7 – Mavzu: Gidrosfyera. Tabiatda suvning roli va ahamiyati. Oqava suvlar va ularni tozalash usullari. Ma’ruzaning rejasi


Suv sifatining meyoriy ko‘rsatkichlari



Download 53,31 Kb.
bet6/9
Sana09.06.2022
Hajmi53,31 Kb.
#646460
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7-Мавзу (2)

Suv sifatining meyoriy ko‘rsatkichlari. Suvning sifati undan foydalanish turiga ko‘ra bir necha parametrlarda aniqlanadi. Hozirgi kunda 28-74-82 «Ichimlik suvi» va 27-61-84 «Markazlashgan xo‘jalik ichimlik suvi ta’minoti manbalari» deb nomlangan Davlat standartlari qabul qilingan bo‘lib, ularga ko‘ra ichimlik suvi sifatining meyoriy ko‘rsatkichlari quyidagicha:
1. Suvning ta’mi, hidi, rangi maxsus shkala asosida aniqlanadi. Loyqalik meyori- 1,5 mg/l dan, quruq qoldiq 1000 mg/l, xloridlar - 350 mg/l, temir – 0,3 mg/l, rux – 5 mg/l, suvning qattiqligi 7 mg-ekv/l dan oshmasligi shart.
2. Suvning nordonligi va ishqorlilik darajasi – rN 6-9 oralig‘ida bo‘lishi kyerak.
3. Suvning epidemiologik jihatdan xavfsizligi: 1 ml suvdagi mikrob soni 100 tadan oshmasligi, ichak tayoqchasi soni esa 1 l suvda 3 tadan oshmasligi kyerak.
4. Suvning toksiklik darajasi mg/l hisobida zaharli moddalarning CHMK (PDK) siga qarab aniqlanadi. Unga ko‘ra, masalan, byerilliy – 0,0002; simob va selen – 0,001; qo‘rg‘oshin – 0,03; mishyak – 0,05; molibden – 0,25; ftor – 0,7-1,5 dan oshmasligi kyerak va h.k.
5. Suvning parazitologik ko‘rsatkichlari uning tarkibidagi patogen mikroorganizmlar soni bilan belgilanadi. Davlat standartiga ko‘ra bunday mikroorganizmlar 25 l suvda uchramasligi shart.
6. Suvning organik ifloslanganligi 1 l suvdagi organik moddalarni oksidlash uchun zarur bo‘ladigan kislorod miqdori (BPK)ga ko‘ra aniqlanadi. Kislorod qanchalik ko‘p talab qilinsa, demak suv shuncha ko‘p ifloslangan bo‘ladi. Bunda ikkita ko‘rsatkich – 5 sutka uchun BPK5 , 20 sutka uchun BPK20 va kislorodga bo‘lgan kimyoviy talab – XPK. Agar BPK/XPK 0,5 dan kam bo‘lsa, demak suv qiyin oksidlanadigan barqaror ifloslovchi birikmalarga to‘yingan hisoblanadi. 1982 yilgi Xalqaro standartlarga ko‘ra XPK 4 mg/l bo‘lgan suv yuqori sifatli suv, 100mg/l bo‘lgan suv esa o‘ta ifloslangan suv hisoblanadi.


Suv resurslarini muhofaza qilish
Insoniyat oldida turgan muhim vazifalar orasida suv resurslarini toza saqlash va ulardan okilona foydalanish alohida o‘rin tutadi.
Suvning tabiatda aylanib turishi nafaqat suv miqdorining barqarorligini ta’minlaydi, balki uning sifatini ham tiklab turadi. Tekshirishlar ko‘rsatishicha, atmosfyera namligi 9-10 kun davomida to‘liq yangilanadi ya’ni shu davr mobaynida u to‘liq aylanadi. Bu jarayon daryo suvlarida 12-20 kunni, ko‘l suvlarida 200-300 yilni, dengiz suvlarida 2,5-3 ming yilni va okean suvlarida esa 30-40 ming yilni o‘z ichiga oladi. Bundan ko‘rinadiki, suv ifloslanganda uning tabiiy tozalanish jarayoni uzoq muddatni talab qiladi. Xalqda «Suv etti dumalasa halol bo‘ladi» degan ibora bejiz aytilmagan. Darhaqiqat, oqar suv o‘z harakati davomida quyosh radiatsiyasi yordamida suv o‘tlari, baktyeriyalar va zamburug‘lar ishtirokida kechadigan gidrobiokimyoviy jarayonlar natijasida o‘z-o‘zini ba’zi iflosliklardan tozalaydi. Oqayotgan ariq suvi bir sutkada yarim, to‘rt sutkada to‘liq tozalanadi. Lekin unga iflos oqovalarning ko‘p tashlanishi, ayniqsa barqaror zaharli moddalarning aralashishi suvning tozalanish jarayonini susaytiradi va uni hatto to‘xtatib qo‘yadi. SHuning uchun ham iflos oqova suvlarni ochiq suv havzalariga imkon boricha tashlamaslik, hech bo‘lmaganda tashlashdan oldin ularni maxsus inshootlarda tozalash zarur.
Suvni toza saqlash va undan oqilona foydalanishning bir necha usuli mavjud. Bular — texnikaviy usul, gidrologik-geografik usul, suvdan kompleks foydalanish usuli va tashkiliy chora-tadbirlarni bajarish usuli.
Texnikaviy usul quyidagi ishlardan iborat:
1) suv resurslarining kamayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun daryo va ko‘llarga oqova suvlarning tashlanishini imkon qadar kamaytirish, keyinchalik esa butunlay to‘xtatib qo‘yish. Bu usul sanoat korxonalarini suv bilan ta’minlashning yangi texnologiyasiga o‘tish, suvdan foydalanishda yopiq sikl tizimini joriy qilishga asoslangan. Bu vazifa ancha murakkab, lekin amalga oshirsa bo‘ladigan vazifadir. Hozirgi vaqtda AQSH va Gyermaniyadagi ba’zi sanoat korxonalari, Rossiyadagi CHelyabinskiy metallurgiya zavodi, O‘zbekistondagi Olmaliq kimyo zavodi va shunga o‘xshash bir qancha sanoat gigiantlarida suvdan foydalanishning yopiq sikl tizimiga o‘tilgan. Bu korxonalarda suvning texnologik jarayonida yo‘qotiladigan qismigina toza suv hisobidan to‘ldiriladi. Bu miqdor ishlatiladigan suvning 10% idan oshmaydi. Qolgani esa tozalashdan o‘tkazilib, siklga qaytariladi;
2) oqova suvlarni tozalash usullarini takomillashtirish asosida tozalash inshootlarning ish unumini oshirish va ularning quvvatini ko‘paytirish. Bu usul hozirgi vaqtda ko‘pgina joylarda qo‘llanilmokda. Tozalash inshootlarida tozalangan suvlardan xalq xo‘jaligining ba’zi sohalarida foydalanish mumkin. Masalan, ular sanitariya nazoratidan o‘tgach, dehqonchilikda yerlarni sug‘orishda yoki a’lo sifatli suv talab qilmaydigan sanoat korxonalarida foydalanish mumkin;
3) toza suvni har tomonlama tejash, ayrim ishlab chiqarish turlarini suvsiz texnologiyaga o‘tkazish. Fan va texnikaning rivoji sanoat ishlab chiqarishi texnologiyasini takomillashtirib, ajoyib yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Masalan, ilgarilari 1 tonna neftni qayta ishlashga 20-30 m3 suv sarflangan bo‘lsa, 1957 yilda bu miqdor 7,97 m3 ni, 1960 yilda -1,32 m3 ni, 1967 yilda - 0,84 m3 ni, 1984 yilda esa 0,12 m3 ni tashkil qildi.
4) sanoat korxonalaridagi agregatlarni sovutishda suvni sovuq havo oqimi bilan almashtirishga o‘tish. Sanoatda ishlatiladigan suvning 45% igacha faqatgina sovutish maqsadlarida foydalaniladi. Bu ishni havo oqimi yordamida bajarish 70-90% gacha suvni tejash imkonini byeradi;

Download 53,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish