Jismoniy tarbiya jarayonida harakat faoliyatlarining
bir shakldan ikkinchi
shakliga utishi aytarli darajada qiyin bo’lib, birinchi navbatda, ma’lumot, bilim
berish vazifalarini hal qilish uchun zarur: tabiiy ki, mashqni yangilamay turib, hayot
uchun katta ahamityali zaruriy harakat malakalari va ko’nikmalarini egallash qiyin.
Bu keyinchalik takomillashtirishning shartiga ham aylanishi mumkin, chunki mashq
qancha yangilansa, harakat malakasi va bajara bilish zaxirasi shuncha boyidi, shu
sababli yangi harakat faoliyatlari shaklini o’zlashtirish, egallash,
avvaldan
egallangan malaka va ko’nikmalarni takomillashtirish osonlashadi. Undan ham
ahamiyatlisi, turli xil harakat koordinatsiyalarini o’zlashtirish jarayonida, buning
natijasida sodir bo’ladigan qiyinchiliklarni engishda (harakat vazifalari),
harakat
faoliyatini
o’z-o’zidan
koordinatsiyalash
qobiliyati
rivojlanadi
va
takomillashtirishning bepoyon ufklari ochiladi.
Harakat faoliyatlari shaklini qiyinlashtirish bilan bir qatorda jismoniy tarbiya
jarayonida jismoniy yukning (nagruzkning) barcha komponentlari oshib borishi
kerak. Bu quyidagi jismoniy sifatlar - kuch, tezkorlik, chidamlilikni
rivojlantirish
qonuniyatlari asosida hal qilinadi.
6
Ahamiyatli holatlardan biri shundaki, jismoniy mashqlar ta’si ri dan
organizmda sodir bo’layotgan ijobiy o’zgarishlar darajasi (ma’lum darajadagi
fiziologik chegarada) yuklamalarning xajmi va intensivligiga proportsionaldir.
Agarda lozim bo’lgan barcha
sharoitlarga rioya qilinsa, shu qatorda yuklama
me’yoridan, yangi tolikish chegarasi boshlana digan joydan oshmasa - yuklama
qancha yuqori bo’lsa, adaptatsiya davri nag ruzka uchun shunchalik ahamiyatli va
puxta bo’ladi; yuklama qanchalik intensiv bo’lsa, tiklanish va “yuqori tiklanish”
jarayoni shunchalik baquvvat bo’ladi. Bu muskullar energiyasi resurslarinig
tiklanishi misolida taj ribada isbotlangan.
Organizmning javobi bir turdagi yuklamalarga o’zgarmas bo’lib ko
lavermaydi. Shu yuklamaga moslashgan sari u keltirib
chiqargan orga nizmdagi
biologik o’zgarishlar karib boradi, tashqi ish birligiga sarf langan energiya ozayadi,
upka ventilyatsiyasi, yurakning minutli urish chasto tasi va kon bosimi kamayadi:
kon tarkibidagi bioximik va miorfologik o’zgarishlar sezilmas darajaga borib qoladi.
Fiziologik nuqtai nazari dan “funktsiyani tejamlashtirish» sodir bo’ladi. Organizm
funktsional imkoniyatining o’zgarmas ishlariga moslashishining ortishi natijasida
shu ishni bajarishda energiya
sarflashni iktisod qilish, qisman oz zuriqish bilan
bajarishga olib keladi.
6
Матвеев Л.Р. Теория и методика физического воспитания. Учебник. Москва «Физкультура и спорт»
Yuklamalarga biologik moslanishning ma’nosi ana shulardan iboratdir. Bu
jismoniy tarbiya jarayonining etakchi qonuniyatlaridan biridir.
Demak, biologik moslanish organizmda sodir bo’lsa, o’zgarish – jismoniy
sifatlarning rivojlanishi tuxtaydi. Bu, o’z navbatada, yukla mani sistemali o’zgartirib
uning xajm va intensivligini oshirib boradi.
Amaliyot bu qonuniyatning jismoniy tarbiya jarayonida ruxiy sifatlarni ham
tarbiyalashga ham taalukli ekanli gini ko’rsatadi.
Jismoniy sifatlarni
rivojlantirishdek ruxiy sifatlar shu sifatni talab kiluv chi faoliyatlarni bajarish orqali
rivojlantiriladi.
Ruxiy
sifatlarni
namoyon
qilish
darajasi
psihologik
qiyinchiliklarning ulchovi va uni enga olishga bog’liq. Shunga kura, ruxiy holatini
tarbiyalash maxsus jismoniy yuklamlar va topshiriklarni asta-sekinlik bilan oshirib
borish va uni enga olish orqali tarbiyalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: