6 olmosh ravish fe’l olmosh



Download 93,03 Kb.
bet36/38
Sana20.03.2022
Hajmi93,03 Kb.
#503134
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
OLMOSH RAVISH FE\'L

4. Takroriy fe’llar asosni takrorlash bilan hosil bo’lgan fe'llardir. Takroriy fe’l qismlari ham chiziqcha bilan yoziladi: kulib-kulib, yozib-yozib, o‘yladi-o‘yladi, kuta-kuta, ishlay-ishlay kabi.


KO'MAKCHI FE’LLAR VA ULARNING VAZIFALARI

Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi fe’l+fe’l ko‘rinishidagi birikuv bo‘lib, yetakchi fe’l bilan ko‘makchi fe’lning qo‘shiluvidan hosil bo‘ladi: yozib qo‘ydi, ishlab tashladi...


Birinchi fe’l so'zning asosiy leksik ma’nosini ifodalaydi. Shuning uchun u yetakchi fe’l sanaladi. Ikkinchi qismi esa birinchi qismga (yetakchi fe’lga) qo'shilib, unga turli xil qo'shimcha ma'nolarni yuklaydi, lekin yetakchi fe’lning leksik ma’nosini o'zgartirib yubormaydi.Undan yangi fe’l hosil bo'lmaydi. Shuning uchun bunday fe’llarga ko'makchi fe’llar deyiladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, faqat ko‘makchi fe’l vazifasini bajaruvchi alohida fe’llar mavjud emas. Bir qator mustaqil fe’llar yetakchi fe’l qo‘shilganda ko‘makchi fe’l vazifasida keladi.
Ravishdoshning -a,-y,-(i)b shakllariga qo'shilib, o'z mustaqil ma'nolarini yo'qotgan, asosdan anglashilgan harakatning bosqichlari (boshlanish, davom etish, tugallanishi) va tarzi (tezligi, imkoniyati)ni bildiruvchi boshlamoq,olmoq,yubormoq,turmoq, chiqmoq singari fe'llar ko'makchi fe'llar hisoblanadi.

Ko'makchi fe’lni qabul qiluvchi ravishdosh yetakchi fe'l hisoblanadi.




Masalan: Ishlab chiqdi, ishlab bo'ldi, ishlay boshladi, ishlab yuribdi, ishlab qo'ydi, ishlab yubordi, ishlab yozdi, ishlab turibdi, ishlab ко 'rdi singari so'zlarga e'tibor bersangiz, ularning hammasi bir umumiy ma’noni-«ishlamoq» ma’nosini ifodalaydi. Bu ma’no, asosan, ravishdosh shaklidagi birinchi qismdan anglashiladi. Ikkinchi qism esa birinchi qismdan anglashilgan leksik ma’noga turli qo'shimcha ma’nolarni (harakatning boshlanishi, davomiyligi, tugallanishi, oson bajarilganligi, tez bajarilganligi, harakatni bajarishga uringanligi kabi) ma’nolarni yuklaydi.

Ko’makchi fe’l faqat yetakchi fe’l bilan birgalikda qo'llanadi. Ana shu xususiyati bilan mustaqil qo'llanuvchi olmoq (xatni olmoq), tugatmoq (o’qishni tugatmoq), turmoq (o’rnidan turmoq), tashlamoq (qog’ozni tashlamoq) fe'llaridan farq qiladi.


Masalan, Anvar qog'ozni yerga tashladi gapida tashlamoq so’zi qo'ldan pastga tushirmoq ma'nosini ifodalagan. Anvar kitobni о’qib tashladi gapida esa tashlamoq so’zi o’z ma’nosini yo’qotib yetakchi fe’lga o’qish harakatini tez va oson bajarilganlik ma’nosini bermoqda.
Ba’zan ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi tarkibida yetakchi fe’l uyushib kelishi mumkin:
U soat beshgacha yozib, chizib, hisoblab bo’ldi.
Ba’zan ko’makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasida yetakchi fe’l yoki ko‘makchi fe’l bir necha so‘zdan iborat bo’lishi mumkin: aytib berib tura qol.

Yo‘l kengayib ketdi. – (yetakchi fe’li yasama)


Onangizga yordam berib turing. – (yetakchi fe’li qo‘shma so‘z)
Uni qo‘llab-quvvatlab yuribmiz. - (yetakchi fe’li juft )
Tizzalari bukilib-bukilib ketadi. – (yetakchi fe’li takror )



Download 93,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish