1. Amirlik tashqi siyosatining asosiy tamoyillari nimalardan iborat bo’lganini aniqlang.
Amir Shohmurod Rossiyaga kim boshchiligida elchi yuborgan?
A) Ernazarbiy B) Polvonquli qurchi
C) Muhammad D) Qulibek
Amir Shohmurodning Rossiyaga elchi yuborishiga nima sabab bo’ldi?
Eronning Buxoro amirligi xavfsizligiga tahdid sola boshlaganligi
Usmoniy Turklarning Buxoroga tahdidi
Savdo-elchilik munosabatlari o’rnatish
Qurol-aslaha bo’yicha yordam olish
Amirlikdan qaysi hukmdor yuborgan elchilar Rossiya hukumati oldiga Ura l dar yos i ni ng O s i yo q it ’as i q is mi dan a mirl ik
s avdogar lari ga haq t o‘la mas dan chorva mollari boqishlari uchun joy
ajrat ib b eris h, Bux or oga p o‘ lat s ot is h, s av do karv on lari n in g
t alanis hi ga yo‘ l q o‘ ymas l ik kabi masalalarni qo‘ydilar?
A) Amir Nasrullo B) Amir Haydar
C) Amir Muzaffar D) Amir Shohmurod
Qaysi amir hukmronligi davrida yuborilgan elchilar rus hukumati oldiga, asosan, B ux oro t ovar lari dan ol ina yot ga n b o j t o‘l ov larin i
kama yt iris h , t og‘ -kon ishlari olib borish uchun mutaxassislar yuborish hamda amirlikka zambarak quroli sotish kabi masalalarni qo'ydilar.
A) Amir Nasrullo B) Amir Haydar
C) Amir Muzaffar D) Amir Shohmurod
Buyuk Britaniya josuslari va tovarlarining O‘rta Osiyoga kirib kelishining kengayishi Rossiyani xavotirga solib qo‘ydi. Chunonchi, Banoras (Hindiston)dan kiritilayotgan ingliz tovarlari bu yerda o‘z narxidan necha marta arzon bahoda sotila boshlangan?
A) 5-7 marta B) 6-8 marta
C) 6-9 marta D) 7-9 marta
Rossiya Amir Nasrulloning qaysi iltimosini qabul qildi?
Buxoro tovarlaridan olinayotgan boj to‘lovlarini kamaytirish
Tog‘-kon mutaxassislari yuborish to‘g‘risidagi
Amirlikka zambarak quroli sotish
Buxoroga po‘lat sotish
Qachon Buxoroga polkovnik Ignatyev boshchiligida Rossiya elchilari kelgan?
A) 1857-yilda B) 1858-yilda
C) 1860-yilda D) 1843-yilda
1825-yilda Buxoroga kеlgan ingliz ekspeditsiyasi boshlig`ini aniqang.
A) U.Murkford B) A.Byorns
C) F.Bеrg D) J.Abbot
Qachon Aleksandr Byorns boshchiligida navbatdagi ingliz missiyasi Buxoroga keldi?
A) 1830-yil B) 1831-yil C) 1832-yil D) 1833-yil
A.Byorns o`zini qayerlik savdogar deb tanitgan?
A) arman B) hind C) afg`on D) turk
Qachon Buyuk Britaniya Afg`onistonga qarshi harbiy harakatarni boshladi?
A) 1835-yil B) 1839-yil C) 1841-yil D) 1845-yil
Rossiyaga Buyuk Britaniya harbiy flotining Qora dengizdan xavf solish imkoniyatini yo‘qqa chiqara oladigan omil zarur edi. … ana shunday omil bo‘la olardi.
O‘rta Osiyoni egallash
Hindistonni bosib olish
Usmonli davlati bilan birlashish
O’rtayer dengiziga harbiy kema yuborish
Quyidagi ma’lumotlardan to’g’rilarini aniqlang.
Ernazarbiy elchiligidan Doniyolbiy siyosiy maqsadlami ham ko‘zlagan edi. Chunonchi, Buxoro-Usmonli davlati munosabatlari haqida rus hukumatining qanday fikrda ekanligini bilish maqsadida, uning topshirig‘iga ko‘ra, elchi rus hukumatiga Buxoroning Usmonli davlati bilan do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga harakat qilishini ham ma’lum qildi.
Amir Haydarning ruslardan chorva mollari boqishga ajratiladigan yerlar nchun haq to‘lamaslik iltimosi qabul qilinmadi. Savdo karvonlari qaroqchilariga birgalikda qarshi kurashga rozilik berildi.
Amir Nasrulloning ruslardan tog‘-kon mutaxassislari yuborish to‘g‘risidagi iltimosi qabul qilindi. Ular Buxoroga qaytib kelayotgan savdo karvoniga qo‘shib jo‘natildi. Biroq karvon yo‘lda hujumga uchradi va
muhandislar ekspeditsiyasi katta qiyinchiliklar bilan Orenburgga qaytib ketdi.
Polkovnik Ignatyev boshchiligida Rossiya
elchilari kelganda Amir Nasrullo Buyuk Britaniya elchilarini qabul
qilmasligini, Afg‘oniston amiridan ularni Buxoroga o‘tishlariga ruxsat bermasligini so‘rashini ma’lum qildi.
XIX asrning birinchi yarmida Buyuk Britaniya va Rossiya o‘rtasida O‘rta Osiyoda raqobat kuchayib ketdi. Bunga bu ikki mustamlakachi davlatlarning o'zbck davlatlari hisobiga yangi mustamlakalarga ega bo‘lishga, ularning bozorlarini va boy xomashyo manbalarini qo‘lga kiritishga intilishlari sabab bo‘ldi A) 1,2,3 B) 1,2,3,4 C) 1,2,3,4,5 D) 1,3,4,5
Murkford ekspeditsiyasidan xabar topgan Rossiya tashvishga tushdi. Natijada, Rossiya hukumati Buxoroning qaysi amiriga inglizlarning Buxorodagi xatti-harakatidan noroziligini bildirdi?
A) Amir Nasrullo B Amir Haydar
C) Amir Muzaffar D) Amir Shohmurod
Ingilizlarning qaysi elchilik missiyasi O‘rta Osiyoda Buyuk Britaniya savdosining rivojlanishiga yordam berdi?
A) Murkford B) A. Byorns
C) J. Abbot D) R. Kanolli
Do'stlaringiz bilan baham: