7.2. Boshlang’ich ishlab chiqarish tashkilotida
shaxslararo munosabatlar
Insoniy munosabatlar nazariyasida o’zini jamoada o’zaro bog’liqlik, umumiy manfaatlar asosida namoyon etuvchi faol, o’zining ishlab chiqarish jarayonidagi o’rnini va rolini anglab yetuvchi sub’ekt sifatida insonning tabiati haqidagi tasavvur asosiy, boshlang’ich nuqtai nazar hisoblanadi.
Yuqoridagi kashfiyotlar va qoidalar boshlang’ich ishlab chiqarish tashkilotining unda “inson - guruh” munosabatlari asosiy rolni o’ynaydigan modelini ilgari surish imkonini berdi. Asosiy tartibga soluvchi omil – bu guruhda qabul qilingan xatti-harakat normalari. Tuzilma individlar o’rtasidagi birlamchi munosabatlar asosida quriladi. Ushbu muhitda norasmiy uyushmalar (guruhlar) hosil bo’ladi. Bunday uyushganlik individning (muloqotga, e’tirof etilishga, mansublikka bo’lgan) ijtimoiy ehtiyojlarini qondiradi va uning xatti-harakatini (ijtimoiy fikr orqali) nazorat qiladi. Mazkur ijtimoiy-ruhiy «tashkilot ichidagi tashkilot»ni avvalgi usullar bilan boshqarib bo’lmaydi. Tashkilotga ta’sir etishning yagona yo’li uni tabiiy tizimga qo’shish va motivlar, maqsadlar, ehtiyojlar va manfaatlarga ta’sir etish orqali o’tadi.
SHu munosabat bilan aytish lozimki, ishlab chiqarish tashkilotlarining ijtimoiy-ruhiy muammolarini ishlab chiqishga Sovet Ittifoqi olimlari ham katta hissa qo’shishdi.
1920-yillarda, keyinchalik, 1960-yillarda olimlar insonlarning qo’shma mehnat faoliyati borasida bir qator tadqiqotlarni o’tkazdi. Ushbu davrda sotsiologik yondashuv bir necha fanlarning kesishuvida shakllandi. Ijtimoiy psixologiya nuqtai nazaridan jamoaning metodologik va eksperimental-uslubiy tadqiqotlarini V.M.Bexterov, V.A.Artemov, A.S.Zalujniy, G.A.Fortunatov, B.V.Belyaev, Ye.A.Bizov va boshqalar o’tkazishdi.
Boshlang’ich ishlab chiqarish munosabatlaridagi shaxslararo munosabatlarni o’rganishda qanaqa muammolarga e’tibor qaratildi?
Shu narsa qayd etildiki, insonlarning ishlab chiqarishda boshlang’ich guruh doirasidagi munosabatlari beixtiyor shakllanadi. Masalan, insonlar ish brigadasida ko’pincha dastlab muloqotga aloqasi bo’lmagan manfaatlarni ko’zlagan holda tasodifan bir-biriga duch kelishadi, lekin keyinchalik ular o’rtasida uzviy aloqalar o’rnatiladi. Bunday boshlang’ich guruhning har bir ishtirokchisi boshqalarga baho beradi va ular tomonidan baholanadi. SHaxslararo rollarning turli kombinatsiyalari alohida shaxslarning bir-biriga nisbatan reaktsiyasidan rivojlanadi.
Asosiy shaxslararo rollarni tizimga solishga urinish natijalari shuni ko’rsatdiki, rollarning quyidagi xillari mavjud: qaror qabul qiluvchi va hurmatga sazovor bo’lgan yetakchi; vazmin, mehnatsevar, tirishqoq; mas’uliyatsiz va o’z manfaatini ko’zlovchi. Boshqa rollar ichida quyidagilar ajratildi: «hamma baloga tug’anoq odam»; «qo’li gul odam», «oq qarg’a» (biror muhit uchun begona odam) va h.k.
Mazkur yo’nalishda Morenoning g’oyalari ayniqsa samarali bo’ldi. U birinchilardan bo’lib shaxslararo munosabatlar empirik tadqiqotini o’tkazdi. Morenoning metodikasi nisbatan oddiy edi. U har bir insondan guruhdagi boshqa haqida so’radi, bunda afzal ko’riladigan va inkor etiladigan narsalar haqida savol berildi va shu asosda his-hayojon intensivligining qandaydir ko’rsatkichi aniqlandi. Olingan axborotni u diagrammaga ko’chirdi. Morenoning fikriga ko’ra, guruh ishtirokchilari o’rtasida o’zaro tortish va o’zaro itarish yuzaga kelishi mumkin; inson birovlar uchun jozibali, boshqalar uchun esa noxo’sh bo’lishi mumkin; o’zaro befarqlik ham bo’lishi mumkin.
Ishlab chiqarishning faoliyat ko’rsatishi jarayonida shaxslararo munosabatlar hamkasblar bilan hamkorlik qilishga intilish kuchiga tayanadi. Sotsiologlar bunday muloqot ko’proq hayotiy vaziyatlarga ta’sir ko’rsatishini allaqachon qayd etishgan. Shu bilan bir qatorda, inson axborotni rasmiy kanallardan oladi, u o’zining atrofidagi insonlar bilan mazkur axborot yuzasidan ko’proq muloqotda bo’ladi va uning yakuniy bahosi ko’pincha u o’zini tenglashtiradigan norasmiy guruhning fikri bilan belgilanadi.
Shaxslararo munosabatlar sohasining o’ziga xosligi shundan iboratki, ular sheriklar o’rtasida axborot borasidagi teng huquqlilikni nazarda tutadi, unda har bir ishtirokchi har qanday turdagi ijtimoiy axborotni qabul qilish, to’g’rilash va uzatish nuqtai nazaridan teng huquqlarga ega.
Shaxslararo munosabatlar vaziyatga qarab bir vaqtning o’zida o’zini konformlikning turli xillarida namoyon etadi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatmoqdaki, sho’rolar davrida uzoq yillar davomida asta-sekin shaxsning konformizmning yuqori darajasiga ega bo’lgan xili, guruh fikriga to’liq qo’shilish shakllandi. Ushbu konformizm passiv xususiyatga ega edi, chunki ijtimoiy vaziyat insonlarni qandaydir oliy tafakkurlarga bo’ysundirdi, lekin shaxsiy manfaatlarga mos kelmaydigan ular insonlar o’rtasidagi munosabatlarda ishonmaslikni, har narsaga shubha bilan qarash va beadablikni keltirib chiqardi.
1990-yillarda xodimning konformligiga boshqa omillar ham ta’sir ko’rsata boshladi: ishsizlik tahdidi, mehnat haqining noaniqligi, guruhiy va shaxsiy manfaatlar ustuvorligi. O’zaro tushunishdagi ehtiyojlarni qondirish, insonni shaxsiy manfaatlarni jamiyat, tashkilot, guruh imkoniyatlari bilan muvofiqlashtirishga undash hozirgi vaqtda insondan katta ruhiy qayta qurilishni talab qilgan holda jiddiy o’zgarishni boshdan kechirmoqda.
Shaxslararo munosabatlar bugungi kunda ishlab chiqarish xodimlarining ongi va xatti-harakatida g’ayritabiiy hodisalarni hosil qilgan holda bozor munosabatlariga o’tish jarayonining butun ziddiyatini va murakkabligini o’zida aks ettiradi. Bozor munosabatlari haqida ijobiy fikrlarni bildirgan holda, insonlar bozor usullarini umuman qabul qilmayapti, chunki o’zini shaxs sifatida o’ziga va bajarilayotgan ishga nisbatan o’zboshimchalikdan himoyalanmagandek ko’rmoqda.
Boshlang’ich ishlab chiqarish munosabatlardagi hozirgi ijtimoiy-ruhiy munosabatlarning tahlili shuni ko’rsatmoqdaki, ularning roli sezilarli darajada o’zgardi va insonlarning kundalik hayotidagi barcha muammolarni hal etishdagi ta’sirning kengayishi tendentsiyasiga ega. Mazkur o’zgarishlarning o’z vaqtida va tezkor hisobga olinishi qulay muhitni yaratish, ishlab chiqarishdagi o’zaro munosabatlarni oqilona tashkil etish asosida inson omilini safarbar etishning real yo’llarini ko’rsatib beradi. Biroq, ushbu talabni absolyutlashtirib bo’lmaydi. SHu nuqtai nazardan mazkur nazariyaning yetakchi vakillaridan biri R.Laykertning e’tirofi diqqatga sazovar. U mehnat unumdorligini oshirish uchun ma’naviy omilning ahamiyatini oshirib ko’rsatmaslik kerak, degan xulosaga keldi.
Hozirgi bosqichda bozor munosabatlariga o’tish sharoitida ishlab chiqarishdagi shaxslararo munosabatlar muammolari ko’p jihatdan yangidan qo’yildi. Bir tomondan, ishlab chiqarishdagi o’zaro munosabatlarni qat’iy baholashga o’tish ularni sog’lomlashtirdi, o’zaro manfaatli aloqalarning normal tiliga o’girdi. Ikkinchi tomondan, faqat naqd pul, faqat foyda, faqat iqtisodiy rag’batlar ko’p jihatdan insonlarning o’zaro munosabatlarini belgilab beradigan boshqa nuqsonlar ham aniqlandi. E’tiborlisi, masalan, J.T.Toщenko rahbarligi ostida o’tkazilgan iqtisodiy ong tadqiqotining ma’lumotlariga ko’ra (1988 y.), insonlarning 45 foizi jamoaga, o’rtoqlar yordamiga umid qilishgan, ayni paytda V.E.Boykov tomonidan 2000 yilda o’tkazilgan tadqiqotlar ushbu ko’rsatkichning pasayganligini ko’rsatdi: ishlab chiqarish xodimlarining faqatgina 12 foizi hamkasblarining yordamiga umid qilishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |