O‘quv yiliga va darsga tayyorgarligi Reja: Mehnat ta’limi, kasb tanlashga yoilash o‘qituvchisining darsga va o‘quv yiliga tayyorgarligi



Download 31,8 Kb.
bet1/4
Sana07.02.2023
Hajmi31,8 Kb.
#908666
  1   2   3   4
Bog'liq
Mehnat ta’limi, kasb tanlashga yo‘llash o‘qituvchisining


Mavzu : Mehnat ta’limi, kasb tanlashga yo‘llash o‘qituvchisining
o‘quv yiliga va darsga tayyorgarligi
Reja:
1.Mehnat ta’limi, kasb tanlashga yoilash o‘qituvchisining darsga va o‘quv yiliga tayyorgarligi.
2. Asbob-uskunalarni ishga sozlash, xomashyo, namuna, ko‘rgazmali qurollar va texnik vositalarni tayyorlash.
3. Mehnat ta’limi o‘qituvchisining lavozim vazifalari va shaxsiy fazilatlari.


  1. Mehnat ta’limi, kasb tanlashga yollash o‘qituvchisining

darsga va o‘quv yiliga tayyorgarligi.
Mehnat ta’limi o‘qituvchisi darslarga puxta tayyorgariik ko'rsagina, bu darslardagi ta’limtarbiya jarayoni muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mumkin. O’quv yili boshlanishi oldidan o‘qituvchi dasturdagi hamma mavzularni o‘rganish vaqtini taqsimlab chiqadi, o‘quv mashg'ulotlarining jadvali va mazkur fanni o'rganishga o‘quv rejasidan ajratilgan haftalik soatlarning miqdorini hisobga oigan holda unga muvofiq bo'lgan taqvimiy muddatlarni o'rnatadi. Mehnat ta’limi, kasb tanlashga yo'llash o'qituvchisining o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘quv rejasini, mehnat ta’limi va kasbga yoilash fanining o‘quv dasturini va taqvimiy mavzuli rejani o'rganishdan boshlanadi.
Mehnat ta’limi va kasbga yoilash o'qituvchisi bu hujjatlar bilan tanishar ekan, tegishli sinf o‘quvchilarida umumiy mehnat bilimlari va amaliy ko'nikmalarini qaysi mehnat turlari bo'yicha va qanday hajmda shakllantirish lozimligini aniq tasavvur qiladi.
Buning uchun qanday asbob-uskunalar, moslamalar va ish qurollari kerakligi, o'quvchilar mehnat ta’limi va kasbga yoilash dasturi talablarini to’liq bajarish uchun darslarda qanday buyumlarni tayyorlashlari kerakligini va shunga binoan ularni tayyorlash uchun qanday materiallar talab qilinishini bilib oladi. Mehnat o‘qituvchisi olingan ma’lumotlar asosida va mehnat ta’limi dasturidan foydalangan holda ancha batafsil rejalashtiruvchi hujjatlarni, ya’ni taqvimiy mavzuli rejani va o‘quv ishlab chiqarish ishlari ro‘yxatini tuzib chiqadi.
Shunday tarzda belgilab chiqilgan dastur o‘qituvchi uchun fan yuzasidan ishlarning taqvimiy mavzuli rejasi sifatida xizmat qiladi.
O’quvchilarfoydalanishi uchun rejalashtirilgan buyumlarga mehnat ta’limi o‘qituvchisi texnikaviy hujjatlar ishlab chiqadi, zarur ko‘rgazmali qurollar tayyorlaydi, asbob-uskunalarning, o‘quvchilar ish joyi va ish qurollarining texnikaviy holatini, shuningdek, o‘quv ustaxonalari binosining va ulardagi jihozlarning xavfsizlik texnikasi, sanitariya-gigiyena talablariga muvofiq kelishini tekshirib chiqadi.
O‘qituvchi mehnat ta’limi dasturidagi mavzularga tayyorlanar ekan, har bir mavzuning maqsadi va vazifalarini belgilaydi, ular bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar mazmuni va darajasini aniqlaydi, o'quvchilar bajarishi lozim bo‘lgan amaliy ishlarning xarakteri va miqdorini belgilab chiqadi, mustaqil topshiriqlarning mazmuni va hajmini, ularning tobora murakkablashib borishini hisobga olgan holda o‘ylab ko‘radi, mavzuni muvaffaqiyatli o‘tish uchun moddiy asos tayyorlaydi.
Darsga tayyorlanish vaqtida o‘qituvchi o‘tgan mashg‘ulotning mazmuni va natijalarini tahlil qilishi, ularning izchil aloqasini belgilab chiqishi, kelgusi darsning ta’lim va tarbiya maqsadini to‘g‘ri belgilashi, darsning tuzilishini va uning har bir elementiga ajratiladigan vaqtni aniqlashi, mavzuga oid savollar tuzishi va kirish yo‘riqnomasi mazmunini ishlab chiqishi, asosiy mehnat usullarini tanlashi va o'ylab chiqishi kerak.
Mehnat ta’limi o'qituvchisi mashg‘ulotga tayyorlanish jarayonida darsning tashkiliy tomonlariga navbatchilarnivtayinlash, o‘quvchilarga asbob va materiallar tarqatish, o‘quv ustaxonalarida tartib-intizomning qat’iy saqlanishiga, ishlarga baho qo‘yish va ularni tahlil qilishga alohida e’tibor berishi kerak. Zamonaviy darsning tarkibiy tuzilishi o‘qituvchilarning boshqaruvchilik roli va o‘quvchilarning anglash faoliyatlarini tashkil etishning o‘ziga xosligini aks ettira turib, juda ham turli-tuman shakldaligi bilan farq qiladi.
Darsning muvaffaqiyatli o‘tishi o‘qituvchi hamda O’quvchilarning darsga tayyorlanishlariga bog‘liqdir.Darsga mukammal tayyorlanish, xususan yetarli darajada pedagogik ish tajribasiga ega bo‘lmagan yosh o‘qituvchilar uchun juda zarur. O’qituvchining darsga bevosita tayyorlanishi har bir darsda qo‘llaniladigan mavzuni rejalashtirishni konkretlashtiradi.
Darsning rejasi har bir o‘qituvchi uchun zarurdir. Odatda faqat uning hajmi farq qiladi; endigina o‘zining o‘qituvchilik faoliyatini boshlayotganlar o‘zlarining hamma harakatlari va darsning borishini tasvirlash, kichik bo‘iaklarigacha ko‘rsatilgan mukammal ishlanma yozadilar. Tajribali o‘qituvchilar esa qisqa, ixcham reja tuzadilar.
Darsning rejasi ixtiyoriy shaklda tuziladi, ammo unda quyidagi tarkibiy qismlarning aks etishini ta’minlash zarur:

  • darsning o‘tkazilish muddati va uning mavzusi bo‘yicha tartib raqami; o‘tkaziladigan sinfning, dars mavzusining nomi;

  • ta’limning vazifalari, shakllantiriladigan bilim, iqtidor va ko‘nikmalar;

  • o‘quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirish;

  • dars bosqichlarining davomiyligi va ushbu bosqichlarda vaqtning taxminiy taqsimlanishini ko‘rsatgan holdagi tarkibiy tuzilishi;

  • o‘quv materialining mazmuni;

  • darsning har bir qismida o‘qituvchi va o‘quvchining ish usullari hamda metodlari;

  • ta’limning ko‘rgazmali va texnik vositalarini qo‘shib hisoblaganda darsni o‘tkazish zarur bo‘lgan o‘quv qurollari;

  • darsda bevosita o‘tkaziladigan test sinovlari;

uy vazifalari, topshiriqlar.
Darsning yutug‘i va uning natijalari nafaqat o‘qituvchining tayyorligiga, balki o‘quvchilarning tayyorgarliklariga ham bog‘- liq bo‘ladi. O’quvchilarning navbatdagi darsga (yoki darslarga) ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan tayyorlanishlari ularda ijobiy psixologik kayfiyatni vujudga keltiradi, anglashga, bilishga bo‘lgan yuqori darajadagi qiziqishni tug‘diradi.
O’quvchilar oldinda turgan darslarga tayyorlashda quyidagilar nazarda tu ­ tiladi: ularni oldinda turgan darsning dasturiy o‘rganish rejasi bilan tanishtirish; (bu xususan yuqori sinñar bilan o‘quv ishlarida juda ham zarurdir) o‘quvchilarning tushunishi mumkin bo‘lgan darslarning ayrim bo‘limlari bilan tanishish; oldinda turgan darsda ko‘tariladigan masalalar yuzasidan ilmiyommabop adabiyotlarni o‘qish, yangi materialni o‘rganishga ko‘maklashadigan kuzatishlar va uncha murakkab bo‘lmagan tajribalarni o‘tkazish.Dars hozirgi zamon o‘quv tarbiya jarayonida tahsil maqsadlarini amalga oshirishda asosiy ta’lim shakli hisoblanadi. Bir necha asrlar davomida ta’limning dars shaklidan boshqa bir yangi shaklini pedagogika nazariyasi ham, amaliyoti ham taklif etganicha yo‘q.
O’tkaziladigan dars o‘quvchilarni ham, o‘qituvchilarni ham qanoatlantirishi uchun ma’lum darajada umumiy talablarga javob berishi kerak. Ayrim olingan biron-bir dars fanning taqvimiy mavzuli rejasida o‘z o‘rniga ega bo‘lishi, maqsadi aniq belgilangan bo‘lishi kerak. Dars o‘tish jarayonida shakllantirilishi lozim bolgan bilim, iqtidor va ko‘nikmalar alohida aniqlanishi darkor. Shu bilan birga mazkur dars davomida bilim, iqtidor va ko‘nikmalarning erishiladigan darajasi ham belgilanishi ma’qul bo‘ladi.
Darsda ishlatiladigan metodlar, vositalar turkumi aniq bo‘lishi oldindan belgilanishi maqsadga muvofiqdir. Darsga qo‘yiladigan didaktik talablardan yana biri shuki, beriladigan o‘quv materiali sistemali ravishda osondan qiyinga, oddiydan murakkabga, o‘quvchilar yosh xususiyatlarini hisobga oigan holda amalga oshirilish kerak. O’qituvchi darsga tayyorgariik ko‘rar ekan, o‘quvchilar o‘quv faoliyatini aktivlashtiruvchi ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishning muqobil rejalarini amalga oshirishni ko‘zda tutmog‘i lozim.
Har bir dars ma’lum darajada g‘oyaviy yo‘nalgan aniq tarbiyaviy vazifalarni bajarishi, olingan ilmiy bilimlar asosida dunyoqarashni, yuqori axloqiy fazilatlarni, estetik didni shakllantirib ta’limni hayot bilan mustaqil aloqalarini ta’minlashi zarur.
O’quvchilarda bilimga qiziqishni, bilimlarni mustaqil egallash ko‘nikmalarini qaror toptirish, ijodiy tashabbuskorlikni qo‘llabquvvatlash, ularning tasavvurlari chuqurligi, rivojlanish darajasini hisobga olish kerakligini o‘qituvchi darsga tayyorgariik ko‘rish jarayonida hisobga olishi kerak. Darsga tayyorgariik ko‘rishda, uni tashkil etishni aniq rejalashtirib olishda kerak bo'lgan talablar: taqvimiy mavzuli reja asosida dars o‘tkazishning ishlab chiqilgan aniq rejasi mavjud bo‘lishi, dars o‘z vaqtida boshlanib, o‘z vaqtida tugashi kerak.
Darsning mantiqiy izchilligi, tugallanganligi va darsning boshidan to oxirigacha o‘quvchilar ongli intizomi ta’minlanmog‘i lozim. Darsni tashkil etishda turli-tuman vositalardan, o'quvtexnik, kompyuter, statsionar va dinamik ko‘rgazmali qurollardan foydalanish ko‘zda tutiladi.

Darsning tarkibiy tuzilishi o‘rganilayotgan materialning mazmuniga, darsda foydalaniladigan ta’limning usullari va metodlariga, o‘quvchilarning tayyorlanish hamda rivojlanish darajasiga, o‘quv jarayonida darsning o‘rniga bog‘liq bo'ladi. Mehnat ta’limi o‘qituvchisi darsga tayyorlanish jarayonida quyidagilarni hisobga olishi zarur:


Darsning maqsadi:
a) darsning ta’limiy maqsadi: o‘quvehilarda yangi atamalarga oid tushunchalarni shakllantirish;
b) darsning tarbiyaviy maqsadi: o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish;
d) darsning rivojlantiruvchi maqsadi: o‘quvchilarning tasavvuri, xotirasi, kuzatuvchanligi, tafakkuri, nutqi, o‘quv jarayonida ko‘nikma, o‘quv malakalarini shakllantirish va ularni rivojlantirish;
e) dars materialining murakkablik darajasini aniqlash: dars materialining amaliyot bilan va oldingi o‘tilgan materiallari bilan bevosita bog‘lanishini aniqlash, o‘quvchilarning mustaqil ishlari uchun vazifa berish dars jihozini tayyorlash, qo‘shimcha beriladigan topshiriqlar hajmini aniqlash;
f) darsning didaktik vazifasini, ya’ni maqsadga olib keluvchi masalalarning ketma-ketligini aniqlash;
g) o'qitish usullarining optimal variantlarni tanlash;
h) darsning tuzilishini aniqlash: darsni samarali boshlash va vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, darsning rejasi va yaxlitligini, o‘quvchi va o‘qituvchi faoliyatining o‘zaro uzviyligini ta’minlash.
Darslar juda ham. turli-tuman tarkibiy tuzilishlarga ega bo‘lib, darslarni bir marta doimiy ravishda mavjud bo‘ladigan ko‘rinish tarzida rejalashtirish va o‘zgarmaydigan, qotib qolgan namuna asosida o'tkazaverish mumkin emas. Darsning tarkibiy tuzilishiga yuqorida qayd etib o‘tilgan omillar qatorida mazkur sinfda ishlashning haqqoniy shart-sharoitlari, shuningdek, o‘qituvchi ish faoliyatining ijodiy xarakteri katta ta’sir ko‘rsatadi.
Ishning barcha turlarida amaliylik kabi shaxsiyatning muhim sifati shakllanadi. Bunday sifatga ega bo'lgan shaxs ishlab chiqarishda va kundalik hayotda erkin yo'naltirilgan. Kollektiv ishda ishtirok etish orqali shaxs nafaqat boshqalarni, balki o'zini ham o'rganadi: u kimligini, boshqalar uchun qanday qadriyatni ifodalaydi, nima qila oladi. Psixologik tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, bolalar o'zlarini, imkoniyatlarini, jamoadagi mavqeini yaxshi bilishmaydi. Mehnat faoliyati natijasida sezilarli o'zgarishlar ro'y beradi.
Avvalo, uning o'ziga bo'lgan munosabati, keyin esa jamoa va o'qituvchilarning munosabati o'zgaradi. Psixologiyada ko'plab faktlar to'plangan, ular mehnat faoliyati uning natijalarining qanchalik yuqori bo'lishiga bog'liq. Bu mehnatning shaxsiy ahamiyati, uning ijtimoiy ahamiyatini anglash, ko'proq da'vo qilish kabi motivlarning shakllanishi bilan bog'liq. yuqori daraja ishdagi yutuqlar. O`quvchining qobiliyatlarini rivojlantirishda mehnat katta ahamiyatga ega. Qobiliyatlar asosan etakchi faoliyat sharoitida rivojlanadi:

  • maktabgacha yoshda

  • o'yinda, boshlang'ich va o'rta maktab yoshida

  • o'qitishda, yoshlarda

  • kasbiy tayyorgarlikda.

Qobiliyatlarni shakllantirish muayyan faoliyatda amalga oshiriladi. Masalan, mehnat jarayonida diqqatning taqsimlanishi kengayib, uning almashinishi tezlashadi. Tafakkurni rivojlantirishda mehnatning roli katta. Mehnat ko'nikmalari o'zlashtirilishi bilan mehnatning yangi shakllari rivojlanadi: texnik, amaliy, mantiqiy. Ish jarayonida va mehnat jamoasining boshqa a'zolari bilan muloqotda his-tuyg'ular rivojlanadi.
Mehnat jarayoniga jalb qilingan bola o'zi va uning atrofidagi dunyo haqidagi g'oyalarini tubdan o'zgartiradi. O'z-o'zini hurmat qilish tubdan o'zgaradi. Muloqot va yangi bilimlarni o`zlashtirish jarayonida o`quvchining dunyoqarashi shakllanadi. Jamoada ishlash bola shaxsining ijtimoiylashuvini rivojlantiradi, qobiliyatlari, his-tuyg'ulari va tafakkurining rivojlanishi bolaning shaxsiyatini yanada uyg'unlashtiradi.
Demak, mehnat bola shaxsining rivojlanishiga ta’sir qiluvchi eng muhim omil hisoblanadi. Mehnat ta'limi tizimidagi juda muhim nuqta - bu mehnat bolaning tabiiy moyilliklari va moyilliklarini to'liq va yorqinroq ochib berishga imkon beradi. Bolaning mehnat hayotiga tayyorgarligini tahlil qilar ekan, u nafaqat jamiyatga nima bera olishi, balki mehnat unga shaxsan nima berishi haqida ham o‘ylash kerak.
Har bir bolada ba'zi qobiliyatlarning paydo bo'lishi uyqu holatidadir. Yosh avlodni mehnat ta'limining ko'plab muammolarini hal qilish mohiyatan bolalar mehnatining vazifalari, maqsadlari va psixologik mazmunini to'g'ri tushunishga bog'liq. Talabaning ishi o'ziga xos xususiyatlarga ega. Avvalo, o'quvchilarning ishi kattalar ishidan qaysi maqsadda tashkil etilganligi bilan farq qiladi.
Bolalar mehnati, birinchi navbatda, ta'lim maqsadlarida tashkil etiladi. Jamiyatdagi mehnat, qoida tariqasida, kollektiv xarakterga ega, shuning uchun har bir ishtirokchi o'zaro munosabatda bo'lishi kerak. Binobarin, maktab o‘quvchilari ijtimoiy ishlab chiqarishga jalb etilishi kerak. Bolani mehnatga tayyorlash uning mehnatga psixologik tayyorgarligini shakllantirish demakdir.
Mehnatga psixologik tayyorgarlik deganda shaxsning har qanday samarali mehnatni muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun etarli bo'lgan rivojlanish darajasi tushuniladi. Talabaning mehnatga psixologik tayyorgarligini shakllantirish quyidagi faoliyat turlarida sodir bo'ladi: o'yin, o'qitish, uy-ro'zg'or va samarali mehnat; texnik ijodkorlik. Kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, ta'lim muassasalari bitiruvchilari ishlab chiqarishda qatnashishga amaliy va psixologik jihatdan tayyor emas.
Asosiysi, talabalarning mehnati bevosita ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lishi kerak. Maktab o'quvchilari mumkin bo'lgan ishlab chiqarish buyurtmalarini bajarishlari kerak. Ushbu yondashuv tufayli mehnat talabalar uchun yuqori qiymatga ega bo'ladi, faoliyatning ijtimoiy qimmatli motivlarini shakllantirish uchun sharoitlar yaratiladi. Faoliyatning bu turi na o'quv faoliyati, na kattalarning mehnat faoliyati bilan bir xil bo'lmaganligi sababli, biz uni shartli ravishda ta'lim va mehnat faoliyati deb ajratamiz.

Download 31,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish