6-Mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Reja



Download 1,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/57
Sana13.01.2022
Hajmi1,19 Mb.
#354054
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
Bog'liq
6-Mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Reja

Imkoniyat  va  voqyelik.

  Imkoniyat  va  voqyelik  kategoriyalarida  borliqning 

o’zgaruvchanligi,  dinamikasi,  uning  o’zgarish  tendensiyalari  o’z  aksini  topadi. 

Imkoniyat  rivojlanishning  obyektiv  tendensiyalarini  aks  ettiradi,  u  qonuniyat, 

zaruriyatga, o’zgarayotgan narsaning muhim tomonlariga muvofiq yuzaga keladi.  

Imkoniyat

-

narsaning  tugallanmagan,  potensial  rivojlanishidagi  obyektiv 

mavjud  bo’lgan  va  ichdan  belgilangan  holatini  aks  ettiruvchi  falsafiy  tushuncha

Har bir vaziyatda imkoniyatlarning muayyan to’plami mavjud bo’lib, ulardan biri 



amalga oshgani boshqalari chetda qolganini anglatadi. Imkoniyatlarning «kurashi» 

va  amalga  oshish  xususiyatiga  ichdan  zarur  tendensiyalarga  nisbatan  tasodifiy 

hisoblangan sharoitlar o’z ta’sirini ko’rsatadi. Shu sababli voqyelik doim ichki va 

tashqi,  mohiyat  va  hodisa,  zaruriyat  va  tasodifning  dialektik  birligidan  iborat 

bo’ladi.  Ijtimoiy  rivojlanish  va  tabiatning  o’zgarishi  sohasida  imkoniyatning 

voqyelikka  aylanishi  kishilarning  ongli  yo’l  tanlashi  va  faoliyati  bilan  tartibga 

solinadi.  

Ammo  imkoniyat  qanday  obyektiv  asoslarga  ega  bo’lsa,  imkonsizlik  ham 

shunday  obyektiv  asoslarga  egadir.  Imkonsizlik  –  ikoniyatga  zid  tushuncha. 

Imkonsizlik  tushunchasi  ikki  xil  ma’no  kasb  etadi.  Birinchisi  –  predmetning 

tabiatiga mos kelmaydigan narsa bo’lishi mumkin emas. Masalan, arpa urug’idan 

bodring  yetishtirish  mumkin  emas.  Imkonsizlik  tushunchasining  boshqa  bir 

ma’nosi  imkoniyat  va  zaruriyat  kategoriyalarining  munosabatlari  bilan  bog’liq. 

Zaruriyat va imkoniyat – bir zanjir bo’g’inlari: rivojlanayotgan predmet zaruriyati 

uning  boshqa  bir  holati  bo’lishi  mumkinligini  belgilaydi.  Ammo  predmetning 

rivojlanishida,  odatda,  ko’p  sonli  muqobil  imkoniyatlar  mavjud  bo’lgani  bois, 

ulardan birini tanlash zaruriy hisoblanmaydi. Bir imkoniyatning ro’yobga chiqishi 

qolgan  imkoniyatlarni  ro’yobga  chiqarish  imkonini  bermaydi.  Tuzatib 

bo’lmaydigan oqibatlarga olib kelgan qabul qilgan qarori, o’ylamasdan sodir etgan 

qilmishidan  afsus  chekmagan  odam  topilmasa  kerak.  Ba’zan  imkonsizlik  boy 

                                                           

11

 Гольбах. Здравқй смқсл // Избр. антирелигиознқе произведения: в 2 т. Т. 1. -М.: –С. 35.  




berilgan  imkoniyat  tarzida  mavjud  bo’ladi.  Bu  holda  imkoniyat  imkonsiz 

bo’lmagan narsa sifatida va ayni  vaqtda zarur bo’lmagan narsa sifatida namoyon 

bo’ladi.  

Voqyelik  –  amalga  oshgan,  aktuallashgan  borliqni  tavsiflovchi  falsafiy 

kategoriya: voqyelik amalga oshgan imkoniyat hisoblanadi

.  


Voqyelik  tushunchasi  ikki  ma’noda  ishlatiladi.  Birinchidan,  voqyelik  –  bu 

mavjud  borliq,  biz  yashayotgan  dunyo,  uning  ongimizdagi  in’ikosidir.  Voqyelik 

tushunchasi  ayrim  predmetning  borlig’iga  ham  tegishlidir.  Bu  ma’noda  u 

obyektning holatini tavsiflovchi mazkur lahzadir. Ikkinchidan, voqyelik ro’yobga 

chiqqan  imkoniyat  sifatida  tavsiflanadi.  Bu  ma’noda  voqyelik  tushunchasi 

imkoniyat  kategoriyasining  nisbatdoshi  hisoblanadi.  Ular  bir-biriga  o’tuvchi 

qarama-qarshiliklardir.  Imkoniyat  potensial,  voqyelik  esa  aktualdir.  Imkoniyat  – 

mavxum  va  mazmun  jihatidan  qashshoq  tushuncha.  Voqyelik  –  muayyan  va 

mazmunan  boy  tushuncha,  chunki  u  ko’p  sonli  xossalar,  individual  betakror 

jihatlarni o’z ichiga oladi.  

Har  bir  predmet  ko’p  sonli  aloqalar  yuzaga  kelishiga  zamin  yaratuvchi 

muayyan  muhitda  mavjud  bo’ladi.  Shu  sababli  muhim  yoki  ikkinchi  darajali, 

tasodifiy yoki zaruriy bo’lishi mumkin bo’lgan ko’p sonli imkoniyatlar mavjuddir. 

Imkoniyatning ro’yobga chiqishida ichki va zaruriy aloqalar muhim rol o’ynaydi, 

ammo  uning  ro’yobga  chiqish  shartlari,  garchi  ular  tasodifiy  xususiyatga  ega 

bo’lsa-da,  rivojlanish  jarayoniga  sezilarli  darajada,  ba’zan  hal  qiluvchi  ta’sir 

ko’rsatadi.  Ayni  shu  sababli  voqyelik  ham  zaruriy  va  tasodifiyning  birligi 

hisoblanadi.  




Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish