Quyida biz anashu kategoriyalarning falsafiy-estetik moxiyati xakida fikr bildiramiz.
Dastlab go`zallik to`g`risida.
«Guzallik»ning tugal ilmiy ta’rifi hakida biror-bir kat’iy fikr mavjud emas. Birok,
go`zallikning idrok etilishi, tabiatda namoyon bo’lishi, san’atda aks etishi hamda uning jamiyat
rivojiga ta’siri xakida bildirilgan fikrlar, ilgari surilgan goyalar, yaratilgan ta’limotlar o`zining
salmog`i bilan ahamiyatlidir. Inson va uning rux,iy-jismoniy, Axloqiy-estetik faoliyati, tabiat va
undagi
hodisalar, jamiyat va unda ro`y berayotgan ijtimoiy-ma’naviy, siyosiy-iktisodiy jarayonlar
go`zallikka yondoshuvning tarixan tarkib topgan asosiy obyektlaridir.
Odatda, go`zallik ikki omil asosida yuzaga keladi. Bo’lar: inson tafakkuri va mexnatining
mahsuli natijasida yaratiladigan go`zallik; inson tafakkuridan tashqarida, insonga boglik
bo’lmagan xolda yuzaga keladigan guzallik. Birinchisida aql, rux, va xissiyot ustuvor bo’lsa,
ikkinchisida makon va zamon muhim o`rin egallaydi.
Shuningdek, go`zallik bilishning mahsuli. Voaelikdagi xar qanday narsa-hodisaning
go`zalligi uning ishonchlilik, xaqqoniylikvarealligi
bilan belgilanadi, inson nazari tushgan
go`zallikkina qadriyatga aylanadi. Bundan tashqari, inson gozallik xaqidagi dastlabki ma’lumotni
beshta sezgining eng rivojlangan turi bo’lmish kurish sezgisi orqali uzlashtiradi, sung eshitish,
ta’m bilish, hid bilish, tana sezgisi natijasida go`zallikni anglaydi, xis etadi. Masalan,
kiyim
olmokchi bo’lsangiz yoki uyingizga birorta jihoz xarid qilmokchi bo’lsangiz ham avvalo uning
kurinishiga, dizayniga e’tibor berasiz, sungra uning sifatiga, ko`layligiga ishonch hosil
qilganingizdan keyin ehtiyojingiz uchun ishlatasiz: yarashmagan kiyim insonni ko`lgili xolatga
solib ko`ygani kabi, yarashmagan jihoz ham xonaning ko`rinishini buzadi. Shunday ekan,
go`zallikni xis etish, ajratish, o`rganis h va undan foydalanishda beshta sezgining o`rnini aloxida
e’tirof etish zarur. Biroq, mazkur besh sezgi ham go`zallikni to`laqonli aks ettirmaydi.
Bundan tashqari, insonlar go`zallikka manfaat yoki manfaatsiz nuktai nazarga ko`ra
yondoshadilar. Aksariyat xollarda odamlarning go`zallikka
munosabatida manfaatning
ustuvorligini kuzatishimiz mumkin. Nimgaki manfaat keltirsa o`sha narsa go`zallik kabi yoqimli,
moddiy ehtiyojimizni qondiradigan narsalar biz uchun go`zallikka aylanadi. Chiroyli idishlar,
qulay jihozlar, sifatli mahsulotlar, shinam xonalar... bo’larning barchasi insonning ko`zini
quvontirishi, dilini yayratishi mumkin. Biroq, go`zallikka manfaatsiz, beg`araz yondashuv ham
mavjudki, u insonning ma’naviy olamini boyitadi. Bunday go`zallikni inson "o`ziniki qilishga",
egallab olishga zihor urinmaydi.
Aksincha, uni shu turishicha sevadilar, unga biron-bir ta’mani
ko`zlamagan xolda munosabat bildiradilar. Allohning ne’mati bo’lmish chinakam san’at asarlari
va tabiat durdonalaridagi go`zallikni xis etish, undan zavqlanish orqali go`zallikka manfaatsiz
yondoshish shakllanadi.
«Hujjat ul-Islom» nomi bilan mashhur Abu Hamid Muhammad al-G`azzoliy esa
go`zallikka manfaatsiz munosabatni yoqlaydi va uni muxabbat tushunchasi orqali izohlaydi. Suv
insonning chankogini qondirgani uchungina go`zal emas yoki ariq bo`yidagi giyohlarning
xushbo`y xidi dimog`imizga yoqimli bo’lganligi uchungina go`zal emas, aksincha ular shu xolida
go`zaldir, deb bilgan alloma «Botiniy aql ko`rinib turguvchi aqldan kuchlirokdir, qalb esa bilishga
nisbatan ustundir. Aql bilan anglanadigan go`zallik ko`z bilan ko`riladigan go`zallikdan
ustuvorroqdir» ,-degan xulosaga keladi. Imom G`azzoliy ilgari surgan go`zallikning nisbiyligi va
go`zallikka manfaatsiz munosabat nazariyasi keyinchalik Ovro`pa nafosatshunosligida ko`zga
ko`ringan mutafakkirlar qarashlarining shakllanishiga turtki berdi. Faylasuf-olim Abdulla Sher bu
borada «Chunonchi, Immanuil Kant nafosat tuygusini manfaatsiz, begaraz, faqat predmetta sof
muxabbat bilan munosabatda bo’lish tufayli yuzagakelgan tuyg`u deb ataydi. Go`zallikning
nisbiyligi borasida hamKant Gazzoliy tutgan yuldan boradi», - deydi.
Imom Gazzoliyning fikriga kengroq nazar tashlaydigan bo’lsak, insonning Kalbi
go`zallikni idrok etishda eng muhim ahamiyat kasb etadigan «hudud» ekanligi oydinlashadi. Bu
esa go`zallik Uzuzidan paydo bo’ladigan
tushuncha emasligi, Aflotun tili bilan aytganda,
"Go`zallik - murakkab masala" ekanligini tushunish qiyin emas.
Go`zallikning namoyon bo’lishida bir qator
Do'stlaringiz bilan baham: