6-MAVZU. JISMONIY TARBIYANING DIDAKTIK TAMOYILLARI
Reja:
1.
Onglilik va faollilik tamoyili.
2.
Ko’rgazmalilik tamoyili.
3.
Muntazamlilik tamoyili.
4.
Asta-sekinlik tamoyili.
5.
Ketma-ketlik tamoyili
Tayanch so’z va iboralar:
Tamoyil, jismoniy tarbiya nazariyasining
tamoyillari;ta’lim jarayonida onglilik; ta’lim jarayonida faollilik; ta’lim jarayonida
ko’rgazmalilik; vositali va vositasiz ko’rgazmalilik; muntazamlilik; takroriylik
(variantsiyalash) printsipi; tushuntirishda obrazlilik; mashg’ulotlar intervali;
individuallilikning xususiyatlari; individuallik tamoyili; ta’lim jarayonining
tayyorlov yo’nalish beruvchi mashqlari; talabalarni malakasini oshirish; talabalarni
to’g’ri chizik bo’ylab oshirish; talabalarni pogonasimon oshirish; talabalarni
to’lqinsimon oshirish; uslbiy printsiplarni o’zaro uzviyligi.
Jismoniy tarbiya tamoyillari.
1
Umumijtimoiy tamoyillar
Umumpedagogik
(metodik) tamoyillar
Spetsifik
(maxsuslashgan)
tamoyillar
1. Shaxsni har tomonlama
rivojlantirish.
1. Onglilik va faollik.
1. Uzluksizlik.
2. Sog’lomlashtirishga
yo’nalganlik.
2. Ko’rgazmalik.
2. Pedagogik ta’sirning
asta-sekin oshib borishi
3. Amaliylik.
3. Oson tushunarlilik va
individuallashtirish.
3. Davriylik (tsikllik).
4. Jismoniy tarbiyaning mehnat
va harbiy faoliyat bilan
aloqadorligi.
4. Tizimlilik.
4. Pedagogik ta’sirning
yoshga mosligi tamoyili.
Ta’lim jarayonida onglilik va faollik
- O’qitishga ongli munosabat va unda
shug’ullanuvchining faolligi har qanday pedagogik jarayonning kimmatini oshiradi.
Ulug rus pedagogi, ana tomi, vrachi P.F. Lesgaft ilgari surgan ta’limdagi onglilik va
faollik printsipi harakat faoliyatlarini mexaniq ravishda taklid qilib baja rish orqali
o’zlashtirishni kat’iyyan koraladi va birinchi bo’lib harakatlarni takkoslay olish,
uning tahlilini qilish orqali nazariy bilimlarni egallash g’oyasini ilgari surdi. U
1
И.В. Еркомайшвили. Основы теории физической культуры. Курс лекций. Научный редактор доцент,
канд. пед. наук О.Л.Жукова. 191 стр. Екатеринбург, 2004.
“jismoniy mashq bilan mashq qilish faqat kuchni, jismoniy rivojlanganlikni
ko’rsatkichlarini oshiradi”, - degan ko’pol tushunchani asosiy xatolardan biri deb
ko’rsatdi.
Tarbiya jarayonida bu printsipni qo’llash mashg’ulotni umumiy vazifalariga
kizikish uygotish va fikrlashni shakillantirish bilan boshlanadi. Eng avvalo, harakat
faoliyatini xayotiy-amaliyligi aniq misollar yordamida ta’limning mavzulashtirish
orqali amalga oshirila boshlanishi lozim. Tarbiyasi tanlangan mavzu mohiyatini
asta-sekinlik bilan ocha boshlaydi. O’qitishning boshlangich etapidagi tor, ongli
fikrlash doirasi mazmuni (komatining chiroyli bo’lishi, kuchining ortishi vax.klar)
mashg’ulotlardagi xayotiy-amaliy holatlar orqali, jismoniy madaniyat va sport
mashg’ulotlari shaxsni ijodiy mehnatga va Vatan mudofaasiga tayerlash dek
vazifalarni asta-sekinlik bilan mutaxassis bilimlarga tayanib tushuntiriladi. Maxsus
ammabop adabiyotlar, qo’llanmalar tavsiya qilinadi. Nazariy bilimlar ortishiga
erishish onglilik printsipining uzak maqsadlaridan biridir. Bu maqsadga erisha
olmaslik kundalik bajariladigan jismoniy mashqlar bilan shug’ullashnish
mashg’ulotlariga odatning shakillanishi susaytiradi, mashq qilishning turmush
tarziga aylanishiga tuskinlik qiladi. Bundan tashqari, shug’ullanuvchilar jismoniy
madaniyat, sport mavzulariga oid muntazam lektsiyalar, suxbatlar, xikoyalar
eshitishlari, maktab fizkultura dasto’rining nazariy qismini o’rganishlari, metodik
va xujjatli filmlar qurishlari, uz-o’zini tibbiy nazorat qilish koidalarini bilishlari,
“aktiv, passiv dam”, “bajara olish”, “harakat malakasi”, “oliy harakat tartibi”,
“malakaning ijobiy va salbiy kuchishi” atamalari mohiyatini tushunishlari lozim.
O’zlashtirilishi, mustaxkamlanishi, takomillashtirilishi lozim bo’lgan, nima
uchun harakat faoliyatini aynan shunday(ko’rsatilgandek) bajarilishi shart ekanligi
o’quvchi ongiga etkazilishi kerak. Mashqlan gan barmoklar (voleybolchiniki)
turmshda nozik barmok harakatlarini talab qiladigan kasblarni egallashda (soatsoz,
zargar va boshqalar) kul kelishi ongiga etgan shug’ullanuvchi ta’lim jarayoniga
ongli munosabatda bo’lishi dan tashqari, uning faolligi ortadi.
Mashq, harakat texnikasini egallash oz energiya sarflab samarali harakat qilish,
uni bajarish orqali organizmda sodir bo’ladigan turli xil o’zgarishlarni tushuntirish,
topshirikka nisbatan onglilik va faollikni oshiradi.
O’qituvchilarning ko’tarinki kayfiyati, yuzidagi tabassumi, kiyimlarning
yarashganligi va ixchamligi, harakatlarni xavas qiladigan dara jada chiroyli, ravon
ketma-ketlikda bajarishi, mashqlar tarkibini uning bajarilishi ritmiga moslab,
turtliklar tarzidagi xor bo’lib, bara variga aytiladigan aytishuvlar kiritilishi ta’lim
jarayonidagi vazi falarni hal kiilishga zur kizikish uygotadi va fikrlashni shakillan
tiradi.
Jismoniy tarbiya jarayonida ongli analiz va jismoniy mashqni bajarishda
nazoratdan foydalanish ta’limning printsipial mexanizmlari dan biridir.
Ongli ravishda bajarilayotgan “ixtiyoriy harakat» ning mohiyatiga etib, uning
bajarilishi texnkasi asosi, zvenolari, detallarini nazorat kila olishning ahamiyati
ta’lim jarayonida o’z samarasini berishi ilmiy - amaliy isbotlangan.
Abelskiyning tajribasi bo’yicha shug’ullunuvchilarni sakrash texni kasiga
o’rgatish uchun 120-150 o’rinish(popo’tka) tavsiya qilingan. O’rinishlar
tugallangandan so’ng shug’ullanuvchilar bilan shu harakatning to’zili shi, bajarish
texnikasi xaqidagi suxbatlar (diskusiya) natijasi uta koni karsiz bo’lgan. Navbatdagi
guruxga esa mashq texnikasi, uning tuzilishi, hayotiy - amaliy ahamiyati xaqida
etarli darajadagi nazariy tayyorgarlikdan so’ng mashqni bajarish tavsiya kiliganda,
shug’ullanuvchilar 2-3 o’rinishdan keyin mashq texnikasini osongina o’zlashtirib
olganliklari kuzatilgan.
2
Amaliyotda
yuqori
malakali
sprotchilar
mashqni
sport
texnikasi
avtomatlashgan darajada, ya’ni harakatni oliy makomda bajara olishni o’z oldilariga
maqsad qilib qo’yadilar. Mexaniq ravishda tushunmay, kur-kurona, taklid tarzida
mashq qilishning samarasizligi surunkali mashq qilish jarayonida me’ridan ortik
energiya sarflashga, shug’ullanuvchida shu hara katga nisbatan sovish
“tokatsizlikni» ni shakkillantiradi. Shuning uchun ongli tahlil - o’z harakatini
baholay olish, o’qitish jarayonining cho’zilib ketishini oldini oladi.
Ongli analizda mashq texnikasini tahlili bilangina bilangina chegaralanmay,
uni biomexaniq, matematik hisoblash, bioritmika va sport metrologiyasining
qonuniyatlarini nazarda tutgan holda, shug’ullanuvchining anatomiya, sport
fiziologiyasi, bioximiya sohalarida gi bilimlarga tayangan holdagi izoxlanishi
tushuniladi. Tezlikni talab qiluvchi mashqlar vaqtning mikrointervalini, gimnastika
jixozlari dagi mashqlar esa harakatning fazodagi chegaralarini, harakatning yutka
zilayotganligini his qilishdek talablarni qo’yadi, bu o’z navbatida, ixtiyo riy
harakatlarning bajarilishini ongli nazorat qilishga o’rgatadi.
Mashqni bajarishdan oldin uni tuzilishi, namoyon qilinishi, ifoda si fikran ko’z
oldiga keltira olish (“ideomotor trenirovka”) - onglilik printsipining asosiy
vositalaridan biridir.
Faollik asosan mashg’ulotlarda shug’ullanuvchilarning barchasini tugal band
qilish, ular faoliyatini “frontal”, guruxli”, tashkillash orqali, asosiy jixozlar yoniga
kushimcha sport anjomlari quyish, kuchiga yarasha bo’lmagan mashqlarni bir-ikki
xaftalik tayergarlik va mashqdan so’ng bajara boshlasalar, o’z-o’zidan
shug’ullanuvchi mashqni mustaqil baja rishga o’rinishini ortishini vujudga keltaradi.
Ta’lim jarayonida o’yin va Musobaqa (“Jismoniy tarbiyaning uslublari”
mavzusiga qaralsin) metodlarining qo’llanishi, sport maydoni, mashg’ulot
2
Матвеев Л.Р. Теория и методика физического воспитания. Учебник. Москва «Физкультура и спорт» –
utkaziladigan joylarning badiiy jixozlanishi, gigienik oras taligi ta’lim jarayonida
shug’ullanuvchilarda jonbozlik(initsiativa) kur satish, vazifani hal qilish uchun
javobgarlik hissini o’z buyniga olabi lish, ma’suliyatni his etish va o’zlashtirish
jarayoniga ijodiy yondoshishni tarbiyalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |