2. Merkantilizm iqtisodiy ta
’limotining mohiyati
Merkantilizm rivojida ikki davrni ajratish mumkin:
1. Ilk merkantilizm yoki monetarizm (XV-XVI asr
o‘rtalari).
2. Rivojlangan merkantilizm, savdo balansi (yoki manufaktura tizimi)
(XVI-XVIII asr
o‘rtalari).
Yangi ta
’limot vujudga kelishi manufaktura bilan bevosita bog‘liqdir.
Iqtisodiyot tarixida sanoatning uch xil shaklini ajratish mumkin: uy
hunarmandchiligi, manufaktura va fabrika. Uy hunarmandchiligida sohalar,
tarmoqlararo mehnat taqsimoti mavjud, hamma ishni bir odam yoki shogird,
oila bilan birga qilinadi. Manufakturada esa kooperatsiya yuzaga keladi,
eng muhimi chuqur mehnat taqsimoti, xususiy tadbirkor, yollanma ishchi
kuchi paydo b
o‘ladi (XV asr). Fabrika to‘g‘risida esa quyida axborot beriladi.
Merkantilizmning birinchi davri
o‘sha davr iborasi bilan aytganda
monetar, ya
’ni oltin va kumush pullar to‘plash bilan bog‘liq edi. Bunda pul
balansi siyosati olib borilgan, chetdan imkoni boricha kam tayyor tovar sotib
olishga urinilgan. Qimmatbaho metallni tashqariga, chetga olib ketish
taqiqlangan. Savdogarlarga olib chiqilgan mahsulotning bir qismiga pul olib
kelish majburiyati yuklangan (qolgani tovar b
o‘lishi mumkin). Chet ellik
savdogarlarni esa sotilgan mol pulining hammasiga yangi tovar sotib
olishga majbur qilingan (pul olib chiqib ketmasliklari uchun). Bu siyosat
nazorat kuchli b
o‘lishini talab etgan, tashqi iqtisodiy aloqalarning rivojini
susaytirgan.
Taniqli iqtisodchi N.D.Kondratev fikricha, merkantilistlarning iqtisodiy
tizimi amaliy siyosat b
o‘lib, xalq xo‘jaligi qanaqa bo‘lishi kerak va unga
nisbatan davlat hokimiyatining munosabati masalasi asosiydir.
Merkantilizmni qisqacha qilib quyidagicha ta
’riflash mumkin: iqtisodiy
siyosatda: mamlakatda va davlat xazinasida imkoni boricha nodir metallarni
(oltin, kumush, javohir, zar va durlarni) k
o‘proq to‘plash; nazariya va
ta
’limotda: savdo, pul oboroti, ya’ni muomala sohasida iqtisodiy
qonuniyatlarni izlab topish
. «Insonlar metall uchun qurbon bo‘lmoqda»,
ya
’ni oltin fetishizmi butun kapitalistik jamiyat rivojiga hamohang bo‘lgan
yangi hayot tarzi va fikrlashning tarkibiy qismidir. Ayniqsa, savdo kapitali
davrida bu yorqin namoyon b
o‘ldi. Savdo kapitalining asosiy tamoyili -
qimmatroq sotish uchun sotib olish (bu hodisa O
’zbekistonda ham hozirgi
davr
o‘zgarishlarida uchrab turadi). Ularning, ya’ni sotib olish va sotish farqi
esa sariq metall shaklida namoyon b
o‘ladi. Farq, ya’ni foyda faqat ishlab
chiqarishda, faqat mehnat y
o‘li bilan yuzaga kelishi mumkinligi haqida
o‘ylanmaydi. Chet ellarga ko‘proq chiqarish va ulardan kamroq olish
siyosati ham davlat siyosatiga aylandi. Agar davlatda pul k
o‘p bo‘lsa,
hamma narsa yaxshi b
o‘ladi degan fikr asosiy bo‘lgan va bu davlatning,
dvoryanlarning va burjuaziyaning talab-ehtiyojlariga mos tushgan. Bu
kapitalning dastlabki jam
g‘arilishi bilan bevosita bog‘liqdir.
Xaqiqatdan ham har qanday tadbirkorlik puldan boshlanadi va pul
kapitalga aylanadi, chunki unga ishchilar yollanadi, qayta ishlash yoki
sotish uchun tovarlar sotib olinadi. Uni amalga oshirish nihoyatda primitiv
(sodda) y
o‘llar bilan amalga oshiriladi, bu ishlar odatda davlatning
iqtisodiyotga faol aralashuvi bilan, ma
’muriy yo‘llar bilan bajarilgan. Bu
jarayonda esa davlatning iqtisodiyotga aralashuvi ancha cheklangan b
o‘lib,
rivojlangan merkantilizm tarafdorlari davlat aralashuvini tabiiy huquq
tamoyillariga mos b
o‘lishini istaydilar.
Qadimgi Sharqda paydo b
o‘lgan tabiiy huquq falsafasi antik dunyoda
(Arastu va boshqa olimlar tomonidan) rivojlantirildi va ayniqsa uy
g‘onish
davrida yuksaldi. Bu huquqlar abstrakt
«inson tabiati» va uning «tabiiy
huquqlari
»dan iborat deb qabul qilingan va ko‘p hollarda O’rta asrdagi
cherkov va dunyoviy (davlat) despotizmiga qarama-qarshi b
o‘lgan
progressiv elementlardan iborat.
Faylasuflar va ularning aqidalariga amal qilgan merkantilizm
amaliyotchilari davlatga murojaat etib, insonlarning tabiiy huquqlarini
ta
’minlashni talab etganlar. Ana shu talablar orasida mulkchilik va xavfsizlik
bor. Bu ta
’limotning ijtimoiy ma’nosi shuki, davlat yangi jamiyat boyligi
o‘sishini ta’minlovchi sharoitni yaratishi va qo‘llashi shart edi. Iqtisodiy
ta
’limotlarning tabiiy huquq bilan aloqasi keyinchalik merkantilizmdan
klassik iqtisodiy maktabga ham
o‘tdi. Lekin bu aloqa mazmuni keyingi
davrda ancha
o‘zgardi (Fransiyadagi fiziokratizm, Angliyadagi Smit), chunki
bu davrda burjuaziya davlat homiyligiga unchalik muhtoj emas edi, hatto u
davlatning imkoni boricha iqtisodiyotga aralashuviga qarshi b
o‘lgan.
M.Blaus fikricha, merkantilistlar ilmiy dunyoqarashining yetakchi
tamoyillari quyidagilar: 1)oltin va boshqa qimmatbaho metallar boylikning
asosi sifatida qaraladi; 2)mamlakatga oltin va kumushlarning oqib kelishini
ta
’minlash maqsadida tashqi savdoni tartibga solish; 3)arzon xomashyoni
import qilish y
o‘li bilan sanoatni qo‘llab-quvvatlash; 4)import qilinadigan
tayyor sanoat tovarlariga proteksionistik (yuqori) tariflar; 5)eksportni,
ayniqsa tayyor mahsulot eksportini ra
g‘batlantirish; 6)ish haqining past
darajasini ushlab turish uchun aholi sonining
o‘sishi. Shak-shubhasiz, milliy
farovonlikning asosiy sharti sifatida aktiv savdo balansi hisoblangan va bu
merkantilizm
g‘oyasining yuragi edi.
Bir
qancha
olimlar
fikricha,
merkantilizm
bozor
iqtisodiyot
munosabatlari shakllanishi davrining dastlabki iqtisodiy maktabi sifatida
(avvalgi davrda bozor iqtisodiyoti unsurlari b
o‘lgan emas degan fikrdan
yiroqmiz)
o‘ziga xos nazariy-metodologik xususiyatlarga ega. Ularning
moxiyati quyidagilardan iborat:
Tahsil predmeti (iqtisodiy tahlil) sifatida muomala sohasi muammolarini
o‘rganish afzal deb qaraladi, bunda uni ishlab chiqarish muammolari
bilan bo
g‘lab qarab chiqish butunlay inkor etiladi;
Tahlil metodi sifatida asosan empirizm (tajriba)dan foydalaniladi, bunda
iqtisodiy hodisalarning tashqi k
o‘rinishlarigina ta’riflanib, iqtisodiyotning
barcha sohalarini
o‘z ichiga olgan ma’lum tizim asosida tahlil etish
istisno etiladi;
Pulning kashf etilishi insonlarning sun
’iy kashfiyot oqibati deb
hisoblanadi, pulning
o‘zi esa aynan boylik deb qaraladi;
Pul qiymati (qimmati) kelib chiqishini oltin va kumushning
«ob’ektiv
(jonli) tabiati
» dan va ularning mamlakatdagi miqdori bilan belgilanadi;
Mehnatga taklifning
o‘sishi ish haqining yuqori emas, past bo‘lish
zarurati bilan bo
g‘lanadi;
Davlatning tartibga solishi tufayli iqtisodiy
o‘sish mamlakat pul
boyligining k
o‘payish oqibati sifatida qaraladi, bunda tashqi savdo va
savdo balansi saldosining ijobiy (aktiv) b
o‘lishi ta’minlanishi kerak.
Manufakturalarning rivoji mustamlakalardan keltirilgan arzon, k
o‘p va
sifatli xom ashyo hisobiga r
o‘y berdi, tayyor mollar esa o‘sha va boshqa
mamlakatlarga olib borilib, ancha qimmatga pullangan. Noekvivalent
almashuv oqibatida metropoliya boyib borgan. Bu sohada Angliya yuksak
yutuqlarni q
o‘lga kiritdi. Agar Angliya hududini 1 deb olsak, u o‘zidan 120
marta katta b
o‘lgan yerni koloniyaga aylantirgan va undan ustalik bilan
foydalangan.
Demak, merkantilizm b
o‘yicha boylikning asosi pul (davlatda qancha
pul k
o‘p bo‘lsa, u shuncha boy deb hisoblangan) va pul miqdorini davlat
hokimiyati yordamida oshirish mumkin. Aslida merkantilizm buyuk geografik
kashfiyotlardan oldinroq paydo b
o‘ldi va XVI asrning o‘rtalarigacha (asosiy
oltinlar yi
g‘ib olinguncha) yashadi. Ilk merkantilizm davrida chaqalar ataylab
ishdan chiqarilgan, chunki bu pullar bilan faqat ichki savdo oborotini olib
borish mumkin (tashqi savdoda esa mumkin emas), maqsad - pulni
mamlakatda saqlab qolish.
Bu siyosatning muhim namoyandalari Angliyada U.Stafford, Italiyada
G.Skaruffi va boshqalardir. Masalan, florensiyalik (Italiya) bankir B.
Davanzatti (1529-1606) pul (chaqa)ni iqtisodiy organizmning qoniga
o‘xshatadi, demak, agar chaqa (pul) bo‘lmasa (qon kabi), organizm o‘ladi.
Kapitalizmning
o‘sishi, savdoning rivoji tufayli bu siyosat o‘zini oqlamadi
(XVII asrdan boshlab XVIII asrgacha), pul balansi siyosati savdo balansi
siyosati bilan almashdi. Bunda davlatdan pul olib chiqishga ruxsat berildi.
Albatta oltin va kumush pullarning ahamiyati y
o‘qolmagan, ammo endi
imkon boricha chetga k
o‘proq mahsulot sotib, aksincha chetdan kamroq
keltirish siyosati olib borildi, ya
’ni faol va ijobiy savdoga amal qilindi. Buni
proteksionizm siyosati deyiladi (erkin savdoga qarama-qarshi). Bu siyosatni
ayniqsa Angliya keng q
o‘llagan.
Rivojlangan merkantilizm yoki savdo balansi nazariyasi XVI asrning
ikkinchi yarmida paydo b
o‘ldi va XVII asrning o‘rtalarida asosan Angliyada
avj oldi. Uning asosiy mafkurachisi Tomas Mann (1571-1641) edi. Uning
fikricha, pul tashqi savdo oborotida boshlan
g‘ich
maskantni
tashkil etadi,
ya
’ni P-T-P. T.Mannning fikricha har bir savdo kapitalisti o‘z pulini ma’lum
foyda olish uchun oborotga q
o‘yadi. Shunday yo‘l bilan, ya’ni savdo yo‘li
bilan boyish kerak. Tovar chiqarish miqdori (eksport), uni kiritish (import)
dan ortiq b
o‘lishi zarur. Ishlab chiqarishni rivojlantirish savdoni kengaytirish
vositasi sifatida qaraladi. Tovar, pul, foyda va kapital orasidagi
aloqadorlikning sababini topishga harakat qilingan. U Makedoniya podshosi
Filipp Makedonskiyning
«Kuch natija bermagan joyda pulni ishga solish
kerak
», degan iborasini yaxshi ko‘rgan.
Savdo balansini oshirish uchun ishlab chiqarish xarajatlarini
kamaytirishga e
’tibor berildi, bunda birinchi navbatda yollanma ishchilarning
ish haqini cheklash va umuman, xalqning turmush darajasini pasaytirish
kerak, deb topildi. Ish haqini cheklash zarurligi
g‘oyaviy asosda hal etildi.
T.Manni yozishicha
, «mo‘l-ko‘lchilik va kuch xalqni qanchalik buzsa,
ehtiyojsiz qilib q
o‘ysa, qashshoqlik va muhtojlik uni shunchalik aqlli va
mehnatsevar qiladi
» emish. Bu albatta, savdo kapitali xodimlari har qanday
y
o‘l bilan imkoni boricha ko‘proq boyishi uchun yo‘l ochib berish, demakdir.
XV-XVII
asrlarda
merkantilizm
g‘oyalari (pul to‘plash siyosati,
proteksionizm, x
o‘jalik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va
boshqalar) Yevropaning deyarli barcha mamlakatlarida, Portugaliyadan to
Maskoviyagacha yoyildi. Fransiyada bu
g‘oya XVIII asrning ikkinchi
yarmida moliya ministri Kolber tomonidan rivojlantirildi. Fransiyada
sudx
o‘rlikning rivojlanishi shu siyosat bilan chambarchas bog‘liq, uning
ta
’siri asrlar davomida saqlanib qoldi va milliy xususiyat kasb etdi (P-P).
Italiya iqtisodchilari ham (A.Serra) bu ta
’limotni keng tadqiq etdilar. Agar
inglizlarda bu ta
’limot ko‘proq «savdo» bilan bog‘liq bo‘lsa, italiyaliklarda u
k
o‘proq «pul», «chaqa» shaklida namoyon bo‘lgan. Germaniyada
merkantilizm kameralistika shaklida b
o‘lib, XIX asr boshlarigacha rasmiy
iqtisodiy doktrina edi.
Ammo, merkantilizmning iqtisodiy
g‘oyalari va uning nazariy asosi
Angliyada ishlab chiqildi. O
’z davri uchun bu ta’limot ancha ijobiy voqea
b
o‘ldi.
Merkantilizmning nazariy va siyosiy siyosat sifatida milliy xarakterda
ekanligi
o‘zining asosiga ega edi. Kapitalizmning tez rivoji faqat millik
ramkalarda mumkin edi va k
o‘p hollarda davlat hokimiyatiga bog‘liq bo‘lgan,
chunki davlat kapital jam
g‘arilishiga yordam bergan va shu bilan xo‘jalik
o‘sishini ta’minlagan. Merkantilistlarning qarashlari shu davrdagi iqtisodiy
rivojning haqiqiy qonuniyat va talablarini izhor etgan. Nima uchun
«boylik»,
ya
’ni iste’mol qilinayotgan va jamlanayotgan boyliklar (ya’ni iste’mol
qiymatlari) bir mamlakatda boshqasinikidan tezroq
o‘sadi?
Korxona va ayniqsa davlat miqyosida boylik tezroq k
o‘payishi uchun
nima qilish mumkin va zarur? degan savol tu
g‘iladi. Merkantilistlar shu
savolga javob berishga urindilar.
Davr taqozosi tufayli sanoat hali feodalistik, aniqro
g‘i kapitalizmgacha
b
o‘lgan shaklda edi va sanoat kapitali hali yetakchi emas edi, asosiy kapital
savdoda t
o‘plandi. Shu davrda Ost-Indiya, Afrika va boshqa koloniyalarning
asosiy maqsadlari savdo bilan bo
g‘liq edi. «Milliy boylikka» asosan va
k
o‘proq savdo kapitali sifatida qaralgan va asosiy iqtisodiy kategoriya -
almashuv qiymatiga katta e
’tibor berilgan.
Arastu, Ibn Xaldun va boshqa olimlarga tegishli b
o‘lgan ekvivalent
(teng) almashuv tamoyili merkantilistlarga yot edi. Aksincha ularning
fikricha almashuv tabiatan tengsiz noekvivalentdir. Bu
g‘oyaning kelib
chiqishi tarixan b
o‘lib, ular almashuv deganda birinchi navbatda tashqi
savdo almashuvini tushunishgan, ayniqsa rivojda ortda qolgan xalqlar va
mustamlakalardagi almashuv oldindan teng b
o‘lmagan.
Shuni alohida ta
’kidlash kerakki, boshqa yo‘nalish (Arastu), o‘rta
asrdagi tadqiqotchilardan farqli ravishda merkantilistlar qiymatning mehnat
nazariyasini rivojlantirmadilar. Ularning fikricha, kapitalning
o‘sishi va
jam
g‘arilishi almashuv tufayli, ayniqsa tashqi savdo tufayli ro‘y beradi, lekin
ular k
o‘p masalalarni to‘g‘ri hal etishga intilganlar.
Merkantilizm bu davrda xalq manfaatlaridan yiroq siyosatni olib
borayotganligi ochiqdan-ochiq ma
’lum bo‘lib qoldi.
Ba
’zi bir ingliz mualliflari, masalan J.Chayld, U.Templ boshqacha yo‘l,
ya
’ni ssuda kapitali miqdori (foiz)ni kamaytirishni taklif etgan.
Merkantilistlarning
g‘oyalari burjua siyosiy iqtisodining avvalgi davr
qarashlarini aks ettiradi, chunki ular asosiy e
’tiborni muomala sohasiga
qaratgan edilar. Merkantilizm turli davlatlarda asosiy sohalarda bir xil
namoyon b
o‘lsa ham o‘ziga xos milliy xususiyatlarga ham ega.
Kapitalistik ishlab chiqarishga imkoni boricha k
o‘proq aholini jalb etish
muhim deb hisoblangan, chunki real ish haqi past b
o‘lgan sharoitda foyda
kelishi oshadi va kapital jam
g‘arilishi tezlashadi.
Pul tizimini tartibga solish, bu borada davlatning rolini oshirish
q
o‘llangan. Ayrim mutaxassislar, T.Mann chetga nodir metallar chiqarishga
ruxsat berish tarafdori edi. Uning fikricha, dehqon hosil olish uchun yerga
don sepishi kerak b
o‘lgani kabi, savdogar ham chetga pul olib chiqishi va
unga chet el tovarlarini sotib olishi, uni k
o‘plab olib kelib, yana qaytadan
sotishi va yangi q
o‘shimcha pul ishlab, millatga foyda keltirishi kerak.
Mamlakat quyidagi xalqaro almashuv y
o‘llari bilan foyda olishi mumkin:
tovarlar, xizmatlar, nodir metallar eksporti yoki investitsiya shaklida kapital
importi (chet eldagi kapital foydasi shaklida ham b
o‘lishi mumkin). Davlat
sarflari quyidagicha: tovarlar importi, yashirin import, nodir metallar importi
va chet el aktivlar shaklidagi kapital eksporti. Odatda bu ikki holat teng
b
o‘ladi. Ammo merkantilistlar shu yo‘l bilan foyda olish mumkinligiga
ishonganlar, bu xato fikrdir.
Merkantilizm ta
’limot sifatida ham, iqtisodiy siyosatdagi yo‘nalish
sifatida ham turlicha edi: eskirayotgan feodal munosabatlarga qarama-
qarshi va yangi burjuaziyani q
o‘llash orqali o‘z davri uchun progressiv
b
o‘lgan ilk kapitalizmning shakllanishiga yaxshi imkoniyat yaratdi. Ammo
Fransiyada Lyudovik XIV
(«Davlat bu men» degan) va Kolber tomonidan
manufakturalarni k
o‘paytirish usuli milliy sanoatni rivojlantirish uchun emas,
absolyutizmni
mustahkamlash,
qirol
xonadonining
sarf-xarajatlarini
qoplashga qaratildi. Germaniyadagi kameralistlar ham mavjud hokimiyatni
q
o‘llash, aholini esa ularga so‘zsiz bo‘ysundirishga harakat qildilar.
Merkantilizm bilan birga siyosiy iqtisod tushunchasi ham kirib keldi.
Bu tushuncha fransiyalik Monkreten Antuan de Vattevil tomonidan kiritildi
(1565-1621). U 1615 yilda
«Siyosiy iqtisod traktati» kitobini yozdi. Bundagi
asosiy
g‘oya - «ko‘p sotishu, kam sotib olish». Olim o‘z g‘oyalari bo‘yicha
faol merkantilist edi.
«Siyosiy iqtisod» tushunchasi va shu nomli fan XX asrning 90-
yillarigacha yashab keldi, ayniqsa sobiq sotsialistik deb atalgan
mamlakatlarda bu nom mashhur edi, chunki davlatning iqtisodiyotga faol
aralashuvini qonuniyat darajasiga k
o‘targan edi. G’arbda XIX asr oxirida
(A.Marshall) bu ibora
«ekonomiks» shaklida qo‘llanila boshlangan.
Angliyada qishloq x
o‘jaligi va sanoatda kapitalistik o‘zgarishlar erta
amalga oshgan va bunga merkantilizm ham yordam bergan b
o‘lsa,
Fransiyada ahvol
o‘zgacha edi. Fransiyada yangi merkantilizm siyosati
(Lyudovik XIV) hukumat a
’zosi (moliya nazoratchisi va dengiz ishlari vaziri)
Jan-Batist Kolber (1619-1683) tomonidan keng olib borildi (bu siyosat
kolbertizm deb ataladi). Bu davlatda feodal munosabatlar (ayniqsa mayda
dehqonchilik) keng tarqalgani uchun Kolber asosiy e
’tiborni sanoatga
qaratdi va agrar sohani deyarli e
’tiborga olmadi. Masalan, chetdan qishloq
x
o‘jaligi mahsulotlari keltirish qo‘llangan, chiqarish esa cheklangan, don
narxi davlat tomonidan past ushlab turilgan.
Bu siyosat va sanoat birinchi
o‘ringa qo‘yiladi va ayniqsa qishloq
x
o‘jaligining pasayishiga olib keldi, bu esa noroziliklarga sabab bo‘ldi.
Shunday haqiqatga yaqin rivoyat borki, unga k
o‘ra ishbilarmonlar Kolberga
shikoyat qilishgan, shunda u
«nima istaysizlar» deb so‘raganda fransuzcha
«
Do'stlaringiz bilan baham: |