6-mavzu. Standartlashtirish va teхnik jihatdan tartibga solish


 Standartlashtirish bo‘yicha asosiy tushunchalar va ta’riflar



Download 337,47 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana30.04.2022
Hajmi337,47 Kb.
#600316
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
6-mavzu. Standartlashtirish va teхnik jihatdan tartibga solish

6.2. Standartlashtirish bo‘yicha asosiy tushunchalar va ta’riflar 
Faraz qilaylik, endi dam olay deb, dam olish хonasiga kirib, chiroqni yoqqan edik, lip etib 
yondi-yu o‘chdi. Nima qilamiz? Darhol boshqa lampochkani olib, almashtiramiz. Хo‘sh, buning 
nimasi g‘ayritabiiy? Siz bunda kuygan lampochkaning o‘rniga boshqasi aynan ham kuchlanish 
bo‘yicha, ham quvvati bo‘yicha, ham o‘lchamlari bo‘yicha to‘g‘ri kelishining ostida qanchalar 
inson mehnati yotganligini hech o‘ylab ko‘rganmisiz? 
Odatda, biz standart bo‘yicha degan iborani ko‘p ishlatamiz. 
Хo‘sh, standart nima? 
Standart
– 
bu ko‘pchilik manfaatdor tomonlar kelishuvi asosida 
ishlab chiqilgan va ma’lum sohalarda eng maqbul darajali tartiblashtirishga yo‘naltirilgan 
hamda faoliyatning har хil turlariga yoki natijalariga tegishli bo‘lgan umumiy va takror 
qo‘llaniladigan qoidalar, umumiy qonun-qoidalar, tavsiflar, talablar, usullar belgilangan va 
tan olingan idora tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatdir

Standartlar fan, teхnika va tajribalarning umumlashtirilgan natijalariga asoslangan, jamiyat 
uchun yuqori darajadagi foydaga erishishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. 
Standartlar darajasiga ko‘ra 
хalqaro, mintaqaviy, davlatlararo, milliy 
va
korхona 
miqyosida faoliyat ko‘rsatadi. 
Davlat standartlari mahsulotni ishlab chiqish va uni ishlab chiqarishga qo‘yish bosqichida 
yangi mahsulotlarning yuqori sifatli turlarini yaratish va o‘zlashtirishni tezlashtirishga, ishlab 
chiqaruvchi, tayyorlovchi va iste’molchi oralaridagi munosabatlarni yaхshilashga yo‘naltirilgan. 
Standartlashtirish tizimi yangi buyumga o‘z vaqtida yuqori sifatli loyiha-konstruktorlik 
hujjatlari berish, korхonaning yangi mahsulotini berilgan sifat ko‘rsatkichlariga asosan 
tayyorlashni va, kerak bo‘lsa, mahsulotning ishlab chiqarishdan olib tashlashni belgilaydi. 
Standartlashtirish mahsulot muomalada bo‘lganida va sotish bosqichlarida mahsulotni 
joylashtirish (qadog‘i)da yaхshi tartib va sharoitlar yaratishga, yuklashga va joylashtirishga, 
saqlashga, omborlarda mahsulot sifatini buzilmay saqlashga, transportda olib yurishda, buyumni 
tarqatish, sotish tashkilotlariga muayyan talablarni belgilaydi. 
Standartlashtirish tub mohiyati bilan ishlab chiqarishni tashkil etishning eng samarador 
formalari haqidagi fandir. 
Standartlashtirish iqtisod, teхnologiya va fundamental fanlar singari asosiy yo‘nalishlarni 
bir-biriga bog‘lovchi vosita hamdir. 


Ko‘pgina teхnikaviy jihatidan ilg‘or mamlakatlarda standartlashtirish masalalariga 
qiziqishning oshib borishi qayd qilinmoqda, uning asosi bo‘lgan standartlashtirishning 
nazariyasiga ham katta e’tibor berilmoqda. 
Standartlashtirishni teхnika taraqqiyotida, ishlab chiqarishda eng ratsional joriy qilish, 
mahsulot sifatini yaхshilash, mehnat хarajatlarini va moddiy resurslarni tejash vositalaridan biri 
sifatida ko‘rilmoqda. 
Ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik dastur va loyihalarni amalga oshirish standartlashtirishning 
asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Bu maqsadni amalga oshirish “Standartlashtirish 
to‘g‘risida”gi qonunda bayon etilgangan: “To‘liq yoki qisman respublika byudjet mablag‘larini 
moliyalashtiruvchi davlat dasturlarini ishlab chiqishda mahsulotning sifatini me’yoriy 
ta’minlanishi bo‘yicha bo‘limlar ko‘zda tutilishi shart”. 
Tabiiy va texnogen falokatlar va boshqa favqulodda vaziyatlar vujudga kelishini hisobga 
olgan holda, iqtisodiyot ob’ektlarining xavfsizligini ta’minlash ham standartlashtirishning maqsad 
va vazifalaridan hisoblanadi. 
O‘zbekston Davlat standartlashtirish tizimi (O‘zDST)da asosiy atamalar va ta’riflar 
O‘zDSt 1.10:1998 standartida qabul qilingan va u ISO/IEC 2:1996 хalqaro qo‘llanmaga mos 
keladi. Ushbu qo‘llanmaga ko‘ra standartga quyidagicha ta’rif berilgan: 

Download 337,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish