9-sinf adabiyot 1-dars Sana: O`qituvchi: Mavzu: ruhiy kamolot vositasi


O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari



Download 268,8 Kb.
bet64/158
Sana23.01.2022
Hajmi268,8 Kb.
#405486
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   158
Bog'liq
9-sinf adabiyot kundalik reja

O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari :____________


9-sinf adabiyot 49-dars Sana:____________ O`qituvchi:

Mavzu : Abdulla Qodiriy. “O`tkan kunlar” romani

Ta`limiy maqsad: Ijodkor hayoti bilan tanishtirish.Asar mazmuni bilan tanishish

Tarbiyaviy maqsad: Ma`naviy merosga hurmat ruhida tarbiyalash ;

Rivojlantiruvchi maqsad: Mustaqil fikrlashni, og`zaki nutq ravonligini rivojlantirish


Dars tipi: yangi bilimlar berish

Dars uslubi: matn ustida ishlash,suhbat, savol- javob

Dars jihozi: rasm, kitoblar,texnik vosita

Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism; davomat, uy vazifani aniqlash

2. Uy vazifasi tahlili. II.O`tgan mavzuni so`rash

3. Yangi mavzu bayoni.

1894- yil 10- aprelida Toshkent shahrida bog’bon oilasida dunyoga kelgan Abdulla Qodiriy o’z davrining maktab va madrasalarida o’qiganligi, ilmga chanqoqligi va ulkan iste’dodi tufayli zamonasining eng bilimdon kishilaridan biriga aylandi.

Oiladagi yo’qchilik tufayli mahalladagi maktabga kechikibroq borgan Abdulla ikki-uch yil ichida tuzukkina savodxon bo’ldi. Lekin muhtojlik o’z ishini qildi: o’n ikki yashar o’smirni bir boyga yugurdaklikka berishga majbur bo’ldilar. Tijoratchilik tufayli ruslar bilan ham savdo aloqalari qiladigan bu boy rus tilini biladigan, shu tilda ish yurita oladigan xizmatchiga muhtoj edi. Shu sabab zehnli va tirishqoq Abdullani u rus-tuzem maktabiga berdi.

1912- yilda muvaffaqiyatli tugallangan rus-tuzem maktabi bo’lajak adib estetik qarashlari va ijodiy qiyofasi shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Negaki, Abdulla bu yerda rus tili va u orqali dunyo adabiyotini o’rganish imkoniyatiga ega bo’lgandi.

Qodiriyning ijodiy faoliyati ham shu yillarda boshlandi. «Shu miyonalarda bozor vositasi bilan tatarlarda chiqadirg’on gazetalarni o’qib, dunyoda gazeta degan gap borlig’iga imon keltirdim. 1913- yilda o’zbekcha «Sadoyi Turkiston», «Samarqand», «Oina» gazetalari chiqa boshlag’och, menda shularga gap yozib yurish fikri uyg’ondi», — deb yozadi adib keyinchalik. «Sadoyi Turkiston» gazetasining 1914- yil 1- aprel sonida Abdulla Qodiriy deb imzo chekilgan «Yangi masjid va maktab» sarlavhali xabar bosilgan. Qodiriy yozuvchilik faoliyatiga birinchi qadamni shu tarzda qo’ygan. Oradan ko’p o’tmay, «Millatimga», «Ahvolimiz» she’rlari, «Baxtsiz kuyov» dramasi, «Juvonboz» hikoyasi chiqdi. Jadidchilik g’oyalari bilan sug’orilib, jamiyat a’zolarini ma’rifatli, o’qimishli va ilg’or fikrli qilishga qaratilgan bu asarlar badiiy jihatdan puxta bo’lmasada, zamoni uchun dolzarb edi. Yosh yozuvchi bu asarlarida davrning muhim masalalarini ko’taradi, millatning ahvolini yaxshilashni astoydil istashini ko’rsatadi. Lekin niyat bilan badiiy ifodaning orasida hali ancha masofa bor edi. Qodiriy ilk asarlarida fikrlarini ochiq aytish, g’oyani yalang’och ifodalash yo’lidan bordi.

Har qanday ishda bo’lgani singari asarlarini yozishga ham g’oyat puxta tayyorgarlik ko’radigan yozuvchi 1917 — 1918- yillardan boshlab asosiy asari bo’lmish «O’tkan kunlar» romani uchun material yig’ishga kirishdi. U xalqning hayoti, ahvoli-ruhiyasini yirik badiiy asarda tasvirlash zaruriyatini his etardi. O’zbekning qanday xalq ekanligini ko’rsatib beradigan katta hajmli asarga ulkan ehtiyoj borligini sezardi. Adib romanni 1919- yildan yoza boshladi. 1922-yilda birinchi o’zbek romanining dastlabki boblari «Inqilob» jurnalida chop etildi. 1925- yilda romanning bo’limlari alohida-alohida uch kitob tarzida, 1926- yilda esa «O’tkan kunlar» yaxlit asar sifatida bosilib chiqdi. 1928- yil­da adibning ikkinchi romani «Mehrobdan chayon» nashr etildi. 1934- yilda kolxozlashtirish tufayli o’zbeklar hayotida ro’y bergan o’zgarishlarni aks ettiradigan «Obid ketmon» qissasini yozdi. Bulardan tashqari, adib necha o’nlab publitsistik maqolalar, badiiy saviyasi baland hikoyalar ham yaratdi. Qodiriy «Amir Umarxonning kanizagi», «Namoz o’g’ri», «Dahshat» singari romanlar yozmoqchi bo’lib, materiallar to’plagani haqida ma’lumotlar bor. Ammo qonsiragan sho’rolar tuzumi adibning bu rejalari amalga oshuviga qo’ymadi.

O’z asarlari bilan nafaqat O’zbekiston, balki butun Turkiston xalqlari ma’naviyati ravnaqiga hissa qo’shgan adibni 1937-yilning 31-dekabrida yangi yil kechasi ikkinchi bor olib ketishdi. Bu davrda Stalin boshqarib turgan qatag’on mashinasi shitob bilan ishlar va uning yaxshi yurmog’i uchun yangidan-yangi qurbonlar zarur edi. Adolatning ko’chasidan ham o’tmagan hukumatning uch-lik sudi 1938- yilning 5- oktabrida XX asr o’zbek nasrining eng yirik vakilini, asrimizdagi o’zbeklarning eng fidoyilaridan birini o’limga hukm qildi. Dahshatli jihati shundaki, hukm 4- oktabrda, ya’ni hukm chiqishidan bir kun oldin ijro etilgan edi. Qotillar o’zbekning chin iste’dodlarini yo’qotishga shoshilishgandi.




Download 268,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish