8 – mavzu. Texnologik jarayonlarni boshqarishning prinsipi va strukturasi
Loyiha hujjatlari haqida umumiy ma’lumot
Avtomatik boshqaruv va texnologik nazorat sxemalari (qisqacha avtomatlashtirish sxemalari), «Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish loyihasi» loyihani hujjatlashtirilgan obyektning mustaqil qism tarkibida loyihalovchi tashkilotlar ishlab chiqaradigan chizm alar va sxemalar b o ‘yicha montaj qiladi, sozlaydi va ishlatadi. Talab qilinayotgan hujjatlarni topish uchun (buyumlar chizmasi va ularni joylashtirish, ulanishda boshqariladigan sxemalar, asboblarni qayta joylashtirish, asboblarni qayta joylashtirish rejalari, ijro etuvchi mexanizmlar va pultlar va boshqalar), bu hujjatlar loyihaning qaysi qismiga tegishli ekanligini bilish zarur.
Ko‘pincha kerakli ma’lumot har xil hujjatlarga yoyilgan bo‘ladi: chizmalarda, sxemalarda, elementlar qatorida, aniqlik kirituvchi materiallarda va boshqalarda. Boshqacha aytganda, qandaydir sxemalarni o‘qish uchun unga tegishli bo‘lgan barcha ma’lumotlarni yig‘ish lozim, buning uchun esa u ishlab chiqarish asosida loyihalangan hujjatlar haqida ma’lumotni joylashtirish kerak. Ularni qisqacha ko‘rib chiqamiz.
Sanoat qurilishi uchun loyiha hujjatlarining tarkibi va mazm uni qurilish me’yorlari (SN), qurilish me’yorlari va davlat qurilish qoidalari (SNiP) va rasmiy vedomistli qurilish me’yorlari (VSN) va boshqa hujjatlar bilan aniqlanadi. Korxonalar, binolar va inshootlar qurilishni y o ‘lga q o ‘yish va tasdiqlash loyiha-smeta hujjatlar, ishlab chiqarish tartibi, tarkibi haqida instruksiyalar,
davlat qurilish tomonidan ishlab chiqarilgan loyihalangan hujjatlarning tarkib va mazmuni bo‘yicha asosiy qurilish me’yori hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda qurilish uchun loyiha hujjatlar sistemalarining davlat standartlari ishlab chiqarilmoqda (SPD S). Qurilishdagi loyiha hujjatlari ularni bajarishda unifikatsiyalangan sistema qoidalari bo‘lib xizmat qiladi hamda qurilish uchun loyiha hujjatlar spesifikatsiyalari bilan birga konstruktorlashgan hujjatlarning yagona davlat sistemalar standartlarini to‘ldirib keladi.[YaDSS]
Material tarkibi bo'yicha amalga oshiriluvchi normativ -texnik rasmiy nashrli, mazmuni va texnik hujjatlarni bajarish usullari ularning YaDSS standartiga maksimal yaqinlashuvidan kelib chiqqan holda ishlab chiqarilgan. Bu birinchi o'rnid a
buyumnin g chizmasiga va shuningdek sxemalarning shartli belgilariga tegishli bo'ladi. Loyiha hujjatlarning yangi loyihalash sistemasiga o'tayotgand a prinsipial o'zgarishlar yuz bermaydi: sxemaning turi va ko'rinishi, ularning bajarilish qoidalari aniqlashtiriladi, loyiha hujjatlarni m ashinali tarzda bajarish talablari va hujjatlarni qayta shakllantirmasdan boshqatdan ishlatish o'rnatilgan va boshqalar.
1.2. Loyiha bosqichlari va loyiha tarkibi
Texnologik jarayonlarning avtomatlashtirish sistemalarini loyihalash quyidagicha amalga oshiriladi [l, 2, 3]:
birinchi bosqichda — (ishchi loyihaning narxi hisoblangan svodnaya smeta) ishlab chiqarish inshoot va binolar, tipik va qayta qo'llaniladigan loyihalar bo'yicha amalga oshiriladigan qurilishlar, shuningdek texnik murakkab bo'lmagan obyektlar
uchun .
ikkinchi bosqichda - (ishchi loyihani va ishchi hujjatlarning narxi hisoblangan ) qurilishning boshqa obyektlari uchun hamda katta va murakkab obyektlar uchun ham.
Loyihaning tarkibiga quyidagilar kiradi:
1) nazorat va boshqarishning strukturali sxemalari (murakkab boshqarish sistemasi uchun);
2)texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning funksional sxemalari;
3) prinsipial elektrik, pnevmatik, gidravlik nazorat qilish, avtomatik rostlagich, signallashtirish va iste’mol qilish sxemalari;
4) pult va shchitlarning umumiy ko’rinishi;
5) pult va shchitlarning yig‘ish sxemalari;
6) quvursimon simlar va tashqi elektrik sxemalari;
7) quvursimon va elektrik simlar, avtomatlashtirish ashyolarini joylashtirish rejalari;
8) avtomatlashtirish ashyolar tipik bo'lmagan chizmalarning tasdig'i;
9) standartlashtirilmagan jihozlarning um um iy ko'rinishi;
10) drossel qismlarini rostlash hisobi;
11) tushuntirish yozuvlari;
12) avtom atlashtirish ashyolar va asboblarning spesifikatsiyasining buyurtmalari, elektr qurilmalar, shchitlar va pultlar, trubosimon simlar armaturalari, kabellar va simlar, asosiy materiallar va buyumlar, standartlashtirilmagan jihozlar.
1.3. Loyiha sxemalarining ko’rinishlari va turlari
Avtomatik boshqarish va texnologik jarayonlarni nazorat qilish sxemalarni yaratishda boshqarish obyekti bilan va o'zaro ma‘lu m bo'lgan sxemalar bo'yicha qo'shilgan har xil avtomatlashgan ashyolar va asboblar qo'llaniladi. Qo'llaniladigan
asboblar va avtom atlashtirish vositalari (elektrik, pnevmatik, gidravlik) avtomatlashtirish loyihalaridagi chiziqli aloqadan kelib chiqqan holda ko'rinishi va turlari bilan farqlanadigan sxemalar ishlab chiqariladi
Ko'rinishi bo'yicha sxemalar elektrik, pnevmatik gidravlik va kombinatsiyalashgan bo'ladi.
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish amaliyotida elektrik asboblar va avtomatlashtirish vositalari keng tarqalgan. Bu esa asbob va apparatlarning turli tumanligini va obyektdagi elektr m anbayi iste’moli talab qilayotgan kuchlanish va quvvatning mavjudligini ta’kidlab keladi. Shundan kelib chiqqan holda, elektrik sxemalar keng tarqalgan. Ixtisoslashgan sharoitda, masalan sanoatlardagi portlash xavfi bo'lgan sharoitlarda, aksariat hollarda avtomatlashtirish vositalari va pnevmatik asboblardan foydalaniladi.
Bu esa har xil pnevmatik sxemalarning katta qismini bajarishni ta’minlab beradi. Gidravlik apparatlarning qo'polligi va gidravlik buyruq impulslarining katta masofaga uzatish murakkab bo'lganligi tufayli gidravlik sxema keng tarqalish imkoniyatiga ega emas [1,2,3,4,16].
Loyihalash holatlari qatorida aralash elektropnevmatik , gidravlik elektropnevmatik, pnevmogidravlik va elektrogidravlik sxemalar bo'ladi.
Avtomatlashtirish sxemalari turlari bo'yicha quyidagilarga bo'linadi:
— strukturali — boshqarish tizimlarining tuzilishini kattalashtirib, nazorat punktlari, boshqarish obyekti va alohida mansabdor shaxslar o'rtasidagi o'zaro munosabatni aks ettiradi;
Do'stlaringiz bilan baham: |