etishini ko’rsatib beradi. U ulugvorlikni «Axloqiy xavfsizlik» tushunchasi bilan kiyoslaydi va
inson qorquvni daxshatga qarshi borishi uchun ham xavfdan xoli bo’lishi kerakligini aytadi.
Jismoniy xavfsizlik bevosita shaxsning o`ziga tegishli bo’lib, insondagi qatiy ishonch bois
xotirjam va xavfsiz bo’ladi. Biroq, daxshatli yuqotishlar va yovuzliklar qarshisida insonning
xotirjamligi yuqoladi. Agar xavf insonning o`zigagina yaqinlashsa-yu, u o`zini xotirjam xis qilsa,
demakki, uning vijdoni xavfdan xoli; unga xech qanday xavf taxdid solmaydi. Shu bois Shiller
Axloqiy
xavfsizlikni din, e’tikod va abadiylik bilan boglaydi. Axloqiy xavfsizlikning zaminiy
xususiyatini esa xayot va o`lim masalalari bilan izoxlaydi, ulug`vorlik muxokamasi yuksak
darajada madaniyatni talab qiladiki, bu muxokama guo`zallik muxokamasidan ustuvorroqdir.
Go`zallik me’zoniy tushunchasi kabi ulug`vorlik ham tabiat, jamiyat va inson bilan bog`lik
estetik munosabatlar tizimida namoyon bo’ladi. Xususan, tabiatdagi ulug`vorlik cheksiz osmon,
purvikor toglar, yuksak chukqilar, moviy dengizlar misolida ko`zga tashlansa, vulqon, chaqmok,
kamalak singari tabiat xodisalarida ham ulug`vorlikning xajm namoyon bo’ladi.Ular uzoqdan
kishilarda xech qanday xayajonli taassurot qoldirmaydi.Biroq, ularga yaqinlashganimiz sari
ruxiyatimizni xayajon,
jushqinlik egallay boshlaydi, ularni butunligicha ko`z bilan qamrab
ololmaslik darajsiga yetganda esa bu xayajon yanada ortadi. Tabiatdagi ulug`vorlik matematik va
dinamik xususiyatga ega. Matematik xususiyatida xam, dinamik xususiyatida kuch ustuvor
ahamiyatga kasb etadi. Biroq, ikkala xususiyat ham insonda kuchli xayrat va xayratlanish
tuyg`ularini paydo qiladi. Zero, tog`lar insonni yuksak fikrlashga, buyuk g`oyalarga
undaydi.Everest co`qqisida Uzbekiston bayrog`ini tiqib qaytishtan alpinistlarimizning xayajonli
ta’ssurotlarini tinglash estetik zavq bag`ishlashi ham ana shunda.
Jamiyatdagi ulug`vorlik
umuminsoniy
qadriyatlar, qaxramonlik, jasorat, xalparvarlik,
bunyodkorlik tushunchalari bilan uyg`unlashadi. Davlatda barqarorlik, jamiyatda adolat
ustuvorligi, shaxsning erkin va xurfikrlilik asosida faoliyat olib borishi ijtimoiy tizimning
ulug`vorligini aks ettiradi.
San’atdagi ulug`vorlik
esa o`zining xar tomonlama ijodiy ifodasini topadi; san’atning
barcha turlari uchun ulugvorlik asosiy mezon bo’lib xizmat qiladi.
Badiiiy adabiyot va ifodali
san’at turlari ulug`vorlikni tasvirlashda xilma-xil vositalardan foydalanib hamda ulug`vorlik
mavzusini badiiy o`zlashtirib, kaxramonlik eposlarini liro-epik dostonlarni, qaxramonlik
fojialarini, mardonavor musiqa asarlarini (simfoniya, oratoriya)ni vujudga keltirdi. Bu borada
me’morchilikdagi ulug`vorlik muxim ahamiyatga ega. Masalan, Samarqanddagi Registon
maydoni, Guri Amir maqbarasi, Imom Buxoriy majmui,
Buxorodagi Minorai Kalon, Xivadagi
Kalta Minor, Shaxrisabzdagi Bibixonim, Oqsaroy, Toshkentdagi Evropa va Osiyo
me’morchiligining yangi an’alarini uygunlashtirgan Milliy Bank binosi, Oliy Majlis binosi,
Temuriylar tarixi Davlat muzeyi,
Misrdagi exromlar, yunonlarning Parfenoni, rimliklarning
Kolizeyi, o`rta asr gotik bosh cherkovlari shular jumlasidandir. Shuni aloxida ta’kidlash joizki,
ulug`vorlik tushunchasiga faqat miqyos, ko`lam va o`lchovining kattaligi bilan yondashish uning
kamrovini chegaralab koyadi. Bobil minorasi, Minorai Kalon, Misr exromlari o`zining keng
miqyosliligi bilan kishilarni xayratga solsa, Guri amir, Shoxizinda, Ichan qal’a, Registon maydoni,
Ismoil Somoniy maqbarasi, Chor Minor, Bolo xovuz machiti insonda yuksak darajada nafosat va
go`zallik tuyg`ularni shaklantiradi.
San’atdagi ulug`vorlik teatr, kino, badiiy adabiyot fojiaviylik bilan yonma-yon turadi:
estetikaning bu ikki mezoniy tushunchasi urtasida o`ziga xos dialektik aloqadorlik mavjud bo’lib,
ular milliylik va umuminsoniylik xususiyatlariga kura farqlanadilar. Masalan, Shekspir va
Shayxzoda asarlari bir vaqtning o`zida ham ulug`vorlikni ham fojiaviylikni namoyon etadi. Farq,
Ulugbekning o`limi bilan Otteloning qismatida, xolos... San’atdagi ulug`vorlik badiiy mazmun va
shaklning barcha imkoniyatlari vositasida ifodalanadi, lekin bunda xal qiluvchi rolni g`oya
o`ynaydi. Muxim ahamiyatli g`oya yuksak ruxlangan, muukammal shaklning zarurligini yuzaga
keltirib, san’at asari darajasining yuksakligi belgilab beradi. Bu holathayotiy xakikatdan kochishga
emas, unga xizmat qilishga da’vat etadi.
Tubanlik.
Nafosat falsafasi kategoriyalari orasida xunuklik singari kishilarda salbiy x,is-
tuygu paydo qiladigan boshka tushunchalar ham mavjud. Tubanlik ana shunday tushuncha: uni
xunuklik bilan aynanlashtirib bo’lmaydi. Chunki, xunuklik kishilarda engil noxushlik tuygusini
paydo qilsa, tubanlik esa kuchli nafratlanish hissini uyg`otadi. Bir so’z bilan aytganda,
tubanlik
-
insonda kuchli nafratlanish tuyg`ularini hosilqiluvchi estetik kategoriyadir.
Mazkur kategoriya ham estetik ham Axloqiylik tabiatiga ega. Uning estetik tabiati san’atda
in’ikos ettirishi va badiiy asar kahramonlarining dunyoqarashini
aks ettirish orqali namoyon
bo’ladi. Tubanlikning Axloqiylik tabiati esa shaxs va jamiyatdagi Axloqsiz qilmishlar hamda
insoniylikka zid tamoyillarga asoslanadi
Shuni ta’kidlash joizki, xayvonot va nabodod olamidagi xunuklik tubanlikka aylanmasligi
mumkin. Biroq, insondagi hunuk illatlar sekin-asta tubanlik darajasiga etadi. Illatlar, yomon
odatlar inson tabiatidagi yovuz xislarni ko`zg`atib yuborishi natijasida insonni tubanlashtiradi.Bu
inson, mamlakat, jamiyat boshiga og`ir kulfatlarni yuzaga keltirishi
bilan birga estetik
dunyoqarashni ham taqoslashtiradi. Tubanlikning ijtimoiy zarari shundaki, u mohiyatan ma’naviy
yuksaklik va jasorat, milliy o`zlik va g`urur, xalq birligi va jipeligiga rahna soladi, azaliy
qadriyatlarni bir biridan begonalashtiradi. Loqaydlik, hiyonat, aldov, manfaatparastlik, yolg`on,
adolatsizlik kabi Axloqsizlik ko`rinishlari jamiyat ma’naviy hayotiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Qizil
imperiya qorchalonlarining " O`zbeklar ishi", "paxta ishi" deb atalgan Qatagoni, birodar mesxeti
turklar va qirgizlr urtasiga sochgan nizo urug`lari, terrorchi- eksterimistlarning Buxoro, Toshkent,
Andijondagi xunrezliklari tubanlikka misol bo’ladi.
4.
Do'stlaringiz bilan baham: