47 b 1-savol Ishlarni o’ziga xos turi – ustalarni chaqiruv bo’yicha chiqishlari, buyurtmachini uyida ishlash va boshqalar hisoblanadi. Bu holda usta yuqori malaka darajasiga ega bo’lishi, korxonani ishlab chiqarish – ta’mirlash kompleksidan tashqarida xizmat ko’rsatishni eplashi uchun zaruriy instrumentlar nabori bilan ta’minlangan bo’lishi lozim. Bunday turdagi ishlarga rahbarlik qilish o’ziga xos rejimda amalga oshiriladi. Birinchidan, bunday xizmat ko’rsatish shakllari uchun tajribali ustaldar tanlanadi. Ikkinchidan, korxona menedjerlari ularga talab holati va mijozlarni xizmat sifatiga bo’lgan talablari haqida doimiy axborot berib borishadi. Uchinchidan, bu holat sifatli ishni jiddiy ko’rsatkichi sifatida shikoyatlarni yoki mijozlar bilan ziddiyatlarni bo’lmasligi namoyon bo’ladi. Vositachilik, dilerlik xizmatlari, sug’urtalash xizmatlari bilan bog’liq bo’lgan xizmat ko’rsatish jarayonlari o’ziga xos ishlab chiqarish va tashkiliy sifatlarga ega. Bu funksiyalarni bajaruvchi ishchi bu hollarda doimiy ish joyiga ega bo’lishi mumkin emas, odatda, uni murakkab instrumentlari yoki o’ziga xos jihozlari bo’lmaydi. Ammo, u uchun bir vaqtni o’zida mijozlar bilan aloqa o’rnatishni turli shakllarini (telefon, kompyuter, pedjer va boshqalar) mavjud bo’lishi katta ahamityaga ega bo’ladi. Kasbiy tajriba, fe’l-atvorini shaxsiy sifatlari, xususan turli odamlar bilan kommunikasiyani saqlay olishi, ularni ishontira olish qobiliyatlari, ular faoliyatida birinchi o’rinni egalalydi..
47 b 2-savol Qavatlardagi servis Inglizcha usulda: Ofitsiant buyurtirilgan taomni iste’molchiga ko‘rsatadi va uning roziligi bilan likopchasiga soladi; Iste’molchi ofitsiant harakatlarini kuzata olishi uchun mahsus siljuvchi stol bo‘lishi kerak va unga oq dastur to‘shaladi,buyurtmalar shu stolda olib kelinadi; Chap tomondan taomlar,o‘ng tomondan esa garner solinadi; Iste’molchiga likopchalar o‘ng tomondan,o‘ng qo‘l yordamida yoki istisno yuzasidan,chap tomonda bo‘lsa,chap qo‘li yordamida beriladi; Langent, bifshteks, kartofel, kotlet, sabzavotli garnirlarni solishda klassik usuldan foydalaniladi.Bunda qoshiq olinayotgan mahsulot tagiga,sanchiqini esa ustidan ushlagan holda iste’molchi likopchasiga solinishi kerak; Dimlangan va katta bo‘lakdagi go‘shtlarni solish uchun esa,ham qoshiq,ham sanchiqi shu mahsulot tagida bo‘lishi kerak,bunda qoshiq sanchiqiga nisbatan yoki bir yo‘nallishda yoki qarama-qarshi yo‘nalishlarda bo‘lishi mumkin; Shirinliklar,pudinglar,zapekankalarni ofitsiant o‘ng qo‘lida qoshiq va chap qo‘lida sanchiqi yordamida likopchaga qo‘yishi kerak,bunda anjomlar bir-biriga parallel holatda ushlanadi; «Room service» xizmatiga telefon orqali yoki mehmon kechqurun o’z nomeri eshigining tashqi qo’lida osib qo’ygan kartochka orqali buyurtma berishi mumkin (menyu va buyurtma vaqtini kartochkada ko’rsatadi). Kichik mehmonxonalarda ushbu xizmatlarning ish vaqti chegeralangan. Katta mehmonxonalarda uzluksiz ishlaydi. «Room service»da narxlar restorandan ko’ra qimmatroq bo’ladi. «Nomerlarda xizmat ko’rsatish» termini avval nomer xonalariga xizmat ko’rsatish ma’nosida qo’llanilar edi. Ushbu bo’limda u tor ma’noda qo’llaniladi ya’ni- nomerda ovqat va ichimliklar olib kelish. Mehmonxona oziq-ovqat kompleksining bu xizmati sifatini oshirish uchun quyidagi ikki yo’nalishda ish olib borish zarur: Birinchidan, buyurtmani o’z vaqtida bajarilishini ta’minlash, ayniqsa nonushtalarni, chunki ushbu xizmat mehmonlar orasida eng mashhuri; Iloji boricha xizmat narxlarini arzonlashtirishga erishish; Ushbu xizmat faoliyatini rejalashtirish uchun menejer quyidagi harakatlarni amalga oshirishi mumkin. Har bir qavatlarda joylashgan bufet-barlar yordamida mehmonxona nomerlarida xizmatni tashkil etish mumkin. Bufet-bar inshooti restoran oshxonasi tarqatish joyi bilan xizmatchi lift, zina va telefonlar bilan bog’langan bo’lishi kerak. Buyurtma berish uchun ofitsiantni nomerda chaqirish maxsus signallar orqali ham amalga oshirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |