Multimedia-texnologiyalai bilan ishlash
Multimedia – ovoz va tasvir ko’rinishidagi axborotlarga ishlov beruvchi dasturiy-apparat vositalar to’plamidir. Multimedia ovoz, ma’lumotlar va tasvirlarni hududiy, regional va global tarmoqlar (masalan, shaxsiy videokonferentsiyalar o’tkazish uchun) orqali uzatish uchun ishlab chiqilgan.
Har birimiz quyidagi jumlani bir necha bor eshitganmiz –
«kompyuter hamma narsaga qodir». Ammo, real hayotda bunday ta’riflashning tasdig’ini ko’rish qiyin, chunki kompyuterning to’liq imkoniyatlari asosan kichik doiradagi mutaxassislar uchungina ma’lum. Bu imkoniyatlarni odatiy axborot muhitida ochib beruvchi multimedia texnologiyasining yuzaga kelishi bilan vaziyat o’zgardi. Hozirgi kunda multimedia texnologiyasining rivojlanishi bilan jahonda faoliyatning turli sohalarini kompyuterlashtirishning yangi bosqichi kuzatilmoqda. Foydalanuvchi interfaol rejimida grafika, animatsiya, foto, video, ovoz, matn va boshqa axborotlar ustida ishlashi uchun yangi imkoniyatlarga ega bo’lgan integrallashgan axborot muhitini yaratadi. Multimedia texnologiyalari ta’limda ham keng qo’llanilmoqda – yoshlardan qarilargacha va oliy o’quv yurtlari auditoriyalaridan uy sharoitigacha. Multimdia mahsulotlaridan turli-tuman axborot, namoish etish va reklama maqsadlari uchun ham samarali foydalanmoqdalar.
Axborot jamiyatida multimedia-texnologiyalarining rivojlanishini industrial jamiyatda kinoning yaratilishi bilan taqqoslaydilar. Multimedia mahsulotlarining farqlanuvchi tavsifi katta hajmli axborot hisoblanadi.
Hozirgi kunda bunday mahsulotlarning asosiy tashuvchisi standart hajmi 700 Mbayt bo’lgan CD-ROM optik disklari hisoblanadi. 1996-yilda 5,1 mln. CD-ROM sotilgan bo’lsa, 1999-yilga kelib savdo hajmi 52,1 million diskni tashkil etdi. Jahon bozorida savdo hajmi 3 yilda 10 barobar ortgan boshqa sektor mavjud emas. Jahon bozorida CD-ROMda minglab multimedia mahsulotlari taklif qilinmoqda.
Odatda kataloglar quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi: ensiklopediyalar va ma’lumotnoma (справочник)lar; ta’lim;
qiziqishlar (развлечения); o’yinlar;
o’rgatuvchi (o’qituvchi) va rivojlantiruvchi o’yinlar.
Keng savdoga mo’ljallangan mahsulotlar bilan bir qatorda universitetlarda o’quv jarayonlari uchun ishlab chiqilgan multimedia ilovalar ham mavjud (Proceedings of ED-MEDIA 94-World Conference on Educational Multimedia and Hypermedia, Vancower, Canada, June, 1994). Bu ilovalar asosan mahsulot sifatiga ega emas, ammo uslub, tezkorlik va o’quv yurtlari ehtiyojlarini qondirish nuqtai nazaridan katta ustunlikka ega hisoblanadi.
Tez rivojlanayotgan yo’nalishlardan yana biri multimedianing telekommunikatsiyalarda qo’llanilishi hisoblanadi. Ko’plab katta firmalar ISDN standartidagi shisha-tolali tarmoqlar asosida kommunikatsiyalarni ishlab chiqish bo’yicha izlanishlar olib bormoqdalar. Bunday tarmoq kanalining o’tkazuvchanlik qobiliyati 64 Kbit/sek va foydalanuvchi uchun bir vaqtda bir nechta kanal taqdim etilishi mumkin. Taklif qilinayotgan qo’llanishlar doirasi keng – multimedia katalog bo’yicha mahsulotga buyurtma berish va buyurtma teleko’rsatuvni ko’rishdan zarur bo’lgan kitobni tanlash va multimedia telekonferensiyada ishtirok etishgacha. Bunday ishlanmalar umumiy nomga ega – Information highway va hozirgi kunda ularni davlat dasturi doirasida birlashtirish ko’zda tutilmoqda.
Hozirda multimedia-texnologiyalar axborot texnologiyalarining jadal rivojlanayotgan sohalaridan hisoblanadi (Apple, Motorola, Sony, Philips, Intel, IBM va boshqalar). Qo’llanilish sohasi turlicha: interfaol o’qitish va axborot tizimlari, ko’ngilochar dasturlar, avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari (SAPR – системы автоматизированного проектирования – avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari) va h.k.
Multimedia texnologiyasining asosiy xarakterli xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi:
ko’p tashkil etuvchilardan iborat axborot muhitini (matn, ovoz, grafika, foto, video) yagona raqamli ko’rinishda ifodalash;
katta hajmli axborotlarni ishonchli (nusxalashda yo’qotishlarning mavjud emasligi) va uzoq muddatli (o’nlab yillar) saqlash;
axborotlarga ishlov berishning soddaligi.
Hozirda erishilgan texnologiya yangi optik tashuvchi – DVD standartiga asoslangan. Bu standart o’nlab Gbaytgacha hajmga ega va avvalgilarining barchasini almashtiradi: CD-ROM, Video-CD, audio-CD. DVDni qo’llash raqamli axborotning bir turliligini ta’minlash imkonini berdi. Birgina qurilma audiopleyer, videomagnitafon, CD-ROM, disk yurituvchi va boshqalarni almashtiradi.
Ko’plab tashkil etuvchilardan iborat multimedia muhitini uch guruhga bo’lish maqsadga muvofiq: audioqator, videoqator va matnli axborot.
Audioqator suhbat, musiqa, turli effekt (samara)larni (Wave (to’lqin) belgilanishi orqali birlashtiriluvchi shovqin, g’ichirlash, chaqmoq va h.k. turdagi ovozlar) o’z ichiga oladi.
Videoqator audioqatorga nisbatan elementlarining ko’pligi bilan farqlanadi. Videoqator grafika (rasmlar, yuza, grafik rejimdagi belgilar) va rasmni (fotografiya va skanerlangan tasvirlar) o’z ichiga oladi. Audio va videoqatorlarni amalga oshirishdagi sezilarli hajm (to’liq bir ekran 62,5 dan 300 Kbayt.gacha) axborot tashuvchiga, videoxotiraga va axborotni uzatish tezligiga yuqori talablarni qo’yadi.
CD-ROMga matnli axborotni joylashtirishda, optik diskning katta hajmli axborot sig’imi bilan bir qatorda, hech qanday murakkabliklar va chegaralanishlar yo’q.
Multimedia-texnologiyalardan foydalanishning asosiy yo’nalish lariga quyidagilarni kiritish mumkin:
ma’lumot olish maqsadlari uchun elektron nashrlar, ko’ngilochar dasturlar va h.k.;
telekonferentsiyalarda qo’llash mumkin bo’lgan buyurtma teleko’rsatuvlarni ko’rishdan multimedia- konferentsiyalarda ishtirok etish uchun zarur kitobni tanlashgacha; foydalanuvchi so’roviga asosan ko’rgazmali axborot beruvchi multimediali axborot tizimlari («multimedia-kiosk»).
Topshiriqlar
1. Word matn muharririda avtomundarija yarating
2. Camtasia studia va Capture dasturini ko’chirib olish va o’rnatish jarayonini izohlang.
3. Camtasia yoki Capture dasturida tanlagan mustaqil ish mavzuda 15 minutlik video ishlanma tayyorlang
4. Axborot tizimlari fani bo’yicha elektron ma’lumotnoma tayyorlang
Do'stlaringiz bilan baham: |