7. Dunyoqarashni shakllantirishda madaniyat mezonlari va umummadaniy dunyoqarashning omillari


Ta’limning koʻrsatmalilik va koʻrgazmalilik tamoyili



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/23
Sana20.06.2022
Hajmi0,78 Mb.
#680323
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
5 мавзуp

4.Ta’limning koʻrsatmalilik va koʻrgazmalilik tamoyili. 
Ta’lim jarayonida 
mumkin qadar sezgi organlarini koʻproq jalb etish oʻrganishni osonlashtiradi. Eshitish 
jarayonida abstrakt tafakkur ma’lum ish bajarsa, koʻrish orqali obrazli tafakkur ham 
ishga tushadi. Koʻrsatmalilik mavzuni oʻrganishda yengillik tug‘dirishi bilan birga 
oʻquvchitalabada qiziqish uyg‘otadi. Oʻrganilgan mavzuni uzoq muddat esda 
saqlashga va qayta esga tushirishga yordam beradi. Oʻquvchi-talabalarning sxema, 
jadval, diagramma kabi materiallar ustida ish olib borishlari va xususiyatlarini 
taqqoslash, tahlil qilish, umumlashtirish, xulosa chiqarishlari mantiqiy fikrlash 
qobiliyatini oʻstirishga yordam beradi. 


133 
Albatta, koʻrsatmalilik samarali natijalar berishi uchun uning boshqa 
tomonlarini ham e’tiborga olishi kerak. Birinchidan, ishlatiladigan koʻrgazmali 
qurollar oʻquvchi-talabalarning yoshi va oʻziga xos xarakter xususiyatlari, umumiy 
tayyorgarlik saviyasiga mos kelgan boʻlishi lozim. Ikkinchidan, foydalaniladigan 
koʻrsatmali qurollar oʻtilayotgan dars mavzusining mazmunini ochib berishga yordam 
beradigan materiallar boʻlishini hisobga olmoq, uni toʻg‘ri tanlashga e’tibor bermoq 
lozim. Uchinchidan, dars jarayonida foydalanishi uchun belgilangan koʻrsatmali 
materiallardan unumli foydalanmoq uchun zarur boʻlgan ta’lim usullari toʻg‘ri 
tanlangan boʻlishi lozim. 
5.Ta’limning onglilik, faollik va mustaqillikka erishish tamoyili. 
Oʻquvchi 
talabalarning yangi materiallarni idrok qilishda ta’riflar, teoremalar, adabiyotdan she’r 
yodlash va kabilarning ifodalanishigina emas, balki ularning hayotiy hodisalar 
jarayonlar bilan bog‘liq boʻlgan mavzuni ham tushunishlarini talab etiladi. Aks holda 
bilimlarda yuzakichilik avj oladi, bunda materiallar quruq yodlab olingan boʻladi. 
Bunday bilimlar tez unitiladi. Bundan tashqari bilimlarni ongli ravishda oʻzlashtirish 
oʻquvchi-talabalarda bu bilimlarga nisbatan ma’lum munosabat hosil qilishni, 
emotsional kechinmalar uyg‘otishni ham oʻz ichiga oladi. Ma’lumki ta’lim ikki 
tomonlama xususiyatga ega. Ta’lim jarayonida pedagog yoʻnaltiruvchi boʻlib 
maydonga chiqadi va oʻquvchi-talabalar oʻrganish jarayonini kechiradilar. 
Oʻrganish murakkab psixik jarayon boʻlib, oʻquvchi-talabalardan ma’lum faollikni 
talab etadi. Pedagogik qonunchilik ta’lim jarayonini sermazmun, qiziqarli va mahorat 
bilan tashkil etmasin, oʻquvchi-talabalar tomonidan ma’lum faollik bildirilmasa, oʻquv 
jarayonida samaraga erishish mumkin emas. Demak, oʻquv jarayonida avval oʻquvchi-
talabalarda faollikni uyg‘otish zarur. Bu faollik ta’lim jarayoniga ta’sir etadi, idrok, 
tahlil qilish, analiz va sintez kabi psixik jarayonlarni ishga tushiradi.
Oʻquvchi-talabalarda faollik holatining vujudga kelishida motivatsiyalar 
ahamiyatlidir. Mustaqil tafakkur turli usullar bilan hosil qilinadi. Tafakkurni 
shakllantirish usullaridan biri mustaqil hal qilish, muammoli vazifalar qoʻyishdir. 
Aytib oʻtish joizki, onglilik va faollik mustaqil tafakkurning vujudga kelishiga sabab 


134 
boʻladi. Bugungi kunda ta’lim oldiga qoʻyilayotgan eng katta talablardan biri ham 
mustaqil fikrlash muammolar yechimini mustaqil topish kabi xususiyatlarni 
talabalarda rivojlantirishdir. Umuman, onglilik, faollik va mustaqillik oʻzaro bir-birini 
toʻldirib turuvchi psixik holatdir deyish mumkin. Bilimlarni ongli oʻzlashtirish bir 
tomonidan oʻquvchi-talabalarning mustaqil, faol fikr yuritishini nazarda tutsa, ikkinchi 
tomondan aynan shu jarayon davomida mustaqillik va faollikni hamda mantiqiy 
fikrlash faoliyatlarini tarbiyalab, takomillashtirib borishni nazarda tutadi. Oʻquvchi-
talabalar faolligini rivojlantirish, mustaqilligini oshirish, onglilikni oʻstirish oʻqishda 
yuksak samaradorlilikka erishishga yordam beradi. 

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish