Yillik dars ishlanmani to’liq olishni istaysizmi?
Dars ishlanmaning bahosi - 30 ming so’m*
(Yillik dars ishlanma fayli telegram yoki elektron pochta orqali jo’natiladi. To’lov: Click yoki Payme orqali kartadan-kartaga.
To'lov quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
*880*3*8600 0207 3918 9129 *summa# )
Bog’lanish uchun:
Tel: + 99890 558 86 19
E-Pochta: nodir86_19@inbox.uz
Telegram: @saytyaratish,
O’qish 3-sinf
Sana:
1-dars
Mavzu: Bayramingiz qutlug` bo`lsin. Dilfuza Kamoljonova
Maqsad: a) ta’limiy: Тinglab tushunish, fikrni og`zaki bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish kompetentsiyalari
b) tarbiyaviy: Kommunikativ, axborot bilan ishlash, shaxs sifatida o`z-o`zini rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, umummadaniy, matеmatik savodxonlik, fan va tеxnika yangiliklaridan xabardor bo`lish hamda foydalanish kompеtеntsiyalarini tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning o‘qish malakalarini oshirish,
Dars usuli: Darslik bilan ishlash , savol-javob, suhbat
1-bosqich. Tashkiliy qism O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.
2-bosqich. Ehtiyoj (refleksiya)larni aniqlash
Dars davomida rioya qilish lozim bo'lgan qoidalar belgilanadi. Dars shiori ishlab chiqiladi.
3-bosqich.
1. Kirish. Davlat madhiyasi, Davlat bayrog'i va konstitutsiya kitobi ko'rsatiladi.
2. Darslik bilan tanishtirish.
3. matnni o'qishga tayyorgarlik. Matn va uning muallifi bilan tanishtirish.
Bayramingiz qutlug bo'lsin
Dilfuza Kamoljonova
Mustaqillik - bu avlod-ajdodlarimiz ko‘p yillar osha kutgan erkinlik, hurlik degani. Mustaqillik- bu erkin fikrlash, mustaqil harakat qilishdir. Boy chig’idek asrash, avaylash, kelajak avlodlarga asl holida yetkazib berishdir. Ertaning egalari - Siz yoshlarga fan, ta’lim, madaniyat, sport va san’at sohasida imkoniyatlar eshigini ochib bergan oltin kalitdir.
1991 -yilning 31-avgusti Vatanimiz tarixi sahifalariga oltin harflar bilan yozildi. Chunki shu kuni O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi e’lon qilindi. 1991-yil 1-sentabr 0‘zbekiston Respublikasining Mustaqilligi kuni deb belgilandi. Shu yildan boshlab 1-sentabr umum-xalq bayrami sifatida butun mamlakatimizda keng ni-shonlanib kelinmoqda.
Yurt mustaqil bo'lishi uchun o'zining davlat ramzlari -bayrog‘i, gerbi, madhiyasi, maydoni, mustahkam chegaralari, armiyasi bolishi kerak. Mustaqil O‘zbekiston o‘z davlat ramzlari, kuchli armiyasi va mukammal qonunchiligiga ega davlatdir.
Mustaqillik tufayli Vatanimizni dunyo tan oldi, u o‘z o‘rni, obro‘-e’tiboriga ega bo‘ldi.
1. Mustaqillik nima degani?
2. Nima uchun 1991-yilning 31-avgusti Vatanimiz tarixi sahifalariga oltin harflar bilan yozildi?
3. Mustaqillik tufayli Vatanimiz nimalarga ega bo‘ldi?
4. Lug'at ishi.
5. Matnni o'quvchilarga o'qitish, topshiriq bilan o'qish.
6. Darslikdagi mavzuga doir qo'shimcha materiallar bilan ishlanadi.
7. Muhokama Kengaytirish Dars yakunida o'rganilganlarni muhokama qiladilar
8. Baholash O’quvchilarning darsdagi faolligiga, test savollariga bergan javoblariga qarab har bir bosqichdagi baholari umumlashtiriladi va yakuniy ball e'lon qilinadi.
O’T.I.B.D.O’:
Sana:
Do'stlaringiz bilan baham: |