8-bilet savol



Download 145,19 Kb.
bet59/90
Sana23.06.2022
Hajmi145,19 Kb.
#694765
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   90
Bog'liq
to print

57b2savol. Firma tomonidan o’z servis mahsulotini pozisiyalash usullarini o’zlashtirilishi uni sotuvini ancha yengillashtiradi. Bir vaqtni o’zida bu jarayon jamiyat ongi va odamlar ruhiyati bilan manipulyasiyalashga yo’l qo’ymaydigan insonparvarlik va ruhiy chegaralanishlarni hisobga olgan kasbiy etika bilan muvofiqlashtirilishi kerak. Marketing kompleksi – bozorga ta’sir etish choralari va amaliy qurollar sifatida yig‘indisi bozor holatiga firmani moslashuvidir. YAxshi marketing kompleksi firmani bozorda yaxshi pozitsiyani egallashga olib keladi. marketing kompleksi konsepsiyasi Neyl Borden tomonidan 1964 yilda taklif etilgan.Klassik marketing kompleksi 4 ta elementni o‘z ichiga oladi va 4P modeli nomi bilan yuradi.- tovar (product); - narx (price);- sotish yoki tovar harakati (place);- siljitish yoki kommunikatsiyalar (promotion).Biroq, firmaning marketing faoliyatiga bunday qarash ma’lum darajada cheklangan hisoblanadi: u ko‘proq iste’molchiga nisbatan tovarga mo‘ljallangan.
57b 3savol Xizmat ko‘rsatish madaniyati Servis madaniyati deganda mehnat me’yorlari, yuqori ma’naviy boyliklar va o’zini tutish etikasi etalo tizimlari tushuniladi va ularni prinsiplari davlatni milliy an’analariga ham, shuningdek, xizmat ko’rsatishni jahondagi zamonaviy talablariga ham mos keladi, iste’molchilarga sifatli xizmat ko’rsatishni aks ettiradi. Servis madaniyati bo’sh joyda vujudga kelmaydi. Bu jarayonni ko’pgina xususiyatlari mehnat madaniyatini milliy elementlari, sohani kasbiy madaniyati bilan bog’liq.Zamonaviy servis oldida servis madaniyatini milliy xususiyatlarini va xalqaro prinsiplarini birlashtirish vazifasi turadi. Servis madaniyatini ko’pgina jihatlari, umumiy, internasional xarakterga ega. Bu bilan bog’liq holda birinchi navbatda servisni texnik, texnologik tomonlari, uni rivojlanishi sifati va dinamikasi, xizmat ko’rsatishni psixologiyasi va estetikasi bilan bog’liq bo’lgan mehnat madaniyatiga bo’lgan talablarni ko’rsatish mumkin.Har bir mamlakatda servis tadbirkorlari va menedjerlari xizmat ko’rsatishni milliy an’analaridan foydalanishga tayyor bo’lib, bunda ular zamonaviy talablarga javob berishi va servis faoliyatini samaradorligini oshirishi lozim. Servis menedjmenti iste’molchilarga madaniy, ya’ni sifatli xizmat ko’rsatish birinchi navbatda xodimlar uchun foydali ekanligini ta’kidlaydi. Aksincha, servis madaniyatini yo’qligi korxona, firma daromadlarini pasayishiga akslanadi.Shuning uchun rivojlangan davlatlarda menejment xizmat ko’rsatish madaniyatiga bo’lgan bir xil kompleks talablarni ishlab chiqadi, o’z firmalari amaliyotiga joriy etadi va ular bajarilishini nazorat qiladi. Bu holda menejment strategiyasi xodimlarni rahbariyatni hamfikrlariga aylantirishga qaratilgan va ularga buyruq tarzida xizmat ko’rsatish madaniyatini singdirishni inkor etadi.


45b 1savol Restoran xo‘jaliklarida xorijiy turistlarini qabul qilish muhim ahamiyatga egadir. Chunki xorijiy turistlarga odatda ovqat yeyishni tashkil qilish alohida zallarda yoki umumiy zalning chegaralangan qismida amalga oshirilib, ularga xizmat ko‘rsatish juda ham e’tibor va did bilan tayyorlangan joylarda bo‘lishi kerak. Turistlarni restoran hududida ovqatlantirish jarayoni restoran binosidagi savdo zallari va qo‘shimcha yordamchi xonalarni tartibga keltirish, stol va stullarni qabul qilingan tartibda qo‘yish, idish-tovoq va anjomlarni olish, stollarni bezash, tushlik stollarini va ofitsiantlarni ishga tayyorlash jarayonlari kiradi. Restoran ishni tashkil qilish binoning ichki va tashqi ko‘rinishini chiroyli va restoran ochilishiga tayyor bo‘lishi kerak. Shuningdek, mijozlarni turli xildagi xizmatlardan foydalanishlari uchun imkoniyatlari yaratilishi kerak. Turistlarni qabul qilish va ularga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida xodimlar restoran korxonasidagi mebellarni joylanishiga ham e’tibor qaratish kerak, stollarni to‘g‘ri chiziq yoki shaxmat tartibida joylashtirish, orasidan bemalol yura oladigan bo‘lishi, shuningdek, boshqa jihozlarni ham mijozlar didi, talabi va darajasiga qarab inobatga olinishi kerak.


45b 2savol Barlar odatda ma’muriy-madaniy va savdo markazlarida, mikrorayonlarda, restoran, kafe, mehmonxonalar qoshida ochiladi. Binolarning tuzilishiga ko‘ra barlar quyidagicha joylashadi:- vestibyullarda – bu yerda kishilar uchrashadilar, suhbat qiladilar;- restoran barlari – bino ichida, zalda joylashadi;- yordamchi barlar–mehmonxona qavatlarida joylashadi;- banket barlari – banket zallarida joylashadi;- mini - barlar – mehmonxonaning mehmonlar uchun mo‘ljallangan xonalarida joylashadi.Bar taomnomalarida aralash-ichimliklar, shuningdek, tabiiy kuchli alkogol ichimliklar bo‘ladi. Har xil gazaklar mijozlar xohishiga qarab beriladi. Hamma barlarda stereofonik ovoz chiqaradigan apparat, televizor, videomagnitafonlar, o‘yin avtomatlari bo‘lishi kerak. 50 dan ko‘p kishiga mo‘ljallangan raqsga tushish maydonchalari ham bo‘ladi. Hozirgi kunda ovqat tayyorlashda mijozlarning o‘zlari qatnashadigan barlar keng ommalashib bormoqda. Sut mahsulotlari barlari firma sut mahsulotlari magazinlari qoshidagi yirik savdo markazlarida barpo etiladi. Ularning asosiy maqsadi mijozlar taomni tatib ko‘rishi bilan mazasiga tushunadi va bar mashhur bo‘la boradi. Bu barlarda turli sutli mahsulotlar ham sotiladi.Disko-bar taomnomasida odatda, yengil, sovutilgan, aralash ichimliklar, gazaklar bo‘ladi. Unda issiq taomlar bo‘lishi ham mumkin. Bundan tashqari muzqaymoqning turli xillari tavsiya qilinadi: qulupnayli, shaftoli sharbatli, o‘rikli, kofeli, yong‘oqli va hokazo. Disko-bar zallari zamon talabiga javob beradigan darajada badiiy bezatilishi kerak. Raqs maydoni rangli parket bilan qoplanishi, umumiy ko‘rinishga mos yorug‘lik berilishi shart. Disko-barlarda slaydlar ko‘rsatish uchun katta ekran o‘rnatiladi, quvvati kuchli musiqa apparati, yorug‘likni har xil qilib ko‘rsatish uchun asboblar, shuningdek televizorlar, videomagnitofonlar joylashtiriladi. Musiqiy dasturni disko-bar xodimi boshqarib boradi.Pivo barlari pivo sotish bilan birga issiq va sovuq gazaklar ham sotadi. Bular jumlasiga: buterbrod, pivoga mos keladigan pishloqlar, har xil tuzlangan narsalar, quritilgan baliq, qalamcha qilib qovurilgan kartoshka, quritilgan qora non, teshik kulcha, sho‘rdanak, sho‘r bodom va boshqalar kiradi.

Download 145,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish