Konserva sanoati. Tarmoq korxonalari hozir asosan
«O’zmevasabzavotuzumsanoatxolding» kompaniyasi tarkibiga kiradi. Korserva mahsulotlari ishlab chiqarishda «O’zbekbirlashuv»ning ulushi ham salmoqli. Mamlakatimizda har yili 16 million tonnaga yaqin meva va sabzavot yetishtirilmoqda. Aholi jon boshiga qariyb 300 kilogramm sabzavot va 44 kilogramm uzum to’g’ri kelmoqda. Bu optimal, ya’ni maqbul deb hisoblanadigan iste’mol me’yoridan uch barobar ko’pdir. Shu bois ularni sanoat ususlida qayta ishlash lozim. Tizimda 28 ta konserva zavodi bor.
Konserva mahsulotlari Polsha, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Malayziya kabi mamlakatlarga eksport qilinadi. Respublika sanoati korxonalari yiliga 12 mlrd shartli banka mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega.
2. Strategik ahamiyatga ega tarmoqlarning milliy va mintaqaviy iqtisodiyotdagi roli.
O’zbekiston sanoati ayni vaqtda o’z tarmoqlari va boshqa ijtimoiy tarmoqlar uchun moddiy-texnik vositalar hamda xalq ehtiyojiga kerak bo’ladigan mahsulotlarni ham uzluksiz tayyorlab bermoqda. Shu boisdan ham sanoat ishlab chiqarishi darajasi va samaradorligining o’sishini ta’minlash lozim. Chunki sanoat ishlab chiqarishi darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, respublikamizning iqtisodiy poydevori shuncha mustahkam, aholining turmush sharoiti ham shuncha yaxshi bo’ladi.
Sanoat tarmoqlarini isloh qilish, tarkibiy o’zgartirish va diversifikatsiyalash dasturlarining amalga oshirilishi, moddiy-texnika bazasini mustahkamlanishi, respublika sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishiga zamin yaratdi. 1995 yilda sanoat ishlab chiqarishning hajmi 1990 yilga nisbatan 0,2 foizga kamayganiga
2018 yilda esa 1995 yilga nisbatan 4,6 martaga oshdi.
Sanoat tarmoqlari faoliyatiga baho berganda, sohalardagi iqtisodiy o’sish ko’rsatkichlari bilan birga, ulardagi rentabellik ko’rsatkichlari ham tahlil qilinadi.
hajmida hududlarning ulushi
(jamiga nisbatan foizda, 2018 y.)
Ayrim tarmoqlar davlat tomonidan hayotiy muhim investitsion va iste’mol tovarlari ishlab chiqarishdagi ahamiyatidan kelib chiqib qo’llab-quvvatlanadi. Bozor mexanizmi esa qaysi tarmoqlar tezroq rivojlanishi mumkinligini belgilab bermoqda. Har ikki holat ham oxir oqibatda sanoat ishlab chiqarishining hududiy tarkibini namoyon qiladi. Masalan, respublikaning jami sanoat ishlab chiqarilishi hajmi asosan Toshkent shahri (21,0%), Toshkent (15,1%), Navoiy (9,5%),
Qashqadaryo (8,6%), Farg’ona (7,2%), Andijon (7,1%) va Samarqand (6,7%) viloyatlari hisobidan shakllangan bo’lib, juda katta bo’lmagan ulushi esa Jizzax (1,8%), Surxondaryo (2,0%) va Xorazm (2,5%) viloyatlariga to’g’ri kelmoqda. hajmida (jamiga nisbatan foizda, 2017 y.)3
Mintaqalar kesimida sanoat ishlab chiqarishning aholi jon boshiga hajmi Navoiy viloyatiga (11395 ming so’m), Toshkent shahriga (9761 ming so’m), Toshkent (5998 ming so’m), Sirdaryo (4421 ming so’m) va Qashqadaryo (3151 ming so’m) viloyatlariga to’g’ri keladi. Aholi jon boshiga sanoat ishlab chiqarishning eng past hajmi esa Surxandaryo (903 ming so’m) va Namangan
(1323 ming so’m) viloyatlarida kuzatilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |