Rangli va qorametallurgiya. GFRning rangli metallurgiyasi, asosan, chetdan keltirilgan va ikkilamchi xomashyo (rangli metall parchalari)da ishlaydi. Korxonalar joylashishining bosh omili — energiya resurslari bilan ta’minlanganlik va xomashyoni olib kelishdagi qulaylik. Alyuminiyni eritish bo'yicha Germaniya G‘arbiy Yevropada faqat Norvegiyadan keyingi ikkinchi o‘rinni egallaydi. Asosiy zavodlar Shimoliy Reyn-Vestfaliya yerida, shuningdek, Gamburg va Bavariyada joylashgan. Qora misni eritish Gamburg va boshqa shaharlarda amalga oshiriladi.
Mashinasozlik va metallga ishlov berish — GFR sanoatining eng rivojlangan tarmoqlaridan bin. Mamlakat sanoat mahsulotlari va eksportining yarmiga yaqin qismi mashinasozlikka to‘g‘ri keladi. Eng yirik markazlar quyidagilar: Myunxen, Leypsig, Nyurnberg, Mangeym, Berlin, Gamburg. Mashinasozlik eng ko‘p rivojlangan yerlar: Baden-Vyurtemberg va Shimoliy Reyn-Vestfaliyadir.
Avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha Germaniya dunyoda AQSH, Yaponiya va Xitoydan keyingi to'rtinchi o‘rinni egallaydi. «Wolkswagen», «Mercedes-Benz», «BMW», «Ford-Verke», «Opel» kabi korporatsiyalar avtomobil ishlab chiqaradi. Avtomobilsozlikning eng yirik markazlari — Volsburg, Shtutgart, Kyoln, Ryussel- xaym, Myunxen shaharlaridir.
Dengiz kemasozligining asosiy markazlari — Kil, Gamburg, Bremen, Emden, Rostok hisoblanadi, daryo kemasozligining markazi — Duysburg shahridir. Optik mexanika korxonalarining eng ko‘p to‘plangan joyi — Baden-Vyurtemberg va Tyuringiya yerlaridir. Samolyotsozlik sanoatining yirik markazlari — Myunxen, Aersburg, Gamburg, Bremen va ular atrofidagi shaharlardir.
Germaniya kimyo sanoatining asosiy rayoni — bu Shimoliy Reyn-Vestfaliya yeridir (butun mahsulotning 2/5 qismi). Eng yirik markazlari quyidagilar Leverkuzen («Bayer» konsemi), Kyoln, Darmagen, Frankfurt-Mayn («Hoechst» konserni), Lyudvigsxafen («Basf» konsemi).
Transporti. Transport yo'llarining zichligi bo‘yicha Germaniya jahonda oldingi o‘rinlardan birini egallaydi. Yevropa Kengashi bo‘yicha sheriklari bilan bo‘lgan iqtisodiy aloqalarning jadalligi va Yevropaning markazida joylashgani bilan bogTq holda transportning barcha turlari rivojlangan. Transport tarmog‘ining asos' temiryo‘llar tashkil qiladi (44 ming km ga yaqin), shulardan 90% i elektr lashtirilgan.
Umumiy yuk aylanmasida asosiy o‘rinni avtomobil transporti (60% atrofi egallaydi, keyingi o‘rinlarda temiryo‘1 transporti (20%), ichki suv (15%) quvur transportlari turadi. Yo'lovchi tashishda avtomobil transportining hi yanada yuqori (90% ga yaqin). Oliy darajadagi avtomobil yo‘Harming umu uzunligi 11 ming km dan ortiq.
Konteyner tashuvchi kemalarning tonnaji bo‘yicha Germaniya AQSH, Panama, Tayvandan keyingi 4-o‘rinni egallaydi. Mamlakatning dengiz portlari yuk aylanmasi bo‘yicha Yevropa davlatlarining yirik portlaridan pastroq o‘rinlarni egallaydi. Eng yirik dengiz portlari Gamburg, Vilgelmsxafen, Bremen, Emden, Rostok hisoblanadi. Mamlakat tashqi aloqalarida dengiz transporti qatori havo transporti ham muhim ahamiyatga ega. Barcha yirik markazlari aeroportlar mavjud. Germaniyada jami 16 ta xalqaro aeroport bor bo‘lib Frankfurt aeroporti Yevropada yuk tashish bo‘yicha birinchi va yo‘lovchi tashish bo‘yicha uchinchi o‘rinni egallaydi (Londonning «Xitrou» aeroportidan keyin).
Do'stlaringiz bilan baham: |