19-mavzu. Merkantilizm


’limotining tarixiy taqdiri



Download 478,45 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana06.07.2022
Hajmi478,45 Kb.
#746490
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
19-merkantilizm

’limotining tarixiy taqdiri 
XVIII asrning oxirida merkantilizm iqtisodiy ta
’limot yo‘nalishi sifatida 
tarix sahnasidan tushdi. Sanoat inqilobi (t
o‘ntarishi) sharoitida bu ta’limot va 
unga asoslangan siyosat hayot talabiga javob bermay q
o‘ydi. Xo‘sh, bu 
ta
’limot nega tarix sinovidan o‘ta olmadi, uning «bo‘sh joylari» nimalardan 
iborat?
Bu ta
’limotning xatolarini klassik maktab vakillari, hatto ayrim 
merkantilistlar ham tan olgan. A.Smitning fikricha, bu 
«bizning savdogar va 
sanoatchilar tomonidan sotqin parlamentga 
o‘tkazilgan proteksionistik 
anglashilmovchilikning qorishmasidan iborat va boylik bu pulga egalik bilan 
bo
g‘liq eng oddiy tushunchadan iborat. Agar o‘z boyligini oshiraman desa, 
har bir individ kabi davlat ham olayotganidan kam sarflashi kerak. Iste
’mol 
etilganidan tashqari qaysi moddiy shaklda b
o‘ladi? Oddiyroq aytganda, 
daromad va buromadning farqi nimada ifodalanadi? Merkantilistlar uni 
mustahkam pul yoki oltin, zeb-ziynatlardan iborat deb bilganlar. Pul va 
kapital 
o‘rtasida tenglik qo‘yilishi xato edi. Shuningdek, savdo balansining 
aktiv 
saldosi 
bilan 
yillik 
foydaning 
iste
’moldan ortiqchasi ham 
tenglashtirilgan. A.Smit va uning izdoshlari bu ta
’limotning xatolarini 
shunday izohlaydilar.
O
’sha davrdagi (va hozirgi) olimlarning fikricha, mamlakat boyligi oltin 
va kumush zahiralaridangina iborat b
o‘lmay, yer, qurilish va boshqa ko‘plab 
iste
’mol mollaridan iboratdir. Masalan, V.Petti Angliyaning XVIII asr 
oxiridagi pul miqdoriga baho berib, bu pullar barcha mulkning 3 foizidan 
kamroq ekanligini isbotlab berdi.
Aktiv savdo balansi faqat vaqtincha samara beradi. 1630 yilda 
T.Manni 
o‘zi ham mamlakatga qimmatbaho metallarning oqib kelishi ichki 
baholar k
o‘tarilishiga olib kelishini va «qimmatroq sotish, arzonroq olish» 


doktrinasi mamlakatning 
o‘ziga qarshi ekanligini tushundi. 
Taniqli ingliz iqtisodchilari - R.Kantilon (1680-1734) va D.Yum (1711-
1776) ham merkantilistlar 
g‘oyasining noto‘g‘ri ekanligini isbotlab berdilar. 
Sof avtomatik mexanizmlar savdo qilayotgan davlatlar 
o‘rtasidagi «pul 
metallarining tabiiy taqsimlanishi
»ga va ichki baholar darajasining shunday 
o‘rnatilishiga olib keladiki, har bir mamlakat eksporti uning importiga teng 
b
o‘ladi. Alohida mamlakatda har bir qo‘shimcha oltin qazib olish hajmlari 
boshqa mamlakatlarga nisbatan ichki baholar darajasini oshiradi. 
Importning eksportdan ortiqligi oqibatida oltinning oqib ketishi bilan 
qoplanishi kerak. Bu jarayon savdo qilayotgan barcha davlatlarda eksport 
va import 
o‘rtasida oltinga yuqoriroq talabga mos bo‘lgan yangi tenglik 
paydo b
o‘lguncha davom etadi. Tashqi savdo va oltin, tutash idishlardagi 
suv bir sathda b
o‘lishga intilgani kabi, aktiv savdo balansi ortidan quvish 
o‘z-o‘zini inkor etadi.
1690 yil Jon Lokk baholarning muomaladagi pulning miqdoriga 
ma
’lum proporsiyada o‘zgarishini aniq ko‘rsatib berdi. Lekin import kapital 
k
o‘proq qo‘llaniladigan xom ashyo va yarim fabrikatlardan, eksport va 
mehnat intensiv q
o‘llaniladigan oxirgi mahsulotdan bo‘lishi umumiy qoida 
sifatida qabul qilingan, chunki mehnatning sof eksporti mamlakat ichida 
aholini ish bilan bandligini q
o‘llaydi va chet el manbalaridan foydani 
k
o‘paytiradi. Merkantilistlar o‘zlarining yuqoridagi yaxshi ma’lum g‘oyalariga 
harbiy va strategik sohani hamda hali mustahkam oyoqqa turmagan 
sanoatni himoya qilish kerakligini ham q
o‘shadilar.
Shunday qilib, klassik iqtisodiy maktab vakillari (V.Petti, P.Buagilber, 
A.Smit va boshqalar) merkantilizmni qattiq tanqid ostiga oldilar va bu hukm 
asrlar davomida saqlanib keldi. Merkantilizmning 
g‘oyalarini amalda joriy 
qilish qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi Jon Lo tarixiy tajribasi 
misolida ibratlidir. Shuning uchun bu haqda t
o‘laroq to‘xtalamiz.
«Pul savdoni rag‘batlantiradi» doktrinasini eng yuqori darajaga 
k
o‘targan qog‘oz pul merkantilisti Jon Lo (1671-1729)ning g‘oyalari va 
faoliyati diqqatga sazovordir (ba
’zi manbalarda Lou). Uning «Pul va savdo 
tahlili
» (1705y.) asaridagi tub g‘oya baholarda foyda hissasini oshirishga va 
«pulning ko‘payishi hozirgi o‘ziga to‘q odamlarni tadbirkorlikka jalb etadi» 
degan fikr asosiga q
o‘yiladi. Uning hayoti to‘g‘risida «Inflyatsiya otasi», 
«Kredit sehrgari», «Bankir Loning g‘aroyib hayoti» kabi turli kitoblar chop 
etildi.
X
o‘sh, nega bu insonning hayoti va ayniqsa faoliyati barchani 
qiziqtirib qoldi?
Jon Lo Shotlandiyaning Edinburg shahrida zargar oilasida tu
g‘ildi, 
uning otasi pullarni foiz hisobiga qarzga berar edi. Lo qisqa vaqt ichida 
boyib ketdi, Londonga j
o‘nadi. U 1694 yil duelda odam o‘ldirdi, sud bu 
duelni noqonuniy deb topdi va uning 
o‘zini o‘limga hukm etdi. Harakati 
tufayli qirol Vilgelm III uni avf etdi, ammo unga qarshi yangi sud jarayoni 
boshlandi. Shundan s
o‘ng Lo qamoqdan qochib, Gollandiyaga boradi. 
Ammo Lo uch yil Londonda b
o‘lgan vaqtida bank ishini yaxshi o‘rganadi, 


1694 yilda birinchi bank yuzaga keldi. Uning fikricha, bu hodisani 
«Hindistonning ochilishi» bilan tenglashtirish mumkin edi. 
O
’sha davrda kredit kuchi Lo timsolida o‘zining muxlisi, shoiri va 
bashoratchisiga ega b
o‘ldi. U Amsterdamda o‘sha yillari eng yirik bo‘lgan 
bankning faoliyatini chuqur 
o‘rgandi. 1699 yilda u Parijda paydo bo‘ldi, u 
yerdan esa Italiyaga bordi. Yangi tipdagi bank ochish orzusi 1704 yilda uni 
o‘z vataniga olib keladi. Shotlandiya og‘ir iqtisodiy ahvolda, savdoda 
tur
g‘unlik, shaharlarda ishsizlik, tadbirkorlik ruhi keskin pasaygan, ana 
shunday sharoitda u 
o‘zining kitobini (1705y.) yaratdi. U hech qanday 
nazariyotchi emas edi, uning asosiy iqtisodiy qiziqishlari pul va kredit 
muomalalariga tegishli edi, xolos. Lekin u 
o‘z loyihasidagi g‘oyalari bilan 
iqtisodiyot fanida muhim rol 
o‘ynadi.
Sen-Simon unga baho berib
, «tizim, ya’ni o‘z davri odami», 
b
o‘lganligini bir necha bor qayd etdi. Lo o‘z loyihasini keng targ‘ib etdi va 
muhimi uni amalga oshira boshladi.
Loning 
g‘oyasi quyidagilardan iborat bo‘lgan: uningcha, iqtisodiy 
ravnaqning kaliti mamlakatda pul m
o‘l-ko‘lligidir. U pulning o‘zini boylik deb 
hisoblamagan, tovarlar, korxonalar va savdo haqiqiy boylikdir (bu fikrni sof 
merkantilistlar fikri bilan solishtiring). Ammo pulning k
o‘pligi, uningcha 
yerdan, ishchi kuchidan, tadbirkor mahoratlaridan t
o‘la foydalanishni 
ta
’minlaydi. U shunday yozadi: «Ichki savdo odamlarining ish bilan bandligi 
va tovarlar almashuvidir...Ichki savdo pulga bo
g‘liq. Pulning ko‘pligi ko‘p 
odamlarni ish bilan band etadi
...»
Ammo Jon Lo avvalgi merkantilistlardan sezilarli farq qiladi. U 
iqtisodiy rivojlanish omilini muomala sohasida izlasa ham, metall pullarni 
sharaflamaydi, aksincha ularni tanqid qiladi. 200 yildan s
o‘ng J.M.Keyns 
oltin pullarni 
«varvarlarning qoldig‘i» deb ataydi, xuddi shularni Lo ham 
aytishi mumkin. Loning fikricha, pullar metalldan emas, balki x
o‘jalik talabi 
asosida banklar tomonidan chiqariladigan kreditdan iborat b
o‘lmog‘i kerak, 
ya
’ni qog‘oz pullarga ustunlik beriladi. Banklardan foydalanib, pul miqdorini 
o‘stirish hozirgacha qo‘llanilgan eng yaxshi usuldir. Lo tizimida yana ikki 
tamoyil muhim 
o‘rinni egallaydi. Birinchidan, u banklar uchun kredit 
ekspansiyasi 
siyosatini, 
ya
’ni bankda saqlanayotgan metall pul 
zahiralaridan k
o‘p marta ortiq ssuda berish huquqini ko‘zda tutgan. 
Ikkinchidan, u banklarning davlat ixtiyorida b
o‘lishi va davlatning iqtisodiy 
siyosatni 
o‘tkazishini talab etgan. Buni misolda ko‘rsatadigan bo‘lsak, bank 
aktivida oltin hisobida 2 mln funt sterling mabla
g‘ mavjud, ssudalar 10 mln 
funt sterling, aktiv summasi 12 mln funt sterling, passivda esa xususiy 
kapital 1 mln funt sterling, q
o‘yilmalar 1 mln funt sterling, banknotlar 10 mln 
funt sterling. Tur
g‘un bankda bunday hodisa bo‘lmaydi, ssuda va banknot 
summasi zaxiraga yaqin b
o‘lishi kerak. Shu sababli bunday bank katta 
xavotir, tavakkalchilik bilan ish yuritadi. Agar banknot egalari zaxiradan 
ortiq, masalan 3 mln funt sterlingni almashtirish uchun olib kelsa, bankning 
holi nima kechadi? Bank bu holda sovun k
o‘pigi kabi yorilib ketadi, 
t
o‘lovlarni tugatadi. Ammo Lo buni o‘rinli va zaruriy tavakkalchilik deb 


hisoblaydi. Uningcha, agar banklar ma
’lum davr to‘lovlarini to‘xtatsa, bu 
katta xavf emas emish. Bu usul bilan banklar ssuda miqdorini keskin 
oshirish va muomala doirasini t
o‘ldirish imkoniga ega bo‘ldi. Kredit 
kapitalistik ishlab chiqarishda, uning rivojida muhimdir. Lo birinchilardan 
b
o‘lib buni tushunib etdi. Ammo bu tamoyilda bank tizimi 
mustahkamlanganligida katta xavf bor, bank foydani k
o‘proq olish 
maqsadida 
o‘z ssudalarini oshirib yuboradi. Bundan banklar bankroti va 
iqtisodiyotga katta ziyon yetishi xavfi tu
g‘iladi. Bu xavfning yana bir jihati 
shuki, banklarning bu xususiyati davlat tomonidan suiste
’mol qilinishi 
mumkin. Agar banklar x
o‘jaliklarning haqiqiy talablarini qondirish uchun 
emas, balki davlat budjeti kamomadini t
o‘ldirish uchun banknotlar 
chiqarishni y
o‘lga qo‘ysa nima bo‘ladi? Bu davrda hali «inflyatsiya» so‘zi 
kashf etilmasa-da, u Lo banki va shu bank ishlayotgan mamlakat uchun 
xavf soladi.
Jon Lo banklarning ijobiy, ustunlik tomonlarini k
o‘ra bildi, ammo uning 
salbiy holati, b
o‘lajak xavfni yo ko‘rishni istamadi, yoki uni tushunib etmadi. 
Bu Lo tizimining bosh amaliy, nozik xavfi edi va u oxir-oqibatda unga zarba 
berdi. Nazariy jihatdan Lo katta xatoga y
o‘l qo‘ydi. U pul va kreditni kapital 
bilan aynan bir deb 
o‘yladi. U xato ravishda ssuda va pul chiqarishni 
kengaytirish bilan bank kapitalini yaratdi hamda shu bilan boylik va ish bilan 
bandlik ortadi deb 
o‘yladi. U olib borgan kredit operatsiyalari moliyaviy 
avantyurizm b
o‘lib chiqdi.
Shotlandiya parlamenti Jon Loning bank tuzish loyihasini rad etdi. 
Angliya hukumati uning avvalgi gunohidan (duelda odam 
o‘ldirganligini) 
kechmadi, oqibatda Lo yana kontinentga ketishga majbur b
o‘ldi, u 
hayotining asosiy qismini chayqovchilik, turli qimorlarda ishtirok etish bilan 
o‘tkaza boshladi. U o‘z loyihasini Parijda amalga oshirishga erishdi. 
Fransiyaning iqtisodi o
g‘ir ahvolda, davlat xazinasi bo‘m-bo‘sh edi. 1715 
yilda qirol Lyudovik XIV olamdan 
o‘tdi, 
regent
gersog Filipp Orlean
skiy
(odingi qirolning jiyani) Lo loyihasini qabul qildi, ammo oddiy emas, xususiy 
aksionerlik banki tuzildi. Amalda bu k
o‘zbo‘yamachilik edi. Boshdanoq bank 
davlat bilan chambarchas bo
g‘liq edi. 1716 yilning mayida tuzilgan bank 
nihoyatda katta yutuqqa erishdi, iqtidorli ma
’mur, usta ishbilarmon, mohir 
siyosatchi va diplomat b
o‘lgan Lo 
regent
yordamida mamlakatdagi barcha 
pul krediti tizimini ishonch bilan egalladi. K
o‘p sonli bank banknotlari ustalik 
bilan tartibga solib turildi va iste
’molga keng kiritib borildi, ular hatto haqiqiy 
chaqalardan ham ustun b
o‘lib qoldi. Parijdagi sudxo‘rlarga nisbatan ssuda 
foizi ancha imtiyozli edi va ongli ravishda sanoat va savdoga y
o‘naltirildi. 
Xalq x
o‘jaligida sezilarli jonlanish boshlandi. 
Lo vatanparvar b
o‘lgan emas. U o‘z g‘oyasining jonkuyari edi. U 
o‘zining g‘oyasi ko‘p yerda o‘tmagach, Fransiyada shu imkoniyat paydo 
b
o‘ldi. Lo Fransiya fuqaroligiga o‘tdi, hatto doimiy e’tiqodini o‘zgartirib, 
katolik dinini qabul qildi. U 
o‘z g‘oyasini nihoyatda sevgan, ishongan, unga 
puli va vujudini t
o‘laligicha bag‘ishlagan. Jon Lo moliya tizimida mustahkam 
tartib 
o‘rnatish, qishloq xo‘jaligi, sanoat va savdoni jonlantirish, qo‘llab-


quvvatlash va rivojlantirish bosh vaziri qilib belgilandi.
Lo 1717 yilda Fransiyaning 
Missisipi
daryosi havzasidagi yerlarda 
katta kompaniya tuzdi, bu kompaniya 1719 yilda qirol bankiga aylangan 
bank bilan hamkorlikda ish yuritdi. Bu Jon Loning ikkinchi 
«buyuk g‘oyasi», 
kapitalni markazlashtirish va assotsiatsiyalash 
g‘oyasi edi. U bu sohada 
ham 
o‘ziga xos bashoratchi bo‘lib chiqdi. Agar G’arbiy Yevropa va 
Amerikada aksionerlik jamiyatlari faqatgina XIX asrning 
o‘rtalarida tuzilgan 
b
o‘lsa (hozir hamma yerda), Lo bu ishni XVIII asrning boshida amalga 
oshirdi. Kompaniya faoliyati tobora avj oldi, aksiya chiqarish va sotish 
tobora kuchaydi. Jon Lo bu sohada qat
’iylik ko‘rsatdi. Har olti oyda ikki 
hissa dividend (foyda) olish imkoni tu
g‘ildi.
Kompaniya faoliyati kengayib, flot va savdoni 
o‘ziga jalb etdi. 1719 
yilda (kompaniya 1717 yilda tuzilgan edi) nominali 500 
livr
(Fransiyaning 
o‘sha davrdagi pul birligi) bo‘lgan aksiyalari 5000 livrdan (o‘n baravar ortiq) 
sotila boshladi. Ajiotaj boshlandi, aksiyalarni ba
’zi birjalarda 7-8 mingdan 
pullash mumkin edi. Aksiyalar bahosi hatto 20 ming livrga etdi. K
o‘pchilik 
bundan katta foyda ola boshladi. Ana shu qo
g‘oz boyligini yaratgan inson 
shotlandiyalik moliyachi, maftunkor Jon Lo edi. 
Amalda Jon Lo Fransiya moliya tizimini t
o‘la boshqarar edi, ammo 
xuddi shu davrda (1720 y.) dastlabki havf-xatar xabari ham sezila boshladi, 
Lo tizimi ostidagi zilzilaning dastlabki belgilari, yer osti silkinishlari 
boshlandi.
Kompaniya aksiyalar chiqarish y
o‘li bilan to‘plagan katta pul 
mabla
g‘larining oz qismini kema va tovarlarga, asosiy qismini esa davlat 
qarz obligatsiyalariga q
o‘ydi. Amalda egalaridan obligatsiyalarni sotib olish 
y
o‘li bilan kompaniya davlatning katta qarzini (2 mlrd livr) o‘z ostiga olgan 
edi. Bu usul Lo va
’dasidagi moliyadagi tartib edi. Yangi banknotlar chiqarish 
y
o‘li bilan moliyada tartib o‘rnatish abadiy bo‘lmaydi, Lo buni sezmadi yoki 
sezishni istamadi. Lekin uzoqni k
o‘zlagan ayrim savdogarlar bu xavfli 
holatni seza boshladilar va 
o‘z qo‘llaridagi aksiya va banknotlardan qutulish 
y
o‘lini qidira boshladilar. Aksiya kursi ushlab turildi, banknotlarni metall 
pullarga almashtirish cheklandi. Aksiyani q
o‘llash uchun tobora ko‘proq pul 
kerak edi, oqibatda pul stanogi tobora tez ishlay boshladi. Tizim halokati 
aniq 
b
o‘lib qoldi. 1720 yilning kuzida aksiyaning bahosi o‘z 
kompaniyasidagi bahosining t
o‘rtdan biriga tushib qoldi, tovarlarning bahosi 
keskin oshdi. Parijda oziq-ovqat yetmay qoldi, xalq noroziligi kuchaydi. 
Noyabrda banknotlarning qonuniy t
o‘lov quvvati yo‘qoldi, tizimni tugatish 
boshlandi. Jon Lo 1720 yil dekabrda Parijdan qochib Bryussel (Belgiya)da 
q
o‘nim topdi. Uning barcha mulki musodara etildi va kreditorlar talabini har 
qalay qondirishga sarflandi. Bir moliya avantyuristining faoliyatiga chek 
q
o‘yildi. Lekin aslida shundaymikin? Yo‘q! XIX asrda va XX asrda ham, 
ayniqsa 
o‘z boshidan bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrini kechirayotgan 
davlatlarda bu holat takrorlanmoqda. Jon Lo tizimi, uning firibgarliklari 
o‘yinchoqdek ko‘rinadi. Ayniqsa, Rossiya Federatsiyasida turli-tuman 
moliyaviy kompaniyalar 
(«MMM», «Valentina», «Germes» va boshqalar) 


faoliyati diqqatga sazovordir. Aslini olganda iqtisodiy ta
’limotlar tarixini 
diqqat bilan 
o‘qimagan va Jon Lo kabi avantyuristlarni bilmagan xalq 
Mavrodi kabilarning ustalik bilan q
o‘ygan tuzog‘iga ilindilar va ilinmoqdalar 
(pul topishning piramida usuli bunga yaxshi misoldir). Bu holat 1997 yy. 
Albaniyada ham kuzatildi.
Ammo Jon Lo tizimidagi faqat negativ tomonlarnigina k
o‘rish tarixan 
adolatsizlikdir. Chunki uning tizimida bir qancha ratsional tomonlar borki, 
ular keyingi rivojga ijobiy ta
’sir etdi. 
Loning moliyaviy 
g‘oyasi - kredit-moliya sohasi va davlatning 
iqtisodga aralashuvi y
o‘li bilan xo‘jalikni rivojlantirishdir. Bu g‘oya (30-
yillardan keng tus oldi) hozirgi iqtisodiy ta
’limotlar yo‘nalishidan biridir 
(Keyns va neokeynschilik). Bular t
o‘g‘risidagi ma’lumot quyida beriladi.

Download 478,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish