4.Yangi mavzuni mustahkamlash:
Dars so`ngida darslikda berilgan savol va topshiriqlar ustida ishlanadi.
5.O`quvchilar bilimini baholash:
6.Uyga vazifa: g`azal yod olish
O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari :____________
9-sinf adabiyot 44-dars Sana:____________ O`qituvchi:
Mavzu G`azal va musamman
Ta`limiy maqsad: nazariy ma`lumot berish
Tarbiyaviy maqsad; Komil inson ruhida tarbiyalash ;
Rivojlantiruvchi maqsad: Mustaqil fikrlashni, og`zaki nutq ravonligini va ifodali o`qish ko`nikmasini rivojlantirish
Dars tipi: yangi bilimlar berish
Dars uslubi: suhbat, savol- javob, test topshiriqlari
Dars jihozi: rasm, kitoblar,texnik vosita
Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism; davomat, uy vazifani aniqlash
2. Uy vazifasi tahlili.
3.Yangi mavzu
G’azal arabcha so’z bo’lib, oshiqona so’z, ayollarga xushomad kabi ma’nolarni anglatadi. Bu janr Sharq mumtoz adabiyotida keng tarqalgan hamda eng ko’p qo’llangan she’r shakli bo’lib, o’tmishda g’azal yozmagan ijodkor bo’lmagan. G’azal dastlab arab she’riyatida paydo bo’lgan. Islom dini tarqalishi bilan bog’liq holda boshqa hududlar, jumladan, O’rta Osiyo xalqlari adabiyotiga o’tgan. Turkiy adabiyotdagi ilk g’azal «Qisas ar-Rabg’uziy» asarida uchraydi. Rabg’uziy bilan deyarli bir vaqtda yashagan Xorazmiyning «Muhabbatnoma»sida ham g’azalning g’oyat go’zal va nafis namunalari bor. Mana, yetti asr o’tdiki, g’azal adabiyotimizdan mustahkam joy olib, xalqimiz uchun qadrli va suyukli she’r shakli bo’lib kelmoqda.
Ishqiy kechinmalar ifodasi sifatida vujudga kelgan g’azalning mavzu doirasi asrlar o’tishi bilan kengayib bordi. Shoirlar o’zlarining ijtimoiy, siyosiy, falsafiy, didaktik va boshqa qarashlarini, tabiatga munosabatini bu ko’hna janrda ifodaladilar.
G’azal baytlardan tashkil topadi. Bayt arabcha «uy» deganidir. Bayt ikki misradan iborat bo’ladi. G’azalning birinchi bayti matla’ (arabcha «boshlanma»), oxirgi bayt maqta’ (arabcha «tugallanma») deyiladi. G’azal o’ziga xos qofiyalanish tartibiga ega. Birinchi bayt - matla’dagi misralar bir-biri bilan o’zaro qofiyalangan bo’ladi (shartli ravishda a-a deb belgilanadi). Qolgan baytlarning toq misralari ochiq qolib, juft misralari matla’ga qofiyadosh bo’lib keladi (v-a, d-a, e-a...). An’anaga ko’ra, maqta’da shoirning taxallusi keltirilgan. Ilmiy adabiyotlarda g’azalning hajmi 3 baytdan 19 baytgacha bo’lishi qayd etiladi.
Musamman ham Sharq, jumladan, o’zbek mumtoz adabiyotida qo’llanib kelayotgan she’riy janrlardan bin. Bu atama arabcha so’z bo’lib, sakkizlik degan ma’noni anglatadi. Musammanning har bir bandi sakkiz misradan iborat bo’ladi. Dastlabki banddagi’ misralar o’zaro qofiyalanadi (a-a-a-a-a-a-a-a), keyingi bandlarning avvalgi yetti misrasi bir-biri bilan qofiyalanadi, oxirgi misrasi esa birinchi band — matla’ga qofiyadosh bo’ladi (b-b-b-b-b-b-b-a; d-d-d-d-d-d-d-a...). Musammanda kechinmalar tasviri, fikr va holatlar bayoni boshqa janrlarga qaraganda kengroq, batafsilroq ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |