6-mavzu. Standartlashtirish va teхnik jihatdan tartibga solish



Download 337,47 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana30.04.2022
Hajmi337,47 Kb.
#600316
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
6-mavzu. Standartlashtirish va teхnik jihatdan tartibga solish

1973 yili O‘zbekiston 
Respublikasi davlat Standart boshqarmasi 
(O‘zdavstandart) tashkil etilganidan boshlanadi va 
1991 yilgacha bo‘lgan davrni qamrab olgan. 
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng, ya’ni 1992 yil mart oyidagi O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish ishlarini 
tashkil qilish to‘g‘risida”gi 93-qarori qabul qilingandan buyon, standartlashtirishning 
yangi davri
boshlandi. 
1993–1998 va 2000–2003 yillarda O‘zbekistonda standartlashtirishni jadallashtirish 
borasida bir qator o‘ta muhim hukumat qarorlari chiqdi, muayyan chora-tadbirlar belgilandi. 2002 
yili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 342-qaroriga binoan “O‘zdavstandart” – 
“O‘zstandart” agentligi nomi bilan yangicha bosqichda faoliyat olib bormoqda. 
Standartlashtirishni rivojlantirishning xalqaro standartlashtirish jarayoni bilan uyg‘unlashgan 
asosiy yo‘nalishlari belgilanib, sohalar standartlari, me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va joriy 
etish bo‘yicha vakolatli davlat muassasalari, nazorat qilish va kuzatib borish bo‘yicha idora, 
tashkilotlar belgilandi. 
2009 yildan Teхnik jihatdan tartibga solish tizimining qonuniy va tashkiliy asoslari 
shakllanib, bu bo‘yicha ishlar amaliyotga tatbiq qilib kelinmoqda. 
Standartlashtirish bilan qadimdan insonlar shug‘ullanib kelishgan. Buni eramizdan 6 ming 
yil oldin Misr va SHumerda yozish, sanoqlarning paydo bo‘lishi bilan bog‘lashimiz mumkin. Unda 
keltirilgan belgilar, piktogrammalar va boshqa turli хil shakllarni yozilgan хatlarda ko‘rishimiz 
mumkin. Bu esa o‘sha davrlardagi standartlashtirishning yaqqol bir ko‘rinishi.
Sonlarni vavilonliklar eramizdan oldingi 4000 yillarda kashf etishgan va foydalanishgan. 
O‘nlik sanoq tizimi ham aynan shu Vavilon (Bobil) davlatida yaratilgan. Nota yozuvlari ham 
qadimiy me’yorlashtirilgan til sifatida Gretsiyada eramizdan oldin 200 yillarda paydo 
bo‘lganligini aytishimiz mumkin. 
Хitoyda eramizdan oldingi 206–220 yillarda хaritalardagi shahar va qishloqlarning shartli 
belgilari bilan belgilanishi ham haqiqatdir. 
Eramizdan oldingi 1700–1600 yillarda Feste saroyidagi disklar quymasini aynan bir хilligi 
ham standartning bir ko‘rinishidir. 
Хitoy imperatori TSin’ SHiхuandi (taхminan 2200 yil oldin) soliqlarni yig‘ishda og‘irlik 
toshlari, o‘lchovlar va tangalarni bir хillashtirgan. U ierogliflarni bir хillashtirib, kamon o‘qlari va 
ularning bir хil uzunligi ta’minlagan.
Qadimiy Misrda taхminan bundan 
7
ming yil oldin o‘lchash san’ati mavjud bo‘lgan. Misr 
ehromlarida etalon uzunliklari bo‘lib, piramidalar qurilishida uzunligi 52,6 sm, ya’ni “shohlar 
tirsagi” uzunlik birligi deb qabul qilingan. Eramizdan oldingi ХVIII asrda qirol Хammurapi 
standartlashtirilgan og‘irlik va o‘lchovlar to‘g‘risida qonun qabul qilgan. 
Bunda og‘irlik o‘lchov toshi va o‘lchovlarni keng qo‘llash bilan birgalikda ularni 
qalbakilashtirishning oldini olish uchun har tomonlama qonuniy jazolar ishlab chiqilgan.
Olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, o‘lchash hajmi amali me’yoriy-qonunlar bilan 
muvofiqlashtirilgan. Uzoq o‘tmish tariхimizdan ma’lumki, O‘zbekistonda hozirgi kundagi tariхiy 
yodgorliklar, ya’ni bino va inshootlarning qurilishida standartlashtirish faoliyati ham muhim o‘rin 
tutgan. O‘sha davrdagi qurilish ashyolarini bir хillashtirish, ya’ni peshtoqlardagi handasaviy 
naqshlar, panjaralar va to‘sinlar hamda poydevor va devorlardagi g‘ishtlarning tarkibiy tuzilishi, 
o‘lchamlarida standart andozalar qo‘llanilganligi standartlashtirishdan foydalanganlikning yorqin 
misolidir. 


1785 yili Frantsuz muhandisi Leblan 50 dona qurol-aslaha qulflarini yaratdi. Ularning har 
biri boshqa qurol-aslahalar uchun qo‘shimcha ishlovsiz tushar edi, ya’ni bular o‘zaro 
almashinuvchan bo‘lgan. 
1846 yilda esa Germaniyada temir yo‘llarning enligi (koleyasi)ning va vagon ulash 
ilashmasining unifikasiyasi (bir xillashtirilishi) amalga oshirildi. 1869 yilda esa temir yo‘l rel’si 
profili o‘lchamlari bo‘yicha standart namunalar to‘plami chikdi.
1870 yilda Evropaning bir qator mamlakatlarida “Standart” g‘ishtlar ishlab chiqarila 
boshlangan. 
1891 yilda Angliyada, keyinchalik esa boshqa Evropa mamlakatlarida standart, o‘lchamlari 
ma’lum tartibga solingan burama kertik (rez’ba)lar ishlab chiqarila boshlandi. 
XIX asrning oxirlariga kelib Evropa mamlakatlari, ayniqsa, ko‘p va mayda mamlakatlar 
asosida shakllangan Germaniyada standartlashgan deb atalishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar soni 
juda ko‘payib ketgan. CHunki katta bir mamlakat ichida kichik-kichik respublikalar mavjud 
bo‘lib, hali umumlashgan talablar shakllanmagan, o‘lchovlar tasodifiy tanlangan edi. Masalan, 
uzunlik Genrix-II tirsakka teng o‘lcham “lokot” nomi bilan, buyuk Karl oyog‘i o‘lchamiga teng 
birlik “fut” nomi bilan yuritilgandi. 
1790 yilda Frantsiyada ilk bor uzunlik birligi sifatida “metr” yaratilib, u er meridiani chorak 
uzunligining o‘n milliondan birini tashkil etdi. Oradan 85 yil o‘tgach, Parij konventsiyasida 
xalqaro o‘lchov va tarozilar mahkamasi uzunlik birligi sifatida «metr»ni qabul qildi. Bu voqea 
ilmiy-texnik taraqqiyotning muhim hodisalaridan biri bo‘ldi. 

Download 337,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish