italiya, Vengriya, Ruminiya, Gretsiya, Germaniya mamlakatlarida rivojlangan. So‘nggi paytlarda alyuminiy korxonalari, asosan, rivojlanayotgan mamlakatlardan (Surinam, Yamayka, Gvineya, Gviana, Hindiston) olinadigan xomashyoga tayanmoqda. Mis sanoati Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Belgiya, Polsha hamda Bosniya va Gersogovinada rivojlangan.
Yevropada yengil sanoat o'zining oldingi ahamiyatini birmuncha yo‘qotdi. Eski to‘qimachilik rayonlari hisoblanmish Buyuk Britaniyadagi Lankashir va Yorkshir, Polshadagi Lodz hozirgi vaqtda ham faoliyat ko‘rsatmoqda. Lekin so‘nggi yillarda yengil sanoat Janubiy Yevropaga ko‘chayotganligini ta’kidlab o'tish lozimdir. Janubiy Yevropa regioni arzon ishchi kuchiga boy. Ana shunday mamlakatlardan biri Portugaliya Yevropaning asosiy tikuvchilik fabrikasi bo‘lib qoldi, Italiya esa poyabzal ishlab chiqarishda dunyoda AQSH dan keyin ikkinchi o‘ringa chiqib oldi.
Yevropa mamlakatlarida sanoatning boshqa tarmoqlari ham yaxshi rivojlangan.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining yalpi hosili va turlari bo‘yicha Yevropa mamlakatlarining ko‘pchiligi o‘zlarining ichki ehtiyojlarini tola qondiradi va ularning qolgan qismini eksport qiladi.
Ikkinchi jahon urushidan keyin mamlakatlaming agrar munosabatlarida, yer egaligi va unga ishlov berish tizimida universal mayda dehqon xo‘jaligidan katta ixtisoslashgan yuqori tovar ahamiyatga ega xo'jalikka yetish bilan bog'liq bo'lgan bir qatpr o'zgarishlar bo‘lib o‘tdi. Qishloq xo'jaligi. korxonasining asosiy shakli sifatida yuqori darajada mexanizatsiyalashtiiilgan fermer xo'jaligi qabul qilindi. Bu o'rinda, ayniqsa, chorvachilik tarmog‘ida katta ijobiy o'zgarishlar yuz berganini ta’kidlab o'tish zarurdir. Binobarin, chorvachilik Yevropaning juda ko‘p mamlakatlarida, shu jumladan, Daniyada yuqori darajada rivojlangan bo‘lib, u xalqaro ixtisoslashuv tarmog‘iga aylandi. Daniya sariyog‘, sut, pishloq, cho‘chqa go‘shti, tuxum yetishtirish va eksport qilish bo‘yicha dunyoning eng yirik davlatlaridan biriga aylandi. Uni Yevropaning «sut fermasi» deb atalishiga ham sabab shudir. Dehqonchilik aholining asosiy ehtiyojlarini qondiribgina qolmasdan, balki chorvachilik tarmog‘iga ham xizmat qiladi. Hosildor yerlaming aksariyat qismi madaniy ekinlar yetishtirishga ajratilgan.
Janubiy Yevropada dehqonchilik chorvachilikdan ustun ahamiyatga ega. Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Gretsiya va boshqa mamlakatlar boshoqli (bug‘doy, arpa, suli, sholi) va moyli (zaytun daraxti, kungaboqar) ekinlarini yetishtirish bo'yicha dunyoda yuqori o£rinlami egallaydi.



Download 146,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish