6-mavzu. Merkantilizm iqtisodiy ta’limotining mohiyati va ahamiyati reja



Download 268,95 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana13.03.2022
Hajmi268,95 Kb.
#492390
  1   2   3   4   5
Bog'liq
6-мавзу



Zar qadrini zargar bilar.
Maqol. 
6-MAVZU. MERKANTILIZM IQTISODIY TA’LIMOTINING MOHIYATI VA 
AHAMIYATI 
 
Reja: 
6.1. Merkantilizm vujudga kelishining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari 
6.2. Merkantilizm iqtisodiy ta'limotining mohiyati 
6.3. Merkantilizm iqtisodiy ta'limotining tarixiy taqdiri 
6.4. Merkantilizm va hozirgi zamon 
Asosiy tushuncha va iboralar: 
Merkantilizm; monetarizm; manufaktura; savdo 
kapitalining asosiy tamoyili; kolbertizm; kameralistika; proteksionizm; "siyosiy iqtisod"; aktiv 
savdo balansi. 
 
6.1. Merkantilizm vujudga kelishining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari 
 
Avvalgi davrdagi iqtisodiy g`oyalarda natural xo`jalik munosabatlariga oid fikrlar 
ustunlik qilgan. Yangi bozor munosabatlari shakllanishi tufayli, shunga oid iqtisodiy ta'limot 
paydo bo`ldi, bu merkantilizm ta'limotidir. 
"Merkantilizm" iborasi birinchi bo`lib Adam Smitning asarlarida o`z ifodasini topdi. 
Lug’aviy ma'nosiga ko`ra, bu so`z italyancha bo`lib, savdogar mazmuniga ega. Bu so`z yangi 
ta'limotning mazmun va mohiyatini o`zida aks ettiradi. 
Uzoq yillar davomida boylikning, xalq moddiy farovonligining asosi mehnat, yer, 
dehqonchilik va chorvachilik, hunarmandchilikda deb kelinar edi, biz buni yuqorida ko`rdik. 
Lekin XV asrga kelib ahvol keskin o`zgardi. Bu ta'limotning kelib chiqishiga bir qancha sotsial-
iqtisodiy sabablar turtki bo`ldi. Avvalo, feodal tuzumning yemirilishi, tovar-pul 
munosabatlarining o`sishi, fan va madaniyatning rivoji, ayniqsa, yangi yerlarning ochilishi, 
buyuk geografik kashfiyotlar, mustamlakachilik tizimining paydo bo`lishi, ayniqsa savdo-
sotiqning rivojiga turtki bo`ldi. Noekvivalent savdo tufayli metropoliya koloniyalar hisobiga 
beqiyos boyidi. Ana shu o`zgarishlarni asoslab beruvchi iqtisodiy ta'limot - merkantilizm yuzaga 
keldi va muomala sohasini o`rganish bilan shug`ullandi. Merkantilizm sinfiy jihatdan savdo 
kapitalini himoya qildi. Shu davrga kelib Yevropada oltin va kumush qahatchiligi boshlandi. 
Hindistonda nodir metallar ko`p, degan mish-mishlar va u yerdagi mavjud ziravorlar insonlarni 
yangi yerlar ochish, yangi boylik makonlarini izlab topishga otlantirdi. 
Pul vazifasini bajargan nodir metallar (hali qog`oz pul yo`q), ularning ohangrabo kuch-
qudrati hammani oyoqqa turg`azdi, insonni o`ylashga, ixtirolar qilishga, harakatga undadi. 
Oqibatda, suvda kemalar orqali xavfli yo`lga otlanish taraddudi boshlandi, xaritalar tuzildi, 
kompas kashf etildi, kerakli odamlar, asbob-anjom, suv, oziq-ovqat, qurol-yarog` to`plandi. 
Merkantilistik siyosat ham ishlab chiqildi. Uning bosh vazifasi davlatga ko`proq oltin 
va kumush keltirish, deb aniqlandi. Bu davrda pul sifatida qimmatbaho metallar - oltin va 
kumush ishlatilgan, shu sababli oltin va kumush zahiralarini ko`paytirish borasida ma'lum 
iqtisodiy siyosatlar ishlab chiqarildi. 
1492 yilda portugaliyalik Xristofor Kolumb uchta kemasi bilan tasodif tufayli Amerika 
qit'asini ochdi (u o`zini Hindistondaman deb o`ylagan, shuning uchun qit'a nomi boshqa 
dengizchi - Amerigo Vespuchchiga nasib etdi, tarixning bu xatosini to`g`rilash uchun bu 
qit'adagi bir davlatga Kolumbiya nomi berildi). Ammo Amerika ko`pchilik o`ylaganidek oltin-


kumushga unchalik boy emas ekan. Hindistonni qidirish yana davom etdi va 1498 yilda Vasko 
da Gama tomonidan ko`pchilik intizorlik bilan kutgan bu diyorga yo`l ochildi. Boshqa dengizchi 
Magellanning butun dunyo bo`ylab qilgan sayohati tufayli yangi yer, orollar kashf etildi, ular 
qisqa vaqt ichida Yevropa davlatlarining mustamlakasiga aylantirildi, u yerlarda oltin-kumush 
konlari ochildi, yangi xom ashyo, ekin, hayvon turlari ochildi, ularning Yevropaga kirishi 
boshlandi (paxta, makkajo`xori, tamaki, kofe, kakao). Yevropadagi davlatlar o`rtasida 
(Portugaliya, Ispaniya, Niderlandiya-Gollandiya, Fransiya va Angliya) o`rtasida kurash ham 
qizidi. 
Shakllanib kelayotgan yangi iqtisodiy munosabatlarning rivo-ji uchun muhim moddiy 
turtki paydo bo`ldi. Kapitalizmning shakllanishi va rivoji uchun kapitalning dastlabki 
jamg`arilish jarayoni kuchaydi, unga qulay imkoniyat yaratildi. Ayniqsa, savdo rivoj topdi, bosib 
olingan yerlardagi arzon-garov xom ashyolar Yevropaga oqib kela boshladi, bu yerda 
tayyorlangan tayyor mahsulotlar esa u yerlarga olib borib sotildi. Savdo kapitalining roli beqiyos 
o`sdi. Tarixan esa bu kapital umuman kapitalning dastlabki shakli bo`lib qoldi. Undan esa sanoat 
kapitali ajralib chiqdi. 

Download 268,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish