19-mavzu. Merkantilizm.
1. Merkantilizm vujudga kelishining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari.
2. Merkantilizm iqtisodiy ta
’limotining mohiyati.
3. Merkantilizm iqtisodiy ta
’limotining tarixiy g‘oyalari.
4. Merkantilizm va hozirgi zamon.
1. Merkantilizm vujudga kelishining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari
Avvalgi davrdagi iqtisodiy
g‘oyalarda natural xo‘jalik munosabatlariga
oid fikrlar ustunlik qilgan. Yangi bozor munosabatlari
shakllanishi tufayli,
shunga oid iqtisodiy ta
’limot paydo bo‘ldi, bu merkantilizm ta’limotidir.
«Merkantilizm» iborasi birinchi bo‘lib Adam Smitning asarlarida o‘z
ifodasini topdi. Lu
g‘aviy ma’nosiga ko‘ra bu so‘z italyancha bo‘lib,
savdogar
mazmuniga ega. Bu s
o‘z yangi ta’limotning mazmun va
mohiyatini
o‘zida aks ettiradi.
Uzoq yillar davomida boylikning, xalq moddiy farovonligining asosi
mehnat, yer, dehqonchilik va chorvachilik, hunarmandchilikda deb kelinar
edi, biz buni yuqorida k
o‘rdik. Lekin XV asrga kelib ahvol keskin o‘zgardi.
Bu ta
’limotning kelib chiqishiga bir qancha sotsial-iqtisodiy
sabablar turtki
b
o‘ldi. Avvalo feodal tuzumning yemirilishi, tovar-pul munosabatlarining
o‘sishi, fan va madaniyatning rivoji, ayniqsa, yangi yerlarning ochilishi,
buyuk geografik kashfiyotlar, mustamlakachilik tizimining paydo b
o‘lishi,
ayniqsa savdo-sotiqning
rivojiga turtki b
o‘ldi. Noekvivalent savdo tufayli
metropoliya koloniyalar hisobiga beqiyos boyidi. Ana shu
o‘zgarishlarni
asoslab beruvchi iqtisodiy ta
’limot - merkantilizm yuzaga keldi va muomala
sohasini
o‘rganish bilan shug‘ullandi. Merkantilizm sinfiy jihatdan savdo
kapitalini himoya qildi. Shu davrga kelib evropada oltin va kumush
qahatchiligi boshlandi. Hindistonda nodir metallar k
o‘p, degan mish-mishlar
va u yerdagi mavjud ziravorlar insonlarni yangi yerlar ochish, yangi boylik
makonlarini izlab topishga otlantirdi.
Pul vazifasini bajargan nodir metallar (hali qo
g‘oz pul yo‘q), ularning
ohangrabo kuch-qudrati
hammani oyoqqa tur
g‘azdi, insonni o‘ylashga,
ixtirolar qilishga, harakatga undadi. Oqibatda, suvda kemalar orqali xavfli
y
o‘lga otlanish taraddudi boshlandi, xaritalar tuzildi, kompas kashf etildi,
kerakli odamlar, asbob-anjom, suv, oziq-ovqat, qurol-yaro
g‘ to‘plandi.
Merkantilistik siyosat ham ishlab chiqildi.
Uning bosh vazifasi
davlatga k
o‘proq oltin va kumush keltirish deb aniqlandi. Bu davrda pul
sifatida qimmatbaho metallar - oltin va kumush ishlatilgan, shu sababli oltin
va kumush zahiralarini k
o‘paytirish borasida ma’lum iqtisodiy siyosatlar
ishlab chiqarildi.
1492 yilda portugaliyalik Xristofor Kolumb uchta kemasi bilan tasodif
tufayli Amerika qit
’asini ochdi (u o‘zini Hindistondaman deb o‘ylagan,
shuning uchun qit
’a nomi boshqa dengizchi - Amerigo Vespuchchiga nasib
etdi, tarixning bu xatosini t
o‘g‘rilash uchun bu qit’adagi bir davlatga
Kolumbiya nomi berildi).
Ammo Amerika k
o‘pchilik o‘ylaganidek oltin-
kumushga unchalik boy emas ekan. Hindistonni qidirish yana davom etdi
va 1498 yilda Vasko da Gama tomonidan k
o‘pchilik intizorlik bilan kutgan
bu diyorga y
o‘l ochildi. Boshqa dengizchi Magellanning butun dunyo
b
o‘ylab qilgan sayohati tufayli yangi yer, orollar kashf etildi, ular qisqa vaqt
ichida Yevropa davlatlarining
mustamlakasiga aylantirildi, u yerlarda oltin-
kumush konlari ochildi, yangi xom ashyo, ekin, hayvon turlari ochildi,
ularning Yevropaga kirishi boshlandi (paxta, makkaj
o‘xori, tamaki, kofe,
kakao).
Yevropadagi
davlatlar
o‘rtasida
(Portugaliya,
Ispaniya,
Niderlandiya-Gollandiya, Fransiya va Angliya)
o‘rtasida kurash ham qizidi.
Shakllanib kelayotgan yangi iqtisodiy munosabatlarning rivoji uchun
muhim
moddiy turtki paydo b
o‘ldi. Kapitalizmning shakllanishi va rivoji
uchun kapitalning dastlabki jam
g‘arilish jarayoni kuchaydi, unga qulay
imkoniyat yaratildi. Ayniqsa savdo rivoj topdi, bosib olingan yerlardagi
arzon-garov xom ashyolar
Yevropaga oqib kela boshladi, bu yerda
tayyorlangan tayyor mahsulotlar esa u yerlarga olib borib sotildi. Savdo
kapitalining roli beqiyos
o‘sdi. Tarixan esa bu kapital umuman kapitalning
dastlabki shakli b
o‘lib qoldi. Undan esa sanoat kapitali ajralib chiqdi.