16-mavzu
Buxoro amirligida amirdan keyingi ikkinchi shaxs qaysi lavozim egasi edi?
A) Qo'shbegi B) Devonbegi
C) Otaliq D) Mehtar
Amirlikda ashtarxoniylar hukmronligi davrida davlatda juda katta nufuzga ega bo‘lgan qaysi lavozim oldingi mavqeyini yo‘qotdi?
A) Qo'shbegi B) Devonbegi
C) Otaliq D) Mehtar
Mangi`t amirlari davrida Buxoro amiri saroyida xizmat qiluvchi nechta amaldorlik lavozimi joriy etildi va shulardan nechtasi yuqori davlat lavozimlari sanalgan?
100 ga yaqin, 30 ga yaqini
300 ga yaqin, 30 ga yaqini
200 ga yaqin, 30 ga yaqini
400 ga yaqin, 40 ga yaqini
Buxoro amirligi ma`muriy jihatdan nimalarga bo`lingan?
A) viloytalarga B) tumalarga
C) viloyat va tumanlarga D) viloyat va bekliklarga
Buxoro amirligi nechta viloyat (beklikka) bo`lingan?
A) 27 ta B) 30 ta C) 35 ta D) 40 ta
Quyidagi ma’lumotlardan to’g’rilarini aniqlang.
Amirlik davlat tizimiga ko‘ra mutlaq monarxiya edi. Oliy hukmdor - amir cheklanmagan huquqqa ega bo’lgan. Butun hokimiyat uning qo‘lida to‘plangan. Amir, ayni paytda, davlatning ma’naviy rahnamosi ham edi. Chunki u eng oliy martabali amaldorlar (arkoni davlat) hamda qabilalarning boshliqlari bilan maslahatlashib ish tutgan.
Amirlikda davlat boshqaruvi sohasida ayrim islohotlar o‘tkazildi. Chunonchi, ashtarxoniylar davrida mavjud bo‘lgan boshqaruvning dargoh va devonlar tizimi tugatildi. Davlat vazifalarini ijro etishto‘g‘ridan to‘g‘ri saroydagi u yoki bu lavozimda, yoki biron-bir nufuzli davlat arbobi qo‘lida to'planuvchi tartih joriy etildi.
Qo’shbegi amir Arkida yashagan
Viloyatlarni beklar - hokimlar boshqarishgan. Hokim lavozimiga, asosan, qabila sardorlari (amir) tayinlangan. Qolgan ma’muriy- hududiy birliklarga sug‘oriladigan yer miqdori asos qilib olingan
A) 1,2 B) 1,2,3 C) 1,2,3,4 D) 1,3,4
Buxoro amirligida bir nechta ariq va kanal orqali sug‘oriladigan yuz ming tanob yer … tashkil etgan.
A) Hazorani B) Nim hazorani
C) Bir tumanni D) Qoriyani
Buxoro amirligida Bitta katta ariq bilan sug‘oriladigan ellik ming tanob yer qanay atalgan?
A) Hazora B) Nim hazora
C) Bir tuman D) Qoriya
Buxoro amirligida yigirma besh ming tanob yer qanday atalgan?
A) Hazora B) Nim (yarim) hazora
C) Bir tuman D) Qoriya
Buxoro amirligida 10-15 ming tanob sug’oriladigan yer qanday atalgan?
A) Marza B) Qoriya
C) Qishloq obikori D) Hazora
Buxoro amirligida 400 tanob yerga ega qishloq qanday atalgan?
A) Marza B) Qoriya
C) Qishloq obikori D) Hazora
Buxoro amirligida 300 tanob va undan kam yeri bo‘lgan hudud, aholi yashasa-yashamasa, qanday atalardi?
A) Marza B) Qoriya
C) Qishloq obikori D) Hazora
Ba’zi qishloqlar joylashgan hudud maydoni katta bo‘lmagan. Binobarin, ularning har birini alohida-alohida boshqarish iqtisodiy jihatdan o'zini oqlamas edi. Shuning uchun ham bir nechta katta- kichik qishloqlar biriktirilib eng quyi ma’muriy birlik tashkil etilgan va … deb atalgan?
A) Mulk B) Amlok
C) Mulki xos D) Adra
Amlok yelarini amlokdor boshqargan va u boshqaruv ishida kimlarga tayangan?
1. Qishloq oqsoqollari 2. Amin 3. Miroblar
4. Mirshablar
A) 1,2 B) 1,2,3 C) 1,2,3,4 D) 1,3,4
Buxoro amirligda quyidagi qaysi mansab egasi yetishtirilgan hosilning hisobini yuritish, soliqlar va boshqa tushumlarning belgilangan muddatlarda yig`ilishi uchun ma`sul bo`lgan?
A) amin B) mehtar C) amlokdor D) muhtasib
Buxoro amirligda quyidagi qaysi mansab egasi suv inshootlarining o`z vaqtida ta`mirlashini ta`minlagan?
A) amin B) mehtar C) Qishloq mirobi D) muhtasib
Buxoro amirligda quyidagi qaysi mansab egasi qishloqlar uchun ajratadigan suvning ariqlar bo`yicha to`g`ri taqsimlanishini ta`minlagan?
A) amin B) mehtar C) Qishloq mirobi D) muhtasib
Buxoro amirligda quyidagi qaysi mansab egasining asosiy vazifasi soliq va boshqa tushumlarni yig`ish, aholi ustidan nazorat olib borish bo`lgan?
A) amin B) mehtar C) amlokdor D) muhtasib
Quyidagi qaysi so`z «mulk egasi» degan ma`noni aniqlang
A) amin B) mehtar C) amlokdor D) muhtasib
Quyidagi qaysi so`z «ishonchli, halol odam» degan ma`noni aniqlang
A) amin B) mehtar C) amlokdor D) muhtasib
Buxoro amirligda quyidagi qaysi mansab egasining asosiy vazifasi arqilardagi suvni ekin maydonlariga taqsimlash bo`lgan?
A) amin B) mehtar C) mirob D) muhtasib
Buxoro amirligining davlat muassalari nimalardan iborat edi?
1. ma`muriy 2. moliya 3. qozilik
4. mirshablik 5. harbiy 6. tashqi ishlar A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,4,5,6
C) 1,2,3,6 D) 1,2,4,5,6
Amirlikda oliy ijroiya hokimiyat, ya’ni Bosh vazir (vaziri buzruk ham deyilgan) uning qo'lida to‘plangan. U poytaxt Buxoro shahridagi ahvol, mamlakat boshqaruvi, moliya, soliq, xazina kabi eng muhim sohalarni nazorat qilgan. Ushbu ta’rif qaysi lavozim haqida
ekanligini aniqlang.
A) Parvonachi B) Devonbegi
C) Qo’shbegi D) Otaliq
Amirlikda qaysi lavozim egasi quyi qo'shbegi deb ham atalgan?
A) Parvonachi B) Devonbegi
C) Qo’shbegi D) Otaliq
Amirlikda zakot masalasi bilan shug‘ullangan (a), Buxoro va Samarqand viloyatlarini sug‘orish, shuningdek, suv taqsimoti bilan bog‘liq ishlar uchun mas’ul (b) lavozimlarni aniqlang.
A) a-devonbegi, b-mirob B) a-mehtar, b-sadr
C) a-qo’shbegi, b-otaliq D) a-devonbegi, b-otaliq
Qaysi lavozimda ishlagan amaldoming asosiy vazifasi Buxoro xonligida bo‘lganidek oliy hukmdorning yorliqlarini u yoki bu amaldorga yetkazish bo‘lgani holda, amirlikda istiqomat qilib kelayotgan arablar jamoasi masalalari bilan ham shug‘ullanadigan bo‘ldi?
A) Parvonachi B) Devonbegi
C) Qo’shbegi D) Otaliq
Qaysi lavozimga tayinlangan amaldor amirning buyruqlarini quyi lavozimda ishlayotgan davlat xizmatchilariga yetkazish, mazkur buyruqlarning bajarilishini va kelgusida davlat mansablariga tayinlanishi mumkin bo'lgan xizmatchilarning faoliyatini tashkil etish bilan shug‘ullangan?
A) to'qsoba B) Mehtar
C) Bosh inoq D) Kichik inoq
Quyidagi Buxoro amirligi bilan bog’liq ma’lumotlardan noto’g’risini aniqlang.
Moliya vaziri-devonbegi
Amirlikda barcha viloyatlar Devonbegiga bo‘ysungan
Ba’zi hollarda parvonachi lavozimida ishlayotgan amaldorga uning shaxsi, amirlik siyosiy hayotida tutgan o‘rniga qarab, muhim vazifalar ham yuklatilgan. Chunonchi, Amir Haydar Marvda unga qarshi ukasi Dinnosirbek boshchiligida ko‘tarilgan isyonni bostirish
uchun Niyozbek parvonachini qo‘shinga qo‘mondon qilib jo ‘natgani bunga dalildir
Yoki Amir Nasrullo 1842-yilda Qo‘qonni ishg‘ol etgach, u yerga Ibrohim parvonachi mang‘itni noib etib tayinlaganida, shubhasiz, uning amirlik hayotidagi mavqeyini hisobga olgan.
A) 1,2 B) 4 C) 3,4 D) 1,4
Amirlikda chet mamlakat elchilari taqdim etadigan hujjatlarni qabul qilib olgan, shuningdek, amir muhri uchun javobgar bo‘lgan lavozimni aniqlang.
A) to'qsoba B) Mehtar C) Bosh inoq D) Kichik inoq
Amirlikda davlat bayrog'ining daxlsiz saqlanishini ta’minlash, shuningdek, eng ishonchli shaxs sifatida oliy davlat marosimlarida amir dasturxoniga taom tortish kabi nihoyatda mas’uliyatli vazifani bajargan lavozimni aniqlang.
A) to'qsoba B) Mehtar
C) Bosh inoq D) Kichik inoq
Buxoro amirligida amir otxonasining boshlig`i kim bolgan?
A) inoq B) miroxur C) mirshab D) mushrif
Buxoro amirligida qaysi mansabdor shaxs amir huzurida uyushtiriladigan ziyofatlar uchun mas`ul bolgan?
A) dasturxonchi B) sadr
C) mirshab D) parvonachi
Buxoro amirligida quyidagi qaysi mansab egasi vaqf mulklarining boshqaruvchisi hisoblangan?
A) dasturxonchi B) sadr
C) mirshab D) parvonachi
Buxoro amirligida amir kutubxonasining boshliqi berilgan javobni aniqlang
A) kitobdor B) daftardor C) to`qsabo D) sadr
Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishi qozikalon murakkab dеb hisoblagan turli diniy-huquqiy masalalar bo`yicha shariatga asoslanib fatvo chiqargan?
A) muftiy B) muhtasib C) shayxulislom D) sadr
Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishi davlat xavfsizlik xizmati boshlig‘i bo’lgan?
A) Mehtar B) Qutvol
C) Ko'kaldosh D) Shig'ovul
Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishi soliq va boshqa yig‘imlardan tushgan mablag‘larning belgilangan o‘rinlarda qanchalik to‘g‘ri sarflanganligini nazorat qiluvchi amaldor bo’lgan?
A) Mehtar B) Qutvol
C) Ko'kaldosh D) Shig'ovul
Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishi davlat hisobidan amalga oshiriladigan qurilish ishlariga mas’ul amaldor hisoblangan?
A) Mehtar B) Qutvol
C) Ko'kaldosh D) Shig'ovul
Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishi chet mamlakatlar elchilarining qabul qilinishini tashkil etuvchi hisoblangan?
A) Mehtar B) Qutvol
C) Ko'kaldosh D) Shig'ovul
Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishi shahar va yo‘llar posboni hisoblangan?
A) Mushrif B) Dodxoh
C) Qorovulbegi D) Muhtasib
Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishi amirga in’om etilgan sovg'alarni ro‘yxatga olish va soliqlar tushumini yozib boruvchi amaldor hisobangan?
A) Mushrif B) Dodxoh
C) Qorovulbegi D) Muhtasib
Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishi jabrlanuvchi arizasini amirga yetkazuvchi va javobini arizachiga yetkazilishiga mas’ul amaldor hisoblangan?
A) Mushrif B) Dodxoh
C) Qorovulbegi D) Muhtasib
Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishi barcha musulmon ruhoniylar (diniy tashkilotlarda diniy lavozimda xizmat qiluvchilar)ning boshlig’i bo‘lib, davlatda eng yuqori martabali ruhoniy, din arbobi sanalgan?
A) Muftiy B) Qozikalon,
C) Muhtasib (rais) D) Shayxulislom
Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishi sudlov ishlarini amalga oshirishdan tashqari, boquvchisini yo’qotganlarning, beva- bechoralarning haq-huquqlari nechog’lik himoya qilinayotganligi ustidan nazorat olib borgan?
A) Muftiy B) Qozikalon
C) Muhtasib (rais) D) Shayxulislom
Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishi muhtasib bozorda qalloblikka, sifatsiz mahsulot sotilishiga yo‘l qo‘ymaslik, og‘irlik (tosh-u tarozi) va uzunlik o’lchovlarining to‘g‘riligi hamda aholining shariat qoidalariga qanchalik amal qilayotganliklari
ustidan bevosita nazorat olib borgan?
A) Muftiy B) Qozikalon
C) Muhtasib (rais) D) Shayxulislom
Buxoro amirligida mavjud bo’lgan lavozimlarni vazifasi bilan moslashtiring.
Uning martabasi shu darajada yuqori bo‘lganki, hatto bo’lajak hukmdor ham uning roziligisiz taxtga o‘tira olmagan.
U mamlakatda shariat talablarining aniq bajarilishi ustidan nazorat olib borgan.
Masjidlarga borib namoz o‘quvchilar ro‘yxatini tekshirgan.
Taqiqlangan ichimliklar iste’mol qilinishiga hamda sudxo‘rlikka qarshi choralar ko‘rgan
Bu lavozim mavqeyiga ko‘ra shayxulislomdan keyingi ikkinchi lavozim edi.
1,2,3-Shayxulislom, 4-Muhtasib, 5-Qozikalon
1,2-Shayxulislom, 3,4-Muftiy, 5-Qozikalon
1,2-Shayxulislom, 3,4-Muhtasib, 5-Qozikalon
1,2,3-Shayxulislom, 4-Muhtasib, 5-Muftiy
47. Tanob (chilvir, arqon) - ekin maydonini o‘lchash uchun qo'llaniladigan yuza birligi. 1 tanob yer maydoni necha sotix? 1 gektar yer esa mecha tanobni tashkil etgan?
1 tanob-6,66 sotix, 1 gektar-18 tanob
1 tanob-8,33 sotix, 1 gektar-12 tanob
1 tanob-8,33 sotix, 1 gektar-14 tanob
1 tanob-10 sotix, 1 gektar-10 tanob
Do'stlaringiz bilan baham: |