Metallurgiya majmuasi tarkibiga ma’dan xom ashyosini, qora va rangli metallarni qazib chiqaruvchi, boyituvchi va qayta ishlab chiqaruvchi korxonalar kiradi. Mamlakatda oltin, kumush, mis, qo’rg’oshin, rux, volfram, molibden, litiy, uran, nodir metallarning yirik zahiralari mavjud.
O’zbekistonning o’rtacha yillik oltin ishlab chiqarish hajmi 90 tonnani tashkil etadi.
Mamlakat hududida 41 ta oltin konlari aniqlangan bo’lib, ularning umumiy zahirasi 3,35 ming tonnani tashkil etadi.
Oltin ishlab chiqarish bilan Navoiy va Olmaliq tog’ metallurgiya komminatlari shug’ullanadi. Ishlab chiqarilayotgan jami oltining 2\3 qismi Olmaliq TMKga to’g’ri kelib uning tarkibida Navoiy, Zarafshon, Uchquduq, Zarmiton va Marjonbuloq oltin ajratish fabrikalari faoliyat olib bormoqda.
Uranning baholangan zahirasi 185,8 ming tonnani tashkil etadi. MAGATE ma’lumotiga ko’ra uran zahirasiga O’zbekiston dunyoda yettinchi, qazib olish bo’yicha beshinchi o’rinda turadi. Navoiy TMK uran ishlab chiqaruvchi yagona tashkilot bo’lib, uning yillik quvvati 3,5 ming tonnaga teng.
Qora metallurgiya sanoati Bekobod shahrida II - jahon urishi davrida shakllangan bo’lib, 1956 yildan ichki ehtiyojlar uchun temir prokat mahsulotlari ishlab chiqara boshlagan. Bugungi kunda 730-750 ming tonna metalni qayta ishlab chiqarmoqda
Rangli metallurgiya sanoatining yetakchi korxonasi Olmaliq tog’ metallurgiya kombinati bo’lib, u mamlakatda ishlab chiqariladigan misning 100, kumishning 90, oltinning 20 foizini yetkazib beradi. Kombinat tarkibida 2 ta qazib olish korxonasi, 2 ta boyitish fabrikasi va 2 ta metallurgiya zavodi faoliyat ko’rsatmoqda. Bundan tashqari kombinat molibden, rux va boshqa rangli metallar ishlab chiqarish quvvatiga ega. Kombinatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning yillik qiymati 300 mln AQSh dollari miqdoriga teng.
Volfram Chirchiq shahrida joylashgan O’zbekiston yengil va o’tga chidamli mahsulotlar kombinatida ishlab chiqariladi.
Mashinasozlik sanoatining dastlabki korxonalari o’tgan asrning 20 yillarda shakllandi. Xususan, 1927 yilda Toshkent mexanika zavodi (hozirgi «Qishloqmash») ishga tushiriladi. Unda paxta tozalash zavodlari uchun asmavzu uskunalar ishlab chiqariladi. 1932 yil Ekskavator zavodi, «Kommunar» (Andijon) «Kolxozchi» (Samarqand), «Bolshevik» (Qo’qon) zavodlari ishga tushirildi.
Qishloq xo’jaligi mashinasozligi mahalliy ehtiyoj uchun mashina, asmavzu uskuna va jihozlar yetkazib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |