6-Mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Reja


Imkoniyatlarning  turlari



Download 1,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/57
Sana13.01.2022
Hajmi1,19 Mb.
#354054
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
Bog'liq
6-Mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Reja

Imkoniyatlarning  turlari

.  Sifat  jihatidan  imkoniyatlar  formal  va  real, 

mavxum  va  muayyan  imkoniyatlar  farqlanadi. 

Real  imkoniyat

 

imkoniyatni 



voqyelikka aylantirishi mumkin bo’lgan shart-sharoitlar mavjudligini anglatadi

 



Rivojlanishning  tasodifiy  omillari  mahsuli  yoki

 

amalga  oshish  ehtimoli  past, 



aniqroq  aytganda  nolga  yaqin  bo’lgan  imkoniyat  formal  hisoblanadi. 

Bunday 


imkoniyatga  tabiiy  va  ijtimoiy  rivojlanish  qonunlari  yo’l  qo’yadi.  Shu  ma’noda u 

tabiiy va ijtimoiy borliq qonunlariga mutlaqo zid bo’lgan imkonsizlikdan butunlay 

farq qiladi; obyektiv dunyo qonunlariga zid bo’lgan narsa imkonsizlik hisoblanadi. 

Masalan,  rasman  har  bir  fuqaro  deputat,  millioner  yoki  ko’p  bolali  bo’lishi 

mumkin.  O’z-o’zidan  ravshanki,  aksariyat  fuqarolar  uchun  bu  imkoniyat 

voqyelikka  aylanmasligi  ham  mumkin.  Masalan,  boqiy  dvigatel  yasash  mumkin 

emas; insonning umrboqiyligi mumkin emas va sh.k. Amalga oshishi uchun barcha 

zarur sharoitlar vujudga kelgan real imkoniyat amalga oshirishning oliy darajasiga 

ega  bo’ladi.  Masalan,  insonning  kosmosga  uchish  imkoniyati  bir  paytlar  formal 

bo’lgan, endilikda u real tus oldi. Imkoniyatning miqdoriy tavsifi aniqroq bo’ladi.  




Agar imkonsizlikni «0» bilan, voqyelikni esa «1» bilan ifodalasak, «0» dan «1» 

gacha  bo’lgan  oraliq  qiymatlarning  barchasi  imkoniyat  darajasini  tavsiflaydi. 

Ehtimollikning  shartli  o’qi  atrofida  imkoniyatning  butun  doirasini  ko’rsatish 

mumkin.  



Mavxum  va  muayyan  imkoniyat  o’rtasidagi

 

farq  –  bu  mohiyat  va  mavjudlik 



o’rtasidagi,  shuningdek  predmetning  ideal  obrazi  va  uning  inson  ongiga  bog’liq 

bo’lmagan obyektiv xususiyatlari o’rtasidagi farqdir. 

Masalan, nikohga kirayotgan 

yoshlar bir-biri haqida, oila va umuman nikoh haqida ancha yuzaki tasavvurga ega 

bo’lishi mumkin.  Ular oila-nikoh munosabatlarining ideallashtirilgan manzarasini 

o’z  bo’lg’usi  nikohiga  ko’p  jihatdan tatbiq  etadi.  Vaholanki, bu  manzara  mazkur 

munosabatlar  mohiyatiga  umuman  olganda  mos  kelsa-da,  lekin  ularning  butun 

boyligi  va  murakkabligi  haqida  aniq  tasavvur  hosil  qilish  imkonini  bermaydi. 

Nikohga  kirgach,  yoshlar  imkoniyatini  o’zlari  oldindan  ko’ra  bilmagan  muayyan 

voqyelik  bilan  to’qnash  keladi.  Yosh  oiladagi  kelishmovchiliklar  sababi  – 

nikohning  mohiyati  va  uning  mavjudligi  o’rtasidagi,  mavxum  imkoniyat  («ular 

qo’sha  qaridilar  va  uvali-juvali  bo’ldilar»)  va  aksariyat  jihatlarini  yoshlar  hatto 

xayollariga  ham  keltirmagan  muayyan  imkoniyat  o’rtasidagi  ziddiyatdir.  Ayrim 

falsafiy  adabiyotlarda  muayyan  va  real  imkoniyat  bilan  formal  va  mavxum 

imkoniyat  tenglashtiriladi.  Bu  holda  real  imkoniyat  uni  ro’yobga  chiqarish  uchun 

shart-sharoit  mavjudligi  bilan,  formal  yoki  mavxum  imkoniyat  esa  –  ayni  paytda 

imkoniyatni  voqyelikka  aylantirish  uchun  shart-sharoit  mavjud  emasligi  bilan 

belgilanadi.  

Murakkab  tizimlar  uchun,  odatda,  rivojlanishning  bir  necha  muqobil  yo’llari 

mavjud  bo’ladi.  Ayni  bir  muhitda  har  xil  strukturalar  vujudga  kelishi,  rivojlanish 

jarayoni  ko’p  variantli  tarzda  amalga  oshishi,  buning  natijasida  rivojlanishda 

kutilmagan  burilishlar  yuz  berishi  mumkin.  Shu  bois  prognoz  va  taxminlar 

ishonchsiz  yoki  yanglish  bo’lishi  mumkin.  Shunga  qaramay,  mazkur  muhitda 

evolyusiyaning  har  qanday  turi  emas,  balki  yo’llarning  muayyan  doirasigina 

mavjud  bo’lishi  mumkin.  Muqobil  imkoniyatlar  o’rtasidagi  miqdoriy  nisbat 

matematik  jihatdan  ehtimol  tutilgan  ayrim  voqyea  yuz  berishining  ehtimollik 

darajasi  sifatida  ifodalanishi  mumkin.  Inson  o’z  faoliyatida  real  imkoniyatlarni 

hisobga oladi va ularni voqyelikka aylantirish uchun zamin hozirlaydi.  

Bu  kategoriyalar  borliqning  shakllanish  jarayoniga  urg’u  beradi.  Ma’lumki, 

yo’q  narsadan  biron-bir  yangilik  vujudga  kelmaydi,  u  faqat  eski  narsaning 

muayyan  xossalari,  jihatlari  negizida  vujudga  kelishi  mumkin.  Yangi  narsaning 

borlig’i  uning  potensial  holatida  imkoniyat  hisoblanadi.  Imkoniyatning  yetuklik 

darajasi  imkonsizlikdan  voqyelikkacha  bo’lgan  doirada  o’zgarishi  mumkin.  Bu 

jihatdan imkoniyatni tavsiflashni uning sifat va miqdor me’yorlarini hisobga olib 

amalga oshirish mumkin.  





Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish