7. Dunyoqarashni shakllantirishda madaniyat mezonlari va umummadaniy dunyoqarashning omillari



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/23
Sana20.06.2022
Hajmi0,78 Mb.
#680323
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
Bog'liq
5 мавзуp

Abu Ali ibn Sino
(910 – 1037) ta’lim-tarbiya, mantiq, aql – tafakkur, aniq 
fanlarning bola tarbiyasida tutgan oʻrni, oʻqitish usullari haqidagi ta’limotlarini “Tib 
ilmlari qonuni”, “Najot kitobi”, “Insof kitobi”, “Donishmand” asarlarida ham bayon 
etgan.
Ibn Sino “Tib qonunlari” asarida yosh bolalarni tug‘ilganidan boshlab oyoqqa 
turguncha ma’lum tartibda tarbiyalab borish lozimligini aytadi. Maktabda bolalarni 
qanday oʻqitish va nimalarga oʻqitish haqida, uning usullari ustida ham muhim 
fikrlarni olg‘a suradi. Alloma bolalarni bitta – bitta, alohida oʻqitishdan koʻra jamoa 
tartibida oʻqitishni afzal deb biladi va uning ustunligi haqida yozadi: “Oʻquvchilar 
oʻqish va tarbiya davomida ilmga chanqoqlik sezadilar. Oʻz bilimlari bilan 
g‘ururlanadilar, bir-birlarining bilimlariga havas qiladilar. G‘urur va oʻziga e’tibor 
tarbiyalanuvchilarni bir-birlaridan orqada qolmaslikka undaydi. 
Oʻquvchilar birga boʻlganda, doim bir-birlari bilan gaplashadilar va bu bilan oʻz 
xotiralari va nutqlarini rivojlantiradilar”
38.
.
Ibn Sinoning uqtirishicha, jamoa tartibida oʻqitishning yana bir ijtimoiy foydasi 
shundaki: oʻquvchilar bir-birlari bilan doʻst boʻladilar, bir-birlarini hurmat qila 
boshlaydilar, oʻzaro fikr almashadilar, musobaqalashadilar, vazifa va huquqlari haqida 
mulohaza yuritadilar. Bular hammasi namunali xulq va axloq qoidalarini 
shakllantirishga yordam beradi.
Muhammad Tarag‘ay Mirzo Ulug‘bek
(1394 – 1449) oʻzining pedagogik 
faoliyatida talabalarning erkin va har tomonlama kamol topishiga e’tibor berdi. 
Olimning fikricha, yoshlar olgan bilimlarining ahamiyatini, bundan maqsad nima 
ekanini aniq anglab, ularni takomillashtirib borishlari, hayotga tatbiq etish yoʻllarini 
bilishlari, jamiyat va xalq farovonligi yoʻlida zarur hunarlarni egallab olishlari kerak. 
37
Majmuar Rasoil al-Hukamo - T.: Sharq 1985. 198 – bet
38
Abu Ali ibn Sino. Tib ilmi qonuni- T.: Sharq 1985. 112-bet. 
Антология педагогической мысли Узбекистана. -М.: “Просвещение”, 1986. стр 86 Ì.:


125 
Shu bois Ulug‘bek bilimlarni nafaqat kitoblardan, balki bevosita hayotning oʻzidan 
ham olishni tavsiya etadi. 
Ulug‘bek maktab va madrasalarda berilgan nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq 
etish maqsadida mudarrislardan– oʻquvchi va talabalar bilan rasadxonada amaliy 
mashg‘ulotlar oʻtkazishni talab etdi, bunga oʻzi rahbarlik qildi. 
Ulug‘bekning fikricha, oʻquvchi hayotida darslik muhim oʻrinda turadi. Shunga 
koʻra, har bir fan boʻyicha yaratilgan darslikda voqea, hodisa yoritilishidan qat’iy 
nazar, unda hayotiy haqiqat, asosiy fikr, maqsad oʻz ifodasini topishi kerakligini 
ta’kidlaydi. U darslik sodda, tili ravon, mantiqiy izchillikda, oʻqishli boʻlishini talab 
etadi. Ammo darslik qanchalik yaxshi boʻlmasin, ta’limda oʻqituvchi asosiy oʻrinda 
turishi, oʻz pedagogik mahorati, yaxshi insoniy fazilatlari bilan oʻquvchilarga namuna 
boʻlishi kerakligini e’tirof etadi. 
“Mirzo Ulug‘bekning davlat arbobi boʻlish bilan bir qatorda buyuk olim 
darajasiga yetishishida bobosi Amir Temurning ta’siri benihoya katta boʻlgan. U 
Ulug‘bekdagi noyob iste’dodni boshidanoq payqab, safarlarda ham olib yurib, 
dunyoning mashhur olimlari tarbiyasidan bahramand etgan”
39
.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish