7-мавзу. Ijtimoiy-ruhiy inson


Nizolarning paydo bo’lishi sharoitlari va sabablari



Download 188 Kb.
bet7/11
Sana09.07.2022
Hajmi188 Kb.
#760483
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
8.1. Nizolarning paydo bo’lishi sharoitlari va sabablari

Ishlab chiqarishda yuzaga keladigan nizolar turli xil bo’lib, biroq ularning barchasiga ayrim umumiy xususiyatlar xosdir.


Birinchidan, kamida, ikkita qarama-qarshi tarafning mavjud bo’lishi nizoning zarur sharti hisoblanadi, bunda taraflar g’oyat keng ma’noda tushuniladi: bular individlar, guruhar, sinflar bo’lishi mumkin. Ta’kidlash lozimki, dushmanlik (urush)dan farqli o’laroq, nizo hamisha ikki yoki undan ko’p tarafning o’zaro hamkorligida yuz beradi.
Nizolar boshqa ijtimoiy hodisalardan shunisi bilan farq qiladiki, ularning yuzaga kelishiga jamiyatda turli manfaatlarni ko’zlovchi ijtimoiy guruhlarning mavjud bo’lishi sabab bo’ladi. K.Marksning fikriga ko’ra, sinflar mavjud bo’lar ekan, nizolar ham bo’lib turadi. Aynan shuning uchun ijtimoiy nizolar – yo’qotib bo’lmaydigan hodisa. M.Veber yozganidek, nizoni ijtimoiy hayotdan chiqarib tashlashning iloji yo’q.
Ikkinchidan, nizo nizolashuvchi taraflar maqsadlarining (to’liq yoki qisman) mos kelmasligitufayli yuzaga keladi. Odatda u taqchillikning ikkita turi – pozitsion taqchillik (ikkita sub’ekt bitta pozitsiyani egallay olmaydigan va bitta rolni bajara olmaydigan holat) va nizo ishtirokchilari da’vogarlik qilayotgan resurslar, u yoki bu turdagi ne’matlar taqchilligi mavjud bo’lgan hollarda paydo bo’ladi.
Uchinchidan, nizo faqat taraflar bir-birining hisobidan foyda olishga intilgan hollarda paydo bo’ladi, buning oqibatida nizoli xatti-harakat boshqa tarafni yo’q qilishga yoki, hech bo’lmaganda, nazorat ostiga olishga intilish sifatida namoyon bo’ladi. Amerika sotsiologi K.Bouldikgning fikriga ko’ra, ijtimoiy-mehnat sohasidagi nizo – bu qarama-qarshi kurashish shakli bo’lib, unda ishtirok etuvchi taraflar bir-biriga mos kelmaydigan maqsadlarni ko’zlayotganligini tan olishadi.
To’rtinchidan, unda nizolashuvchi taraflar sa’y-harakatlari bir-birini istisno etuvchi va bir-biriga mos kelmaydigan maqsadlarga erishishga yo’naltirilgan, bu esa bir-biri bilan to’qnashuvga olib keladigan o’zaro hamkorlik nizoli bo’ladi.
Va, nihoyat, hokimiyat nizoli munosabatlarning eng muhim jihati hisoblanadi, chunki nizoda hamma vaqt gap hukumronlik qiluvchi ijtimoiy mavqe – boshqa tarafning xatti-harakatini nazorat qilish va yo’naltirish imkoniyatiga erishish, uni o’zgartirish yoki saqlab qolishga urinish haqida boradi.
Nizoli vaziyatlarni keltirib chiqaruvchi sabablarni ichki va tashqi omillar nuqtai nazaridan ko’rib chiqish mumkin. Ichki omillar quyidagilardan iborat:
1) korxona rahbariyati tomonidan majburiyatlar va va’dalarning bajarilmasligi, insonlarga ishlarning haqiqiy ahvolini tushuntirishni istamaslik; 2) ishlab chiqarish, mehnatni tashkil qilish rejimining buzilishi, mehnatni ijtimoiy ahamiyatli mukofotlashning imkonsizligi; 3) xodimlar mehnati, turmushi va dam olishi sharoitlarini yaxshilash haqida qayg’urish natijalarining yo’qligi; 4) moddiy va boshqa ne’matlar va xizmatlarning adolatsiz taqsimlanishi tufayli boshqaruv apparati va ishchilarning qarama-qarshiligi; 5) xodimlar manfaatlarini hisobga olmagan holda innovatsiyalar va tub o’zgarishlarning joriy etilishi; 6) norasmiy yetakchilarning g’alamis faoliyati.
Tashqi omillar jumlasiga quyidagilar kiradi: 1) jamiyatdagi vaziyatning beqarorlashuvi, turli siyosiy guruhlar manfaatlarining to’qnashuvi, yetakchilarning almashinuvi; 2) hayot uchun eng zarur tovarlar keskin taqchilligining yuzaga kelishi; 3) yangi qonun hujjatlarida ijtimoiy imtiyozlarning cheklanishi; 4) ishlab chiqarish xodimlarining manfaatlarini huquqiy va ijtimoiy himoyalashning buzilishi.
Nizoni keltirib chiqaruvchi omillar jumlasiga ishlab chiqarishning o’ziga xosligini ham kiritish mumkin. Sotsiologlar mashhur bog’liqlikni aniqlashdi: ishchilar nisbatan zich va bir xil kasbiy guruhlarga jamlangan tarmoqlarning ishchilari ish tashlashga moyil bo’lishadi. Kasbiy hamfikrlilik tufayli ular ommaviy harakatlarni tashkil etish qobiliyatini namoyish qilishadi. Gap konchilar, metallurglar, transportchilar va h.k. haqida borayapti.
SHuningdek, muayyan mehnat turining mazmuni ham katta rol o’ynaydi. Ma’lumki, ko’pincha jismoniy jihatdan og’ir, past malakali va shuning uchun kam jozibali mehnat bilan band bo’lgan ishchilar ish tashlash qilishadi. A.K.Zaytsevning fikriga ko’ra, quyidagi boshqa omillarni ham inkor etib bo’lmaydi: korxonaning iqtisodiy holati va moliyaviy imkoniyatlari, foyda normasi, miqdori va uni rivojlantirish istiqbollari, yangi texnologiyalar va ijtimoiy innovatsiyalarning joriy etilishi dinamikasi, xodimlarning o’z manfaatlarini himoyalashning faol shakllariga nisbatan munosabati, rahbariyatning ma’muriy funktsiyalarni oqilona bajarish qobiliyati.
«Ishchilar - ma’muriyat» qarama-qarshiligi bilan bir qatorda nizoli vaziyatlar ma’muriyat bilan muhandis-texnik xodimlar o’rtasida yuzaga kelishi mumkin. Sabablar – manbalar va hokimiyat vakolatlarining darajalaridagi, ta’lim, yosh darajasidagi (avlodlar nizosi) farqlarda. Sodir bo’layotgan hodisalarning mohiyati shundan iboratki, rahbarlar va mutaxassislar turli ijtimoiy va tashkiliy maqomga ega bo’lgan turli ijtimoiy guruhlarni o’zida namoyon etadi.
Nizoli vaziyatdagi voqealarning rivojlanishi odatda quyidagi tarzda kechadi: birinchidan, umumiy norozilik, noqulaylikni his etish ortib boradi; ikkinchidan, murojaatlar soni ko’payadi, biroq ayrim nizoli vaziyatlar tasodifiy xususiyatga ega bo’ladi. Muxoliflar harakatlarining salbiy baholanishi, yanglish fikrlar, kutilmagan anglashilmovchiliklar, mayda mojarolar paydo bo’ladi. So’ngra guruhlarning stixiyali tabaqalanishi, fikrlar to’qnashuvi yuz beradi. Va, nihoyat, sodir bo’layotgan voqealarning mohiyatini ifodalashga qodir bo’lgan yetakchilar paydo bo’ladi, «dushman» qidiriladi. Dastlabki talablar shakllanadi, emotsional keskinlik darajasi ortadi. Endi faqatgina oxirgisi – nizo o’t olishi uchun sabab yoki mojaro qoldi. Bunday sabab bo’lib esa har qanday voqea–korxonalarda ishchi kuchining qisqartirilishi kabi jiddiy va katta voqealar yoki korxonaning tsexlaridan birida ishdan tashqari topshiriq borasida yuzaga keladigan janjallar yoxud ta’til berilishining rad etilishi kabi kichik voqealar xizmat qilishi mumkin. Eng muhim voqealar yoki har qanday arzimagan voqea: ehtiyotsizlik bilan aytilgan so’z, tanbeh, tanqid va hokazolar sabab bo’lishi mumkin. Ba’zan nizoli vaziyatni avj oldirish maqsadida ataylab uyushtirilgan, ba’zan esa puxta rejalashtirilgan ig’vogarlik (xoinona harakat) ana shunday sabab bo’ladi. Nizo sub’ektlari shakllana boshlaydi.
Zamonaviy konfliktologiya nizoning barcha ishtirokchilarini asosiy (to’g’ridan-to’g’ri) va bilvosita ishtirokchilarga ajratadi.
Nizoning asosiy ishtirokchilari – bu hamma vaqt qarshilik ko’rsatishda to’g’ridan-to’g’ri, bevosita ishtirok etuvchi taraflar. Ular nizoning paydo bo’lishi va rivojlanishida hal qiluvchi va eng faol rol o’ynaydi. Nizoning asosiy ishtirokchilari uning asosiy ta’sir etuvchi (harakat qiluvchi) shaxslari hisoblanib, aynan ular manfaatlarining qarama-qarshiligi qarshilik ko’rsatishning asosida yotadi. SHuning uchun asosiy ishtirokchilar nizoning sub’ektlari yoki muxoliflari (lot. oppontus – e’tiroz bildiruvchi), deb ataladi. Nizoda ishtirok etuvchi taraflar ega bo’lgan salohiyat yoki qudrat bilan bog’liq holda muxolifning darajasi tushunchasi ajratiladi. Nizo ishtirokchisida qarshilik ko’rsatish jarayoniga ta’sir etish imkoniyatlari qanchalik katta bo’lsa, uning darajasi shunchalik yuqori bo’ladi. Bunda qatorini turli asoslarga ko’ra tuzish mumkin: siyosiy va iqtisodiy qudrat, resurs, ma’muriy yoki axborot salohiyati va h.k. Nizo ishtirokchilarining darajasi bevosita ularning iqtisodiy maqomi – nizo ishtirokchisining jamiyatda kasbi, yoshi, oilaviy ahvoli va ijtimoiy roliga muvofiq tutgan o’rni bilan bog’liq. Turli nizoli vaziyatlarda nizo ishtirokchilarining turlicha salohiyati talab etiladi.
Nizoning asosiy bo’lmagan ishtirokchilari jumlasiga qolgan barcha ishtirokchilar kiradi. Ularni ko’pincha bilvosita ishtirokchilar yoki uchinchi taraf, deb nomlashadi. Ta’rifga ko’ra ular nizoning paydo bo’lishi va rivojlanishida ikkinchi darajali va yordamchi rol o’ynaydi.
Real hayotda nizoning asosiy va asosiy bo’lmagan ishtirokchilari o’rtasidagi chegara ko’pincha o’zgaruvchan va nisbiy bo’ladi. O’zgarish shundan iboratki, nizoning rivojlanish jarayonida asosiy va asosiy bo’lmagan ta’sir etuvchi (harakat qiluvchi) shaxslar o’z o’rinlari bilan almashishlari mumkin.
Nizoning asosiy bo’lmagan ishtirokchilarining roli ham konstruktiv (ijobiy), ham destruktiv (salbiy) bo’lishi mumkin – ular nafaqat nizoning hal etilishiga yoki oldini olishga, balki uning keskinlashuviga va yanada rivojlanishiga ham xizmat qilishi mumkin. Bunda asosiy bo’lmagan ishtirokchining nizoga aralashuvi natijasi uning maqsadlariga mos kelmasligi ham mumkin.
Nizoning bilvosita ishtirokchilari ichida atayin nizoning u yoki bu sub’ektini qo’llab-quvvatlash uchun tashkil etiladigan guruhlarni ajratish lozim. Ular qo’llab-quvvatlash guruhlari, deb nomlanadi. Bironbir deputatlikka nomzodni uning saylov oldi kurashida qo’llab-quvvatlovchi turli birlashmalar, tugaraklar bunday guruhlarga yaqqol misol bo’lishimumkin.
Nizolar namoyon bo’lishining real shakllarini korxonalardagi muayyan ijtimoiy guruhlar bo’yicha tasniflash mumkin. Unga ko’ra nizolar quyidagi turlarga bo’linadi: 1) oddiy ishchilar va ma’muriyat o’rtasidagi nizolar; 2) turli ijtimoiy kasb egalari o’rtasidagi nizolar; 3) turli malakaga ega bo’lgan yoki turli yoshdagi xodimlar o’rtasidagi nizolar; 4) ishchilar bilan davlat organlari o’rtasidagi nizolar.
Nizoning barcha turdagi namoyon bo’lishlarida uning sub’ektlari qarama-qarshi, bir-birini istisno etuvchi maqsadlarni ko’zlaydi. Odatda, ular o’z maqsadlariga boshqaga zarar yetkazgan holda yoki boshqaning hisobidan erishishga intilishadi, chunki har qanday nizoning asosida to’plangan ob’ektiv yoki sub’ektiv, haqiqiy yoxud yolg’on ziddiyatlar yotadi.
Nizolar ham vertikal bo’yicha (rahbarlik va bo’ysunishning turli darajalari o’rtasida), ham gorizontal bo’yicha (bunda nizoda taxminan bir xizmat darajasidagi, bir-biriga bo’ysunmaydigan insonlar ishtirok etadi) kuchayishi mumkin. Biroq, nizolarning aksariyati (70-80 foizi) aralash nizolardir. Bunday ko’rinishda ular ko’pincha murakkab his-tuyg’u, xolisona axborotning buzib buzib ko’rsatilishi va tajavvuzkor aktsiyalar bilan kuzatiladigan xavfli barbod etuvchi salohiyatga ega.
Ushbu vaziyatda nizolarda turli insonlar va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari to’qnash keladi. Nizo – bu ko’pchilik uchun umumiy bo’lgan maqsadga yakka-yolg’iz egalik qilish uchun qarshilik ko’rsatish bo’lib, bunda ushbu kurashning har bir ishtirokchisi o’zining monopol egalik qilish huquqiga amin. Agar ko’zlangan maqsadga erishishda to’siqlar mavjud bo’lsa, u holda inson yoki guruh qoniqmaslikni, xafalikni his qiladi, «o’zi bilan o’zi bo’ladi» yoki qat’iy norozilik bildiradi.
Nizoni aniqlash uchun uning ham o’xshash funktsiyalarga, ham o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan ishlab chiqarish tashkilotlaridagi boshqa jarayonlar bilan o’zaro bog’liqligini aniqlash zarur.
Birinchi galda nazariya va amaliyotda hamma vaqt ham farqlanmaydigan «nizo», «ziddiyat», «keskinlik» tushunchalarini bir-biri bilan taqqoslash zarur. Ziddiyat haqida to’xtaladigan bo’lsak, jahon ilmiy adabiyotlarida ba’zan uning ta’rifiga nisbatan ikkita yondashuv aralashib ketadi– amerikacha va yevropacha. Ame­rika sotsiologiyasida nizo, deb nafaqat ochiqcha qarshilik ko’rsatishga olib keluvchi deyarli hamma narsaga, balki har qanday janjallar, bahslashuvlar, noroziliklar, qarashlardagi va ularni bartaraf etish usullaridagi farqlarga aytiladi. Boshqacha aytganda, ziddiyat nizobilan tenglashtiriladi. Bu fikrga to’liq qo’shilib bo’lmaydi, chunki bunday yondashuvda hayotimiz to’liq nizoga, har qanday norozilik yuzasidan yoppasiga kurashishga aylanadi. Bizningcha, real vaziyatdan kelib chiqadigan va kundalik hayotda keskinlashuvsiz hal etiladigan ko’plab ziddiyatlar mavjud, desak to’g’ri bo’ladi. SHunday qilib, nizo – bu ziddiyat namoyon bo’lishining alohida shakli bo’lib, bunda uning qismlari taraflardan birining nuqtai nazarlari (hatto tarafning o’zi) barham topishiga, o’z nuqtai nazariga bo’ysundirilishiga yoki yon berilishiga olib keluvchi qarshilik ko’rsatishga kirishadi.
«Keskinlik» tushunchasini nizoning paydo bo’lishidagi bosqich sifatida qabul qilish mumkin. Lekin, bu hali nizo emas, chunki keskinlik hamma vaqt ham nizoga aylanmaydi. Bu, chamasi, nizoning alomati, ziddiyat namoyon bo’lishining alohida shakli. Boshqacha aytganda, ijtimoiy keskinlik manfaatlar qarama-qarshiligini o’zida namoyon etadi va vaqtga ko’ra o’zgaruvchi nizodan oldingi vaziyat sifatida tushuniladi.
Ko’pincha nizoni raqiblik va raqobat kabi ma’nosi bir-biriga yaqin tushunchalar bilan, nizoli xodimni esa raqobatchi xodim bilan chegaralash muammosi paydo bo’ladi. R.Mak va R.Snayder nizo tushunchasi mazmuni va hajmiga ko’ra raqobat tushunchasiga qaraganda keng, degan fikrga qo’shiladi.
Bunday talqinda nizoni g’oyat keng tarzda talqin etuvchi Amerika so­tsiologiyasining yondashuvi namoyon bo’ladi. Yevropa ijtimoiy g’oyasi nuqtai nazaridan bunga qo’shilib bo’lmaydi, chunki raqiblik (kasbi va malakasi bo’yicha eng yaxshi bo’lish) va raqobat (ijtimoiy va kasbiy mavqeda yuqoriroq darajaga erishishga intilish) hamma vaqt ham taraflarning nuqtai nazarlari nomuvofiq, qarama-qarshi yoki hatto adovatli bo’ladigan shaklda kechmaydi.
Nizo” va “raqobat” tushunchalari bir-biribilan bog’liq va ba’zan bir-biriga o’xshatiladi. Biroq, nizoni raqobatdan ziddiyatning anglab yetilganligi va ishtirokchilari harakatlarining bir-biriga qarshi yo’naltirilganligi ajratib turadi. Raqobat (masalan, turli firmalarning tovarlar bozoridagi raqibligi yoki rahbarlik lavozimini egallash uchun tanlov) raqobatchilar bir-biriga tanish bo’lmagan hollarda ham o’rin tutishi mumkin. Bundan tashqari, raqobat chog’ida taraflarning pa­rallel harkatlari, ularning boshqa insonlar vositaligida anglab yetilmagan raqibligi yuz berishi mumkin. Demak, hamma raqobat ham nizo hisoblanmaydi. Biroq, agar raqobatchilarning harkatlari anglab yetilgan va bevosita bir-biriga qarshi yo’naltirilgan bo’lsa, u holda ularning o’zaro munosabati nizo hisoblanadi.
Shu munosabat bilan nizoli xodimni “raqobatlashuvchi xodim”ning bir turi sifatida qabul qilish to’g’ri bo’ladi. Nizoli xodim o’zining hozirgi yoki kelgusi ijtimoiy vaziyatlari (yoki holatlari)ning nizoda ishtirok etuvchi boshqa taraflar bilan to’g’ri kelmasligini anglab yetadi va boshqalarning intilishlariga mos kelmaydigan mavqeni egallaydi. Ayni paytda boshqalar bilan raqobatlashuvchi va raqiblik qiluvchi xodim, odatda, uning nuqtai nazari mazkur jarayon boshqa ishtirokchilarining shunga o’xshash nuqtai nazarlariga to’g’ri kelmaydigan holatni istamagan holda o’z maqsadlariga erishadi. Boshqacha aytganda, raqiblik va raqobat qarama-qarshilikning boshqa chegaralarini, boshqa jihatlarini o’zida namoyon etadi va uning ichida nizo bilan bir qatorda bir tartibli omil sifatida qabul qilingishi mumkin.

Download 188 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish