8-sinf o’zbekiston tarixi test. 1-mavzu



Download 323,53 Kb.
bet9/36
Sana14.04.2022
Hajmi323,53 Kb.
#550687
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36
Bog'liq
8-uzb mavzulashgan

13-mavzu


1. Buxoro xonligida shayboniylar sulolasi hukmronligi davrida quyidagi qaysi fanlar ma`lum darajada rivojlangan?


1. tibbiyot 2. matematika 3. musiqa
4. astronomiya
A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 1,3,4 D) 1,2,4

  1. «Tabiblar iftixori» deb sharaflangan shaxs tog`ri berilgan javobni aniqlang

A) Muhammad Mazid B) mavlono Baqo
C) Shohali ibn Sulaymon D) Sultonali Samarqandiy

  1. Mavlono Baqo ….. edi

A) jarroh B) astronom C) biology D) mudarris

  1. Buxoro xonligida shayboniylar sulolasi hukmronligi davrida ko`z kasalliklarini davolashda quyiagi qaysi shaxs nom chiqargan?

  1. Muhammad Mazid

  2. mavlono Baqo

  3. Shohali ibn Sulaymon

  4. Sultonali Samarqandiy

  1. «Davolash bo`yicha dastur» asari muallifini aniqlang

A) Muhammad Mazid B) mavlono Baqo
C) Shohali ibn Sulaymon D) Sultonali Samarqandiy

  1. «Ko`z kasalligiga doir asosiy kitob» asari mualifini aniqlang

  1. Sultonali Samarqandiy

  2. Ubadulloh Kahhol

  3. Bobokolon Samarqandiy

  4. Mahmud ibn Ahmad Foriziy

  1. Buxoro xonligida shayboniylar sulolasi hukmronligi davrida kimlar matematika fani rivojiga hissa qo`shganlar?

1. Muhammad Amin 2. Muhammad Husayni Buxoriy 3. Bobokolon Samarqandiy 4. mavlono Kavkaviy
A) 1,2,3,4 B) 1,3,4 C) 1,2,4 D) 2,3,4

  1. «Qibla tomonini topish ma`rifati» asari muallifini aniqlang.

  1. Bobokolon Samarqandiy

  2. Muhammad Husayni Buxoriy

  3. Mahmud ibn Ahmad Foriziy

  4. Sultonali Samarqandiy

  1. «Oy fazolarining tengligi haqida risola» asari muallifini aniqlang.

  1. Bobokolon Samarqandiy

  2. Muhammad Husayni Buxoriy

  3. Mahmud ibn Ahmad Foriziy

  4. Sultonali Samarqandiy

  1. Buxoro xonligida shayboniylar sulolasi hukmronligi davrida kimlar astronomiya fani rivojiga hissa qo`shganlar?

  1. Muhammad Amin

  2. Muhammad Husayni Buxoriy

  3. Mahmud ibn Ahmad Foriziy

  4. mavlono Kavkaviy

A) 1,2, B) 3,4 C) 1,2,4 D) 2,3

  1. «Shayboniynoma» asari mualliflari berilgan qatorni aniqlang

  1. Muhammad Solih, Kamoliddin Binoiy

  2. Muhammad Solih, Hofiz Toshkandiy

  3. Kamoliddin Binoiy, Muhammad Haydar

  4. Muhammad Solih, Muhammad Haydar

  1. «Tarixi Rashidiy» asari muallifini aniqlang

A) Muhammad Solih B) Kamoliddin Binoiy
C) Muhammad Haydar D) Hofiz Tanish Buxoriy

  1. «Mehmonnomayi Buxoro» asari muallifini aniqlang

  1. Muhammad Solih

  2. Fazlulloh ibn Ro`zbexon

  3. Sulton Muhammad Hofiz Toshkandiy

  4. Hofiz Tanish Buxoriy

  1. «Abdullanoma» asari muallifini aniqlang.

  1. Muhammad Solih

  2. Fazlulloh ibn Ro`zbexon

  3. Sulton Muhammad Hofiz Toshkandiy

  4. Hofiz Tanish Buxoriy

  1. «Sharafnomayi shohiy» asari muallifini aniqlang

  1. Muhammad Solih

  2. Fazlulloh ibn Ro`zbexon

  3. Sulton Muhammad Hofiz Toshkandiy

  4. Hofiz Tanish Buxoriy

  1. «Tarixi jadidayi Toshkand» asari muallifini aniqlang.

  1. Muhammad Solih

  2. Fazlulloh ibn Ro`zbexon

  3. Sulton Muhammad Hofiz Toshkandiy

  4. Hofiz Tanish Buxoriy

  1. Quyidagi qaysi asar Dashti Qipchoq va Movarounnahrning XV asr o`rtalaridan XVI asr boshlarigacha bo`lgan davr voqealarini o`z ichiga oladi?

  1. Muhammad Solihning «Shayboniynoma» asarida

  2. Kamoliddin Binoiyning «Shayboniynoma» asarida

  3. Hofiz Tanish Buxoriyning «Abdullanoma» asarida

  4. Sulton Muhammad Hofiz Toshkandiyning «Tarixi jadidayi Toshkand» asarida

  1. Quyidagi qaysi asarda shayboniylar bilan Eron safaviylari o`rtasidagi munosabatlar haqida muhim ma`lumotlar berilgan?

  1. Muhammad Solihning «Shayboniynoma» asarida

  2. Kamoliddin Binoiyning «Shayboniynoma» asarida

  3. Hofiz Tanish Buxoriyning «Abdullanoma» asarida

  4. Sulton Muhammad Hofiz Toshkandiyning «Tarixi jadidayi Toshkand» asarida

  1. Quyidagi qaysi asar Shayboniyxonning harbiy yurishlariga bag`ishlangan?

  1. Muhammad Solihning «Shayboniynoma» asarida

  2. Kamoliddin Binoiyning «Shayboniynoma» asarida

  3. Hofiz Tanish Buxoriyning «Abdullanoma» asarida

  4. Sulton Muhammad Hofiz Toshkandiyning «Tarixi jadidayi Toshkand» asarida

  1. Quyidagi qaysi asarda Chingizxonning Movarounnahr istilosi, chingiziylar hukmronligining o`rnatilishi, Dashti Qipchoqda Abulxayron davlatining tashkil etilishi, Movarounnahrda vujudga kelgan ahvol, Abdullaxon II ning mamlakatni siyosiy jihatdan birlashtirish yo`lida olib borgan kurashi tarixiga bag`ishlangan?

  1. Muhammad Solihning «Shayboniynoma» asari

  2. Kamoliddin Binoiyning «Shayboniynoma» asari

  3. Hofiz Tanish Buxoriyning «Abdullanoma» asari

  4. Sulton Muhammad Hofiz Toshkandiyning «Tarixi jadidayi Toshkand» asari

  1. Muhammad Solihning «Shayboniynoma» asari qaysi tilda yozilgan?

A) fors B) arab C) o`zbek D) turk

  1. Muhammad Shayboniyxonning «Devon»i qayerdagi kutubxonada saqlanmoqda?

A) Istanbul B) Toshkent C) Ostona D) Bishkek

  1. ... o`z she`rlarida Samarqand va Buxoro shaharlarni eng ko`p madh qilgan?

  1. Muhammad Solih

  2. Kamoliddin Binoiy

  3. Hofiz Tanish Buxoriy

  4. Muhammad Shayboniyxon

  1. Quyidagi qaysi shaxs o`zining bir she`rida Samarqandni jannatga qiyoslaydi?

  1. Muhammad Solih

  2. Kamoliddin Binoiy

  3. Hofiz Tanish Buxoriy

  4. Muhammad Shayboniyxon

  1. Quyidagi qaysi shaxs o`zining bir she`rida Buxoroni Ka`baga qiyoslaydi?

  1. Muhammad Shayboniyxon

  2. Kamoliddin Binoiy

  3. Hofiz Tanish Buxoriy

  4. Muhammad Solih

  1. Ubaydullaxon qanday taxalluslar bilan ijod qilgan?

1. «Ubaydullo» 2. «Ubaydiy»
3. «Qul Ubaydiy» 4. «Ubay»
A) 1,2,4 B) 1,3,4 C) 1,2,3,4 D) 1,2,3

  1. Ubaydullaxon qaysi tillarni yaxshi bilgan va shu tillarda ham ijod qilgan?

A) fors va turk B) fors va arab
C) turk va arab D) o`zbek va arman

  1. Ubaydullaxonning qaysi tillardagi she`rlari uch devonga to`plangan va keyinchalik bitta muqova ichiga jamlanib «Kulliyot» deb atalgan?

1. arab 2. fors 3. turk 4. o`zbek 5.hind A) 1,2,4 B) 1,2,4,5 C) 1,3,5 D) 2,3,5

  1. . Quyidagi javoblardan Buxoro xonligida ta`limga oid to`g`ri berilgan javobni aniqlang

  1. XVII-XVIII asrlarda shahar va qishloqlarda ko`plab maktablar faoliyat yuritgan

  2. o`g`il va qiz bolalar alohida-alohida maktablarda o`qitilgan

  3. o`g`il bolalar maktablari masjidlar, madrasalar, xo`jalik yurituvchi ustaxonalar qoshida yoki xususiy maktabdorlar xonadonlarida tashkil etilgan

  4. qiz bolalar maktablari badavlat kishilar yoki o`qituvchi ayollar uylarida tashkil etilgan

  5. bolalar maktabga 5-6 yoshdan berilgan

  6. bolalar maktbabda 5-8 yil davomida boshlang`ich ta`lim olganlar A) 1,3,4,5 B) 1,2,4,6 C) 1,2,3,4,6 D) 1,2,3,4,5

  1. . Quyidagi javoblardan Buxoro xonligida ta`limga oid to`g`ri berilgan javobni aniqlang

  1. o`g`il bolalarni masjid imomi yoki madrasani tugatgan ziyoli kishilar-domlalar o`qituvchilik qilishgan

  2. qizlarni otinoyi, bibixalifa deb atalagan ayol o`qituvchilar o`qitishgan

  3. maktablarda o`quvchilarga avval harflar keyin bo`ginlar, ularni qo`shish orqali so`z tuzish o`rgatilgan

  4. o`quvchilar Navoiy, Fuzuliy, Bedil, Hofiz Sheroziy, Mashrab, So`fi Olloyor asarlarini o`qib saboq olganlar

A) 1,2,3 B) 1,3,4 C) 1,2,3,4 D) 2,3,4

  1. . «Haftiyak» bu …..

  1. Qur`oni Karimning yettidan biri

  2. Payg`ambarlar hayoti va so`zlari haqida kitob

  3. Hozirgi mantiqqa o`xshash fan

  4. Hadislar to`plami

  1. . Quyidagi javoblardan Buxoro xonligida ta`limga oid to`g`ri berilgan javobni aniqlang

  1. qizlar maktablarida uy-ro`zg`or tutush, pazandachilik, odob- axloq, pokizalik sirlarini o`rganishga ko`proq o`rin berilgan

  2. bolalar yozishni to`liq o`zlashtrib olgandan keyingina o`qishga o`tganlar

  3. maktablarda imtixonlar bo`lmagan

  4. maktabni tugatganlik tog`risida guvohnoma-shahodat faqat hamma fanlarni o`zlashtrib bo`lgandan keyin berilgan

  5. madrasa o`rta va oliy o`quv yurti hisoblangan

  6. madrasada ta`lim talabalar iqtidoriga qarab 7-12 yil davom etgan

  7. madrasada arab, fors tilida yozilgan kitoblar o`qitilgan

  8. madrasada o`qish «Chor kitob» deb nomlangan forsiy tilidagi o`quv qo`llanmasini o`zlashtirishdan boshlangan

A) 1,3,5,6,7 B) 1,2,4,5,8
C) 1,2,3,5,8 D) 2,4,5,6,7,8

  1. Buxoro xonligida madrasada o`qish fors tilidagi qaysi qo`llanmani o`rganishdan boshlangan?

A) «Haftiyak» B) «Avvali ilm»
C) «Kulliyot» D) «Chor kitob»

  1. Buxoro xonligida madrasa ta`limida majburiy kurs qaysi edi?

A) arab tili B) fors tili C) arfmetika D) fiqh

  1. «Xoqonga foydali maslahatlar» asarining muallifini aniqlang

  1. Mahmud Ibn Vali

  2. Muhammad Sharif Buxoriy

  3. Muhammad Yusuf Munshiy

  4. Abdurahmon Tole

  1. Muhammad Sharif Buxoriy quyidagi qaysi madrasaning mudarrisi hisoblangan?

  1. Muhammad Shayboniyxon madrasasi

  2. Mir Arab madrasasi

  3. Ko`kaldosh madrasasi

  4. Nodir devonbegi madrasas

  1. Muhammad Sharif Buxoriy qanchadan ziyod asralar yozgan? A) 10 B) 20 C) 43 D) 50

  2. Buxoro xonligida kimning hukmronligi davrida tibbiyot ilmi rivojlandi?

A) Ubaydullaxon II B) Abdulazizxon
C) Abulfayzxon D) Subxonqulixon

  1. «Subhoniy tibbiyoti bo`yicha davolash» asrining muallifini aniqlang

  1. Subxonqulixon

  2. Muhammad Yusuf Munshiy

  3. Abdurahmon Tole

  4. Muhammad Sharif Buxoriy

  1. Buxoro xonligida kimning tashabbusi bilan Buxoroda «Dorush- shifo» qurilib, bemorlarni davolash ishlari yo`lga qo`yilgan?

A) Ubaydullaxon II B) Abdulazizxon
C) Abulfayzxon D) Subxonqulixon

  1. «Tarixi Muqimxoniy» asarining muallifini aniqlang

  1. Muhammad Amin Buxoriy

  2. Muhammad Yusuf Munshiy

  3. Muhammad Zamon Buxoriy

  4. Abdurahmon Tole

  1. «Abulfayzxon tarixi» asarining muallifini aniqlang

  1. Muhammad Amin Buxoriy

  2. Muhammad Yusuf Munshiy

  3. Muhammad Zamon Buxoriy

  4. Abdurahmon Tole

  1. «Ubaydullanoma» asarining muallifini aniqlang

  1. Muhammad Amin Buxoriy

  2. Muhammad Yusuf Munshiy

  3. Muhammad Zamon Buxoriy

  4. Abdurahmon Tole

  1. Mirzo Abdulqodir(Bedil)ning yashab ijod qilgan yillarini aniqlang

A) 1644-1701-yillar B) 1644-1721-yillar C) 1627-1721-yillar D) 1654-1744-yillar

  1. Mirzo Abdulqodir(Bedil) qayerlik edi?

A) samarqandlik B) toshkentlik
C) shahrisabzlik D) buxorolik

  1. Mirzo Abdulqodir (Bedil) qayerda vafot etgan?

A) Dehli B) Panjob C) Hirot D) Mashhad

  1. «To`rt unsur» asari muallifni aniqlang

A) Sayido Nasafiy B) Bedil
C) Turdi Farog`iy D) Abdurhmon Tole

  1. «Hayvonotnoma» asari muallifni aniqlang

A) Sayido Nasafiy B) Bedil
C) Turdi Farog`iy D) Abdurhmon Tole

  1. Buxoro xonligida shayboniylar sulolasi hukmronligi davrida madrasada o`qitish necha yil davom etgan?

A) 12 B) 21 C) 18 D) 20

  1. Quyidagi qaysi asarda havo, suv, yer, olov haqida ma`lumotlar keltirilgan?

A) «Irfon» B) «Hayvonotnoma»
C) «To`rt unsur» D) «Tarixlar dengizi»

  1. Quyidagi qaysi asarda o`simliklar, hayvonlar va odamlarning kelib chiqishi haqida ma`lumotlar berilgan?

A) «Irfon» B) «Hayvonotnoma»
C) «To`rt unsur» D) «Tarixlar dengizi»

  1. Quyidagi qaysi asar hayvonlar timsoli orqali yer egalari va amaldorlarning mehnatkash xalqqa yetkazilgan jabr-zulmlarini, ularning adolatsizliklari, poraxo`rligi, ma`naviy jihatdan pastkashliklarini fosh etadi?

A) «Irfon» B) «Hayvonotnoma»
C) «To`rt unsur» D) «Tarixlar dengizi»

  1. Quyidagi qaysi shaxs Turkistonda «Abulmaoniy» (“Ma`nolar otasi”) dеgan nom olgan?

A) Bedil B) Sayido Nasafiy
C) Turdi Farog`iy D) Abdurhmon Tole

  1. Quyidagi qaysi shoir xalqning tilidan, mamlakatni xonavayron qilgan siyosiy tarqoqlik, u keltirib chiqargan qirg`in-barot urushlarni la`natlagan?

A) Bedil B) Sayido Nasafiy
C) Turdi Farog`iy D) Abdurhmon Tole

  1. Sayido Nasafiy qayerda tug`ilgan?

A) Qarshi B) Toshkent
C) Samarqand D) Shahrisabz

  1. Quyidagi qaysi shaxsni zamondoshlari «Buxoro shoirlari taxtida sulton» deb ulug`laganlar?

A) Bedil B) Sayido Nasafiy
C) Turdi Farog`iy D) Abdurhmon Tole

  1. ... jamiyatdagi adolatsizliklarni, Subxonqulixonning xalqni og`ir soliqlariga duchor etganligini, uning oqibatida xalq tortayotgan azob- uqubatlarini ro`yirost tanqid qil ola jasoratli shoir edi.

A) Bedil B) Sayido Nasafiy
C) Turdi Farog`iy D) Abdurhmon Tole

  1. Quyidagi qaysi shoir urug` va qabilalarni birlashtrishga va o`zaro hamkorlik qilishga da`vat etgan. Urug` oqsoqollarini va beklarni bir yoqadan bosh chiqarishga chaqirgan?

A) Bedil B) Sayido Nasafiy
C) Turdi Farog`iy D) Abdurhmon Tole

  1. «Tor ko`ngullik beklar» she`ri muallifini aniqlang

A) Bedil B) Sayido Nasafiy
C) Turdi Farog`iy D) Abdurhmon Tole

  1. Qachon Samarqand Registoni ansamblining hozirgi qiyofasi qachon shakllangan?

A) XV asr B) XVI asr C) XVII asr D) XVIII asr

  1. Sherdor va Tillakori madrasalarini kim qurdirgan?

A) Muhammad otaliq B) Yalangto`sh Bahodir
C) Nodir devonbegi D) Muhammad Hakimbiy

  1. Qulbobo Ko`kaldosh madrasasi qaysi shaharda joylashgan?

A) Samarqand B) Buxoro
C) Shahrisabz D) Urganch

  1. Mir Arab madrasasi qayerda qurilgan

A) Toshkent B) Buxoro C) Samarqand D) Qo`qon

  1. Baroqxon madrasasi kim tomonidan qurilgan?

A) Shayx Abdulla B) Baroqxon
C) Suyunchxo`ja D) Muhammad Shayboniyxon

  1. Baroqxon madrasasi gumbazi balandligini aniqlang A) 18 m B) 20 m C) 22 m D) 25 m

  2. Ma`lumki, shayboniylar ta`limni rivojlantrish maqsadida islohot o`tkazganlar. Bu islootning o`tkazilishiga sabab nima edi?

  1. amaldorlar guruhini vujudga keltirish

  2. xalq savodini oshirish

  3. amaldorlarni jamiyatning asosiy tayanchiga aylantrish

  4. A va C

  1. Shayboniylar tomonidan ta`limni rivojlantrish maqsadida islohot o`tkazilgan. Islohotga ko`ra……..

  1. ko`p bosqichli o`qitish tizimi joriy etildi

  2. har bir mahallada maktab ochildi

  3. bolalarga 6 yoshdan ta`lim berildi

  4. maktabda ikki yil o`qigacha, o`quvchilar madarasaga o`tkazildi A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 1,3,4 D) 1,2,4

  1. XVI asrda Samarqandda bunyod etilgan madrasa to`g`ri berilgan javobni aniqlang.

  1. Shayboniyxon madrasasi

  2. Abdullaxon madrasasi

  3. Baroqxon madrasasi

  4. Ko`kaldosh madrasasi

  1. XVI asrda Toshkentda bunyod etilgan madrasa to`g`ri berilgan javobni aniqlang.

  1. Ko`kaldosh madrasasi

  2. Abdullaxon madrasasi

  3. Baroqxon madrasasi

  4. A va C

  1. XVI asrda Buxoroda bunyod etilgan madrasa to`g`ri berilgan javobni aniqlang.

  1. Shayboniyxon madrasasi

  2. Abdullaxon madrasasi

  3. Baroqxon madrasasi

  4. Ko`kaldosh madrasasi

  1. Buxoro xonligida shayboniylar sulolasi hukmronligi davrida madrasada necha bosqichli ta`lim joriy etilgan edi?

A) 2 B) 3 C) 4 D) 5

  1. Buxoro xonligida shayboniylar sulolasi hukmronligi davrida madrasada o`qitish har bir bosqich necha yil davom etgan?

A) 5 B) 6 C) 7 D) 8

  1. Ruboiynavislikning Bobur Mirzodan keyingi taraqqiyoti kimning nomi bilan bog‘liq.

A) Ubaydullaxon B) Abdulazizxon
C) Abulfayzxon D) Subxonqulixon

  1. U ayni paytda Ahmad Yassaviy asos solgan hikmatnavislik an’anasini rivojlantirdi. Undan 220 dan ortiq hikmat meros qoldi. Quyidagi ta’rif kimga tegishli?

A) Ubaydullaxon B) Abdulazizxon
C) Abulfayzxon D) Subxonqulixon



Download 323,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish