51b 2savol Firma tomonidan o’z servis mahsulotini pozisiyalash usullarini o’zlashtirilishi uni sotuvini ancha yengillashtiradi. Bir vaqtni o’zida bu jarayon jamiyat ongi va odamlar ruhiyati bilan manipulyasiyalashga yo’l qo’ymaydigan insonparvarlik va ruhiy chegaralanishlarni hisobga olgan kasbiy etika bilan muvofiqlashtirilishi kerak.Marketing kompleksi – bozorga ta’sir etish choralari va amaliy qurollar sifatida yig‘indisi bozor holatiga firmani moslashuvidir. YAxshi marketing kompleksi firmani bozorda yaxshi pozitsiyani egallashga olib keladi. marketing kompleksi konsepsiyasi Neyl Borden tomonidan 1964 yilda taklif etilgan.Klassik marketing kompleksi 4 ta elementni o‘z ichiga oladi va 4P modeli nomi bilan yuradi.- tovar (product);- narx (price);- sotish yoki tovar harakati (place);- siljitish yoki kommunikatsiyalar (promotion).Biroq, firmaning marketing faoliyatiga bunday qarash ma’lum darajada cheklangan hisoblanadi: u ko‘proq iste’molchiga nisbatan tovarga mo‘ljallangan.
51b 3-savol Mehmonlarni qanday qabul qilish kerak? Restoran xo‘jaliklarida xorijiy turistlarini qabul qilish muhim ahamiyatga egadir. Chunki xorijiy turistlarga odatda ovqat yeyishni tashkil qilish alohida zallarda yoki umumiy zalning chegaralangan qismida amalga oshirilib, ularga xizmat ko‘rsatish juda ham e’tibor va did bilan tayyorlangan joylarda bo‘lishi kerak. Turistlarni restoran hududida ovqatlantirish jarayoni restoran binosidagi savdo zallari va qo‘shimcha yordamchi xonalarni tartibga keltirish, stol va stullarni qabul qilingan tartibda qo‘yish, idish-tovoq va anjomlarni olish, stollarni bezash, tushlik stollarini va ofitsiantlarni ishga tayyorlash jarayonlari kiradi.
Restoran ishni tashkil qilish binoning ichki va tashqi ko‘rinishini chiroyli va restoran ochilishiga tayyor bo‘lishi kerak. Shuningdek, mijozlarni turli xildagi xizmatlardan foydalanishlari uchun imkoniyatlari yaratilishi kerak. Turistlarni qabul qilish va ularga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida xodimlar restoran korxonasidagi mebellarni joylanishiga ham e’tibor qaratish kerak, stollarni to‘g‘ri chiziq yoki shaxmat tartibida joylashtirish, orasidan bemalol yura oladigan bo‘lishi, shuningdek, boshqa jihozlarni ham mijozlar didi, talabi va darajasiga qarab inobatga olinishi kerak.
57 b 1 savol Barlar odatda ma’muriy-madaniy va savdo markazlarida, mikrorayonlarda, restoran, kafe, mehmonxonalar qoshida ochiladi. Binolarning tuzilishiga ko‘ra barlar quyidagicha joylashadi:- vestibyullarda – bu yerda kishilar uchrashadilar, suhbat qiladilar;restoran barlari – bino ichida, zalda joylashadi;- yordamchi barlar–mehmonxona qavatlarida joylashadi;- banket barlari – banket zallarida joylashadi;- mini - barlar – mehmonxonaning mehmonlar uchun mo‘ljallangan xonalarida joylashadi. Bar taomnomalarida aralash-ichimliklar, shuningdek, tabiiy kuchli alkogol ichimliklar bo‘ladi. Har xil gazaklar mijozlar xohishiga qarab beriladi. Hamma barlarda stereofonik ovoz chiqaradigan apparat, televizor, videomagnitafonlar, o‘yin avtomatlari bo‘lishi kerak. 50 dan ko‘p kishiga mo‘ljallangan raqsga tushish maydonchalari ham bo‘ladi. Hozirgi kunda ovqat tayyorlashda mijozlarning o‘zlari qatnashadigan barlar keng ommalashib bormoqda. Sut mahsulotlari barlari firma sut mahsulotlari magazinlari qoshidagi yirik savdo markazlarida barpo etiladi. Ularning asosiy maqsadi mijozlar taomni tatib ko‘rishi bilan mazasiga tushunadi va bar mashhur bo‘la boradi. Bu barlarda turli sutli mahsulotlar ham sotiladi.
Disko-bar taomnomasida odatda, yengil, sovutilgan, aralash ichimliklar, gazaklar bo‘ladi. Unda issiq taomlar bo‘lishi ham mumkin. Bundan tashqari muzqaymoqning turli xillari tavsiya qilinadi: qulupnayli, shaftoli sharbatli, o‘rikli, kofeli, yong‘oqli va hokazo. Disko-bar zallari zamon talabiga javob beradigan darajada badiiy bezatilishi kerak. Raqs maydoni rangli parket bilan qoplanishi, umumiy ko‘rinishga mos yorug‘lik berilishi shart. Disko-barlarda slaydlar ko‘rsatish uchun katta ekran o‘rnatiladi, quvvati kuchli musiqa apparati, yorug‘likni har xil qilib ko‘rsatish uchun asboblar, shuningdek televizorlar, videomagnitofonlar joylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |