Sana: ______ ______ 20______yil
9 - sinf. Fan: Geografiya
Mavzu: Qishloq xo’jaligi geografiyasi.
DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI
t/r
|
Dars bosqichlari
|
Dars vaqti taqsimoti
|
Dars mazmuni
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
Salomlashish;
Davomatni tekshirish;
Ob-xovoni aniqlash va uni kuzatish.
Shu kunning muxim yangiliklari bilan tanishish.
|
2
|
Kirish
|
8 daqiqa
4 daqiqa
|
O’tilgan mavzuning o’zlashtirilganligini tekshirish;
O’tilgan mavzuni mustahkamlash;
|
3
|
Asosiy qism
|
15 daqiqa
|
Mavzu: Qishloq xo’jalik geografiyasi.
REJA:
Qishloq xo’jaligi
Qishloq xo’jaligi tarmoqlari
Jahon dexqonchiligi
|
4
|
Mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
Tarqatma materiallar, jadvallar va diagrammalar bilan ishlash.
O’z-o’zini baxolash
Xaritalar bilan ishlash
|
5
|
Yakuniy qism
|
3 daqiqa
|
O’quvchilarni baholash;
Uyga vazifa
|
Darsning maqsadi:
ta’limiy: o’quvchilarga bugungi mavzu xaqida tushuncha berish
tarbiyaviy: tabiat bilan do’stlashishga o’rgatish, dars davomida o’zaro xamkorligi, o’zgalar fel-atvorini xurmat ruxida tarbiyalash
rivojlantiruvchi: o’quvchilarni erkin fikrlashga, muloxaza yuritishga o’rgatish, ijodiy izlanish ko’nikmalarini rivojlantirish
Dars usuli: no’ananaviy usulda
Dars jixozi: dunyo xaritasi, atlas xarita, jadvallar, yangiliklar
Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
Salomlashish
Honani darsga tayyorlash
O’quvchilar davomatini aniqlash
Ob-havoni aniqlash va uni kuzatish
Shu kunning muhim yangiliklari
O’tilgan mavzuni so’rab baxolash.
Yangi mavzu bayoni.
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Uyga vazifa.
O’tilgan mavzuni so’rab baholash:
Darslik matni ma’lumotlari asosida jahon ijtimoiy hayotida o‘rmon sanoatining . tutgan o‘niga baho bering. .
Jahon o‘rmon sanoati rivoj to’gan mintaqalar va ulardagi eng yirik mamlakatlami aniqlang. 0‘rmon sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarishda ulaming tutgan o‘mini aniqlang, ularni qiyoslang va tahlil qiling.
To'qimachilik sanoati xomashyolari va tayyor gazlama mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mamlakatlami aniqlang va guruhlang. Shulardan qaysilari ham xomashyo, ham tayyor gazlama ishlab chiqarishga ixtisoslashgan? Unda 0‘zbekistonning o‘mi qanday?
Atrof-muhitning ifloslanishida sanoatning o‘mini darslikdagi matndan foydalanib o'rganing.
Yangi mavzu bayoni
Qishloq xo'jaligi moddiy ishlab chiqarishning ikkinchi yirik tarmog‘idir. Kishilik jamiyatining eng qadimgi xo‘jalik sohasi hisoblanadi. Shu bilan birga, ishlab chiqarish tarmog‘i barcha davrlarda insonning kundalik iste’mol mahsulot bo‘lgan ehtiyojini qondiruvchi asosiy manba bo‘lib xizmat qilgan. Shu sab jahonda bironta mamlakat yo‘qki, unda qishloq xo‘jaligi va u bilan bog‘liq bo‘ o‘rmon, ovchilik, bahqchilik xo‘jaliklari tashkil topmagan bo‘lsin. Hozirgi va bunday xo'jalik tarmoqlarida hammasi bo‘lib 1,2 mlrd. dan ortiq kishi ish b: band.
Qishloq xo‘jaligining asosiy xususiyatlaridan biri uning joylardagi ta iqlim sharoiti bilan chambarchas bog‘liq ekanligidir. Boshqacha aytgan tabiiy iqlim sharoiti imkon bersagina muayyan hududlarda bug‘doy, sh paxta, meva, choy kabi mahsulotlarni yetishtirish mumkin bo‘ladi. Shu sab qishloq xo‘jalik tarkibi va tarmoqlarining hududiy joylashish holati turli bo‘ladi. Ishlab chiqaradigan mahsulotlari xususiyatlariga ko'ra, barcha qis’ xo‘jalik tarmo'qlari ikki guruhga: dehqonchilik (ziroatchilik) va chorvachili bo‘linadi.
Shuningdek, qishloq xo‘jaligi rivojlanish darajasiga ko‘ra ikki turga bo’linadi. Birinchisi, rivojlangan tovar qishloq xo'jaligi bo‘lib, ularda ishlab chiqarilad: mahsulotlar bozor, birinchi navbatda, tashqi bozor uchun mo‘ljallangan bo‘ Bunday xo'jaliklar ishi intensiv tashkil qilingan zamonaviy dehqonchilik chorvachilik sohalari bo‘lishi mumkin. Ikkinchisi, asosan, ichki xojalik iste’mol uchungina mahsulot ishlab chiqaradigan, odatda, kam samarali qishloq xo‘jaliklari Bunday xo‘jaliklar qadimdan keng tarqalgan bo'lganligi sababli an’anaviy qishloq xo‘jaligi ham deyiladi. Ularda ish, odatda, ekstensiv holda tashkil qili bo‘ladi. Hozirgi vaqtda bunday qoloq dehqonchilik xo‘jaliklari jahonning rivojlanayotgan ko‘pchilik mamlakatlarida keng tarqalgan.
Tovar qishloq xo‘jaligi, asosan, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda ko'p rivojlangan. Odatda, ularda FTI yutuqlaridan ustun darajada foydalanis erishilmoqda. Ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash, elektrlashtirish, kimyol tirish darajasi ularda juda yuqori. Bunday xo‘jaliklarda endilikda ishlami a matlashtirish (tarmoqlarda me’yoriy agroiqlim va boshqalar)ni yaratishga e’tibor beriladi, mikroelektronika, seleksiya, genetika, biotexnologiyaning so‘ yutuqlarini joriy qilish asosiy o‘rin tutadi. Ularda agfar (lotincha qishloq xo'jaligi demak) ishlab chiqarishi sanoat bilan bog‘lanib ketgan va agrosanoat xo‘ja!iklariga aylangan. Ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlarda so‘nggi yillarda fermerlikning o‘ziga xos agrobiznes shakli yuzaga keldi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda esa tovar qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishga e’tibor kuchayayotgan bo‘lishiga qaramay, ular hamon an’anaviy, faqat o‘zlari uchun iste’mol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi notovar xo‘jalik mamlakatlari bo‘lib qolmoqdalar. Notovar qishloq xo‘jaliklari aslida yuz millionlab mayda va o‘rta xo‘jahklar asosida tashkil topgan. Ular, odatda, o‘zlarinigina oziq-ovqat va boshqa iste’mol mahsulotlari bilan ta’minlashga arang qurbi yetishi mumkin. Jahonning ayrim mintaqalarida, jumladan, Markaziy va Sharqiy Afrika, Janubiy va Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarida hali ham omoch, motiga kabi oddiy ish qurollari va almisoqdan qolgan qoloq ishlab chiqarish texnologiyasidan foydalaniladi.
JAHON DEHQONCHlLIGI
Dehqonchilik qishloq xo‘jaligining yerga ekin ekib, hosil olish bilan shug‘ullanadigan eng asosiy tarmog'idir. Jahon dehqonchiligi o‘zida nihoyatda xilma-xil tarmoqlami birlashtiradi.
Donli ekinlar dehqonchilikning eng yirik tarmog‘idir. Donli ekinlar turi ancha ko‘p bo‘lib, jahon ekin maydonlarining o‘rtacha yarmi (0,7 mlrd. ga) da ekiladi. Don mahsulotlari aholi ozig'ining asosi bo‘lib, yalpi hosili 1,9 mlrd. t ni tashkil qiladi.
Jahon don xo‘jaligining eng samarali vakillari bug'doy, sholi va makkajo‘xoridir. Bular orasida eng ahamiyatlisi esa bug'doydir. Uning asl vatani Kichik Osiyo va 0‘rta dengiz bo‘yi hamda Habashiston yassi tog‘ligi hududlaridir.
Bug'doy jahonning deyarli barcha davlatlarida ekiladi va jami donli ekinlar maydonining 1/3 qismini band qilib kelmoqda. Jahonning asosiy bug'doyzorlari Yer sharining birinchi «bug‘doy belbog‘i» hisoblanadigan Shimoliy yarimshaming o‘rta kengliklari bo‘ylab tarqalgan, Bu kengliklarda joylashgan AQSH, Kanada, Rossiya, Ukraina, Qozog'iston, Xitoy jahonning eng yirik bug'doy yetishtiruvchi mamlakatlari hisoblanadi. Dunyoning ikkinchi bug‘doy mintaqasi esa Janubiy yarimshaming o‘rta kengliklari bo'ylab yastanib yotadi (9-rasm). Undagi bug‘doyli maydonlar Lotin Amerikasi, Afrika va Avstraliyaning janubiy hududlari bo‘ylab joylashgan. Ushbu mintaqada joylashgan Avstraliya va Argentina davlatlari ham jahonda bug‘doy yetishtiruvchi yirik davlatlardan hisoblanadi. Aholi jon boshiga eng ko‘p sifatli bug‘doy yetishtirish va uni eksport qilishda yirik davlat sifatida Kanada alohida muhim o'rin tutadi. Mashhur Shimoliy Amerika preriyasining yuqori kengliklari bo‘ylab joylashgan Vinnipeg shahri Kanadaning «bug'doy poytaxti» hisoblanadi.
Jahon donli ekinlari orasida yalpi hosili va ahamiyatiga ko‘ra ikkinchi o‘rinni sholi egallaydi.
Dunyo donli ekinlari ekin maydonlarining tarkibi quyidagicha: bug‘doy-30%, sholi — 28%; makkajo‘xori — 25%; arpa — 9%; oq jo‘xori — 3%; javdar — 2% boshqa donli ekinlar — 3%.
Dunyo aholisining yarmiga yaqinining asosiy ovqati guruchdan tayyorlar taomlardir. Sholi minglab yillar oldin Xitoy va boshqa Sharq davlatlarida ek kelingan va sekin-asta jahon bo'ylab tarqalgan.
Sholi ekinlarining dunyoning issiq va suv yetarli hududlari bo‘ylab tarqal: uning muhim xususiyati hisoblanadi. Hozirgi vaqtda Sharqiy, Janubiy va Janu sharqiy Osiyo mamlakatlari jahon yalpi sholi hosilining 9/10 qismini yetishtirmc Umuman, dunyodagi barcha sug‘oriladigan ekin maydonlarining 2/3 qismida sh ekiladi.
Yana bir muhim donli ekin makkajo‘xoridir. Uning asl vatani Meksii hisoblanadi. Makkajo‘xori, odatda, doni va poyasi uchun ekiladi.
AQSH makkajo‘xori yetishtiradigan davlatlar orasida alohida ajralib turad Uning hissasiga jahonda yetishtirilayotgan makkajo'xori yalpi hosilimr 40% idan ko‘prog‘i to‘g‘ri keladi. Dunyo davlatlari orasida makkajo‘xori yetishtirishda Xitoy, Argentina, Avstraliya, Vengriyaning ham mavqeyi anct yuqori.
Aholini oziq-ovqat mahsulotjari bilan ta’minlashda moy, ildizmeva, sharbai. quwat beruvchi zi.roatchilik tarmoqlari ham ahamiyatlidir.
Aholi tomonidan iste’mol qilinadigan moyning 2/3 qismi soya, kungaboqa yeryong‘oq, chigit va boshqalardan olinadi. Soya yetishtirishda — AQSH (jahoi soyasining yarmi), Braziliya, Argentina, Xitoy; yeryong‘oq yetishtirishda — Hindiston; kungaboqar yetishtirishda — Rossiya, Ukraina; zaytun yetishtirishda — Italiya, Ispaniya alohida ajralib turadi.
Ildizmevalilardan kartoshka yetishtirishda Rossiya, Polsha, Xitoy eng yirik mamlakatlardandir. Qand lavlagi asosan qand-shakar olishda ishlatiladi va uni yetishtirishda Ukraina, Fransiya, Rossiya yetakchilik qiladi. Shakarqamish Hindiston, Braziliya, Kubada ko‘p yetishtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |