1. XIX asrda amirlik chegarasi qaysi hududlarni o’z ichiga olganligini aniqlang?
XIX asr birinchi yarmida Buxoro amirligining aholi sonini aniqlang?
A) 2 mln B) 3 mln C) 800 ming D) 1 mln
Amirlik iqtisodiyotida qishloq xo’jaligi yetakchi tarmoq edi. Necha foiz aholi shu tarmoqda mehnat qilardi?
A) 65 B) 95 C) 90 D) 80
Sug‘oriladigan yerlarning necha foiziga paxta ekilgan? A) 65 B) 75 C) 80 D) 85
Chorvachilik ham juda rivojlangan. Uning asosini … tashkil etgan?
A) qo‘ychilik B) yilqichilik
C) tuyachilik D) A,B
Mamlakat yaylovlarida necha bosh qo‘y boqilardi?
A) 10 million B) 12 million
C) 14 million D) 15 million
Buxoro amirligida yer egaligining qanday turlari mavjud edi?
1. amlok yerlari 2.
mulk yerlari
3. vaqf yerlari 4. mulki inju
A) 1,2,3 B) 1,3,4 C) 1,2,3,4 D) 1,2,4
Buxoro amirligida davlat yerlarining suvsiz dasht, to`qayzor qismi kimlarga bo`lib berilgan edi?
diniy ulamolarga
ko`chmanchi jamoalarga
davlat amaldorlariga
sayyidlarga
Buxoro amirligida davlat yerlarining bir qismi hukmron sulola a`zolari, yirik mansabdorlarga davlat oldidagi xizmatlari uchun qanday shaklda in`om etilgan?
A) suyurg`ol B) tanho C) jogir D) iqto
Buxoro amirligida suyurg`ol egalari qanday majburiyatlarni bajarishi lozim edi?
davlat xazinasiga xiroj to`lashi
Oliy hukmdor chaqirig`iga ko`ra, o`z qo`shini bilan harbiy yurishlarda ishtirok etishi
oliy hukmdor topshirig`iga ko`ra, elchilarga ziyofat uyushtrish
A va B
Buxoro amirligida davlat yerlarini «tanho» shaklidagi in`omga sazovor bo`lgan kishi ….
in`om qilgan yerga egalik qilgan
yerga emas, yerdan olinadigan soliqning ma`lum qismiga egalik qilgan
mahalliy aholini boshqarish va shu yerdan olinadigan soliqqa egalik qilgan
in`om qilingan yerga egalik qilgan. Yig`ilgan soliqlarni xon xazinasiga jo`natgan
Amirlikda eng kichik tanho yeri necha tanobni tashkil etgan?
26-60 tanob (3-4 gektar)
36-50 tanob (2-5 gektar)
30-60 tanob (3-5 gektar)
36-60 tanob (3-5 gektar)
Ma`lumki, Buxoro amirligidagi xususiy yerlarning bir qismi davlat xizmati bilan bog`liq bo`lmagan. Bunday yerlar kimlarga qarashli bo`lgan?
Amirlikda asrlar osha yashab kelayotgan yahudiylarga
Amirlikda asrlar osha yashab kelayotgan arablarga
Amirlikda asrlar osha yashab kelayotgan hindlarga
Amirlikda asrlar osha yashab kelayotgan sayyidlarga
Buxoro amirligida kimlarga qarashli bo`lgan yerlardan 1/10 qismi miqdorida soliq to`langan?
Amirlikda asrlar osha yashab kelayotgan yahudiylarga
Amirlikda asrlar osha yashab kelayotgan arablarga
Amirlikda asrlar osha yashab kelayotgan hindlarga
Amirlikda asrlar osha yashab kelayotgan turklarga
Buxoro amirligida qanday yerlar barcha soliqlardan ozod qilingan?
A) Suyurg`ol yerlari B) Tanho
C) Mulki hur D) Jogir
Buxoro amirligida urushda jasorat ko`rsatgan yoki hukmdorning alohida topshiriqlarini bajargani uchun qanday yerlar berilgan?
A) tanho B) suyurg`ol
C) mulki hur D) tiyul
Buxoro amirligida vaqf mulklarini quyidagi qaysi lavozim egasi tasarruf etar edi?
A) mutavalli B) sadr C) muhtasib D) mudarris
Buxoro amirligida asosiy soliq qaysi edi?
A) zakot B) qazon puli C) xiroj D) ushr
Buxoro amirligida qachondan boshlab xirojning bir qismi pul bilan yig`iladigan bo`ldi?
A) XVII asr oxiri B)
XVIII asr
C) XIX asrda D) XVI asrda
Xiroj miqdori hosilning necha qismini tashkil etgan? A) 2/5 B) 2/3 C) 3/5 D) 1/3
Uning miqdori yer haydashga yaroqli har juft ho`kiz hisobidan kelib chiqib belgilangan. Gap qaysi soliq haqida ketmoqda?
A) Tanobona B) Qo’sh puli
C) Zakot D) Tutun haqi
Bu soliqning miqdori ekinzorning bozorga uzoq-yaqinligiga bog‘liq edi. Gap qaysi soliq haqida ketmoqda?
A) Tanobona B) Qo’sh puli
C) Zakot D) Tutun haqi
Zakot deb ataluvchi soliqning hajmi soliq
solinadigan mol-mulk miqdorining va qiymatining necha foizini tashkil etgan?
A) 1,5 B) 2 C) 2,5 D) 3
Buxoro amirligida zakot solig`iga asosan kimlar tortilgan?
chorva mollari egalari
savdogarlar
chorva mollari egalari va savdogarlar
savdogarlar va dehqonlar
Buxoro amirligida qanday soliq turlari faqat pul shaklida olingan?
1.xiroj 2.zakot 3.qo`sh puli 4.tanobona A) 1,2,3 B) 1,2,3,4 C) 2,3,4 D) 1,3,4
Harbiy harakatlar chog‘ida aholi uchun favqulodda soliq - joriy etilgan va qanday atalgan?
A) To‘la B) Qozon puli
C) Yig’im soliq D) Tutun haqi
Quyidagi ma’lumotlardan to’g’rilarini aniqlang.
Bog‘, poliz, sabzavot ekilgan yerlardan tanobona deb atalgan soliq olingan.
Mulk yerlari musodara etilgan, davlat hamda yirik yer egalari tomonidan hadya etilgan yerlar hisobiga
vujudga keltirilar edi.
Amirlikda xazinaga eng ko‘p soliq tanho yerlaridan tusha boshlagan
Shuningdek, mang'itlar davrida dehqon jamoalari tugatildi. Uning o‘rnida ijarachi dehqon shakllana bordi.
Daryo va kanallarga o‘rnatilgan chig‘ir eng ko‘p ishlatiladigan suv ayirg‘ich edi. Shunday chig‘irlar ham yaratilganki, ular suvni hatto 4 metr va undan ham balandga chiqarib bera olardi.
A) 1,2,3,4 B) 1,3,4 C) 1,3,4,5 D) 1,2,3,5
Do'stlaringiz bilan baham: