7-mavzu. Estetikaning asosiy kategoriyalari Reja



Download 438,81 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/9
Sana01.02.2022
Hajmi438,81 Kb.
#421442
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
11-maruza

Kulgililik.
Estetik tafakkur tarixida kulgililik kategoriyasiga bo’lgan munosabat ham o`ziga 
xos ahamiyatga ega. Jumladan, Aflotun ojiz va layoqatsizlarni kulgili odamlar, deydi. Arastu 
fikriga ko`ra, kulgi kishilarga ozor etkazmaydigan xunuklikni keltirib chikaruvchi xolatdir. Urta 
asrlarga kelib kulgililikka insonning Xudoga bo’lgan e’tikodini susaytiruvchi vosita sifatida 
qaraldi. 
Kulgililik boshka nafosatli hodisalar singari fakat obyektiv xususiyatga ega bo’lmay, uning 
subyektiv tomonlarni ham mavjud. Uning subyektiv tomoni - keng ma’nodagi xazil (yumor) 
tuygusidir.(Moler xazil tuygusini insonni xayvondan ajratib turadigan xususiyati deb atagan edi.) 
Shu ma’noda

insonlararo munosabatlarni tabiiy va erkin idrok etishi, turli beo`xshov ziddiyatlarni 
anglagan xolda ularga nisbatan oqilona kulgi bilan javob berish qobiliyatidir. 
Kulgi tabiatan demokratik mazmunga ega bo’lib, u insonlarni birlashtiradi, tenglik tamoyili 
asosida estetik munosabatni barqarorlashtiradi. Shuningdek, kulgi eskilik bilan yangilik 
o`rtasidagi kurashning samarali vositasigina bo’lib qolmay, u insonning kuch-qudrati va ozodligi 
timsoli hamdir. Kulgi bekiyos rang-baranglik, xilma-xil qirralarga ega bo’lib, mayin, 
rag`batlantiruvchi, hushfe’l hazil tuyg`usidan tortib, to ayovsiz achichik istehzogacha bo’lgan 
keng doirada amal qiladi. 
Kulgililik uzining xilma-xil ko`rinishga egaligi bilan san’atning me’morchilikdan boshqa 
deyarli barcha turlarida namoyon bo’ladi.Biroq, U komediyada uzining eng tulaqonli estetik 
ifodasini topadi. Komediya o`z mavzuini jamiyatdagi va insondagi beo`xshovliklar, 
nomutanosiblikdan oladi. Kulgililikning namoyon bo’lish shakllarining xilma-xilligi ularning 
san’atda rang-barang tarzda aks etilishini yuzaga keltiradi. Shu bois komediya va kulgiga bir-
biridan ajramaydigan egiz tushunchalar sifatida munosabat bildiriladi. Kulgi komediyada 
tasvirlanayotgan voqea-xddisalar moxiyatini ochib berishning xal qiluvchi vositasi, 
tasvirlanayotgan obyektga nisbatan estetik baxdlashning ifodasi hamda muallif munosabatining 
asosiy shakli bo’lib xizmat qiladi. 
Kulgining badiiy shakllari orasida satira aloxida uringa ega.Umumnazariy ma’noda satira 
voqelikni badiiy tasvirlash turi bo’lib, unning zamirida hayotning salbiy xodisalari ustidan kulish, 
bunday xadisalar asosida yuksak insonning orzulariga zid ekanligini bo`rttirib ko’rsatish maqsadi 
yotadi.Satira xar xil ko`rinishlarda namoyon bo’lishi mumkin.Unga lirika ham, epos ham, drama 
ham begona emas.Satira markazida doim hayotning salbiy voqea-xodisalari joylashgan bo’lib, 
butun fosh qilish kuchi ularga qarshi qaratilgan bo’ladi. Shuning uchun komediya san’atiga xos 
tanqidiylik, yo`nalganlik satirada aniq va tulaqonli aks etadi. Satirada kulgiga asosan xodisani fosh 
etish vositasi sifatida munosabat bildiriladi. Shuningdek, satira badiiy umumlashtirishning aloxida 


turi sifatida mumkin qadar keng mushoxdda etiladi. Shu bois satiraning obyekti ramziy ma’nodagi 
umumiylik darajasiga ko`tariladi. Zero, sudhur, ziqna, qizgonchik, ochkuz odamlarni 
ko`rganimizda ularga nisbatan "Qadri ishkamba" nomini bejiz kullamaymiz. Chunki bu bilan usha
kimsaning Kadri ishkambaga uxshagan odatlari, qilikqariga ishora qilib, uni satirik jixatdan 
umumlashtirishga uringan bo’lamiz. 
Yumorda ziyraklik, zukkolik va bilimdonlik asosiy mezon xisoblanadi. Yumor shuning 
uchun zukkolikka asoslanadiki, u mavjud kulgili xolatning tanqidiga to`g`ri yondoshadi, uning 
kamchiliklarini ko`ra oladi, xolatni kulg`i orqali oqilona tasvirlaydi va tushunarli tarzda ko’rsatib 
bera oladi. Shuningdek, zukkolik kulgili xolatlarda kochirim, kinoya, luqma yordamida vaziyatni 
uug`lashish nokulay xolatlardan oqilonalik bilan chiqib keta olishi mumkin. Biror-bir illat yoki 
to`kis yumor orqali tanqid qilinishida yoki ochib berilishida badiiy-estetik ramzlarga murojaat 
qilinadi. 
Masalan, 
shoirning 
quyidagi 
misrasida 
"burun" 
detali 
byurokratiyaningsarsongarchiliklaridan bezor bo’lgan xolatni ifodalovchi vositani anglatadi: 
Bir tomom iljaysa, ikkinchi tomon Sotib turaverar - unga bir tiyin, Ikki ministrlik aro 
sargardon Bo’lgan murkon kabi burnimga siyin. 
Insonning kundalik faoliyatida ko`rinib turuvchi illatlar hamda odatga aylangan noxush 
qiliklarni shaxsning ko`ngliga botmaydigan so’zlar orqali ifodalash bilan ham kulgili xolatni aks 
ettirish mumkin.Bu ayniqsa, she’riyatda uzining yorqin ifodasini topadi. Shoir Chustiyning 
«Xurragim» gazalida hurrak otuvchi kishi kulgining subyekti sifatida taqdim etilgan: 
Uziga sig`may, nayza sanchib tomni teshding nogahon: Shul zamon sirlik faner topdi 
zarouat, xurragim. Kukka chitsdingu malaklar uygo`nib ketti bari, Sayda bo’lsang, bo’ldi ko’p 
uyquga g`oyat, xurragim. 
Xazil-mutoyiba.Kulgililikda xazilning urni beqiyos.Xazil insonlarni fikrlashga, so’zlarni 
urinli qo`llashga, qizikarli iboralar bilan fikrni bayon etishga undaydi.Xazilning qopol ko`rinishi 
masxara xisoblanadi. Kinoya, piching, kesatik so’zni xazil orqali ifodalashda muhim vositalardir. 
Kulgililik nafosat falsafasining murakkab mezoniy tushunchalaridir. Agar go`zallik, 
ulug`vorlik va fojiaviylik ham tabiatda, ham jamiyatda, ham insonda namoyon bo’lsa, kulgililik 
faqat inson va jamiyatga xosdir. Kulgi muayyan konkret shaxs yoki holatga yo`naltirilgan bo’ladi, 
u kishining eng og`rik nuqtasiga, kamchiligiga boradi. Bundan tashqari, kulgi o`zining 
samimiyligi, beg`uborligi va demokratik xususiyatga ega ekanligi bilan ham ahamiyatlidir. 
Kulgililik-yuksak taraqqiy etgan tanqidnining ibt idosi ni o`zida namoyon qiladi.Kulgi - 
tanqidning estetik shaklidir. Kulgi tabiatiga ko`ra tabaqalanishga qarshi, mansab va amal oldida 
buyin egmaydi. Kulgi tengeizlik, zo`ravonlik, nanmunlik, amalparastlik, nodonlikning barcha 
shakllariga qarshi ko`rishuvchi buyuk kuch sifatida maydonga chiqadi. Abdulla Avloniyning 
«Xajviyot»idagi «Ko`rning o`zi», «Bir munofiq tilidan», «Bilimsiz oliftalarga», «Xakikiy 
ma’nosi», «Dangasaman», «Sokovraport» kabi maqolalarida asrimiz boshida xalqimiz ahvoli 
to`g`ridan-to`g`ri kulgi ostiga olinadi. Yoki buyuk adib Abdulla Kaxdor ijodida shunga mos 
misollar talaygina Masalan, yaxshilikni bilmaydigan yozuvchilar to`grisida «Bu odam» to`nkarilib 
kolgan t o`n g`iz ga uxshaydi Deganl arning ko`lini sasitadi». Jurnal yoki gazetani o`z 
saviyasiga moslab olgan muxarrirlar to`g`risida bunday deydi: «Redaksiya eshigini uz
bo`yiga 
moslab ko`rib qolgan, katta yozuvchilar bu eshikka sig`maydi». Talantsiz yozuvchilar to`g`risida 
«Mana bu odam kuchadan o`tib keta turib oyog`i toyib soyuz eshigining ichkarisiga yiqilgan. 
Xaligacha chikib ketmaydi.» va h.k. 
Ma’lumki, «Gulmisiz-rayxonmisiz, jambo’lmisiz» deb nomlangan askiyaparvar so’z 
o`yini o`zbek milliy askiya san’atining gultojisi xisoblanadi. Bunda zukkolik, ziyrakiylik nafakat 
fazilat sifatida, balki u kulgi xissini yuzaga keltiruvchi faol, badiiy shakli sifatida ham namoyon 
bo’ladi.Shuningdek, yumor tuyg`usi xar qanday isteydodning ajralmas hamroxi, desak mubolag`a 
qilmaymiz. Iste’dodli odam yumor tuyg`usidan benasib bo’lishi mumkin emas va aksincha, yumor 
tuyg`usiga ega bo’lmagan odam iste’dodli bo’la olmaydi. 
Kulgining bir qancha turlari mavjud bo’lib, xazil va xajviya ularning ichida eng asosiysi 
xisoblanadi. Bo’lardan tashqari, masxara, uxshatma (parodiya), piching, kesatik, xazil-mutoyiba, 
xajviy raem (karikatura), mubolaga, latifa, askiya kabilar kulgililikni paydo qiluvchi muxim 


omillardir.Xazil- kulgililik yuzaga kelishida muxim ahamiyatga ega bo’lib, u moxiyatan biror 
abyekt yoki subyektning kamchiligi yoxud yutug`ini dustona, og`riksiz fikr orqali ifodalaydi.Xazil 
uzining samimiyligi, beozoriligi bilan kulgining boshqa turlari ichida eng jozibalisi 
xisoblanadi.Xazilning asosida tanqid mavjud bo’lib, u me’yorga asoslangandagina o`zining ijobiy 
samarasini beradi. Bu asos o`zida beg`arazlik, samimiylik, tug`rilik va xayotiylikni mujassam 
etishi lozim. Insonning tashqi va ichki olamidagi ayrim qusurlar, kasbi yoki kundalik faoliyatidagi 
kulgiga daxldor jixatlar xazil uchun sabab bo’ladi. Bunga quyidagi xolat misol bo’la oladi. Bir 
vaqtlar Toshkentda Penson degan fotojurnalist o`tgan bo’lib, u XX aerning 20-yillaridan boshlab 
shu soxada ishlagan, respublikada bormagan joyi qolmagan, qanday yirik xodisa bo’lmasin, 
hammasini suratga olib, gazetaga bostirardi, suratlarining tagiga esa «Foto Pensona» degan imzo 
kuydiradi.Shu bois uning lakabi ham «Foto Penson» bo’lib ketgandi. Abdulla Kaxor shu odamga 
kuyidagicha xazil she’r yozgan: 
Suvrati olamga mashhur gazetu jurnaldin, 
Kayga borsam, shunda xozir foto Pensonim mening. 
Xajviya - jamiyat, inson faoliyatidagi illatlar va ularning oqibatlari, olam mukammalligi 
va inson ideallariga nomuvofiq kelishini ko’rsatib beruvchi kulgi turidir. Lekin masxara, mazax 
kabi kulgi turlari ham borki, ular estetik tarbiya vositasi bo’lolm a ydi. Aksincha, ular mohiyatan 
insonni qoralashga, uni hafa qilishga, obrusizlantirishga qaratilgan bo’ladi. Bu qulgining o`ta 
ziddiyatli va g`ayri Axloqiy ko`rinishidir. Shu bois masxara fisku-fasodning muqaddimasi 
sanaladi.Mazax qilish ibosiz so’z bilan insonga daxl etmoq demakdir.Mazax, qilish, kalaka qilish, 
o`zganing ustidan, jismoniy kamchiligidan kulish masxaraning real vokelikdagi kurinishlaridir. 
Kulguililikning barcha shakllari ular qanchalik erkin namoyon bo’lish imkoniyatlariga ega 
bo’lib borsalar, shunchalik ko’p ahamiyat kasb etadilar. Rivojlangan hazil tuyg`usi, hayotning 
kulgili tomonlarini nozik ilg`ab olish va fahmlash qobiliyati rivojlanib borgan sari shaxsning 
ma’naviy-ruxiy sog`lomligi hamda barkamolligi yuksalib boraveradi. 
Umuman olganda, estetikaning mezoniy tushunchalari (kategoriyalari)ni bir-biri bilan 
doimiy hamkorlikda mustahkamlanib boradi. Ayniqsa, bu jarayonda go`zallik kategoriyasi 
bog`lovchi vazifasini bajaradi. Shuning uchun fojiaviylikda, ulug`vorlikda, xunuklikda ham 
go`zallik unsurlarining uchrashi bejiz emas. 
 
 

Download 438,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish