1.1-rasm. Avtomatlashtirish sistemasining umumlashtirilgan
strukturali sxemasi.
Shunday qilib, avtomatlashtirish obyekti umumiy holda bir nechta yuqori yoki past darajada bir-biri bilan bog’langan boshqarish uchastkalaridan iborat bo’ladi. O’z o’rnida boshqarish sistem asi ham rostlanuvchi parametrlarning muhimligiga ko’ra, ishlatuvchi personalning bilim va malaka darajasiga bog’liq ravishda obyektning optimal boshqarishni amalga oshiruvchi qiymatlarni aniqlash
zarur.
Umumiy holda avtomatlashtirish obyektini boshqarishning turli darajalari bilan ta’minlanishi kerak, ya’ni bir-biri bilan u yoki bu darajada bog’angan bir nechta boshqarish punktlarini o’z ichiga olishi kerak.
Sxemalardagi elementlarning shartli grafik va harfli-raqamli belgilanishlari haqida umumiy ma’lumotlar
Sxemani o’qish bu loyihalash , montaj qilish, sozlash, ekspluatatsiya qilish va o’qish jarayonida aniq bir ishni bajarish uchun sxema haqida ma’lumotga ega bo’lishdir. Masalan, strukturali va funksional sxemalarni, qurilm aning strukturasi va uning funksional qismlari, ular o’rtasidagi o’zaro aloqa va o’zaro ta’sirlar haqida ma’lumotlarga ega bo’lish mumkin. Prinsipial sxemalarni o’qish esa avtomatlashtirish sistemasini to’liq yoki ayrim qismlarining ishlash prinsipini va ekspluatatsion imkoniyatlari haqida ma’lumot olish , shuningdek sxema ayrim
elementlarining o’zaro ta’siri, ularning ish rejimlari bilan tanishish va boshqa parametrlarning o’rganish imkoniyatini beradi.
Tashqi bog’lanish sxemalari va jadvallarni o'qib qurilmalar va avtomatlashtirish vositalari, y a’ni pultlar, shtativlar, qabullovchi va saralovchi qurilmalar, elektrik va quvurli aloqa yo'llari, kommutatsion shchitlar, modullar, yashiklar va boshqa elementlar o’rtasidagi o’zaro tashqi bog’lanish haqida ma’lumotlar olish mumkin.
Montaj sxemalari yoki bog’lanish jadvallari va shchit, pult va shtativlarning ulanishi shuningdek, bu konstruksiyalarning umumiy chizmalarini o'qish orqali qurilmalarni o'rn atish jihozlarining apparatlarini joylashtirish ularning markirovkasi aloqa liniyalarining tavsifini va boshqa kerakli ma’lumotlarni bilib olish mumkin.
Turli avtomatlashtirish vositalarining bajaradigan vazifasiga ko’ra sxemalar ikki turga bo’linadi: ko’rinishi bo'yicha (elektrik, pnevmatik, gidravlik va boshqalar) va turi bo’yicha (strukturali, funksional, prinsipial, montaj va boshqalar).
Shartli grafik belgilar turli sodda geometrik shakllar bilan
ifodalanadi: kvadrat, to’g’ri to’rtburchak, aylana shuningdek, to’g’ri va shtrix chiziqlar va nuqtalar.
Standartda ko’rsatilgan asosda bu belgilarni tizimli birlashtirish orqali istalgar. sistemani ap paratlar, qurilm alar, elektro mashinalar mexanik va elektr aloqa yo’llari, chulg’amlarning turli bog’lanishli ko’rinishlari, tokning ko’rinishi, boshqarish tavsifi va usuli ham da boshqalarni oson ifodalash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |