6-mavzu. Merkantilizm iqtisodiy ta’limotining mohiyati va ahamiyati reja



Download 268,95 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana13.03.2022
Hajmi268,95 Kb.
#492390
1   2   3   4   5
Bog'liq
6-мавзу

6.4. Merkantilizm va hozirgi zamon 
 
Yevropada proteksionizmning tiklanishi (Angliyada proteksionizm, Fransiyada 
kontinental qamal (blokada) va boshqalar) va nemis tarixiy maktabi (bu haqda quyida gap 
boradi) vujudga kelishi bilan merkantilizm g`oyalari yana tilga olina boshlandi. Avval Rosher va 
Shmoller, so`ngra ularning ingliz izdoshlari Kanningem va Eshlilar merkantilizm g`oyalarini 
to`la ratsional va ma'lum istak-natijalariga erishuvda, masalan, milliy avtarkiya va davlat 
hokimiyatini kuchaytirishda yaroqli siyosat deb qaradilar. 
A.Smit mashhur asarining bir joyida ohistagina "Mamlakat xavsizligi farovonlikdan 
muhimroq" deb yozish bilan shunday nuqtayi nazarni ilgari surdiki, unga ko`ra merkantilistlar 
jiddiy qabul qilinishi kerak edi. Bu munosabat merkantilizm davridagi bosh masalalardan biriga 
oydinlik kiritishga imkon berdi: davlat qurilishining maqsadi ko`shni davlatlar iqtisodiy kuch-


qudratini pasaytirish hisobiga ham erishiladi, bunda ushbu davlat qudratining oshishi ro`y beradi. 
Lokkning fikricha, bu shunday ro`y beradi: "boylik" oltin va kumushning oddiy ko`pliginigina 
anglatmaydi, balki boshqa davlatlarnikidan ortiqroq bo`ladi. Haqiqatan ham, ko`pchilik 
merkantilistlar shunday nuqtayi nazarni himoya qilganlarki, unga ko`ra millatlarning iqtisodiy 
manfaatlari antagonistik, ya'ni qarama-qarshidir, go`yoki dunyoda cheklangan miqdordagi 
resurslar mavjud, ularni esa bir davlat ikkinchi davlat hisobiga olishi mumkin. Bu 
merkantilistlarning "qo`shningni talontoroj qil" degan siyosatini uyalmasdan himoya qilishini 
tushuntirib beradi. Undan tashqari, bu g`oyada ichki iste'molni kamaytirish milliy siyosatning 
maqsadi qilib ko`rsatiladi. 
Merkantilizmni qaytadan qo`llash, klassik maktabni (bu haqda quyida gapiriladi) tan 
olmaslik, kapitalizm yo`liga keyinroq o`tgan davlatlarda ro`y berdi. Yangi davlatlar iqtisodiyotda 
to`la erkinlikka qarshi edi, yoki bu erkinlik faqat kuchli Angliya uchun qulaylik va ustunlik 
beradi deb bejiz o`ylamaganlar. Shu sababli bu yerda merkantilistlarning davlatning iqtisodiyotni 
boshqarish, proteksionizm, mamlakatda pul mo`l-ko`lligini ta'minlash va boshqalar hukumatlar 
siyosatiga aylantirildi. 
XX asrda davlat monopolistik kapitalizmi rivoji bilan davlatning iqtisodiyotdagi roli 
tobora oshib bordi. Inqirozlar tez-tez takrorlanib turdi. Ayniqsa, 1929-1933 yillardagi iqtisodiy 
inqiroz butun dunyoni larzaga soldi. Shu davrda J.M.Keyns nomi bilan bog`liq ta'limot yuzaga 
keldi. U "Merkantilizm to`g`risidagi mulohazalar" va "Bandlik, foiz va pulning umumiy 
nazariyasi" (1936y.) nomli asarlarida merkantilizmning ayrim g`oyalarini qo`llaydi, unda 
"amaliy donolik" kurtaklari borligi ta'kidlanadi. Eksportning importdan ko`pligi, oltinlarning 
oqib kelishi esa pulga taklifni kuchaytirib, foiz stavkalarini pasaytiradi va shu bilan investitsiya 
va bandlikni rag`batlantiradi. Keyns shularni "merkantilizm doktrinasidagi ilmiy haqiqat 
urug`lari" deb ataydi. 
Umuman, J.M.Keyns mavjud sharoitlarda klassik maktab aqidalari ish bermasligini 
ta'kidlaydi, hozirgi til bilan aytganda bozor munosabatlari avtomatik ravishda barcha 
ziddiyatlarni hal eta olmaydi, shu sababli davlatning iqtisodiyotga faol ishtirok etishi taklif 
etiladi (bular haqida to`la ma'lumot maxsus boblarda beriladi). 
Keyns o`zini merkantilistlar bilan yaqinlashtiruvchi to`rt sohani berdi: 
1. Merkantilistlar mamlakatdagi pul massasini oshirishga intilib, ssuda foizini 
pasaytirish va investitsiyalarni rag`batlantirishni o`ylaganlar; 
2. Merkantilistlar baholar oshuvidan qo`rqmaganlar va yuqori baholar savdo va ishlab 
chiqarishni kengaytirishni rag`batlantirgan. Keynsning fikricha, "mo`'tadil inflatsiya" iqtisodiy 
faollikni qo`llab-quvvatlaydi; 
3. Merkantilistlar "pulning yetishmasligi ishsizlikning sababchisi ekanligi" to`g`risidagi 
tushunchaning asoschilari bo`lganlar. Keynsning fikricha, bank va davlat budjeti kamomadini 
kredit ekspansiyasini oshirish yo`li bilan pul miqdorini oshirish ishsizlikka qarshi kurashishda 
muhim qurol bo`lishi mumkin. Ishsizlik bir qancha obyektiv sabablarga bog`liq edi, masalan, 
agrar sohada u ko`pincha mavsumiy edi, ya'ni qishloq xo`jaligi ishlarining tugashiga yoki kam 
hosilli yillarga to`g`ri keladi. Hatto sanoatda ham bu holat qayd etiladi, ya'ni daryodagi kishki 
muzlar yoki bahorgi toshkinlar suv tegirmonlarini to`xtatib qo`yganidek; 
4. Merkantilistlar o`z siyosatlarining milliy xarakteri va uning urushlar ochish 
yo`nalishini ochiqdan-ochiq namoyon qiladilar. Keyns proteksionizm mazkur mamlakatda 
ishsizlik muammosini hal etishga yordam bera oladi, deb hisoblagan va iqtisodiy millatchilik 
tarafdori bo`lgan. 
Bunga yana bir masalani, beshinchi moddani ham qo`shmoq kerak, chunki davlat bu 
holatda iqtisodiyotda muhim rol o`ynaydi. Buni Keyns o`z-o`zidan ravshan narsa, deb tushungan 
bo`lsa ehtimol. 


Ma'lumki, asrimizning 60-70 - yillari mustamlakachilik tizimining yemirilishi va 
ko`plab yangi mustaqil davlatlarning vujudga kelish davri hisoblanadi. Bu davrda 
"nomerkantilizm" g`oyalari ilgari surilmoqda. Yosh, rivojlanayotgan davlatlarning ko`pchiligida 
iqtisodiyotda davlat sektorining kattaligi, xalq xo`jaligida reja va dasturlar mavjudligi, milliy 
sanoatni bojxona tariflari bilan himoya qilish va boshqa choralar "nomerkantilistik" hisoblanadi. 
Ikki tomonlama savdo shartnomalari, davlat zayomlari yo`li bilan industrializatsiyani 
moliyalash, baholarni tartibga solish va monopoliyalar daromadini cheklash ham shu ta'limotga 
to`g`ri keladi. 
90-yillarda boshlangan, ilgarigi sotsialistik rivojlanish yo`lidan borayotgan 
davlatlarning bozor munosabatlariga o`tish davridagi iqtisodiy siyosati ham ko`p jihatdan 
yuqorida keltirilgan holatlarga juda o`xshashdir. Ayniqsa, tadrijiy (evolutsion) yo`lni tanlagan 
davlatlarda bu siyosat ancha kuchlidir (bu to`g`rida kerakli ma'lumotlar mazkur boblarda 
beriladi). Shu sababli merkantilizm ta'limotini har tomonlama o`rganish ham nazariy, ham 
amaliy ahamiyat kasb etadi. 
XULOSA 
XV asr oxiri - XVIII asrlar davomida yangi iqtisodiy ta'limot - merkantilizm va u bilan 
bog`liq siyosat paydo bo`ldi. Bu ta'limot bo`yicha millat (xalq) boyligining asosi muomala 
sohasida yuzaga keladi (avvalgi qarashlardan prinsipial farq qiladi). Bu ta'limotda ikki davrni 
ajratish mumkin: 
1. Ilk merkantilizm yoki monetarizm (ya'ni pul degani) XV-XVI asrlarda (qisman XVII 
asrda) mavjud bo`ldi va boylik asosan oltin, kumush va boshqa qimmatbaho javohirlardan iborat 
bo`ladi, degan g`oyani ilgari surdi. Shunga oid siyosat ham olib borilgan, unda chetdan imkoni 
boricha ko`proq nodir metallar keltirish va ularni chetga kamroq chiqarish targ`ib qilingan. 
2. Rivojlangan merkantilizm ta'limotida boylik savdo-sotiq sohasida savdo balansi 
asosida yuzaga kelgan, imkoni boricha ko`proq eksport qilish va mumkin qadar kamroq import 
qilish g`oyasi ilgari surilgan. 
Merkantilizmning ayrim mamlakatlardagi ko`rinishi milliy xususiyat kasb etgan, 
ayniqsa Fransiyada kolbertizm, Germaniyada kameralistika shakllari yaxshi ma'lum. 
Bu ta'limot yangi tug`ilayotgan jamiyat - kapitalizm rivoji uchun ijobiy progressiv 
xarakterga ega bo`ldi. Kapitalning dastlabki jamg`arilishiga imkon yaratdi, mustamlakachilik 
tizimini qo`llab-quvvatladi, tovar-pul muomalasi rivojiga olib keldi, moliya tizimining rivoji 
tufayli iqtisodiyot jonlandi. Merkantilizm ta'limotida davlat iqtisodiyotga faol ishtirok etishi 
shart, shunga oid iqtisodiy siyosat ham yuzaga keldi. 
Merkantilizm tarixan cheklangan bo`lsa ham (u XVIII asrda to`g`ri va qattiq tanqidga 
uchradi), ta'limotlar tarixidan munosib o`rinni egallaydi. Lekin bu ta'limot va unga asoslangan 
siyosatni to`la amalga oshirish qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi Jon Lo tajribasidan 
ma'lum. Merkantilizm moliya tizimi va savdo rivojiga muhim hissa qo`shdi.

Download 268,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish