10. Biznes huquqi subyektlari tasnifi. Umuman olganda, tadbirkorlik huquqi sub’ektlarini bir necha turlarga ajratish mumkin. Sub’ektlarni turkumlash ularning mulkchilik shakliga (masalan, fuqarolarning xususiy mulki, jamoa mulki yoki davlat mulkiga asoslangan), vakolatlariga (ya’ni bevosita tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar, yoki boshqaruvni amalga oshiruvchi sub’ektlar kabi), shaxslarga (jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar) xamda faoliyat turiga (tijoratchi va notijorat tashkilotlar) karab belgilanadi. SHu o’rinda tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarni faoliyat maksadiga (turiga) karab tijoratchi tashkilot va tijoratchi bulmagan tashkilotga ajratilgan ikki turiga tushuncha berib utsak. Ushbu turlarga bulish Fuqarolik kodeksining 40-moddasida, ya’ni yuridik shaxslarning turlarida xam kursatib utilgan bulib, Tijoratchi tashkilot - bu foyda olishni o’z faoliyatining asosiy maksadi kilib kuygan sub’ekt bulib, (xususiy korxonalar, xo’jalik jamiyatlari, shirkatlari) tijoratchi tashkilotlarning huquqiy xolatlari O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi va boshqa qonun xujjatlarida belgilab kuyilgan.
11. Biznes subyektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish va hisobga qo’yish. Jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofik, jismoniy shaxslarga tadbirkorlik makomiga ega bulishlik imkoniyati berilib, ular xam tadbirkorlik huquqining sub’ektlari doirasiga kiritilgan. Jumladan, Fuqarolik kodeksining 24-moddasiga muvofik, fuqaro yakka tadbirkor sifatida davlat ruyxatidan utkazilgan paytdan boshlab tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanishga xaklidir. Keenan va Richeslar xammuallifligida 2013 yilda yozilgan “Business Law” kitobining 2-bulimida kayd etilishicha Angliyada tadbirkorlik sub’ektlari, ya’ni biznes tashkilotlarining quyidagi turlari sanab utilgan. YAkka tartibdagi tadbirkorlik (the sole trader), sheriklik, shirkat (the partnership) va kompaniya korxona (the company). Korxonalar (companies) . Biznes faoliyati ruyxatdan utgan korxona shaklida xam yuritilishi mumkin. Ruyxatdan utish koidalari asosida Kardiffdagi ruyxatdan utkazuvchi tashkilot tomonidan ruyxatga olinadi. 2006-yildagi qonunga asosan xususiy korxonalar korxona kotibiyati tashkil qilishi shart emas, ammo ular xoxlasa bunga ta’kik yuk. Xususiy korxonada asosiy xulosalar sarmoyadorlar xamda biznes maslaxatlatchilari, ya’ni maxsus buxgalterlar va advokatlar tomonidan chikarilishi umumiy xisoblanadi.
12. Yakka tartibdagi tadbirkor biznes huquqi subyekti sifatida. .Korxonalar tugrisidagi qonunning ijrosidan sung, xususiy korxonalarda ulushlar ma’lum darajada cheklanadi, yoki biz a’zo bir kishi uchun javob beradi. YOki uning sherikligi bir kishi uchun yopiladi. YAkka tartibdagi tadbirkor. 2012 yil 2 mayda kabul kilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari tugrisida”gi yangi taxrirdagi qonunda tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari doirasi kengaytirilib, ular kichik tadbirkorlik sub’ektlari shaklida, jumladan yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik bilan shugullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar xam kichik tadbirkorlik sub’ekti sifatida mastaxkamlandi. qonunga binoan xar qanday fuqaro xam tadbirkor shaxs xisoblanmaydi, balki fakat belgilangan tartibda davlat YAkka tartibdagi tadbirkorlik jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmagan xolda amalga oshirishdir. ruyxatidan utib, tadbirkor makomini olgan fuqarolargina etirof etilishi mumkin. Yakka tartibdagi tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan mustaqil, xodimlarni yollash huquqisiz, mulk huquqi asosida o’ziga tegishli bulgan mol-mulk negizida, shuningdek mol- mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yul kuyadigan o’zga ashyoviy huquq asosida amalga oshiriladi. Xunarmandchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tovarlar tayyorlash (ishlar bajarish, xizmatlar kursatish) uchun kupi bilan besh nafar shogirdni ularga tegishlicha xak tulagan xolda jalb etishga xaklidir. YAkka tartibdagi tadbirkor o’z faoliyatini amalga oshirayotganda shaxsiy ish xujjatlari blankalaridan, muxr, shtamplardan foydalanishga xakli, ularning matnlari mazkur shaxs yakka tartibdagi tadbirkor ekanligi xakida dalolat berishi lozim. Demak, yuridik shaxs tashkil etmagan xolda tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari shakllari tugrisida so’z ketar ekan qonun ularni quyidagi tarzda mustaxkamlaganligini ta’kidlash joiz. yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan xodimlarni yollash huquqisiz, mulk huquqi asosida o’ziga tegishli bulgan mol-mulk negizida, shuningdek, mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yul kuyadigan o’zga ashyoviy huquq tufayli o’ziga tegishli bulgan mol-mulk negizida mustaqil ravishda amalga oshiriladigan yakka tartibdagi tadbirkorlik; er-xotinning umumiy mol-mulki negizida ular tomonidan amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlik; ikki yoki undan ortik yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan foyda olish yoki qonunga zid bulmagan boshqa maksadga erishish uchun o’z xissalarini kushish va yuridik shaxs to’zmasdan, birgalikda ish qilish majburiyatini olgan oddiy shirkat; yuridik shaxs tashkil etmagan xolda dexkon xujaligini yuritish. YUridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish (davlat ruyxatidan utishi) uchun shaxs 18 yoshga tulgan bulishi lozim. YAkka tartibdagi tadbirkorlik va oilaviy tadbirkorlik faoliyatining negizi, mulkning shakllanish xolati bir-biridan fark kiladi. YAkka tartibdagi tadbirkor mulk huquqi asosida fakat o’ziga tegishli bulgan mol-mulk negizida, shuningdek mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yul kuyadigan o’zga ashyoviy huquq tufayli o’ziga tegishli bulgan mol-mulk negizida faoliyat kursatsa, oilaviy tadbirkorlik mol-mulk negizida umumiy birgalikdagi mulk asosida amalga oshiriladi
Do'stlaringiz bilan baham: |