3. Mintaqalarda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish yo’nalishlari
Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo’yicha muhim vazifalarni bajarish iqtisodiy siyosatimizning hal qiluvchi yo’nalishi sifatida katta o’rin egallaydi. Barchamiz bir o’tkir haqiqatni yaxshi anglab olmoqdamiz. Jahon bozorida raqobat tobora keskinlashib borayotgan hozirgi sharoitda mavjud korxonalarni rekonstruktsiya qilmasdan, zamonaviy, ilg’or va yuksak texnologik uskunalar bilan jihozlangan korxonalar tashkil etmay, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni muntazam yangilamay turib iqtisodiyotimiz yuksaltirishni ta’minlash mumkin emas.
«Lokomotiv tarmoqlar» - kimyo, qora metallurgiya, rangli metallurgiya korxonalarining, avtomobil, yengil hamda charm sanoati va b.ning istiqbolli rejalari ishlab chiqildi hamda tasdiqlandi. Bundan ko’zlangan maqsad - eksportni kengaytirish hamda ishlab chiqarishni lokalizatsiya qilish ayniqsa, korxonalarni energiyani iqtisod qiluvchi yangi texnologiya va mahsulot turlariga o’tishga yo’naltirilgan yengil sanoatni modernizatsiya qilish jadal amalga oshirildi.
Sanoatning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, xom-ashyo va yarim tayyor mahsulotlarni qayta ishlashning zamonaviy
texnologiyalarini joriy etish hisobiga qayta ishlash sanoatining ulushi 73,8 foizdan (2010 yil) 80,3 foizga (2018 yil) o’sdi.
Sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida yuqori qo’shimcha qiymat bilan mahsulot ishlab chiqarish hajmi oziq-ovqat, tekstil, kimyo, farmatsevtika preparatlari sohalarida o’sdi. Faqat o’tgan yilning o’zida, o’tgan yilga nisbatan mahsulot ishlab chiqarish hajmining o’sishi, qayta ishlash sanoatida – 6,4 foizni, shu jumladan, asosiy farmatsevtika mahsulotlari va preparatlar ishlab chiqarish bo’yicha – 40,3, kimyo mahsulotlari, rezina va plastmassa buyumlar – 34,4, boshqa nometall mineral mahsulotlar – 20,9, oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar, tamaki mahsulotlari – 10,8, to’qimachilik mahsulotlari, kiyim-kechaklar, charm
mahsulotlari ishlab chiqarish bo’yicha – 9,0 foizni tashkil etdi.
Tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishga ixtisoslashuv ishlab chiqarish hajmlarining o’sishi bo’yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi, korxonalarning ishlab chiqarish faoliyati uchun zarur bo’lgan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni o’sishining va import tovarlari qisqarishining omillaridan biri hisoblanadi.
Mashinasozlik mahsulotlarini ishlab chiqarish o’tgan yili erishilgan darajaga nisbatan 29,5 foizga oshdi. Rivojlanishning jadal sur’atlari avtomobil sohasida kuzatildi (30.3%). Bu avtomobil ishlab chiqarishning jismoniy hajmining oshishi natijasidir (23,6 %). Ham ichki bozorda, ham tashqi bozorda yuqori talabga ega markalar ishlab chiqarilishi ortdi: bu «Matiz» avtomobili ( 28,8 %), «Damas» (32,5 %), «Lasetti» (194,6 %). Mamlakatimiz avtomobilsozlik sohasi rivojida yanada takomillashgan tavsifga ega assortimentdagi mahsulotlarning ishlab chiqarilishining kengayishi muhim qadam bo’ldi.
Iste’mol bozoridagi tanqislik tufayli sanoat tarmoqlari ilgarigiga nisbatan keng ko’lamda xalq iste’moli mollari ishlab chiqarishga yo’naltirilmoqda hamda xususiylashtirilmoqda. Iste’mol mollarini ko’plab ishlab chiqarish, ayniqsa, chetga xomashyo emas, balki tayyor mahsulot chiqarish hamda qayta ishlash tarmoqlarini rivojlantirish nafaqat sanoat ishlab chiqarishining ahamiyatini oshiradi, balki jahon bozorida O’zbekiston iqtisodiyotiga bo’lgan ishonchni ham mustahkamlaydi.
2015-2019 yillarda O’zbekistonda mintaqalar sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishning ustivor yo’nalishlari quyidagilar:
Resurs tejaydigan bug’-gaz qurilmasi va quyosh energiyasidan foydalanish.
Neft-gaz va neft-kimyo sanoatida tabiiy gaz va gaz kondensatini chuqur qayta ishlash.
Kimyo sanoatida ishlab chiqarish va eksportni murakkab mineral o’g’itlar, polimyerlar, sintetik kauchuk, metanol va keng turdagi maishiy-kimyo tovarlari ishlab chiqarish.
Texnologik yetakchi korxonalar bilan hamkorlikda import o’rnini bosadigan qishloq xo’jaligi texnikasi, yuk avtomobillari hamda butlovchi qismlar ishlab chiqarish.
Mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash asosida ichki va jahon bozorida xaridorgir bo’lgan raqobatbardosh tayyor mahsulotlar hamda yarim fabrikatlar, jumladan, bo’yalgan ip, mato, ishlov berilgan teri, trikotaj, tikuvchilik, poyabzal va attorlik-charm buyumlari ishlab chiqarish hisobidan to’qimachilik hamda charm-poyabzal sanoati tuzilmasini yanada yaxshilash.
Elektr texnika uskunalari tayyorlash bo’yicha yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni jadal rivojlantirish va o’zlashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari uchun uskuna va ehtiyot qismlar ishlab chiqarish bo’yicha yangi korxonalar tashkil etish.
Jahondagi yetakchi kompaniyalarning litsenziya va patentlari asosida farmatsevtika sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi va turini kengaytirish, mahalliy ishlanmalar hamda xomashyo asosida tibbiyot preparatlari ishlab chiqarishni ko’paytirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |