7-мавзу. Ijtimoiy-ruhiy inson



Download 188 Kb.
bet10/11
Sana09.07.2022
Hajmi188 Kb.
#760483
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Nizolar shakllari nizoning ishtirokchilari, birinchi navbatda, o’zini jabrlanuvchi taraf, deb hisoblovchi kishilar qo’llaydigan usullarni o’zida mujassam etadi.
Dastlab mehnat sohasidagi nizoning keskin namoyon bo’lishi shakli – ish tashlashni ko’rib chiqamiz. Ish tashlash harakati allaqachon ijtimoiy keskinlikni saqlab turish mexanizmidagi doimiy amal qilib turuvchi qismga aylangan. “Ish tashlash” tushunchasini ta’riflashga nisbatan ikkita yondashuv mavjud. Birinchi yondashuvga ko’ra, tashqi sababga ko’ra yoki uning sub’ektlarining ichki qarama-qarshiligi tufayli kelib chiqqan ijtimoiy-reglamentlangan faoliyatning to’xtatilishiish tashlash, deb hisoblanadi.
Ikkinchi nuqtai nazar shundan kelib chiqadiki, xodimlarning ishlab chiqarishdagi ijtimoiy noroziligini hamma vaqt hamish tashlashlarga yo’yib bo’lmaydi: xodimlarning ma’muriyat harakatlari tufayli kelib chiqqan adolatsizlikka qarshilik ko’rsatishining turli yashirincha shakllari mavjud.
Ish tashlashlarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy xususiyatlarga ega bo’lgan, shuningdek korxona darajasida yuz beradigan turlari mavjud. Korxona darajasida yuz beradigan ish tashlashlar eng murakkab shakl hisoblanadi. Ularni quyidagi tukrlarga bo’lish mumkin: an’anaviy –ishchilarning korxonani tark etishi natijasida ishlab chiqarishning to’xtashi; «italyancha» (qoidalar bo’yicha ishlash), ya’ni barcha majburiyatlarning texnologiya talablari bo’yicha bajarilishi, buning oqibatida ishlab chiqarishning normal sur’ati buziladi va ishlab chiqarish to’xtaydi. Bunday ish tashlashning mohiyati ishlab chiqarishni rasmiy va norasmiy tashkil etishdagi ziddiyatdan iborat; «ishning susayishi» xiliga ko’ra; «pulsatsiyali» – ishning qisman (masalan, bir smenada bir soatga) to’xtatilishi; «okkupatsion» - ishning to’xtatilishi va talablarning qo’yilishi; xodimlarish o’rnida qoladi. Yuqori darajada uyushganlik natijasida ba’zan ish tashlash korxonalarning egallab olinib, ularda har qanday faoliyatning to’xtatib qo’yilishigacha yetib boradi. Ish haqi bo’yicha qarzdorlikning o’sishi bilan ish tashlash harakatining intensivligi o’rtasida uzviy bog’liqlik mavjud.
Ish tashlashlar uyushganlik, asoslanganlik va ish tashlovchilar talablarining realligi darajasi, ularning asosida yotuvchi muammolarni hal etish imkoniyati bo’yicha farq qiladi.
Nizoning ish tashlash shakli bilan bir qatorda piketlar ham qo’llaniladi. Ular, odatda, ikkita maqsadni ko’zlaydi: ish beruvchilarga bosim o’tkazish va jamoatchilik fikrini jalb qilish. Piketlar ko’proq rahbarlar obro’sining to’liq yoki qisman yo’qotilishiga olib keluvchi ma’naviy, ruhiy ta’sir ko’rsatadi.
Ba’zan mehnat nizolarini namoyishlar, manifestatsiyalar yordamida hal etishga urinib ko’riladi. Bunda odatda ijtimoiy-iqtisodiy talablarga siyosiy talablar ham qo’shiladi. Ushbu holatlarda nafaqat tadbirkorlarga, balki davlatning mahalliy va mintaqaviy hokimiyati timsolida davlatning o’ziga ham bosim o’tkaziladi (bunda mazkur hokimiyatlar xodimlar bilan ish beruvchilar o’rtasidagi nizoga aralashishga majbur qilinadi). Nizoning ushbu turida ko’pincha kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar ishtirok etishadi.
Haqoratlar yoki kam nazorat qilinadigan xatti-harakatlar ham nizoning shakli bo’lishi mumkin. Bunday vaziyatda rahbar ko’pincha adolatsizlik, qo’l ostidagilar harakatlarining noqonuniyligi, ularning oqibatsizligidan nafratlanadi, o’z nuqtai nazari va xatti-harakatlarini oqlash yo’llarini qidiradi va odatda buni muvaffaqiyat bilan uddalaydi.
Hukumatga, davlat va mahalliy hokimiyat organlariga, jamoatchilikka qaratilgan xatlar, talablar, deklaratsiyalar hamon nizo namoyon bo’lishining shakllaridan biri hisoblanadi. Nizoni ma’lum qilish uchun ommaviy axborot vositalarini jalb qilish yaxshi samara beradi. Ular nizoning sabablarini, shuningdek, ish tashlovchilar qo’yayotgan talablarni aholi hukmiga havola etadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida norozilikning jamoatchilikda achinish, birgalikda qayg’urish hissini uyg’otish va hatto uning aktsiyadorlik hamda xususiy korxonalardagi vaziyatdan nafratlanishini keltirib chiqarish maqsadida o’ziga ziyon yetkazishga yo’naltirilgan yakka tartibdagi va guruhiy ochliklar kabi ekstremal shakllaridan foydalanila boshlandi. Norozilikning yo’llarni bekitish, avtomagistrallarni, uchish va temir yo’llarni to’sib qo’yish kabi boshqa ekstremal shakllari ham qo’llanilmoqda.


Download 188 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish