7 – Mavzu: Gidrosfyera. Tabiatda suvning roli va ahamiyati. Oqava suvlar va ularni tozalash usullari.
Ma’ruzaning rejasi
1. Suv resurslari haqida umumiy ma’lumot
2. Suvdan xalq xo‘jaligida foydalanish
3. Suvning ifloslanishi va uni ifloslovchi manbalar
4. Suv resurslarini muhofaza qilish
5. O‘rta Osiyoda suv resurslaridan foydalanish
Mavzuga doir tayanch tushunchalar
Oqovalar – sanoat, enyergetika, qishloq xo‘jaligi va maishiy turmushdan chiqadigan iflos suvlar
Zaxkash – sug‘oriladigan dehkonchilikda ekinzorlardan chiqadigan sizot suvlar oqadigan meliorativ inshoot bo‘lib, uning sinonimi sifatida ko‘pincha zovur, kollektor atamalari qo‘llaniladi.
Zarafshon vohasining quyi qismi – Buxoro viloyati hududi kiradi
«Faol balchiq» – suvni biologik tozalash hovuzi tubidagi to‘shama ustini qoplagan shilimshiq parda bo‘lib, u organik iflosliklarni parchalaydigan ayerob mikroorganizmlardan tashkil topgan.
1. Suv resurslari haqida umumiy ma’lumot
Suv tabiatda keng tarqalgan bebaho boylik bo‘lib, u tiriklikning asosidir. Binobarin, dastlabki tirik hujayra koatsyervat tomchilari* sifatida suv muhitida paydo bo‘lgan va evolyusion taraqqiyot jarayonida ulardan suvda yashovchi bir va ko‘p hujayrali organizmlar kelib chiqqan.
Yer yuzidagi biror tirik organizm suvsiz yashayolmaydi, chunki undagi to‘qimalarning asosiy qismini suv tashkil qiladi. Masalan, 18 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan kishilar gavda og‘irligining 61% ni suv tashkil qiladi. Ayollarda, semiz kishilar va keksalarda bu ko‘rsatkich biroz pastroq bo‘ladi. Odam tanasidagi suvning 70% hujayra protoplazmasini, 23% to‘qimalararo suyuqlikni, qolgan 7% esa qon plazmasini hosil qiladi. Organizmda suvning bir yo‘la 20-25% ga yo‘qotilishi kishini halok qiladi. Suv ayniqsa suvda yashovchi hayvonlar tanasida ko‘pdir. U, masalan, meduzada gavda og‘irligining 99,7% ni tashkil qiladi.
Odam organizmi o‘z hayotiy jarayonlarini amalga oshirishi uchun sutkasida o‘rtacha 2,5 l. suvni qabul qiladi va uni o‘z to‘qimalaridan o‘tqazib, chiqarib yuboradi. Jumladan 400 ml. suv nafas chiqarish jarayonida suv bug‘i holatida chiqariladi, organizmdagi ko‘proq suv (1,5 litrga yaqin) siydik va hojat bilan chiqariladi, qolgani tyer bezlari orqali chiqariladi.
Odam va hayvon organizmi bir qism suvni endogen yo‘l bilan o‘zi ishlab chiqaradi. Masalan, organizmdagi 100 g yog‘ning parchalanishida 107 ml, 100 g uglevod parchalanishda esa 55 ml suv ajraladi. Qurg‘oqchilik sharoitiga moslashgan hayvonlarning suvsizlikka chidab yashayolishi ana shu endogen suvning ajralishiga asoslangan. SHuning uchun ham sahrodagi hayvonlar – tuya, yumronqoziq, qumsichqonlar uzoq muddat suv ichmasdan yashayoladi, avstraliya sichqonlari esa umr buyi suv ichmasdan endogen suv hisobida yashaydi.
Tirik organizmlarda kechadigan barcha hayotiy jarayonlar suvning ishtirokida suyuqlik muhitida kechadi. CHunonchi, qabul qilingan ozuqa mahsulotlari va kislorodning parchalanishi, ularning to‘qimalarga etkazib byerilishi hamda to‘qimalarda hosil bo‘lgan chiqindilarning tashqi muhitga chiqarib tashlanishi kabi murakkab biokimyoviy va biofizik jarayonlar suv yordamida amalga oshadi.
Yerdagi hayotning asosi yashil o‘simliklarda kechadigan fotosintez jarayonidir. Bu jarayonda suv asosiy xomashyo vazifasini o‘taydi. Fotosintezda quyosh nuri ta’sirida suv vodorod va kislorodga ajraladi. Ajralgan kislorod yerkin molekula holda tabiatga chiqariladi, vodorod esa karbonat angidridi bilan birikib, katta ichki enyergiya zaxirasiga ega ______________________________________________________________
* Koatsyervat tomchilari – bundan taxminan 2,7-2,9 mlrd. yillar ilgari (arxey yerasida) suv muhitida kechgan murakkab fotokimyoviy jarayonlarda hosil bo‘lgan tiriklik belgisiga ega oqsil molekulalari bo‘lib, ular Yerdagi hayotning poydevori hisoblanadi.
bo‘lgan organik birikmalarni hosil qiladi. SHu asnoda tirik mavjudotlar uchun oziqlanish va nafas olish sharoiti yaratiladi.
Suvning yana bir muhim xususiyati, unda issiqlik sig‘imining yuqoriligidadir. Suvning issiqlik sig‘imi yog‘ochnikidan 2 baravar, qumnikidan 5 baravar, temirnikidan 10 baravar va havonikidan 3200 baravar yuqori. Demak, 1 m3 suv bir gradusga soviganda 3200 m3 havoni bir gradusga ilitadi. O‘zining bu xususiyatiga ko‘ra suv biosfyerada, shu jumladan odam organizmida, haroratni mu’tadillashtirib turadi. Atmosfyeradagi suv bug‘lari quyosh radiatsiyasini filtrlab, uning haroratini 80% ga yutadi va bu haroratni sutkaning quyoshsiz paytlarida sarflaydi. SHu asosda kun va tunning, yoz va kishning harorati o‘rtasidagi farq kamaytiriladi. Bundan tashqari yer yuzidagi suvliklar va ulardan ko‘tarilayotgan suv bug‘lari yerda iqlim hosil qilishi, mintaqalarning iqlimi orasida o‘zaro bog‘liqlik bo‘lishini ta’minlaydi.
Suvning muhim xususiyatlaridan yana biri unda fotokimyoviy jarayonlarning kechishidir. Bu jarayonlar davomida suvda turli xildagi kimyoviy elementlar hosil bo‘ladi. Tabiatda tarqalgan 107 xil kimyoviy elementning 62 tasi suvda topilgan. Bu elementlar suvda doimiy harakatda va o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. SHuning uchun ham, aytish mumkin-ki, suv geologik jarayonlarda faol ishtirok etadi. U qattiq jinslarni nuratadi va tuproq hosil qiladi, bir joyni yuvib boshqa joyga keltirib tashlaydi va bu bilan relef hosil qilishda ishtirok etadi. Ma’lumotlarga ko‘ra Yer yuzidagi oqar suvlar har yili o‘zlari bilan ko‘l, dengiz va okeanlarga 10 mlrd. tonna yotqiziqlarni oqizib keladi. Suvning bu xususiyati bo‘lmaganida sayyoramiz shunchaki yum-yumaloq toshdan iborat bo‘lar, unda na tuproq va na tiriklik bo‘lmas edi.
Aytilganlardan tashqari, suvning yana bir qator muhim xususiyatlari borki, bular ham kishilik jamiyatining rivojida muhim o‘rin tutadi. Dehqonchilik va chorvachilikni rivojlantirish, arzon elektr quvvati ishlab chiqarish, sanoat ishlab chiqarishini tashkil qilish va transport vositalaridan foydalanish, sog‘liqni saqlash va shu singari xalq xo‘jaligining muhim tarmoqlarini, shuningdek kishilarning kundalik turmushini suvsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |