7 – Mavzu: Gidrosfyera. Tabiatda suvning roli va ahamiyati. Oqava suvlar va ularni tozalash usullari. Ma’ruzaning rejasi


Suvning ifloslanishi va uni ifloslovchi manbalar



Download 53,31 Kb.
bet5/9
Sana09.06.2022
Hajmi53,31 Kb.
#646460
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7-Мавзу (2)

Suvning ifloslanishi va uni ifloslovchi manbalar
CHuchuk suv tankisligining asosiy sababi qishloq xo‘jaligida, sanoat va turmushda suv sarfining o‘sib borayotganligidagina emas, balkim shu bilan bir vaqtda ochiq suv havzalariga tashlanayotgan sanoat va turmush oqova suvlari miqdorining tobora ko‘payib suvning ifloslanishi kuchayayotganligida.
Suvning ifloslanish darajasi ayniqsa rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda yuqori bo‘lib, ba’zi joylarda suvlarni tozalash masalasi chinakam «milliy masala»ga aylanib bormokda. Gyermaniyada oqova suvlarning yarmidan ko‘pi, AQSH da esa uchdan bir qismi to‘liq tozalanmay daryo va ko‘llarga quyiladi. YAponiya, Angliya, Gollandiya, Belgiya va Fransiyaning ko‘pgina rayonlarida, shuningdek Skandinaviya mamlakatlarida ham daryo va ko‘llar suvi yuqori darajada ifloslangan. Eng iflos daryolardan biri Evropaning yirik suv artyeriyasi hisoblangan Reyn daryosidir. Bu daryo bo‘yida joylashgan sanoat korxonalarining oqova suvlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri daryoga tushadi. Bu suvlar miqdori yiliga taxminan 60 mln.m3 ni tashkil qiladi. SHuning uchun bu daryoda cho‘milish qat’iyan taqiqlab qo‘yilgan. SHunday fikrni Missisipi daryosi haqida ham aytish mumkin. Bir paytlar zilol suv oqqan bu daryo hozirgi vaqtda «Amyerikaning oqova suvlari zovuri»ga aylanib qolgan. Suvi o‘ta ifloslangan daryolarning umumiy uzunligi Angliyada 1,5 ming km, AQSH hududida esa 2 ming km. dan ziyod. Vashington yaqinidan oqib o‘tadigan Potomak daryosi tubida yotgan iflos cho‘kindilarning qatlami 3 metrdan ortiq.
Hozirgi kunda okean va dengizlar suvining ifloslanishi ham oshib bormoqda. CHunki ularga daryo suvi bilan oqib kelib tushayotgan turli xildagi tuzlar, og‘ir metallar va radioktiv moddalar miqdori ko‘payib bormokda. Bundan tashqari, okean va dengizlarning bag‘rida zaharli moddalarning ko‘milishi, suv tagida yadro qurollarining portlatilishi, suvga neft va neft mahsulotlari to‘kilishi ham gidrosfyerani jiddiy ifloslamokda. Masalan, bundan 70-80 yillar ilgari Boltiq dengizi ostiga 7 ming tonna mishyak konteynyerlarda ko‘mib tashlangan edi. Holbuki miqdori uncha ko‘p bo‘lmagan bu modda butun dunyo aholisini zaharlashga etadi.
Okean va dengiz suvlarining neft mahsulotlari bilan ifloslanish ko‘lami ham katta. Hisoblarga ko‘ra 1 l. benzin 100 l. suvni, 2 l. neft 200 ming l. suvni ifloslaydi. Suvga to‘kilgan 1 t. neft 12 km2 maydon suvi ustida plyonka hosil qiladi, holbuki okeanlar suviga har yili o‘rtacha 10 mln.t. neft va neft mahsulotlari to‘kiladi. Buning ko‘p qismi turli sabablarga ko‘ra halokatga uchragan tankyerlarga to‘g‘ri keladi. 1968 yilda Angliya va Fransiya oralig‘ida halokatga uchragan birgina «Torri-kanon» tankyeridan okean suviga 119 ming t. neft quyildi. Buning oqibatida 500 km2 maydon suvining usti 20 mm qalinlikdagi plyonka bilan qoplandi. 1969 yilda Kaliforniyaning Santa-Barbara shahri yaqinida dengiz tubida qazilayotgan skvajina avariyaga uchragan va undan ikki hafta davomida 1,5 mln l. neft dengiz suviga qo‘shilgan. Bu va bunga o‘xshash holatlar dengiz va okeanlarda ba’zan sodir bo‘lib turadi. Bu esa ularda yashovchi ko‘pgina hayvonlarning yoppasiga zaharlanishiga olib keladi. Ma’lumotlarga qaraganda, dengiz va okeanlarning Angliyaga tutash qirg‘oqlarida yilida 250 ming atrofida suv qushlari, Antarktida suvlarida minglab pingvinlar va tyulenlar halok bo‘ladi.
Okeanlar suvining ayniqsa radioaktiv moddalar bilan ifloslanishi yomon oqibatlarga olib keladi. 1954 yilda AQSH tomonidan sinov maqsadida Tinch okeanida vodorod bombasining portlatilishi 25,6 ming km2 maydondagi suvni va undagi barcha tirik organizmlarni nurlantirdi. Eng yomoni, nurlangan baliqlarning uzoq rayonlarga suzib ketishi va ozuqa zanjiri orqali bu kasallikning boshqa hayvonlar va inson organizmiga o‘tishidir.
Ichki suv havzalarining ifloslanishiga, asosan, sanoatdan va aholining maishiy turmushidan chiqayotgan oqova suvlarning etarlicha tozalanmasdan daryo va ko‘llarga tashlanishi sabab bo‘lmoqda. Keyingi 30 yil mobaynida kishilar tabiatdan insoniyat tarixi davomida olganidan ko‘ra uch baravar ko‘p boyliklarni olib o‘zlashtirdi va shunga muvofiq chiqindilar miqdori ham keskin ko‘payib ketdi. Dunyo miqyosida yiliga aholi jon boshiga 1 tonnadan ko‘proq chiqindi to‘g‘ri keladi va bu chiqindining bir qismi suvga tushadi. Dunyo aholisining uchdan ikki qismi daryo va ko‘llar yaqinida, qolgani esa dengizlar yaqinida yashamokda. Tabiiy-ki, ular o‘z turmushidan chiqqan oqova suvlarni qisman tozalab, yaqin masofadagi tabiiy suvlarga tashlaydilar.
Hozirgi kunda kishilar 8-9 mln. turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirganlar. Bular orasida tabiatda uzoq vaqt parchalanmaydigan kimyoviy zaharlar, radioaktiv moddalar va plastika mahsulotlari bor-ki, ular butun biosfyerani va shu jumladan gidrosfyerani ifloslovchi jiddiy manbalardan bo‘lib qolmoqdalar. Kundalik turmushdan chiqadigan oqova suvlardagi chiqindilar tarkibi bir-biriga o‘xshash bo‘ladi va ularni tozalash birmuncha oson. Lekin sanoat oqovalarining chiqindilar tarkibi juda xilma-xil bo‘lib, ularni tozalash ancha qimmatga tushadigan murakkab jarayondir. Sanoatdan chiqadigan oqova suvlar miqdori ayniqsa rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda ko‘p. AQSH sanoati 50 km3, Gyermaniya sanoati esa 10 km3 oqova suv chiqaradi. Bu miqdordagi oqovani tozalab ulgurish mushkul ish, shuning uchun ham, aytib o‘tilganidek, AQSHda jami oqova suvlarning uchdan bir qismi, Gyermaniyada esa yarmidan ko‘pi iflos holicha suv havzasiga tashlanadi.
Suvning tyermal ifloslanishi ham uni yaroqsiz holga keltiradi. Suvning tyermal ifloslanishini elektr stansiyalari agregatlarini sovutishga ishlatilgan suvlar keltirib chiqaradi. Bunday suvlarda harorat sovutish uchun olingan suvnikidan 8-120 yuqori bo‘ladi. Iliq suvlarining oqmas havzaga tashlanishi evtrofikatsiya jarayonini odatdagidan ko‘ra tezlashtiradi. SHunga ko‘ra suvlarning tyermal ifloslanishi ayniqsa enyergetika sohasi rivojlangan mamlakatlarda ko‘proq uchraydi.
Kuzatuv natijalariga ko‘ra suvlarning ifloslanishi oqibatida aholi o‘rtasida kelib chiqayotgan yuqumli kasalliklar miqdor va sifat jihatdan tobora ko‘payib bormokda. Tibbiy statistika tasdiqlashicha odamlarda sodir bo‘layotgan jami kasalliklarning 30% ichimlik suvining sifati yomonligidan kelib chiqmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich 80% gachani tashkil qiladi. BMT va Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra sifatsiz suvni iste’mol qilish oqibatida Sayyoramizda yilida 50 mln. kishi suv iflosligidan kasallanadi va uning beshdan bir qismi hayotdan ko‘z yumadi. Bunday noxush jarayonning oldini olish, uning rivojlanishiga yo‘l byermaslik maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2003 yilni jahonda «CHuchuk suv yili» deb e’lon qildi va shu yil YAponiyaning Kioto shahrida suv resurslariga bag‘ishlangan III Butunjahon forumi o‘tkazildi.

Download 53,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish