7 – Mavzu: Gidrosfyera. Tabiatda suvning roli va ahamiyati. Oqava suvlar va ularni tozalash usullari. Ma’ruzaning rejasi


Suvdan xalq xo‘jaligida foydalanish



Download 53,31 Kb.
bet4/9
Sana09.06.2022
Hajmi53,31 Kb.
#646460
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7-Мавзу (2)

Suvdan xalq xo‘jaligida foydalanish
CHuchuk suv tabiatdagi biologik jarayonlarning asosini tashkil qilibgina qolmay, undan xalq xo‘jaligining turli sohalarida va kishilarning kundalik turmushida keng foydalaniladi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish, sanoat ishlab chiqarishi va kommunal sohalarni suvsiz tasavvur qilish qiyin.
Dehqonchilik mahsulotlari etishtirish ayniqsa ko‘p miqdorda chuchuk suvni talab qiladi. Dunyo dehqonchiligi uchun suvning yillik sarfi o‘rtacha 2,8 ming km3 bo‘lib, bu suv daryolardan va yer ostidan olinadi. Bu ko‘rsatkich Yer sharidagi daryolar yillik oqimining 7% dan ortiqdir. Ma’lumotlarga qaraganda turli xildagi o‘simliklar 1 kg. quruq massa hosil qilish uchun 150-1000 m3. gacha suv sarflaydi; 1 t. bug‘doy olish uchun 1500 t., 1 t. sholiga 8000-10000 t., 1 t. paxtaga esa 10000 t. gacha suv sarflanadi.
Dunyo miqyosida sanoat ishlab chiqarishi va enyergetikaga yilida 1000 km3 suv sarflanadi. Zamonaviy korxonalarda ishlab chiqarish jarayonlariga sarflanayotgan suv miqdori ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmiga nisbatan yuzlab va minglab marta ko‘pdir. Masalan, 1t. po‘lat ishlab chiqarishga 250 t. suv ishlatiladi, qog‘oz ishlab chiqarish ham taxminan shuncha suvni talab qiladi, 1 t. alyuminiy ishlab chiqarish uchun 1500 t., 1 t. nikelga 4000 t., 1t. sintetik tolaga 5000 t. suv sarflanadi. Sanoatda ishlatiladigan suv asosan texnologik uskunalarni sovutishga ketadi. Ayniqsa issiqlik va atom elektr stansiyalarining agregatlarini sovutishga juda ko‘p suv ketadi. Masalan, quvvati 2,5 mln. kvt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi agregatlarini sovutish uchun sekundiga 90-100 m3 (Dnepr daryosi o‘rta qismining yoz faslidagi o‘rtacha suv miqdori), atom elektrostansiyasida ming megavatt elektr enyergiyasi ishlab chiqarish uchun reaktorlarni sovutishga 3 mln. litr suv sarflanadi. Holbuki dunyoda bunga o‘xshash yuzlab elektr stansiyalari to‘la quvvat bilan ishlamoqda.
CHuchuk suv zaxiralardan kommunal maqsadlarda ham keng foydalaniladi. Dunyo miqyosida olib qaraladigan bo‘lsa, bu maqsadlarda aholi jon boshiga sutkasiga 220-230 litr suv sarflanadi, shundan 5% eb-ichishga, qolgani yuvish-yuvinish ishlariga sarf bo‘ladi. Bu ko‘rsatkich markazlashgan suv quvurlari bilan ta’minlagan shaharlarda (280 litr) qishloq joylariga (50-60 litr) qaraganda ancha yuqori. Aholining kundalik turmushi uchun suv sarfi dunyoning rivojlangan kapitalistik mamlakatlarida nisbatan ko‘p. Bu borada AQSH etakchi o‘rinni egallaydi. Bu mamlakatda jami aholining 99% markaziy quvurlar suvidan bahramand qilingan bo‘lib, sutkalik suv sarfi shaharlarda jon boshiga 330 litr, qishloqda esa 250 litrni tashkil qiladi.
Xalq xo‘jaligining rivojlanishi va aholi sonining beto‘xtov o‘sishi chuchuk suv zaxiralaridan tobora ko‘proq foydalanishni taqozo etadi. SHuning uchun ham hozirgi vaqtda nafaqat yer usti chuchuk suvlari, balkim yer osti suv zaxiralari ham ko‘plab ishlatilmokda. Bu zaxiralar ba’zi mamlakatlarda ularning hosil bo‘lishiga qaraganda tezrok sarflanayapti. Masalan, AQSH da yer osti suv zaxiralarining miqdori 1910 yilda 490 km3. bo‘lgan bo‘lsa, 1959 yilda 62 km3 ga tushib qoldi, Kaliforniya, Arizona va Texas shtatlarida yer osti suvlarining zaxirasi hozirgi kunda qariyb tugadi. Boshqa mamlakatlarda, masalan, Avstriya va Daniyada aholining suvga bo‘lgan extiyoji to‘liq ravishda, Gollandiyada ehtiyojning 80% va Gyermaniyada uning 40% yer osti suvlari hisobiga qondirilmoqda.
SHunday qilib, suvdan foydalanish bo‘yicha etakchi o‘rinni qishloq xo‘jaligi (66%), undan keyin sanoat va enyergetika (27%), oxirgi o‘rinda aholining kommunal ehtiyojlari (7%) turadi. Sayyoramiz aholisining kundalik turmush ehtiyojlariga sutkasida 7 mln. t ichimlik suvi sarflanmokda. O‘zbekistonda foydalaniladigan suvning 85% qishloq xo‘jaligiga, 12% sanoat va enyergetikaga hamda 3% maishiy turmush ehtiyojlariga sarflanadi. Rossiyada suvdan foydalanish ko‘rsatkichlari tubdan farq qiladi - 57,8% suv sanoat ishlab chiqarishiga, 20,5% - maishiy turmush maqsadlariga, 18,9 % - qishloq xo‘jaligiga va 3,3% boshqa sohalarga ishlatiladi.
Xalq xo‘jaligining rivojlanishi va aholi sonining beto‘xtov o‘sib borishi bilan ularga sarflanadigan suv miqdori ham ko‘paymokda. Buning ustiga daryolar bo‘yidagi o‘rmon va to‘qayzorlarning yo‘qotilishi, o‘tloq va botqoqliklarning quritib o‘zlashtirilishi bilan daryolarning suv saqlash qobiliyati pasayib ketdi. Buning oqibatida, bir tomondan, ularning suvi tez oqib o‘tib dengiz va okeanlarga quyilayapti va nihoyat, yalang‘och sohillardan suvning havoga bug‘lanishi tezlashayapti. SHuning uchun ham, garchi quruqlikdagi suv zaxiralari tabiatda aylanib turishi tufayli to‘xtovsiz tiklanib tursada, hozirgi kunda ba’zi joylarda chuchuk suv tanqisligi keskinlashib bormokda. CHunki bu joylarda suvning sarflanish tezligi tiklanish tezligidan jadallab ketdi. Bu hol ayniqsa rivojlangan mamlakatlarda yaqqol ko‘zga tashlanmokda. Evropaning qator rivojlangan mamlakatlarida, jumladan Angliya, Gyermaniya, Fransiya, AQSH va Kanadada sanoat va turmush ehtiyojlari uchun toza suv etishmay qolayotir. Ba’zi joylarda chuchuk suv hatto eksport predmetiga aylandi. Masalan, Gonkong chuchuk suvni quvurlar orqali Xitoydan oladi. Jazoyir mamlakati ham tashib keltiriladigan suv hisobiga kun kechirmokda.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Jahon Bankining ma’lumotlariga ko‘ra hozirgi kunda Yer shari aholisining 40% joylashgan 80 ta mamlakatda ichimlik suvining tanqisligi sezilmokda. Ayniqsa 1 mlrd. aholini qamrab olgan rivojlanayotgan mamlakatlarda kishilar toza ichimlik suvi etishmasligidan jiddiy qiynalmoqdalar. Bu mamlakatlarda etarlicha tozalanmagan suvni iste’mol qilish oqibatida turli kasalliklarga chalinib, har yili taxminan 10 mln kishi hayotdan ko‘z yumadi.
Bunday tashvishli signallar jahon jamoatchiligini hushyorlikka undaydi, kishilar tasavvurida «bitmas-tuganmas» bo‘lib ko‘ringan chuchuk suv zaxiralarining xisob-kitobi borligidan, unga xo‘jasizlarcha munosabatda bo‘lish, ularni isrof qilish va ifloslash global masshtabda suv tanqisligini keltirib chiqarishi mumkinligidan ogoh qiladi.

Download 53,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish