6-Mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Reja


Sabab  va  oqibat  o’rtasida  murakkab  dialektik  o’zaro  aloqasi



Download 1,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/57
Sana13.01.2022
Hajmi1,19 Mb.
#354054
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
Bog'liq
6-Mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Reja

Sabab  va  oqibat  o’rtasida  murakkab  dialektik  o’zaro  aloqasi 

quyidagilarda namoyon bo’ladi:  

1)  sabab  vaqtda  oqibatdan  oldin  keladi.  Oqibat  sababdan  oldinroq  yuz 

bermaydi. Ammo bu biri ikkinchisidan oldin keladigan har qanday hodisa u bilan 

sababiy  bog’lanishda  bo’ladi,  degani  emas.  Masalan,  tun  tongdan  oldin  keladi, 

lekin u tongning sababi hisoblanmaydi; 

2) sabab muayyan sharoitda albatta oqibatni vujudga keltiradi. Sabab va oqibat 

shu  darajada  bog’liqki,  agar  sabab  yuz  bersa  va  yetarli  sharoit  mavjud  bo’lsa, 

muqarrar tarzda oqibat ham yuz beradi

3) sabab va oqibat bir-biri bilan o’zaro ta’sirga kirishadi. Bu o’zaro ta’sirlanish 

jarayonida  sababgina  emas,  balki  oqibat  ham  faol  bo’ladi.  U  sababga  aks  ta’sir 

ko’rsatadi.  Misol  uchun,  g’oyalar  borliqni  aks  ettiradi,  lekin,  vujudga  kelgach, 

ijtimoiy  borliqning  o’zgarishiga  kishilarning  amaliy  faoliyati  orqali  faol  ta’sir 

ko’rsatadi; 

4)  ayni  bir  hodisa  bir  munosabatda  sabab  sifatida,  boshqa  bir  munosabatda  – 

oqibat sifatida amal qiladi. Aytaylik, yomg’ir  –  muayyan ob-havo sharoitlarining 

oqibati,  lekin  uning  o’zi  yaxshi  hosildorlik  sababiga  aylanadi;  hosildorlik  esa 

davlatning iqtisodiy qudratini mustahkamlash omili bo’lib xizmat qiladi. Shu tariqa 

hodisalar  o’rtasida  sababiy  bog’lanish  vujudga  keladi.  Ammo  biz  faqat  ikkita 

alohida-alohida  hodisani  ko’rib  chiqqanimizda,  ular  o’rin  almashishi  mumkin 

emas; 


5)  sabab  va  oqibatning  o’zaro  ta’siriga  tegishli  sharoitlar  ta’sir  ko’rsatadi. 

Sharoitlar  –  bu  shunday  bir  hodisalarki,  ular  mazkur  voqyea  yuz  berishi  uchun 

zarur,  lekin  o’z  holicha  ular  bu  voqyeani  oldindan  belgilamaydi

.  Oqibat  yuz 

berishiga  qulaylik  yaratuvchi  sharoitlar  ham,  sababning  ta’sirini  qaytaruvchi 

sharoitlar  ham  bo’lishi  mumkin.  Ayni  bir  sabab  muayyan  sharoitlarda  turli 

shakldagi oqibatlar yuz berishiga olib keladi;  

6)  sababni  bahona  bilan  ayniylashtirmaslik  kerak. 



Bahona  –  bu  boshqa 

voqyeadan  bevosita  oldin  keladigan,  uning  yuz  berishiga  imkoniyat  yaratadigan, 


lekin    uni  vujudga  keltirmaydigan  va  oldindan  belgilamaydigan  voqyea.  Bahona 

harakatni yaratmaydi, balki unga turtki beradi.  

Sababiy  bog’lanish  tushunchasi  muhim  metodologik  funksiyani  bajaradi. 

Muayyan  oqibatning  yuz  berish  sabablari  va  sharoitlarini  bilgan  holda,  inson 

nafaqat  uning  yuz  berishini  bashorat  qiladi,  balki  zarur  oqibatni  yaratadi.  Bu 

insonga o’tmishni bilish va kelajakka nazar tashlash imkonini beradi.  


Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish