47 b 3-savol Restoran xo‘jaliklarida xorijiy turistlarini qabul qilish muhim ahamiyatga egadir. Chunki xorijiy turistlarga odatda ovqat yeyishni tashkil qilish alohida zallarda yoki umumiy zalning chegaralangan qismida amalga oshirilib, ularga xizmat ko‘rsatish juda ham e’tibor va did bilan tayyorlangan joylarda bo‘lishi kerak. Turistlarni restoran hududida ovqatlantirish jarayoni restoran binosidagi savdo zallari va qo‘shimcha yordamchi xonalarni tartibga keltirish, stol va stullarni qabul qilingan tartibda qo‘yish, idish-tovoq va anjomlarni olish, stollarni bezash, tushlik stollarini va ofitsiantlarni ishga tayyorlash jarayonlari kiradi.
Restoran ishni tashkil qilish binoning ichki va tashqi ko‘rinishini chiroyli va restoran ochilishiga tayyor bo‘lishi kerak. Shuningdek, mijozlarni turli xildagi xizmatlardan foydalanishlari uchun imkoniyatlari yaratilishi kerak. Turistlarni qabul qilish va ularga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida xodimlar restoran korxonasidagi mebellarni joylanishiga ham e’tibor qaratish kerak, stollarni to‘g‘ri chiziq yoki shaxmat tartibida joylashtirish, orasidan bemalol yura oladigan bo‘lishi, shuningdek, boshqa jihozlarni ham mijozlar didi, talabi va darajasiga qarab inobatga olinishi kerak. Umumiy ovqatlantirish korxonalarida mijozlarga xizmat ko‘rsatish, tegishli axloqiy tartib-qoidalarga rioya qilish, zimmadagi vazifalarni bajarish – bu soxaning madaniyatini belgilaydi. Umumiy ovqatlantirish korxonalarida madaniy xizmat qilish quyidagi ko‘rsatkichlar va baholariga ega Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning mijozlar bilan o‘zaro munosabatlari, ularning xizmat qilish usuli; Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning ko‘rinishi, kiyim shakli va poyafzallari belgilangan talabga javob berishi, har bir xodimning shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish Umumiy ovqatlantirish korxonalari binosining ichki ko‘rinishi, oshxona idish-tovoqlari va anjomlari, sochiq va dasturxonlarining sanitariya holati;
48 b 1-savol Mehmonlarni kutib olish:- xushmuomalalik bilan mijozlarni kutib olish va tezlik bilan til topishish;- doimiy mijozlarga alohida e’tibor berish;- mijozlarga e’tibor va yon berish;- xizmat qiluvchilarda dimog‘dorlik bo‘lmasligi kerak. Ofitsiant yaxshi psixolog bo‘lishi kerak, chunki restoranga keluvchilarning kayfiyatini tez tushunishi, ularga munosib muomalada bo‘lishi, tegishli xizmatni boshlashi kerak; o‘zini to‘g‘ri anglashi, o‘z hissiyotini ongli boshqarishi lozim. Ish bo‘yicha o‘z hamkasblarini yaxshi bilishi, bir-birini tushungan holda o‘rtoqlarcha munosabatda bo‘lishi kerak. Har bir mijozga nisbatan ofitsiant mehmondo‘stlik, ziyraklik, bosiq, odoblilikni o‘zida mujassam qilgan bo‘lishi shart. Agar mijozlar biror masala bo‘yicha narigi stoldagi ofitsiantga murojaat qilib qolsalar, ofitsiant so‘zsiz quloq solishi, imkoniyati bo‘lsa bajarishi, agar imkoniyati bo‘lmasa, o‘sha mijozga xizmat qilayotgan ofitsiantni chaqirib masalani hal qilishi zarur. Bordiyu, mijoz biron-bir narsadan norozi bo‘lib, shovqin-suron ko‘tarsa, ofitsiant muloyimlik bilan, gunohkor bo‘lmasa ham, kechirim so‘rab tinchitishi kerak. Turistlarni taklif qilishganda restoran tashqarasida va ichida qulayliklar bo‘lishi shart. Joylar toza va qulay ravishda asfalt qilingan bo‘lishi kerak, hamda axdat tashlaydigan idishlar bo‘lishi shart. Kiraverish joylarida telefon aparati va har-xil reklama qilingan rasmlar ham bo‘lishi mumkin. Restoran zaliga kirishda keluvchilar kutib olinadi,
Do'stlaringiz bilan baham: |