Bozorga kirib qolgan tovar o’ziga xos tovar hayoti bilan yashaydi. U marketingda tovarning hayotiy davri (THD) deyiladi. THD kontseptsiyasi har qanday mahsulot, qanchalik ajoyib iste’mol xususiyatlariga ega bo’lmasin, ertami, kechmi mukammalroq tovar tomonidan bozordan siqib chiqarilishiga asoslanadi. Amaliy faoliyatda THDning diapazoni ancha keng — bir kunlik tovardan uzoq yashovchi tovargacha. Lekin abadiy tovar yo’q va bo’lishi mumkin emas. Chunki ertami-kechmi tovar sotilishidan olinadigan foyda talabning kamayib ketishi tufayli shunchalik tushib ketadiki, keyingi sotish daromadsiz bo’lib qoladi. THD kontseptsiyasi birinchi bor amerika marketologi T. Levitt tomonidan 1965 -yilda ta’riflangan edi. Ushbu nazariyaning mohiyati shundan iboratki, tovar o’ziga xos tirik organizm va unga xos bo’lgan muayyan ketma-ketlikdagi rivojlanish bosqichlari: rivojlanish — tug’ilish — etuklik — qarilik — o’lim bilan tasvirlanadi. TXDning beshta turli bosqichlari mavjud: - 1. Tovarni ishlab chiqish kompaniya yangi tovar g`oyasini topgan vaqtdan boshlanadi. Tovarni ishlab chiqish davomida, sotuv nolga teng va kompaniyaning investitsiyaga harjatlari juda yuqori bo`ladi.
- 2. Bozorga kirish tovar bozorga tanishtirilishi bilan sotuv hajmining sekin o`sish davri hisoblanadi. Tovarni bozorga tanishtirish xarajatlari tufayli bu bosqichda foyda deyarli ko`zga ko`rinmaydi.
- 3. O`sish foydaning ortishi va tovar bozor tomonidan tan olinish davridir.
- 4. Yetuklik sotuv hajmini pasayish davridir. Bu davrda tovar ko`plab xaridorlar tomonidan sotib olinadi. Foyda tovarni raqobatchilarga nisbatan himoya qilish uchun sarf etilayotgan xarajatlar sababli o`zgarmay qoladi.
- 5. Pasayish sotuvlar tushib ketgan va foyda kamaygan davrni o`z ichiga oladi.
Hamma tovarlar ham tovar hayotiylik davrining besh bosqichidan o`tmaydi. Ba`zi tovarlar bozorga tanishtiriladi va tezda ol`adi; boshqalari yetuklik bosqichida uzoq vaqt turib qoladi. Ba`zilari pasayish bosqichiga tushib, keyin kuchli siljitish yoki qayta pozisiyalash orqali yuksalish bosqichiga chiqib oladi. Bu yaxshi boshqarilgan brend abadiy yashashini anglatadi. “Coca-Cola”, “Gillette”, “Budweiser”, “American Express”, “Wells Fargo”, “Kikkoman”, “Frye” va “TABASCO” kabi brendar 100 yildan ortiq vaqtdan keyin ham kuchli bo`lib qolishmoqda. “Guinness” pivosi 250 yildan buyon mavjud. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |