19-mavzu. Merkantilizm


 Merkantilizm va hozirgi zamon



Download 478,45 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana06.07.2022
Hajmi478,45 Kb.
#746490
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
19-merkantilizm

4. Merkantilizm va hozirgi zamon 
Yevropada proteksionizmning tiklanishi (Angliyada proteksionizm
Fransiyada kontinental qamal (blokada) va boshqalar) va nemis tarixiy 
maktabi vujudga kelishi bilan merkantilizm 
g‘oyalari yana tilga olina 
boshlandi. Avval Rosher va Shmoller, s
o‘ngra ularning ingliz izdoshlari 
Kanningem va Eshlilar merkantilizm 
g‘oyalarini to‘la ratsional va ma’lum 
istak-natijalariga erishuvda, masalan, milliy avtarkiya va davlat hokimiyatini 
kuchaytirishda yaroqli siyosat deb qaradilar.
A.Smit mashhur asarining bir joyida ohistagina 
«Mamlakat xavsizligi 
farovonlikdan muhimroq
» deb yozish bilan shunday nuqtai nazarni ilgari 
surdiki, unga k
o‘ra merkantilistlar jiddiy qabul qilinishi kerak edi. Bu 
munosabat merkantilizm davridagi bosh masalalardan biriga oydinlik 
kiritishga imkon berdi: davlat qurilishining maqsadi k
o‘shni davlatlar 
iqtisodiy kuch-qudratini pasaytirish hisobiga ham erishiladi, bunda ushbu 
davlat qudratining oshishi r
o‘y beradi. Lokkning fikricha, bu shunday ro‘y 
beradi
: «boylik» oltin va kumushning oddiy ko‘pliginigina anglatmaydi, balki 
boshqa davlatlarnikidan ortiqroq b
o‘ladi. Haqiqatdan ham, ko‘pchilik 
merkantilistlar shunday nuqtai nazarni himoya qilganlarki, unga k
o‘ra 
millatlarning iqtisodiy manfaatlari antagonistik, ya
’ni qarama-qarshidir
g
o‘yoki dunyoda cheklangan miqdordagi resurslar mavjud, ularni esa bir 
davlat ikkinchi davlat hisobiga olishi mumkin. Bu merkantilistlarning 
«qo‘shningni talon-toroj qil» degan siyosatini uyalmasdan himoya qilishini 
tushuntirib beradi. Undan tashqari bu 
g‘oyada ichki iste’molni kamaytirish 
milliy siyosatning maqsadi qilib k
o‘rsatiladi. 
Merkantilizmni qaytadan q
o‘llash, klassik maktabni tan olmaslik
kapitalizm y
o‘liga keyinroq o‘tgan davlatlarda ro‘y berdi. Yangi davlatlar 
iqtisodiyotda t
o‘la erkinlikka qarshi edi, yoki bu erkinlik faqat kuchli Angliya 
uchun qulaylik va ustunlik beradi deb bejiz 
o‘ylamaganlar. Shu sababli bu 
yerda merkantilistlarning davlatning iqtisodiyotni boshqarish, proteksionizm, 
mamlakatda pul m
o‘l-ko‘lligini ta’minlash va boshqalar hukumatlar 
siyosatiga aylantirildi.
XX asrda davlat monopolistik kapitalizmi rivoji bilan davlatning 


iqtisodiyotdagi roli tobora oshib bordi. Inqirozlar tez-tez takrorlanib turdi. 
Ayniqsa, 1929-1933 yillardagi iqtisodiy inqiroz butun dunyoni larzaga soldi. 
Shu davrda J.M.Keyns nomi bilan bo
g‘liq ta’limot yuzaga keldi. U 
«Merkantilizm to‘g‘risidagi mulohazalar» va «Bandlik, foiz va pulning 
umumiy nazariyasi
» (1936y.) nomli asarlarida merkantilizmning ayrim 
g‘oyalarini qo‘llaydi, unda «amaliy donolik» kurtaklari borligi ta’kidlanadi. 
Eksportning importdan k
o‘pligi, oltinlarning oqib kelishi esa pulga taklifni 
kuchaytirib, foiz stavkalarini pasaytiradi va shu bilan investitsiya va 
bandlikni ra
g‘batlantiradi. Keyns shularni «merkantilizm doktrinasidagi ilmiy 
haqiqat uru
g‘lari» deb ataydi.
Umuman, J.M.Keyns mavjud sharoitlarda klassik maktab aqidalari ish 
bermasligini ta
’kidlaydi, hozirgi til bilan aytganda bozor munosabatlari 
avtomatik ravishda barcha ziddiyatlarni hal eta olmaydi, shu sababli 
davlatning iqtisodiyotga faol ishtirok etishi taklif etiladi.
Keyns 
o‘zini merkantilistlar bilan yaqinlashtiruvchi to‘rt sohani berdi:
1. Merkantilistlar mamlakatdagi pul massasini oshirishga intilib, ssuda 
foizini pasaytirish va investitsiyalarni ra
g‘batlantirishni o‘ylaganlar;
2. Merkantilistlar baholar oshuvidan q
o‘rqmaganlar va yuqori baholar 
savdo va ishlab chiqarishni kengaytirishni ra
g‘batlantirgan. Keynsning 
fikricha
, «mo‘‘tadil inflyatsiya» iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlaydi;
3. Merkantilistlar 
«pulning yetishmasligi ishsizlikning sababchisi 
ekanligi
» to‘g‘risidagi tushunchaning asoschilari bo‘lganlar.
Keynsning fikricha, bank va davlat budjeti kamomadini kredit 
ekspansiyasini oshirish y
o‘li bilan pul miqdorini oshirish ishsizlikka qarshi 
kurashishda muhim qurol b
o‘lishi mumkin. Ishsizlik bir qancha ob’ektiv 
sabablarga bo
g‘liq edi, masalan agrar sohada u ko‘pincha mavsumiy edi
ya
’ni qishloq xo‘jaligi ishlarining tugashiga yoki kam hosilli yillarga to‘g‘ri 
keladi. Hatto sanoatda ham bu holat qayd etiladi, ya
’ni daryodagi qishki 
muzlar yoki bahorgi toshqinlar suv tegirmonlarini t
o‘xtatib qo‘yganidek; 
4. Merkantilistlar 
o‘z siyosatlarining milliy xarakteri va uning urushlar 
ochish y
o‘nalishini ochiqdan-ochiq namoyon qiladilar. Keyns proteksionizm 
mazkur mamlakatda ishsizlik muammosini hal etishga yordam bera oladi, 
deb hisoblagan va iqtisodiy millatchilik tarafdori b
o‘lgan. 
Bunga yana bir masalani, beshinchi moddani ham q
o‘shmoq kerak, 
chunki davlat bu holatda iqtisodiyotda muhim rol 
o‘ynaydi. Buni Keyns o‘z-
o‘zidan ravshan narsa deb tushungan bo‘lsa ehtimol.
Ma
’lumki, asrimizning 60-70 - yillari mustamlakachilik tizimining 
yemirilishi va k
o‘plab yangi mustaqil davlatlarning vujudga kelish davri 
hisoblanadi. Bu davrda 
«nomerkantilizm» g‘oyalari ilgari surilmoqda. Yosh, 
rivojlanayotgan davlatlarning k
o‘pchiligida iqtisodiyotda davlat sektorining 
kattaligi, xalq x
o‘jaligida reja va dasturlar mavjudligi, milliy sanoatni bojxona 
tariflari bilan himoya qilish va boshqa choralar 
«nomerkantilistik» 
hisoblanadi. Ikki tomonlama savdo shartnomalari, davlat zayomlari y
o‘li 
bilan industrializatsiyani moliyalash, baholarni tartibga solish va 
monopoliyalar daromadini cheklash ham shu ta
’limotga to‘g‘ri keladi.


90-yillarda boshlangan, ilgarigi sotsialistik rivojlanish y
o‘lidan 
borayotgan davlatlarning bozor munosabatlariga 
o‘tish davridagi iqtisodiy 
siyosati ham k
o‘p jihatdan yuqorida keltirilgan holatlarga juda o‘xshashdir. 
Ayniqsa, tadrijiy (evolyutsion) y
o‘lni tanlagan davlatlarda bu siyosat ancha 
kuchlidir. Shu sababli merkantilizm ta
’limotini har tomonlama o‘rganish ham 
nazariy, ham amaliy ahamiyat kasb etadi.

Download 478,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish