8-SINF O’ZBEKISTON TARIXI TEST.
1-mavzu.
VIII sinf ,,O‘zbekiston tarixi“ darsligi Vatanimizning qaysi davrigacha bo’lgan tarixi haqida bilim beradi?
XVII asrdan XIX asr o‘rtalarigacha
XVI asrdan XIX asr o‘rtalarigacha
XV asrdan XIX asr o‘rtalarigacha
XVI asrdan XX asr o‘rtalarigacha
Quyidagi qaysi javobda xatolik mavjud?
Temuriylar davlati XVI asr boshlarida to‘la barham topdi
Temuriylar sulolasi hukmronligi barham topgach, yurtimizda shayboniylar sulolasi hukmronligi o‘matildi. Mazkur sulola ishlab chiqarish, ilm-fan va madaniyat rivojida temuriylar davrida erishilgan ulkan yutuqlarni saqlab qola olmadilar
Shayboniylar hukmronligi davrida oliy hukmdor — xon davlat hududlarini sulola xonadoni a’zolariga yurt
(udel) qilib bo’lib berdi. Bu esa oxir-oqibatda markaziy hokimiyatning zaiflashuviga, yurt hokimlari hokimiyatining kuchayishiga, siyosiy tarqoqlikning hukm surishiga olib kcldi
XVIII asr oxirida Buxoro xonligi ikkiga bo’linib ketdi
Qachondan boshlab «Dashti Qipchoq» dеb ataluvchi geografik hudud tilga olinadi?
A) X asr B) XI asr C)XII asr D) XIII asr
Qanday manbalarda XI asrdan boshlab «Dashti Qipchoq» dеb ataluvchi geografik hudud tilga olinadi?
A) arab va fors B) arab va turk
C) turk va uyg`ur D) fors va arman
Dashti Qipchoqning gеоgrafik hududini aniqlang?
Sirdaryoning yuqori oqimi va Tyanshanning g`arbiy yonbag`irlaridan Don daryosining quyi oqimiga qadar
Sirdaryoning o`rta oqimi va Tyanshanning shimoliy yonbag`irlaridan Dnepr daryosining quyi oqimiga qadar
Sirdaryoning quyi oqimi va Tyanshanning g`arbiy yonbag`irlaridan Dunay daryosining o`rta oqimiga qadar
Sirdaryoning yuqori oqimi va Tyanshanning g`arbiy yonbag`irlaridan Dnepr daryosining quyi oqimiga qadar
Qaysi daryo Dashti Qipchoqni sharqiy va g`arbiy qismlarga ajratib turgan?
A) Ural B) Itil C) Don D) Dunay
Dashti Qipchoq aholisi rus manbalarida qanday nomda atalgan?
A) kumanlar B) pоlоvеslar
C) qipchoqlar D) qora bo`rk
Dashti Qipchoqning ………qismi aholisi o`zbeklar deb atalgan
A) shimoliy B) sharqiy
C) g`arbiy D) janubiy
Dashti Qipchoq aholisi Vizantiya manbalarida qanday nomda atalgan?
A) kumanlar B) pоlоvеslar
C) qipchoqlar D) qora bo`rk
Dashti Qipchoq aholisi sharq manbalarida qanday nomda atalgan?
A) kumanlar B) pоlоvеslar
C) qipchoqlar D) qora bo`rk
Qachon Chingizxonning nabirasi, Jo‘jixonning (Chingizxonning katta o‘g‘li) o‘g‘li Botuxon Oltin O'rda xonligiga asos soldi?
A) 1243-yilda B) 1236-yilda
C) 1240-yilda D) 1229-yilda
Oltin O'rda xonligiga qaysi hududlarini o‘z ichiga olgan?
Xorazm, Shimoliy Kavkaz
Volga bulg‘orlari yurti, Dashti Qipchoq
Qrim va G‘arbiy Sibir
Sibir va Astraxan
A) 1,2 B) 1,2,3 C) 1,2,3,4 D) 1,3
Jo‘jixonning beshinchi o‘g‘li Shaybon naslidan bo‘lgan hukmdori Davlatshayx qachon vafot etgan?
A) 1420-yilda B) 1445-yilda
C) 1430-yilda D) 1425-yilda
Quyidagilar orasidan xatolik mavjud javobni aniqlang?
Oltin O'rda xonligiga Rus davlati o‘lpon to‘lab turgan
Oltin O‘rda Jo‘jixonning o‘g‘illari o‘rtasida uluslarga bo‘linishi natijasida, Dashti Qipchoqning sharqiy qismi Jo‘jixonning beshinchi o‘g‘li Shaybonga teggan
Abulxayrxon Davlatshayxning ukasi edi
Abulxayrxonni taxt uchun kurashda ulusdagi doimiy nizolardan aziyat chekayotgan boshqa o‘zbek qabilalari hamda ruhoniylar qo‘llab-quvvatladilar
Qachon Abulxayrxon ,,O‘zbek ulusi“ deb atalgan davlatga asos soldi?
A) 1428-yilda B) 1431-yil
C) 1435-yilda D) 1439-yilda
“O‘zbek ulusi” tashkil topganda davlatning poytaxtini aniqlang?
Janubi-g‘arbiy Sibirdagi Sig’noq shahri
Janubi-sharqiy Sibirdagi Tura shahri
Shimoliy Kavkazdagi Suza shahri
Janubi-g‘arbiy Sibirdagi Tura shahri
Abulxayrxon qachon o‘z davlatini Oltin O‘rdadan mustaqil deb e’lon qildi
A) 1431-yilda B) 1430-yilda
C) 1425-yilda D) 1446-yilda
Abulxayrxon 1446-yilda bosib olgan hududlar to`g`ri bеrilgan javobni aniqlang.
1. Sig`noq 2. Оqqo`rg`оn 3. Arquq
4. O`zgan 5. Suzoq 6. Xo`jand
A) 1,2,4,6 B) 1,2,3,5 C) 1,2,3,4,5 D) 1,2,3,5,6
1446-yilda Abulxayrxon o`z davlatining poytaxtini qayеrga ko`chirdi?
A) Oqqo`rg`on B) Suzoq C) Sig`noq D) Tura
Abulxayrxonning xotini Robiya Sulton bеgim kimning qizi edi?
A) Sulton Abu Said B) Husayn Boyqaro
C) Mirzo Ulug`bеk D) Muzaffar Mirzo
1451-yilda Abulxayrxon qaysi tеmuriyzodaning Samarqand taxtini egallashiga yordam bеrish bahonasida Movarounnahrga yurish qiladi?
A) Sulton Ali Mirzo B) Sulton Ahmad
C) Abu Said Mirzo D) Sulton Mahmudxon
Abulxayrxon qachon vafot etdi?
A) 1460-yilda B) 1465-yilda
C) 1468-yilda D) 1470-yilda
Qachon Abulxayrxon tuzgan davlat parchalanib ketdi?
A) 1460-yilda B) 1465-yilda
C) 1468-yilda D) 1470-yilda
Muhammad Shayboniyxon kimning o`g`li edi?
A) Abulxayrxon B) Shohbudog` Sulton
C) Mahmud Sulton D) Muhammad Mazid tarxon
Shohbudog` Sultonning o`g`illari to`g`ri berilgan javobni aniqlang
Mahmud Sulton va Xalil Sulton
Shayboniyxon va Mahmud Sulton
Mahmud Sulton va Abu Said Mirzo
Boysung`ur Mirzo va Shayboniyxon
Muhammad Shayboniyxon qachon tug`ilgan?
A) 1451-yilda B) 1455-yilda
C) 1456-yilda D) 1459-yilda
Ota-onasidan yoshligida yetim qolgan Muhammad Shayboniyxon kimning qo`lida tarbiyalanadi?
Boyshayx
Muhammad Mazid Tarxon
Hojiqozi
Qorachabek
Quyidagilar orasidan xato ma’lumot sonini aniqlang?
Shayboniyxon va Mahmud Sultonga Uyg‘ur qavmidan bo‘lgan, Shohbudog’ Sultonga otaliq qilgan amir Boyshayx otaliq etib tayinlandi. Shahzodalar o‘z davrining yetuk shaxslari bo’lib yetishdilar
Shayboniy va ukasi qochqinlik davrida Turkistondan boshpana topdilar. Keyinchalik ular Buxoroga keldilar. Shayboniy Buxoro madrasalarida ilm oldi. Iste’dodli shoir sifatida tanildi.
Shayboniy va ukasi qochqinlik davrida Turkistondan boshpana topdilar. Keyinchalik ular Buxoroga keldilar. Shayboniy Buxoro madrasalarida ilm oldi. Iste’dodli shoir sifatida tanildi.
Turli temuriy hukmdorlarga xizmat qilish Shayboniyga Temuriylar davlatidagi vaziyatni yanada yaxshi bilib olishga imkon berdi.
Shayboniyxon Amudaryo bo‘ylaridagi qo‘rg‘onlarni
ham egalladi. Bu qo‘rg‘onlar kelgusida unga Movarounnahrni istilo qilish uchun tayanch vazifasini o‘tadi
A) 1 B) 2 C) 3 D) 0
29. Shayboniyxon bobosi Abulxayrxonning davlatini qachon qayta tikladi?
A) XV asrning 60-yillari B) XV asrning 70-yillari
C) XV asrning 80-yillari D) XV asrning 90-yillari
2-mavzu
Amir Temur vafotidan so‘ng toj-u taxt uchun olib borilgan kurashlarda oxir-oqibat g‘olib chiqqan hukmdorni aniqlang
Shohrux Mirzo
Umarshayx Mirzo
Xalil Sulton
Mironshoh
Ma`lumki, Mirzo Ulug`bek vafotidan keyin Movarounnahrda toju- taxt uchun kurash kuchayib ketadi. Bu kurashda kim g`alaba qozonib, Movarounnahr taxtini egallaydi?
Xalil Sulton
Sulton Ahmad
Abu Said ibn sulton Muhammad
Boysung`ur Mirzo
Xuroson hukmdori Abulqosim Bobur qachon vafot etgan?
A) 1457-yilda B) 1459-yilda
C) 1458-yilda D) 1450-yilda
Qachon Abu Said Mirzo halok bo‘ldi?
A) 1457-yilda B) 1459-yilda
C) 1465-yilda D) 1469-yilda
Abu Said Mirzo halok bo‘lgach Movarounnahr uning o‘g‘illari hukmdor bo‘lgan amalda uch mustaqil
davlatga bo’linib ketdi. Chunonchi, Samarqandda (a), Farg‘onada (b), Hisor, Xuttalon va Badaxshonda (c) hukmronlik qildilar.
a-Sulton Ahmad, b-Umarshayx Mirzo, c-Ibrohim Sulton
a-Sulton Ahmad, b-Umarshayx Mirzo, c-Sulton Mahmud Mirzo
a-Mironshoh, b-Umarshayx Mirzo, c-Sulton Mahmud Mirzo
a-Sulton Ahmad, b-Abdulatif, c-Sulton Mahmud Mirzo
Quyidagi ma’lumotlar orasidan faqat to’g’rilarini aniqlang?
Abu Said Mirzo avval temuriylar tasarrufida bo’lgan Eronning g‘arbiy qismini egallab olgan oq qo‘yunlilarga qarshi kurashda halok bo‘ldi.
Abu Said Mirzo halokatidan so‘ng Movarounnahr uning o‘g‘illari hukmdor bo‘lgan amalda uch mustaqil
davlatga bo’inib ketsada, Sulton Ahmad rasman Movarounnahr hukmdori hisoblanardi. Uning davrida aholi tinchlik va osoyishtalikda yashadi.
Sulton Ahmad vafotidan so‘ng Movarounnahr taxtini ukasi Sulton Mahmud Mirzo egalladi
Shohrux Mirzo davrida Temuriylar saltaoati amalda ikki mustaqil davlatga bo’lib boshqarildi. Ularning biri Xuroson (poytaxti Hirot), ikkinchisi esa Movarounnahr (poytaxti Samarqand) davlatlari edi. Xurosonda Shohrux Mirzo, Movarounnahrda esa o‘g‘li Mirzo Ulug’bck
hukmronlik qildi.
A) 1 B) 1,2 C) 1,2,3 D) 1,2,3,4
Boysung'ur Mirzo Movarounnahr taxtini egallagan (a), Farg‘ona hokimi Bobur Mirzo Boysung‘urni qa’laga yashirinishga majbur etgan yillarni aniqlang?
A) a-1494-yil, b-1495-yil B) a-1496-yil, b-1497-yil C) a-1495-yil, b-1497-yil D) a-1497-yil, b-1497-yil
Bobur Mirzo tomonidan Samarqand qamali necha oydan ortiq davom etdi?
A) 6 B) 7 C) 9 D) 10
Xatolik mavjud javob variantini aniqlang.
Bobur Mirzo 1497-yilda Boysung‘urni qa’laga yashirinishga majbur etdi. Bu vaqtda shahar ichida oziq-ovqat tanqisligi vujudga kelganligi tufayli Boysung‘ur askarlari orasida parokandalik ro‘y berdi
Bobur Mirzo qamaliga bardosh berishga ko‘zi yetmagan Boysung‘ur Turkistonda (Yassida) turgan Shayboniyxondan yordam so‘radi.
Bobur Samarqand taxtini egallashga muvaffaq bo‘ldi. U bobosi Amir Temur taxtining sohibi deb e’lon qilindi. Biroq sohiblik uzoqqa cho‘zilmadi. Bunga Bobuming dushmanlari Farg‘ona taxtiga ukasi Muzafffarni o‘tqazish uchun ko‘targan isyon sabab bo‘ldi.
Boburning yo‘qligidan Boysung‘urning ukasi Sulton Ali Mirzo foydalanib qoldi va 1498-yilda Movarounnahr taxtini egalladi.
Bobur Mirzo bilan ukasi Jahongir Mirzo o`rtasida qachon sulh tuziladi?
A) 1498-yilda B) 1499-yilda
C) 1500-yilda D) 1501-yilda
Bobur va Jahongir Mirzolar o`rtasidagi sulhga ko`ra, Jahongir Mirzoga qaysi hududlar bеrildi?
Amudaryoning g`arbiy tomoni Balx shahri bilan birga
Sirdaryoning janubiy tomoni Andijon shahri bilan birga
Zarafshon daryosining sharqiy tomoni Buxoro shahri bilan birga
Sirdaryoning shimoliy tarafi Axsi shahri bilan birga
Bobur va Jahongir Mirzolar o`rtasidagi sulhga ko`ra, Bobur Mirzoga qaysi hududlar bеrildi?
Amudaryoning g`arbiy tomoni Balx shahri bilan birga
Sirdaryoning janubiy tomoni Andijon shahri bilan birga
Zarafshon daryosining sharqiy tomoni Buxoro shahri bilan birga
Sirdaryoning shimoliy tarafi Axsi shahri bilan birga
Хurоsоn hukmdоri Shоhrux Mirzo qachоn vafоt etdi?
A) 1445-yilda B) 1446-yilda
C) 1447-yilda D) 1448-yilda
Sulton Abu Said Mirzo temuriylar davlatini bir qadar birlashtirishga muvaffaq bo‘lgan (1) Sulton Husayn Boyqaro Xuroson taxtini egallagan (2) yillarni aniqlang.
A) 1-1458-yil, 2-1469-yil B) 1-1457-yil, 2-1469-yil C) 1-1458-yil, 2-1466-yil D) 1-1457-yil, 2-1464-yil
Amir Temurning uchinchi o‘g‘li Mironshohning nabirasi (a), Amir Temurning ikkinchi o’g’li
Umarshayxning nabirasini (b) aniqlang.
a-Pirmuhammad, b-Sulton Husayn Boyqaro
a-Sulton Abu Said Mirzo, b-Xalil Sulton
a-Sulton Abu Said Mirzo, b-Sulton Mahmudxon
a-Sulton Abu Said Mirzo, b-Sulton Husayn Boyqaro
Quyidagi ma’lumotlardan to’g’rilarini aniqlang.
Shohrux Mirzo 1447-уili vafot etgach, toj-u
taxt uchun kurash avjiga chiqdi. Natijada, Xuroson davlati o‘n bir qismga bo‘linib ketdi.
Mamlakat obodonchiligi yo’lida katta ishlar amalga oshirildi. Movarounnahrga nisbatan siyosiy barqarorlik ta’minlandi. Bunda Husayn Boyqaroning hukmdorlik salohiyati muhim o‘rin tutdi. Vazir Alisher Navoiyning xizmatlari ham benihoya katta bo‘ldi.
Husayn Boyqaro bilan o‘g‘li Badiuzzamon o’rtasidagi munosabatlarda keskinlik vujudga keldi. Bu holat ota va o‘g‘il o‘rtasiga nizo urug‘ini sochgan qora kuchlarning Badiuzzamonning 11 yoshli begunoh o‘g‘li,
komil nabira, Alisher Navoiy chuqur e’tiqod qo‘ygan Mo'min Mirzoning qatl etilishiga erishganlaridan so‘ng yanada kuchaydi.
Qora kuchlarning maqsadi taxtga Boysung‘urni emas, uning o‘gay ukasi Muzaffar Husaynni o‘tqazish edi.
Sulton Husayn Boyqaroning Muzaffar Husayn Mirzoga nohaq yon bosishi, o‘g‘li Mo‘min Mirzoning qatl etilishi oxir-oqibat Badiuzzamon va otasi o‘rtasida urush keltirib chiqardi. Urushda Badiuzzamon yengildi. O‘zaro qirg‘inbarot urushlar oxir-oqibat sulh tuzish bilan yakunlandi.
A) 1,2,3 B) 1,2,3,4 C) 1,2,3,4,5 D) 1.3.4.5
Xuroson hukmdori Sulton Husayn Boyqaro qachon vafot etdi?
A) 1506-yilda B) 1509-yilda
C) 1511-yilda D) 1513-yilda
Xuroson hukmdori Sulton Husayn Boyqaro vafot etgandan keyin bir vaqtning o`zida hukmdor deb e`lon qilingan Sulton Husayn Boyqaroning o`g`illari to`g`ri berilgan javobni aniqlang
Xalil Sulton va Muzaffar Husayn
Muzaffar Husayn va Sulton Muhammad
Badiuzzamon va Sulton Ahmad
Badiuzzamon va Muzaffar Husayn
3-mavzu
XVI asr bo`sag`asida Tеmuriylar davlati taxti uchun kurash maydoniga kim chiqdi?
A) Xalil Sulton Muhammad B) Abu Said ibn Sulton Muhammad
Zahiriddin Muhammad Bobur
Sulton Husayn Boyqaro
Bobur Mirzo ………….. ning nabirasi edi.
A) Jahongir B) Umarshayx
C) Abu Said D) Shohrux
Bobur Mirzo qachon tug`ilgan?
A) 1469-yil 22-fevralda B) 1471-yil 16-martda
C) 1483-yil 14-fevralda D) 1489-yil 30-dekabr
Bobur Mirzo qayerda tug`ilgan?
A) Axsi B) O`sh C) Andijon D) Samarqand
Bobur Mirzoning yoshlik yillari qaysi shaharlarda o`tgan.
A) O`sh va Toshkent B) Axsi va Namangan
C) Andijon va Axsi D) Andijon va Samarqand
Boburning otasi Umarshayx Mirzo Abu Said Mirzo hukmronligi davrida dastlab qaysi viloyatiga hukmdor etib tayinlangan?
A) Kobul B) Tоshkеnt C) Farg`ona D) Sayram
Boburning otasi Umarshayx Mirzo Abu Said Mirzo hukmronligi davrida dastlab Kobul viloyatiga so`ngra qayerga hukmdor etib tayinlangan?
A) O`ratepa B) Tоshkеnt C) Farg`ona D) Sayram
Boburning otasi Umarshayx Mirzoga akasi Sulton Ahmad hukmronligi davrida qaysi hududlar bеrildi?
A) Qobul va Xo`jand B) Farg`ona va Qobul
C) Tоshkеnt va Sayram D) Sayram va Axsi
Bobur Mirzoning otasi Umarshayx Mirzoning yashagan yillarini aniqlang
A) 1455-1494-yillar B) 1445-1494-yillar C) 1447-1498-yillar D) 1432-1491-yillar
O`zarо ichki kurashlar natijasida Umarshayx Mirzo qo`l ostida faqat qayerlar qolgan?
Namangan, Jizzax , Farg`ona
Jizzax , Namangan, Tоshkеnt
Farg`ona, Tоshkеnt, Хo`jand
Farg`ona, Хo`jand, O`ratеpa
Umarshayx Mirzo halok bo`lgach, hokimiyat ….. yoshli Bobur Mirzo qo`liga o`tdi
A) 10 B) 11 C) 12 D) 13
Bobur yosh bo`lgani uchun davlat ishlarini kimlar yordamida boshqargan?
Ishonchli beklaridan Hojiqozi va onasi Qutlug` Nigorxonim
Ishonchli beklaridan Uzun Hasan va onasi Qutlug` Nigorxonim
Ishonchli beklaridan Ahmda Tanbal va onasi Robiya Sultonbegim
Onasi Robiya Sultonbegim va ishonchli beklaridan Hojiqozi
Onasining gapi bilan ish tutgan Movarounnahr hukmdori Sulton Ali Mirzoning kaltabinligi sababli Shayboniyxon qachon Samarqandni jangsiz egalladi?
A) 1500-yilda B) 1499-yilda
C) 1504-yilda D) 1501-yilda
Bobur Mirzo Qachon Samarqandga yurish bosbladi va taxtni ikkinchi marta egalladi?
A) 1500-yil yozda B) 1499-yilda
C) 1500-yil kuzda D) 1501-yil bahorda
Quyidagi ma’lumotlardan nechtasi xato?
Shayboniyxonning asosiy maqsadi Temuriylar saltanatiga butunlay barham berish edi
Shayboniyxon Samarqandni egallagach, Sulton Ali Mirzoni qatl ettirdi.
Movarounnahrning nufuzli davlat arboblari shayxulislom Abulmakorim boshchiligida Bobur Mirzoni Samarqand taxtini egallashga da’vat etdilar.
Bobur Mirzo Samarqandga yurish qilib, taxtni ikkinchi marta egallagan vaqtda Shayboniyxon Samarqanddan tashqarida - Konigil (shahardan tashqaridagi hukmdorlar hordiq chiqaradigan joy)da turar edi.
Bobur Mirzo va Shayboniyxon o’rtasidagi hal qiluvchi jangda Movarounnahr hukmdori Sulton Husayn Boyqaro va Turkistondagi tog‘asi Sulton Mahmudxondan Boburga yordam kuchi kelmadi
A) 1 B) 2 C) 3 D) 0
Qachon Shayboniyxon Bobur Mirzoga
sulh taklif etdi. Bobur Mirzo hech qayerdan yordam ololmagach, noiloj, sulhga rozi bo‘ldi. Sulh shartlari Bobur Mirzo uchun juda haqoratli bo‘lsa-da, unga rozi bo‘lmaslikdan boshqa chorasi yo‘q edi.
1501-yilda besh oylik qamaldan so‘ng
1500-yilda yetti oylik qamaldan so‘ng
1501-yilda olti oylik qamaldan so‘ng
1502-yilda olti oylik qamaldan so‘ng
Bobur Mirzoning qizi Gulbadanbegim yashagan yillarni aniqlang.
A) 1530-1610-yillarda B) 1523-1603-yillarda C) 1533-1603-yillarda D) 1555-1603-yillarda
Og‘ir va nochor ahvolga tushib qolgan Bobur Mirzo Samarqandni tark etib, ko‘p mashaqqatlarni boshdan kechirib, o‘zga yurtlarga ketishga majbur bo‘ldi. Bobur Mirzoning qizi Gulbadanbegim o‘zining ,,Humoyunnoma“ asarida bu haqda quyidagilarni yozgan edi: „Xudoga tavakkal qilib …. va …. yuzlandilar“.
Balx va Hirotga
Badaxshonot va Andijonga
Buxorova Kobulga
Badaxshonot va Kobulga
Bobur Mirzo Kobulda o‘z hokimiyatini o‘rnatgan yilni aniqlang.
A) 1500-yilda B) 1526-yilda
C) 1504-yilda D) 1506-yilda
Bobur Bolo Hisor qal’asini o‘zining qarorgohiga aylantirgan edi. Ushbu qal’a qayerda joylashgan?
A) Kobulda B) Dehlida
C) Hirotda D) Sig’noqda
4-mavzu
1. Movarounnahr aholisi nima sabadan Muhammad Shayboniyxonni qo`llab-quvvatlagan?
Muhammad Shayboniyon Movarounnahrning ichki siyosiy vaziyatini yaxshi bilishi uning nufuzini yanada kuchaytirdi
Movarounnahr aholisi temuriyzodalarning toj-taxt uchun kurashlaridan charchagan edi
Movarounnahr zodagonlari, ruhoniylari va hatto oddiy aholining ma`lum qismi Muhammad Shayboniyxon timsolida Movarounnahr timsolida tinchlik o`rtnatishga qodir yagona shaxsni ko`rganlar
Shayboniyxon tomonidan ko`plab Movarounnahr zodagonlariga ko`plab yer-mulk va sovg`a-salom berilganligi
A) 1,2,4 B) 1,3,4 C) 1,2,3,4 D) 1,2,3
2. Muhammad Shayboniyxonning hokimiyati kuchayishiga yordam bergan omillarni aniqlang
Dashti Qipchoq qabilalarining rahnamolari Abulxayrxon vafotidan keyin boshlangan o`zaro qirg`inlarning yana takrorlanishini aslo istamas edi. Shu tufayli ular Muhammad Shayboniyxon timsolia bunday qirg`inga yo`l qo`ymaydigan qodir shaxs sifatida ko`rdilar
Dashti Qipchoq qabilalari ko`pdan buyon o`troq hayot tarzida yashashni orzu qilib keldilar. Bu orzuning ushalishi o`zgalarning unumdor yerlarini bosib hisobiga ro`yobga chiqish mumkin edi
Dashti Qipchoq rahnamolari Muhammad Shayboniyxonni o`z orzularini ro`yobga chiqarishga qodir birdan bir shaxs deb hisoblardilar. Shu bois ham ular va ruhoniylar kuchli yollanma qo`shinga ega bo`lgan Muhammmad Shayboniyxonni qo`llab- quvvatlaydilar
A) 1,2 B) 1,2,3 C) 2,3 D) 1,3
Qachon Muhammad Shayboniyxon dastlab qisqa muddatga bo`lsada Samarqandni egallaydi?
A) 1499-yil B) 1500-yil C) 1501-yil D) 1503-yil
Muhammad Shayboniyxon qachon yangi o`zbek davlati- shayboniylar davlatiga asos soladi?
A) 1499-yil B) 1500-yil C) 1501-yil D) 1503-yil
Qachon Muhammad Shayboniyxon Samarqandni uzil-kesil bo`ysundirdi?
A) 1499-yil B) 1500-yil C) 1501-yil D) 1503-yil
Quyidagi qaysi shahar bosib olingandan keyin Muhammad Shayboniyxon butun Movarounnahrni bosib olishga kirishdi?
A) Buxoro B) Toshkent
C) Samarqand D) Farg`ona
Muhammad Shayboniyxon qachon Tоshkеnt va Shohruxiya shaharlarini egalladi?
A) 1499-yil B) 1500-yil C) 1501-yil D) 1503-yil
Shayboniyxon Movarounnahrni bosib olishda qaysi jang usulidan foydalangan?
pistirma qo`yish usuli
kamondan o`qqa tutish usuli
tolg`ama usuli
A va B
Muhammad Shayboniyxon Toshkent va Shohruxiya shaharlarini egallagandan keyin kimni Turkistonga hokim qilib qo`yadi?
Ko`chkunchi Sulton
Sulton Ali Mirzo
Jonibek Sulton
Suyunchxo`ja Sulton
Muhammad Shayboniyxon Toshkent va Shohruxiya shaharlarini egallagandan keyin kimni Toshkentga hokim qilib qo`yadi?
Ko`chkunchi Sulton
Sulton Ali Mirzo
Jonibek Sulton
Suyunchxo`ja Sulton
Muhammad Shayboniyxon Toshkent va Shohruxiya shaharlarini egallagandan keyin kimni Buxoroga hokim qilib qo`yadi?
Ko`chkunchi Sulton
Sulton Ali Mirzo
Sulton Mahmud
Suyunchxo`ja Sulton
11 . Muhammad Shayboniyxon tomonidan Farg`ona egallangan sanani aniqlang
A) 1504-yil B) 1505-yil C) 1506-yil D) 1507-yil
Muhammad Shayboniyxon Axsi va Andijonni kimga tortiq qildi?
Ko`chkunchi Sulton
Sulton Ali Mirzo
Jonibek Sulton
Suyunchxo`ja Sulton
Jonibek Sulton kimning o`g`li edi?
Xo`ja Mahmud Sultonning
Shohbudog` Sultonning
Sulton Ali Mirzoning
Muhammad Mahmud Sultonning
Muhammad Shaybonixon qaysi shaharni poytaxt qilib bеlgiladi?
A) Buxoro B) Toshkent
C) Samarqand D) Farg`ona
Qachon Xorazm Muhammad Shayboniyxon tomonidan bosib olindi?
A) 1504-yil B) 1505-yil C) 1506-yil D) 1507-yil
Muhammad Shayboniyxon qachon Xurosonga yurish boshladi?
A) 1504-yil yozida B) 1505-yil kuzida
C) 1506-yil bahorida D) 1507-yil qishida
Qachon Balx Muhammad Shayboniyxon tomonidan bosib olindi? A) 1504-yil B) 1505-yil C) 1506-yil D) 1507-yil
Qachon Hirot Muhammad Shayboniyxon tomonidan bosib olindi?
A) 1504-yil B) 1505-yil C) 1506-yil D) 1507-yil
Quyidagi qaysi voqeadan so`ng Hirot`zining iqtisodiy, siyosiy va madaniy markaz sifatidagi ahamiyatini yo`qotdi?
Shayboniyxon bosib olganidan kеyin
Sulton Husayn Boyqaro vafotidan keyin
Eron shohi Ismoil Safaviyning Xurosonni bosib olganidan keyin
Shohrux vafotidan keyin
Xorazm, Xuroson, Movarounnharni o`z ichiga olgan hududda Muhammad Shayboniyxonning hukmronligi o`rnatilgan paytda Eron shohi kim edi?
A) Shoh Abbos I B) Ismoil Safaviy
C) Sulton Husayn D) Mir Mahmud
Muhammad Shayboniyxon va Eron shohi Ismoil Safaviy qo`shinlari o`rtasida to`qnashuv qachon bo`lib o`tdi?
A) 1510-yil B) 1511-yil C) 1512-yil D) 1513-yil
Ma`lumki, Muhammad Shayboniyxon va Eron shohi Ismoil Safaviy qo`shinlari o`rtasida to`qnashuv qachon bo`lib o`tdi va bu jangda Ismoil Safaviy jangda g`alaba qozonadi. Bu g`alab tufayli shoh Ismoil butun…………ni egallaydi
A) Xuroson B) Movarounnahr
C) Xorazm D) Dashti Qipchoq
Qachon Movarounnnahr va Xorazmda o`zbek xalqi shakllandi?
A) VII asrda B) IX-XII asrlarda
C) XII-XIV asrlarda D) XI asrda
Quyidagi javoblardan qaysi birida tarixiy xatolikka yo`l qo`yilmagan?
Dashti Qipchoqni XIII asr boshlarida zabt etgan mo`g`ullar bu o`lkada yashovchi turkiy qabilalar tarkibiga singib ketganlar va o`z milliyligini yo`qotganlar
XVI asrdan boshlab Dashti Qipchoqda ham yashovhi o`zbek qabilalari ko`chib kela boshlagach, yurtimizda o`zbek xalqining tarkibi kengayib bordi
XVI asrdan boshlab Movarounnahr va Xorazmning mahalliy aholisi ham umumiy nom bilan o`zbek deb atala boshlagan
O`zbek xalqi XVI asrda shakllangan A) 1,2,4 B) 1,2,3 C) 1,3 D) 1,2
Qachondan boshlab Movarounnahr va Xorazmning mahalliy aholisi ham umumiy nom bilan o`zbek deb atala boshlagan?
A) XIV asr B) XVasr C) XVI asr D) XVII asr
To`lg`ama bu ...
Dushmanga qarshi ot yonida turib kamondan o`qqa tutush
Otliq qo`shin bilan dushman piyodalarini parokanda qilish
Dushman qo`shinining qanot qismini aylanib o`tib, hujum qilish
Dushmanga qashi kurashda mayda guruhlarga bo`linib, jang qilish
Quyidagi qaysi javobda xatolik mavjud?
Shoh Ismoil davlati kattagina hududlarni o‘z ichiga olardi. Bu davlatning bir sarhadi Xuroson bilan, ikkinchi sarhadi esa Usmonli davlati bilan tutashgan edi.
Shoh Ismoil boshliq Eron safaviylarining
Xurosonga tazyiqi tobora kuchayib, talonchilik harakatlari avj oldi. Endi bu ikki hukmdor o‘rtasida urush bo‘lishi muqarrar bo‘lib qoldi.
Nihoyat, 1510-yilda ikki hukmdor qo‘shini to'qnashdi. Balx (hozirgi Turkmaniston hududi) yaqinida bo‘lgan jangda Eron qo‘shini g‘alaba qozondi
Xurosonning ham bo‘ysundirilishi bilan amalda Shayboniyxon butun mintaqani yagona bir markaz - Samarqand qo‘l ostida birlashtira oldi va temuriyzodalar amalga oshira olmagan ishni bajardi. Bu uning davlatchiligimiz oldidagi xizmatidir.
5-mavzu
Muhammad Shayboniyxon halok bo`lganidan keyin taxtga kim o`tqazildi?
A) Abu Said B) Ubaydullaxon
C) Ko`chkinchixon D) Mahmud Sulton
Qachon Bobur Mirzo Samarqandni uchinchi marta egallaganida shayboniylar vaqtinchalik hokimiyatdan mahrum bo‘lib qoldilar?
A) 1511-yilda B) 1512-yilda
C) 1513-yilda D) 1510-yilda
Qachon bo’lib o’tgan jangda shayboniylar Bobur Mirzo bilan uning ittifoqchisi safaviylar qo‘shinini tor-mor qilib, Samarqand taxtini qayta qo’lga kiritdilar.
A) 1511-yil 19-aprelda B) 1512-yil 28-aprelda
C) 1513-yil 28-mayda D) 1510-yil 28-aprelda
Ko‘chkunchixon qachongacha hukmronlik qilgan?
A) 1530-yilgacha B) 1533-yilgacha
C) 1525-yilgacha D) 1515-yilgacha
Shayboniylar davlatida Abu Saidning hukmronlik yillarini aniqlang
A) 1530-1533-yillar B) 1533-1540-yillar C) 1574-1595-yillar D) 1556-1598-yillar
Abu Said kimning o`g`i edi?
Muhammad Shayboniyxon
Suyunchxo`ja Sulton
Ko`chkinchixon
Mahmud Sulton
Shayboniylar davlatida Ubaydullaxonning hukmronlik yillarini aniqlang
A) 1530-1533-yillar B) 1533-1540-yillar C) 1574-1595-yillar D) 1556-1598-yillar
Ubaydullaxon kimning o`g`li edi?
Muhammad Shayboniyxon
Suyunchxo`ja Sulton
Ko`chkinchixon
Mahmud Sulton
Qaysi shayboniy hukmdor davlat poytaxtini Samarqanddan Buxoroga ko`chiridi?
A) Abu Said B) Ubaydullaxon
C) Abdullatifxon D) Abdullaxon II
Qachon xonlik poytaxtni Samarqanddan Buxoroga ko‘chirilgan?
A) 1530-yilda B) 1540-yilda
C) 1533-yilda D) 1539-yilda
Shayboniylar davlatida Ko`chkinchixondan keyin taxtga kim o`tirdi?
A) Abu Said B) Ubaydullaxon
C) Abdullatifxon D) Mahmud Sulton
Nima sababdan Ubaydullaxon davlat poytaxtini Samarqanddan Buxoroga ko`chiradi?
Chunki, Buxoro islom dinining markazi edi
Chunki, Buxoro ota meros mulk edi
Chunki, Samarqand madaniy markaz sifatida o`z nufuzini yo`qotgan edi
Chunki, Buxoro buyuk ipak yo`li chorrahasida joylashgan edi
Kimning davridan boshlab markazi Buxoro bolgan davlat
«Buxoro xonligi» dеb atala boshladi?
A) Abu Said B) Ubaydullaxon
C) Ko`chkinchixon D) Mahmud Sulton
Buxoro xoni shayboniy Ubaydullaxonning tarixiy xizmatari tog`ri berilgan javobni aniqlang
Ismoil Safaviyning hujumlarini bartaraf etib, Movarounnahrni ularning harbiy siyosiy-siyosiy tazyiqlardan saqlab qoldi
Ubaydulaxon o`z davlatining chegarasini Shayboniyxon davridagi sarhadlarda qayta tiklashga harakat qildi
Hirotni ishg`ol etgan Eron qo`shinini bir necha marta mag`lubiyatga uchratgan
Mamlakat ichkarisidagi o`zaro kurash va tarqoqlikka barham berdi
Ubaydullaxon hukmronligi davrida Buxoroning poytaxt sifatidagi nufuzi har tomonlama o‘sdi
A) 1,3 B) 1,2,3 C) 1,2,3,4,5 D) 1,3,4
Ubaydullaxonning ma’naviy ilhomchisi bu …
A) Mir Arab B) Abdulla Sabroniy
C) Maxmur D) A,B
Qaysi yillarda Ubaydullaxon Mir Arabga bag'ishlab Buxoroda uning nomi bilan mashhur madrasa qurdirgan?
A) 1530-1536-yillarda B) 1536-1539-yillarda C) 1533-1539-yillarda D) 1533-1536-yillarda
Tarixchi Hofiz Tanish al-Buxoriy „ Uning davlati va xalofati zamonida Movarounnahr, ayniqsa, Buxoro viloyati gullabyashnadi“. deb qaysi hukmdor haqida yozgan?
Muhammad Shayboniyxon
Abdullaxon II
Ubaydullaxon
Mahmud Sulton
Ubaydullaxon vafotidan keyin taxtga kim o`tirdi?
A) Abdullaxon I B) Abdulazizxon
C) Abdullatifxon D) Abdullaxon II
Ma`lumki, Abdullaxon I vafotidan kеyin mamlakatda qo`shhokimiyatchilik vujudga keldi. Buxoroda kim hukmronlik qila boshladi?
Ko`chkinchixonnning o`g`li Abu Said
Ko`chkunchixonning o`g`li Abdulatifxon
Iskandar Sultonning o`g`li Abdullaxon II
Ubaydullaxonning o`g`li Abdulazizxon
Ma`lumki, Abdullaxon I vafotidan kеyin mamlakatda qo`shhokimiyatchilik vujudga keldi. Samarqandda kim hukmronlik qila boshladi?
Ko`chkinchixonnning o`g`li Abu Said
Ko`chkunchixonning o`g`li Abdulatifxon
Iskandar Sultonning o`g`li Abdullaxon II
Ubaydullaxonning o`g`li Abdulazizxon
Qo`shhokimiyatchilik davrida Balx va Badaxshonda mustaqil bo‘lib olgan shaxsni aniqlang?
A) Navro‘z Ahmadxon B) Pirmuhammadxon I
C) Suyunchxo’ja D) Iskandarxon
Qo`shhokimiyatchilik davrida Toshkent va Turkistonda mustaqil bo‘lib olgan shaxsni aniqlang?
A) Navro‘z Ahmadxon B) Pirmuhammadxon I
C) Suyunchxo’ja D) Iskandarxon
Qo`shhokimiyatchilik davrida Karmana va Miyonqolda mustaqil bo‘lib olgan shaxsni aniqlang?
A) Navro‘z Ahmadxon B) Pirmuhammadxon I
C) Suyunchxo’ja D) Iskandarxon
Toshkent va Turkiston hukmdori, Suyunchxo‘janing o‘g‘li Navro‘z Ahmadxon Samarqand hukmdori, amakivachchasi Abdulatifxon bilan ittifoq tuzib qachon Buxoroni egalladi va hokimiyatni o‘z tarafdorlariga topshirdi?
A) 1540-yilda B) 1556-yilda
C) 1533-yilda D) 1545-yilda
Ko’chkunchixonning o’g‘li Abdulatifxon qachon vafot etgan?
A) 1547-yilda B) 1556-yilda
C) 1545-yilda D) 1548-yilda
Quyidagi ma’lumotlardan faqat to’g’rilarini aniqlang.
Abdulatifxon vafot etgach, Samarqand taxtini Suyunchxo‘janing o‘g‘li Navro‘z Ahmadxon egalladi.
Karmana va Miyonqol hukmdori Iskandarxon va uning
o‘g‘li Abdullalar Navro‘z Ahmadxonga itoat etishni istamadilar. Bunga qarshi Navro‘z Ahmadxon Miyonqolga yurish boshladi. Kuchlar nisbatida Navro‘z Ahmadxonning ustunligini bilgan ota- o‘g‘il Balxga
ketishga majbur bo’ldilar.
Abdullaxon Balx hukmdori - amakisi Pirmuhammadxonning yordamida Navro‘z Ahmadxonga qarshi bir necha bor yurish qilganidan so‘nggina g‘alabaga erishdi. Mag’lub bo‘lgan Navro‘z Ahmadxon Buxoroni tashlab Samarqandga qaytdi. So‘nggi jangda har ikki tomon ham g‘alaba qilishga ko‘zlari yetmagach, o‘rtada sulh imzolandi. Sulhdan so‘ng Abdullaxon Amudaryodan o‘tib Maymanaga, Navro‘z Ahmadxon esa Buxoroda noibini qoldirib Samarqandga qaytdi
A) 1 B) 2,3 C) 1,2,3 D) 1,3
27. Navro‘z Ahmadxon qachon vafot etgan?
A) 1555-yilda B) 1566-yilda
C) 1558-yilda D) 1556-yilda
Do'stlaringiz bilan baham: |